Kirish
Anatomiya, fiziologiya va gigiyena fanidan dastur pedagogika kollejlarining “Boshlang’ich ta”lim” yonalishi uchun mo’ljallangan.
Boshlang’ich sinflarda ta’lim-tarbiya tashkilotchisi bolaning yosh xususiyatini, organizmi tuzilishini, uning funksional holatini bilishi kata ahamiyatga ega.
Fanda organizm tuzilishini o’rganish bilan unda ro’y beradigan fiziologik jarayonlar o’rganiladi. Kurs mazmunini o’rganish orqali quyidagilarga “Nerv tizimi va uning funksiyasi”, “Nafas olish tizimi”, “Sezgi organlari”, “Tayanch harakat tizimi”, “Qon, yurak, qon tomir tizimi”, “Ovqat hazm qilish va moddalar almashinuvi”ga alohida ahamiyat berilgan. Bular orqali bolalar mehnati va dam olishni to’g’ri tashkil etish o’rgatiladi.
Fanda organism tuzilishi bilan unda ro’y beradigan fiziologik jarayonlar va ular gigiyenasi berilgan. Kursning har bir bo’limidagi gigiyenik talablarni bolalarning yosh xususiyatlari bilan bog’lash tavsiya etiladi.
Ta’lim – tarbiya jarayonini olib borishda “Sog’lom avlod” dasturida ijtimoiy tafakkurda yetuk ma’naviy boy, jismonan sog’lom va barkamol avlodning tug’ilishi va tarbiyalanishi uchun yuksak mas`uliyat psixologiyasi shakllantirish masalalari bo’yicha aholiga yalpi bilim berish tizimini yaratish zarurligi ta’kidlanadi.
Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak:
-
organlar tizimini va organlarni taniy olish, ularning tuzilishi bilan funksiyalarining
o’zaro bog’liqligini jismoniy mehnat va sportning inson organizmiga ko’rsatadigan
ijobiy ta`sirini bilishi;
-
qaddi –qomat o’zgarishini, yassioyoqlik rivojlanishining sabablarini tushuntira
olishi;
-
shaxsiy gigiyena qoidalari, mehnat va dam olish rejimiga rioya qilishi;
-
ratsional ovqatlanish qoidalarini bilish, chekish, spirtli ichimliklar ichishi va
narkotik moddalarni iste’mol qilishining zararini tushuntira bera olishi;
-
qon ketganda va boshqa shikastlanishlarda birinchi yordam ko’rsata olish;
-
darslik matni va rasmlar bilan ishlay olish, qisqacha axborot tayyorlay olish
malakasini egallagan bo’lishi;
-
tashqi muhit sharoitining bola organizmiga ta’sirining gigiyenik ahamiyatini tushuna olishlari.
Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:
-
Hujayraning tuzilishi va hayot faoliyatining asosiy jarayonlarini;
-
To’qimalar, organlar, organlar tizmining tuzilishi va funksiyalarini, ularning nerv
va gumoral boshqarilishini;
-
Ta’lim- tarbiya jarayonida o’quvchilarning kun tartibini to’g’ri tashkil etishni;
-
Analizatorlarning tuzilishini;
-
Odam organizmining mehnat faoliyati, tik yurish va ijtimoiy yashash bilan
aloqador bo’lgan xususiyatlarni;
-
Odam organizmida ovqat hazm qilish tizmining tuzilishi va ahamiyatini.
Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
Anatomiya, fiziologiya va gigiyena fanini o`zlashtirish uchun o`quvchi umumtalim fanlaridan biologiya, zoologiya, tabiatshunoslik, odam va uning salomatligi, kimyo, geografiya, botanika kabi fanlarni chuqur o`zlashtirgan bo`lishlari kerak. Yuqorida keltirilgan fanlar anatomiya, fiziologiya va gigiyena fani bilan birgalikda o`zlashtiriladi.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogoik texnologiyalardan foydalanish
bo`yicha tavsiyalar
Bu yil Prezidentimiz tomonidan “Mustahkam oila yili” deb e`lon qilinganligi munosabati bilan “Sog`lom avlod” dasturini rivojlantirish bilan birgalikda inson salomatligiga ko`proq e`tibor berilmoqda. Shu munosabat bilan anatomiya, fiziologiya va gigiyena faniga bo`lgan talab kuchaymoqda.
-
Anatomiya, fiziologiya va gigiyena fanidan dars berishda mulyajlar, skeletlarga oid barcha ko`rgazmali texnik vositalar bo`lishi lozim.
-
Dars berishning zamonga xos texnik vositalaridan slaydlar, multimedia va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.
-
Dars jarayoni ikki tomonlamadir. Bu jarayonda pedagog va o`quvchi faol bo`lishlari kerak. O`qituvchi tomondan berilayotgan materiallardan amaliy ishda ijodiy foydalanish kerak.
Asosiy qism
Anatomiya, fiziologiya, gigiyena, uning tarixi, vazifasi, “Sog’lom avlod uchun” dasturi.
I bo`lim. Bolalar va o’smirlar о’sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari
Hujayraning tuzilishi, uning organoidlari, irsiy kasalliklari, ularning oldini olish. To`qima va uning turlari. O’simlik davri, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Tana proporsiyalarining asosiy ko’rsatkichlari.
Amaliy ish. 2 soat. To’qima va hujayraning turlari. (O’smirlik davrlari, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Tana proporsiyalarining asosiy ko’rsatkichlari.
II. Nerv tizimi
Nerv tizimining ahamiyati, funksiyasi, tuzilishi. Nerv hujayrasining tuzilishi. Qo’zg’aluvchanlik, qo’zg’alish sinapslari. Refleks va uning turlari. Jismoniy tarbiyaning organizmga ta’siri. Markaziy nerv tizimida tormozlanish turlari, transformatsiya, induksiya, irrodatsiya, charchash. Markaziy nerv tizimining bo`limlari, uning tuzilishi. Vegetativ nerv tizimining tuzilishi.
III. Oliy nerv tizimi
I.M.Sechenov va I.P.Pavlov oliy nerv tuzilishi haqidagi ta’limot asoschilaridir. Shartli refleksning hosil bo’lish turlari, saqlanishi, tormozlanishi. I va II signal tizimlari. Uyqu, tush ko’rish, gipnoz. Bolalarda nutqning rivojlanishi. Shartli refleksning yoshga xos xususiyatlari va ularni tarbiyalash. Dam olishni to’g’ri tashkil qilish. Jismoniy mehnatning nerv tizimiga ta’siri.
Amaliy ish. 2 soat. Dam olishni to’g’ri tashkil qilish. “Sog’lom avlod uchun” dasturining vazifasi. Kun tartibi, to’garakka nom qo’yish va tuzish.
IV. Sezgi organlari
I.P.Pavlov ta`limoti. Ko’rish analizatori. Akkomodatsiya, uzoqdan ko’rish, ko`zning ko’rish o’tkirligi. Bolalar muassasalarida xona yoritilishi, o’quv qurollariga qo’yiladigan talablar. Eshitish analizatorining tuzilishi, bola eshitish analizatori. Shovqinga qarshi kurash. Hid bilish, ta’m sezish, teri analizatorlari, ularning turlari, tuzilishi.
Amaliy ish. 2 soat. Bolalar muassasalarida xona yoritilishi, o’quv qurollariga qo’yiladigan gigiyenik talablar.Analizatorlarning funksiyalarini o’rganish.
V. Ichki sekretsiya bezlari
Endokrin bezlar, ularning o’sish va rivojlanishiga hamda organizmda moddalar almashinuviga ta’siri. Gipofiz va epifiz bezi, uning o’sishga ta`siri. Ayrisimon bez, uning funksiyasi. Qalqonsimon bez, uning jismoniy va aqliy rivojlanishga ta’siri. Buyrakusti bezi, uning funksiyasi, oshqozonosti bezi, ularning funksiyasi.
Qizlar jinsiy organlarining gigiyenasi. Jinsiy tarbiyaning fiziologik, gigiyenik asoslari.
VI. Tayanch skelet tizimi
Tayanch skelet tizimi, tuzilishi, funksiyasi, suyaklarning o’zaro birikishi. Qo’l, oyoq skeleti, ularning funksiyasi. Mushak ishi, charchash, qaddi-qomatga, yurganda, turganda, yugurganda qo’yiladigan gigiyenik talablar. Yassioyoqlik, bukrilikning kelib chiqishi. O`quv qurollariga va mebelga qo’yiladigan talablar, mehnatni tashkil etish. Jismoniy tarbiyaning organizmga ta’siri.
Amaliy ish. Sinf mebeli, kiyimga qo’yiladigan gigiyenik talablar. Yassioyoqlik, skolioz.
VII. Ovqat hazm qilish tizimi
Ovqat hazm qilish tizimining tuzilishi, ahamiyati. Ovqat hazm qilish bezlari, ularning funksiyasi, og’iz bo’shlig’ida, me’dada va ichaklarda hazm bo’lishi, oshqozonosti bezining ovqatga ta’siri. Jigarning himoya funksiyasi. Sut tishlari va doimiy tishlar. Ovqat hazm qilishning nerv va gumoral уо`1 bilan boshqarilishi.
Amaliy ish. Ovqatlanishga qo’yiladigan gigiyenik talablarni o’rganish.
VIII. Modda va energiya almashinuvi
Organizmda modda almashinuvi va uning bosqichlari. Suv, mineral, modda almashinuvi, ularning ahamiyati, turlari. Asosiy ovqat mahsulotlari, ularning energiya qiymati. Ovqatlanish rejimi va normasi. Ovqatdan zaharlanish. Bolalar muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish. Sanitarik-gigiyenik talablar.
Amaliy ish. 2soat. Ovqatdan zaharlanish, bolalar muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish. Ovqatlanishga qo’yiladigan talablar. Ovqat ratsionini tuzish.
IX. Qon. Yurak-qon tomir tizimi
Qon. Organizm ichki muhiti. Qon tarkibi, xossalari, plazma, eritrotsit, leykosit, gemoglabin, ularning xususiyatlari. Qon tanachalari hosil bo`lishi. Immunitet, qon quyish, qon guruhlari. Qon aylanish tizimi. Yurak ishi, yurak tuzilishi va joylashishi, yurak muskullari, yurak faoliyati, sikli, uning sistolik va minutlik hajmi. Tomirlarda qonning harakati, tezligi, bosimi, tomir urishi, vena tomirlari va kapilyarlari, qon tomirlarda qonning harakati, qon ketish turlari va birinchi yordam.
Amaliy ish. 2soat. Qonning bosimini o`lchash. Qon ketganda birinchi yordam ko’rsatish. Qon quyish. Qon guruhlari. Qon aylanish tizimi. Qon ketish turlari. 1-yordam. Qondagi kasalliklar.
X. Nafas olish tizimi
Nafas olishning ahamiyati. Nafas organlari tuzilishi, gigiyenasi. Nafas harakatlari, nafas olish va chiqarish jarayonlari, undagi havoning tarkibi. O`pkaning tiriklik sig’imi, nafas chuqurligi soni, nafas olishning boshqarilishi. Mikroiqlim, o’quv xonalariga qo’yiladigan talablar, isitgich asboblar va isitishga qo’yiladigan talablar. Nafas olishda, chiqarishda jismoniy mashqning ta’siri.
Amaliy ish. Mikroiqlim, sinf xonasi, maktab yer uchastkasi, binosiga qo’yiladigan gigiyenik talablar. Nafas olishda, chiqarishda jismoniy mashqning ta’sirini o’rganish.
XI. Ayiruv organlari
Ayiruv organlari tuzilishi, ahamiyati. Siydik hosil bo’lishi. Siydik ajralishining nerv va gumoral boshqarilishi. Siydik tuta olmaslik, uning oldini olish choralari va tozalik gigiyenasi.
XII. Teri. Bola organizmini chiniqtirish
Terining tuzilishi, funksiyasi. Teri orqali chiniqtirish usullari va gigiyenasi. Teri qoplamining butunligi va tozaligi ahamiyati.
Teri, soch va tirnoqlar, ust-bosh, kiyim va poyabzalga qo’yiladigan gigiyenik talablar. Teri. Bola organizmini chiniqtirishda jismoniy mashqlarning o’rni.
Amaliy ish. Terini chiniqtirish kiyim va poyabzalga qo’yiladigan gigiyenik talablar.
XIII. Bolalar muassasalarida gigiyenik talablar
Maktab binosi, oromgoh va yer uchastkalariga qo’yiladigan gigiyenik talablar. Ustaxona, o’quv kabineti va kiyimlarga qo’yiladigan gigiyenik talablar.
Amaliy ish. Xonalarda rasm va ko’rgazmalarning joylashtirilishi.
XIV.Gigiyenik tarbiya va sanitariya maorifi
Bolalardagi gigiyenik ko’nikmalarni tarbiyalash. Sanitariya maorifi ishlari. Salomatlik burchagini tashkil etish va gigiyenik bilimlarni targ`ib etish. Ota-onalar va tarbiyachilar bilan olib boriladigan sanitariya ishlarini targ’ib etish.
Amaliy ish. Sog’lomlik burchagini tashkil etish va gigiyenik bilimlarni targ`ib etish.
Anatomiya, fiziologiya va gigiyena fani bo”yicha amaliy, seminar, laboratoriya mashg`ulotlari va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar
Anatomiya, fiziologiya va gigiyena fani amaliy, seminar, laboratoriya ishlari har bir mavzu yakunida tavsiya etiladi. (O`qituvchi talabalar bilim saviyasi va o’qitish shart – sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy, seminar, laboratoriya ishlarini tashkil etishda o’quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi, reja berish maqsadga muvofiqdir. Har bir o’tkazilgan amaliy ish, albatta, tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy, seminar, laboratoriya ishlarini tashkil etish o’quvchilarning mustaqil ishlarining davomi bo’lishi kerak.
Namunaviy mavzular rejasi
№
|
Fanning bo`limlari va mavzulari
|
Umumiy yuklama soat
|
Hammasi
|
Darslar turi bo’yicha soatlar (Auditoriya yuklamasi)
|
Mustaqil ish
|
Jami
|
Nazariy
|
Amaliy
|
Laboratoriya
|
Seminar
|
Kurs ishi (loyihasi)
|
1
|
Kirish
|
1
|
1
|
1
|
|
|
|
|
|
2.
|
Hujayra va to’qimalar
|
5
|
3
|
1
|
2
|
|
|
|
2
|
3
|
Nerv tizimi
|
7
|
5
|
5
|
|
|
|
|
2
|
4
|
Oliy nerv tizimi
|
10
|
6
|
4
|
2
|
|
|
|
4
|
5
|
Sezgi organlari
|
7
|
5
|
3
|
2
|
|
|
|
2
|
6
|
Ichki sekretsiya bezlari
|
4
|
4
|
2
|
|
|
2
|
|
|
7
|
Tayanch harakat tizimi
|
7
|
4
|
3
|
1
|
|
|
|
3
|
8
|
Ovqat hazm qilish tizimi
|
6
|
4
|
3
|
1
|
|
|
|
2
|
9
|
Modda va energiya almashinuvi
|
8
|
5
|
3
|
2
|
|
|
|
3
|
10
|
Qon. Yurak -qon tomiri
|
9
|
6
|
4
|
2
|
|
|
|
3
|
11
|
Nafas olish tizimi
|
6
|
4
|
3
|
1
|
|
|
|
2
|
12
|
Ayiruv organlari
|
3
|
3
|
1
|
|
|
2
|
|
|
13
|
Teri organini chiniqtirish
|
6
|
4
|
3
|
1
|
|
|
|
2
|
14
|
Bolalar muassasalarida gigiyenik talablar
|
3
|
3
|
2
|
1
|
|
|
|
|
15
|
Gigiyenik tarbiya va sanitariya
|
3
|
3
|
2
|
1
|
|
|
|
|
|
Jami:
|
85
|
60
|
40
|
16
|
-
|
4
|
-
|
25
|
Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
Anatomiya, fiziologiya va gigiyena fani bo’yicha o`tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv qurollari, darsliklar, qo’shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, ko’rgazma qurollar: mulyajlar, odam skeleti, jadvallar kerak.
О`qitishning texnik vositalari
Radio, televizor, kodoskop, magnitofon, kompyuter, multimediya.
Foydalanilgan adabiyotlar
-
M.B.Antropova. Bolalar va o’smirlar gigiyenasi. – 1981.
-
N.N.Monteva., K.B.Marino va. Анатомия и физиология детского организма. – 1986.
-
S.S.Solixo'jayeva. Bolalar va o'smirlar gigiyenasi. – Т.: 1991.
-
K.Sodiqov. O’quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi. – Т.: O’qituvchi, 1992.
-
T.Z.Qodirov. Odam fiziologiyasi.-Т.: IbnSino, 1996
Do'stlaringiz bilan baham: |