Kirish
To`garak rahbari avvalo tikuvchilik texnikasining barcha turlarini bilishi, ulardan to`g`ri, unumli foydalana bilishlari lozim. Buning uchun uskunalarning tuzilishi, ishlashi va oddiy, murakkab sozlanishidan xabardor bo`lishi kerak.
Tikuvchilik jihozlari fanining vazifasi: tikuvchilik uskunalarining tuzilishi, ishlashi, sozlanishi, undan to`g`ri va unumli foydalanishni o`rgatishdir.
Fanning maqsadi: tikuv buyumlarining sifati, tashqi ko`rinishi, pishiq-puxtaligini oshirish maqsadida mashinaning sifatli ishlashi, uning xizmat qilish umrini uzaytirish yo`llarini o`rgatish.
O`quvchilar nazariy va amaliy bilimlar orqali quyidagilarni o`rganishlari lozim:
1. Tikuv mashinasining tashqi, ichki tuzilishi va asosiy ish bajaruvchi a`zolari, mexanizmlarining vazifalarini tushuna bilish.
2. Mashinani ishga tayyorlash, moylash.
3. Mashinadan foydalanganda xavfsizlik texnikasi, yong`in, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish.
4. Gazlama turi, qalinligiga moslab igna, ip va baxya yirikligini aniqlash.
5. Baxya sifatini aniqlay olish va iplar tarangligini sozlay bilish.
6. Mashina ishidagi nuqsonlar sababini aniqlash va uni yo`qotish usullarini bilish.
7. Kichik mexanizatsiya vositalari, moslamalarini qo`llay olish.
8. Gazlama turi va buyumga moslab namlab-issiqlik ishlov berish uskunalarini parametrlarini tanlash, ishlatishni bilish.
9. Maishiy va sanoat mashinalarini ajrata bilish ulardan xavfsiz, unumli foydalanish.
10. Tikuvchilik sanoati (ishlab chiqarish korxonasi) mashinalari uskunalaridan va yangi tikuvchilik texnikalaridan xabardor bo`lish. Bu fan umumta`lim fanlaridan - chizmachilik, fizika, matematika fanlari bilan, maxsus fanlardan - tikuv jarayoni, mehnat muhofazasi, tikuvchilik gazlamashunosligi, tikuv buyumlarini loyihalash, modellash, badiiy bezash fanlari bilan bog`liq.
Tikuvchilik jarayoni fani bilan uzviy bog`liqligi sababli o`quv rejasida soatlar umumiy berilgan. Ushbu dasturda tikuvchilik jihozlari uchun 60 soat ajratilgan. Dastur tuzishda hozirda foydalanib kelinayotgan 2M-kl PMZ; “Chayka” PMZ, “Brother”; “Huskvarna”; “Pfaff”; “Singer” mashinalari asos qilib olindi. Kollej o`z imkoniyatiga qarab, boshqa zamonaviy tikuv mashinalariga ega bo`lsa, yuqoridagi sanab o`tilgan mashinalar bilan almashtirsa bo`ladi.
Ishlab chiqarish korxonasi mashinalari maishiy mashinalar asosida o`rganilib, korxonaga ekskursiya o`tkazish bilan mustahkamlanadi.
Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bogliqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi.
Ushbu fanni o`zlashtirish uchun o`quvchi “Umumta`lim” fanlaridan matematika, fizika, chizmachilik, “ kasbiy ta`lim” fanlaridan tikuvchilik texnologiyasi, tikuvchilik gazlamashunosligi kabi fanlarni chuqur o`zlashtirgan bo`lishlari talab etiladi. O`quv rejaga ko`ra yuqoridagi fanlar, tikuvchilik jihozlari fani bilan o`zlashtirilishi lozim.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo`yicha
tavsiyalar
Bugungi kunda o`quvchilarning bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etishga ya`ni maktabdan va sinfdan tashqari ta`limga alohida etibor berilmoqda. O`quvchilarning bo`sh vaqtini tashkil etishda Vazirlar mahkamasining “Barkamol avlod” bolalar markazlari to`g`risidagi Nizomi asosiy hujjat hisoblanadi. Bo`lajak to`garak rahbarlarini tayyorlashda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo`lib qolmoqda. Bu borada kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassislar tayyorlashda quyidagilarga e`tiibor berilishi kerak. Hozirgi kunda tikuv mashinalariga yanada yuqori ta`lab q`oyilmoqda.
-
Ichlab chiqarishga oid fanlarni o`rgatish jarayoni turli xildagi ko`rgazmali o`quv qurollarini ko`rsatish bilan, darslarni amaliy ish bajarish jarayoni bilan olib borish lozim.
-
“Tikuvchilik jihozlari ” fanidan dars berish jarayonida ko`rgazmali texnik vositalar, zamonaviy tikuv mashinalari mexanizmlarining ishlash prinsiplarini o`rganishda zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanishlari kerak.
-
Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositalaridan – slaydlar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanish zarur.
-
Ma`lumki talim ikki yoqlama jarayon. Bu jarayonda pedagog ham, o`quvchi ham faol bo`lishi kerak.
Asosiy qism
I bo`lim.
Kirish
O`zbekistondagi tikuvchilik sanoati, xususiy va yakka buyurtma korxonalari hamda yakka tartibda tadbirkorlikning fan-texnika taraqqiyoti haqida. Fanning maqsad va vazifalari. Foydalanadigan adabiyotlar. Tikuvchilik jihozlari tarixi va rivojlanishi. Tikuv mashinalarining sinflanishi. Mashina chokining qo`l chokidan afzalligi.
II bo`lim. Tikuv mashinasining tuzilishi, detallari
Mashina, mexanizm, detallar. Detallarning turlari va vazifalari. Tikuv mashinasining tashqi, ichki tuzilishi va asosiy ish bajaruvchi a`zolari. Tikuv mashinasi ignasining tuzilishi, o`lchamlari va tanlanishi.
Mustaqil ish. Papka-fayl muqovasini “Tikuv mashinangizni tushunasizmi?” so`zlari bilan bezatish. Tikuv mashina tashqi va ichki detallari ko`rinish tasviri bilan bezatish.
III bo`lim. To`g`ri baxya qatorli moki, baxyaqator moki, baxya qator xususiyatlari.
To`g`ri baxyaqatorli moki baxyaqator xususiyatlari. Asosiy ish bajaruvchi a`zolari, ularning vazifalari. Baxya hosil bo`lish jarayoni.
Amaliy ish. Tikuv mashinasini ishga tayyorlash. Yordamchi mexanizmlardan to`g`ri foydalanish. Mashinada ishlaganda sanitariya-gigiyena va xavfsizlik talablari.
Mustaqil ish. Sifatli va sifatsiz (chalishuv gazlama ustida, chalishuv gazlama ostida, chalishuv gazlama orasida) namunalarini tikish.
IV bo`lim. Maishiy tikuv mashinalari
Tog`ri baxya qator tikuvchi maishiy mashinalar haqida ma`lumot. 2M-kl. Podolsk mashinasi tavsifi, uning asosiy mexanizmlarining tuzilishi, ishlashi va sozlanishini o`rganish.
Amaliy ish. 2M-kl. Podolsk mashinasi uning asosiy mexanizmlarining tuzilishi, ishlashi va sozlanishini o`rganish.
Amaliy laboratoriya ishi. 2M-kl. PMZ mashinasi asosiy mexanizmlari tuzilishi, ishlashi va sozlanishini kuzatib, tahlil qilish, o`rganish.
Amaliy ish. 2M-kl. Podolsk mashinasining yordamchi mexanizmlarining tuzilishi va ishlashini organish.
Amaliy ish. 2M-kl PMZ mashinasining yuritmalari tuzilishi va ishlashini kuzatib, tahlil qilib o`rganish.
2M-kl PMZ mashinasining asosiy va yordamchi mexanizmlarini to`gri sozlab, sifatli baxya qator tikishni o`rganish.
Mustaqil ish. 2M-kl PMZ mashinasida gazlama turi, qalinligiga ko`ra ip, igna va baxya yirikligini to`g`ri tanlab sifatli chok tikish.
To`g`ri va siniq baxya qator tikuvchi maishiy tikuv mashinalari haqida ma`lumot.
“Chayka” PMZ tikuv mashinasi tavsifi. Uning asosiy va yordamchi mexanizmlarining tuzilishi, ishlashi va sozlanishini o`rganish. Siniq baxya hosil qiluvchi mexanizmni o`rganish.
Amaliy laboratoriya ishi. “Chayka” PMZ mashinasini asosiy va yordamchi mexanizmlarini 2M-kl PMZ mashinasiga taqqoslab, tahlil qilib o`rganish. Siniq baxya mexanizmi ishini kuzatib o`rganish.
“Chayka” mashinasida siniq baxya yuritib, sifatli chok tikish. Turli bezak baxya qatorlarni tikishga o`rganish.
Mustaqil ish. Siniq baxya qator asosida ijodiy ishlab, rang, baxya kengligi, qadamini tanlab “Bezak baxya qatorlar” namunasini tikish.
Maishiy tikuv mashinalarida qo`llanadigan kichik mexanizatsiya va moslamalarni amalda qo`llashni o`rganish.
Amaliy ish. Maxsus tepkilardan (yo`naltirgichli, bir marta va ikki marta bukib tikuvchi tepkilar, petlya yormovchi tepki, tugma chatuvchi tepki, kashta tikuvchi tepki), qo`sh ignalardan foydalanib, turli xil tikuv ishlarini bajarishga o`rganish. Qo`sh ignadan foydalanishni o`rganish.
Mustaqil ish. Yo`naltirgichli tepkidan foydalanib, qavib tikish, “molniya” taqilmasini tikish namunalari. Bukib tikish tepkilaridan foydalanib, bir va ikki marta bukib tikish namunalari tayyorlash. Tugma chatish, petlya yormash maxsus tepkilaridan foydalanib, namunalar tayyorlash. Kashta tikish tepkisidan foydalanib, kashta namunasini tikish. Qo`sh ignadan foydalanib, parallel bezak baxya qator tikish.
Amaliy ish. Tikuv mashinalarini tozalash, moylash tartibini amaliy o`rganish.
Tikuv mashinasi ishidagi nuqsonlar, ularni bartaraf qilish yo`llarini o`rganish.
Amaliy labaratoriya ish. “Tikuv mashinasi ishidagi nuqsonlar (chalishuv gazlama ustida yoki ostida, ip tashlab tikishi, igna sinishi, bo`sh baxya, tarang baxya, ustki ipni yoki ostki ipning uzilishi) ularni yo`qotish yo`llarini amalda o`rganish.
Zamonaviy (“Brother”, “Huskvarna”, “Pfaff”, “Singer”, “Bernina” va boshqa rivojlangan firmalar) tikuv mashinalari haqida ma`lumot.
Amaliy ish. “Brother” tikuv mashinasida ishlash tartibini o`rganish.
Amaliy ish. “Huskvarna” tikuv mashinasida ishlash tartibini o`rganish.
V bo`lim. Tikuvchilik sanoati (ishlab chiqarish korxonasi) mashinalari va uskunalari
To`g`ri baxya qator tikuvchi universal (1022 M-kl va 97 A-kl) tikuv mashinalari tashqi, ichki tuzilishi, ishlashi va afzalliklari haqida ma`lumot.
Maxsus (siniq baxya qator, zanjir baxya qator, yo`rma baxya qator, yashirin baxya qator, kashta) tikuv mashinalari haqida ma`lumot
Amaliy ish. Yo`rmalash mashinasida baxya hosil bo`lishi, iplar chalishuvini o`rganish.
Yarim avtomat (petlya, puxtalama yo`rmash va tugma chatish) tikuv mashinalari haqida ma`lumot.
Nam-issiqlik berib ishlash uskunalari (dazmollar xillari, dazmol stollari, presslar va bug` havo manekeni) haqida ma`lumot.
Tikuvchilik korxonasining tayyorlov va bichuv sexi uskunalari haqida ma`lumot berish.
Tikuvchilik jihozlari fani bo`yicha amaliy, laboratoriya mashg`ulotlari va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar
Tikuvchilik jihozlari fani bo`yicha amaliy va laboratoriya ishlari har bir mavzu yakunida tavsiya etildi. O`qituvchi talabalar bilim saviyasi va o`qitish shart-sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi. Amaliy va laboratoriya ishlarini tashkil etishda o`quvchilarga oldindan mavzular tavsiya etiladi va ularga reja berish maqsadga muvofiq. Har bir o`tkazilgan amaliy ish albatta tekshirilishi va baholanishi lozim. Amaliy va laboratoriya ishlarini tashkil etish o`quvchilar mustaqil ishlarining davomi bo`lishi kerak.
Namunaviy mavzular rejasi
№
|
Fanning bo`limlari va mavzu nomlari
|
Umumiy yuklama soatda
|
Hammasi
|
Darslar turi bo`yicha soatlar taqsimoti
|
Mustaqil ish
|
Jami
|
Nazariy
|
Amaliy
|
Labora-toriya
|
|
Kirish.
|
4
|
4
|
4
|
|
|
|
1.
|
Tikuvchilik jihozlari fani, uning maqsad va vazifasi. Tikuvchilik jihozlarining tarixi va rivojlanishi
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
2
|
Tikuv mashinalarining sinflanishi
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
II.
|
Tikuv mashinalari tuzilishi, detallari.
|
8
|
4
|
4
|
|
|
4
|
3.
|
Tikuv mashinasi, mexanizmlari, detallari. Detallarining turlari va vazifalari.
|
6
|
2
|
2
|
|
|
4
|
4.
|
Tikuv mashinasi ignasining sinflanishi.
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
III.
|
To`g`ri baxya qatorli moki baxya qator xususiyatlari.
|
8
|
4
|
2
|
2
|
|
4
|
5.
|
To`g`ri baxya qatorli moki baxya qator, asosiy ish bajaruvchi a`zolari, baxya hosil bo`lish jarayoni.
|
6
|
2
|
2
|
|
|
4
|
6.
|
Tikuv mashinasini ishga tayyorlash. Sanitariya-gigiyena va xavfsizlik talablari.
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
IV.
|
Maishiy tikuv mashinalari.
|
50
|
36
|
10
|
18
|
8
|
14
|
7.
|
To`g`ri baxya qator tikuvchi maishiy tikuv mashinalari.
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
8.
|
2M-kl Podolsk tikuv mashinasi va uning asosiy mexanizmlari.
|
14
|
8
|
2
|
2
|
4
|
6
|
9.
|
2M-kl Podolsk tikuv mashinasining yordamchi mexanizmlari.
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
10.
|
2M-kl. Podolsk tikuv mashinasi yuritmalari.
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
11.
|
To`g`ri va siniq baxya qator tikuvchi maishiy tikuv mashinalari.
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
12.
|
"Chayka" tikuv mashinasi va uning asosiy, yordamchi mexanizmlari.
|
2
|
2
|
|
|
2
|
|
13.
|
Maishiy tikuv mashinalarida qo`llanadigan kichik mexanizatsiya va moslamalar.
|
8
|
4
|
|
4
|
|
4
|
14.
|
Tikuv mashinalarini tozalash, moylash va saqlash.
|
2
|
2
|
|
2
|
|
|
15.
|
Tikuv mashinasi ishidagi nuqsonlar, ularni bartaraf qilish yo`llari.
|
8
|
4
|
2
|
|
2
|
4
|
16.
|
Zamonaviy ("Huskvarna", "Brother", "Pfaff", "Singer", "Bernina" va boshqa rivojlangan fimalar) tikuv mashinalari haqida ma`lumot.
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
17.
|
"Brother", "Huskvarna" tikuv mashinalarida ishlash tartibi
|
6
|
6
|
|
6
|
|
|
V.
|
Tikuvchilik sanoati (ishlab chiqarish) mashinalari va uskunalari
|
15
|
12
|
10
|
2
|
|
3
|
18.
|
To`g`ri baxya qator tikuvchi universal (1022 M-kl; 97 A-kl) tikuv mashinalari
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
19.
|
Maxsus tikuv mashinalari (siniq baxya qator, zanjir baxya qator, kashta, yo`rma baxya qator, yashirin baxya qator tikuvchi)
|
7
|
4
|
2
|
2
|
|
3
|
20.
|
Yarim avtomat tikuv mashinalari (petlya, puxtalama yo`rmash, tugma chatish)
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
21.
|
Nam-issiqlik ishlovi beruvchi uskunalar
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
22.
|
Tikivchilik korxonasi tayyorlov, bichuv sexi uskunalari
|
2
|
2
|
2
|
|
|
|
|
Jami:
|
85
|
60
|
30
|
22
|
8
|
25
|
Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun kerakli jihozlar
Tikuvchilik jihozlari fani bo`yicha o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun o`quv qurollari, darsliklar, qo`shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, gazlama bo`laklari, tikuvchilik ish qurollari kerak.
O`qitishning texnik vositalari
Radio, televizor, kodoskop, magnitafon, kompyuter, multimediya.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. V.V.Isayev., V.Y.Frans. Tikuv mashinalarining tuzilishi, sozlanishi va ta`mirlash – T.: 1985.
2. V.V.Isayev. Tikuvchilik korxonalarining jihozlari. – T.: 1989.
3. M.Jabborova. Tikuvchilik texnologiyasi. – T.: 1989
4. Tikuvchilik texnologiyasi va jihozlari. M.Tursunho`jayeva.
5. T. M. Poshshaxo`jayeva. Xizmat ko`rsatish mehnati. 5,6,7-sinflar uchun.–T.: 1994.
6. 2M-kl. PMZ. Chayka PMZ. Brother (Xitoy) tikuv mashinalari yo`riqnomasi.
Foydalanishga tavsiya etilidigan internet tarmog`i.
1.Яндекс.Tikuv mashinalari.
2.www Zinger. ru.
3.www.shvimash spb. ru.
4.www. portniha. ru.
5.www.veritaz.ru.
6.www.akademy. cross-kpk.ru.
7.www.sewing-master.
8.www.revoiution.allbest.ru.
Do'stlaringiz bilan baham: |