O‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limi markazi «maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi» kasbi bo’yicha



Download 6,12 Mb.
bet13/23
Sana18.02.2017
Hajmi6,12 Mb.
#2788
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

O`RTA MAXSUS, KASB – HUNAR TA`LIMI MARKAZI


Ro`yxatga olingan

№KMD 3141602 – 2.12

“15” avgust 2012-yil


Vazirlikning 2012 yil

15 avgustdagi 332-1-sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan



GAZLAMAGA BADIIY ISHLOV BERISH,

KASHTACHILIK VA UNI O`QITISH METODIKASI

fanidan o`quv DASTURI

Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2012-yil 24-iyuldagi 3-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.

Fan dasturi 1-Toshkent Pedagogika kollejida ishlab chiqildi, bilim sohasi bo`yicha sho`ba kelishuvidan o`tkazildi (1-sonli kelishuv Bayoni 2012-yil 16-iyul).


Tuzuvchilar:

M.Rahimjonova



1-Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi.

























Taqrizchilar:

Q.Abdullayeva



Nizomiy nomli TDPU dotsenti, PFN
















D.Xalimova



75-maktab direktori














Kirish

Mamlakatimiz, xalqimiz hayotida jiddiy o`zgarish, chinakam qayta qurish texnologiyasi borayotgan hozirgi kunda, xalq ta`limi xodimlari oldida katta, murakkab, mas`uliyatli vazifalar, hal etilishi kerak bo`lgan muammolar turibdi. Shulardan biri, yosh avlodning har tomonlama kamol topishida, hozirgi iqtisodiy tanglikni hisobga olgan holda o`quvchilarni iqtisodiy tarbiyalash bilan birga milliy qadriyatlarimizni, an`analarimizni o`rgatib borishdir.

O`quvchilarni har tomonlama tarbiyalashda turli xil to`garaklarning ham roli katta. “Tikuvchilik”, “Pazandachilik”, “Zardo`zlik”, “Milliy kashtachilik” to`garaklari bilan bir qatorda gazlama qoldiqlaridan oqilona foydalana olishni o`rgatadigan to`garaklarni ham tashkil qilish mumkin. Kiyimni loyihalash va badiiy bezash, tikuvchilik texnologiyasi to`garaklari gazlamani tejash bo`yicha bilimlar beradi, tikishni, bichishni o`rgatadi. Lekin bu tejalgan gazlama qoldiqlaridan qanday buyumlar, bezaklar tayyorlash mumkinligini gazlamaga badiiy ishlov berish to`garagida o`rganish mumkin.

Kashta tikish amaliy-bezak san`atining bir turi hisoblanadi. O`zbek milliy kiyimlari, uy-ro`zg`or anjomlarining kelib chiqish tarixiga nazar solsak, kashta tikish san`ati aholining hamma tabaqalari hayotida o`z o`rnini topganligining guvohi bo`lamiz.

Har bir o`zbek oilasida hozirgi kungacha va ko`p yillar davomida, e`zozlanib, saqlanib kelayotgan qo`l kashtalarini ko`ramiz. Kashta tikish qiziqarli ijodiy ish bo`lib, u ko`pchilikka quvonch keltiradi, bo`sh vaqtini bekor o`tkazmaslikka undaydi va kishilarni nafosat olamiga olib kiradi. Kashta tikish o`quvchilardan sabr-toqat, yuksak badiiy did, izlanuvchanlikni, fikr yuritishni talab qiladi. Hozirgi davr yoshlarining kasb-hunar egallashlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Kashtachilik metodikasi pedagogika kasb-hunar kollejlarida to`garak rahbarlarini tayyorlashda eng asosiy mutaxassislik fani hisoblanadi. Bu fan bo`lajak to`garak rahbarlariga yosh avlodga har tomonlama tarbiya berish, mehnatga ijobiy munosabatda bo`lish, to`garak ishlari uchun moddiy ta`minot, to`garak rejasini tuzish, mashg`ulotga tayyorlanish, kashtachilik sirlarini o`rgatish bo`yicha yo`l-yo`riqlarni berishni o`rgatadi. Uning asosiy vazifasi hozirgi zamon yoshlarini kasbga qiziqtirish, tanlagan kasblari bo`yicha kerakli ko`nikma, malaka egallashlarining eng zamonaviy usullarini o`rgatishdir.

Gazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik va uni o`qitish metodikasi dasturi nazariy va amaliy mashg`ulotlarning o`tkazilishini ko`zda tutadi.

Nazaruy kursda ta`lim texnologiyasini isloh qilishga qaratilgan hukumat qarorlari, Prezident farmonlari, milliy kashtachilik asoslari tarixi, uning kishilik jamiyati rivojlanishidagi o`rnini belgilovchi manbalardan foydalaniladi. Bunda beriladigan bilimlar albatta, Davlat ta`limi standartlari talablari darajasida bo`lishiga e`tibor beriladi.

Nazariy bilimlar berishda, to`garak ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yishda duch keladigan qiyinchiliklar, yangi pedagogik texnologiyani joriy etishga qaratilgan yo`l-yo`riqlar, bezak elementlarining tarixi, milliy bezak elementlari tarixi, milliy bezak turlari, gazlamalarning turlari kabi bilimlar beriladi. Bu bilimlar amaliy mashg`ulotlarda mustahkamlanadi, shuningdek, muzeylarga, maktablarga, madaniyat uylarida tashkil etilgan ko`rgazmalarga ekskursiya uyushtiriladi. Amaliy mashg`ulotlar davrida o`quvchilarning gazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik to`garagi rejasini tahlil etish, tuzish, uning bo`limlari asosida mashg`ulotlarga tayyorlanish, ko`rgazmalar tayyorlash va mashg`ulotlarni o`tkazish, tahlil etish bo`yicha ishlarni bajarishlari ko`zda tutilgan.

Amaliy ishlar (mavzuga qarab) otaliq maktablar qoshidagi to`garaklar, madaniyat uylarida o`tkazilishi kerak. Amaliy ishlarni o`tkazishda to`garak rahbarlarini tayyorlash uchun barcha sharoitlar yaratilishi zarur.

Ko`p yillik ish tajribalariga suyangan holda hamda respublikamiz madaniyat uylaridagi to`garak rahbarlarining ish tajribalarini o`rganish natijasida, ushbu fan dasturi tuzildi. Dastur 5 bo`limdan iborat:

1.Gazlamani tayyorlash.

2. Kashtachilik va uni o`qitish metodikasi.

3.Gazlama qoldiqlaridan keng iste`mol buyumlari tayyorlash.

4.Turli materiallardan bezaklar yasash.

5.Gazlama qoldiqlaridan sun`iy gullar yasash.

Mazkur dastur o`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish, ularning badiiy jihatdan kamol topishi va ijtimoiy qobiliyatlarini, mustaqil fikrlashni, ishlaridagi badiiylikni rivojlantirishning katta imkoniyatlarini kengroq o`rgatishni ko`zda tutadi. Fanni o`qitishda o`quvchilarga badiiy tarbiyani rivojlantirish, tejamkorlikka o`rgatish, kashta tikish san`ati amaliy tarzda olib boriladi, ya`ni ularga gazlama qoldiqlaridan buyumlar yasash ko`rsatib boriladi, ketma-ketligi tushuntiriladi. Bu esa hozirgi bozor iqtisodiyoti vaqtida juda muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:


  • gazlama turlarini ajrata olish, gazlamani uy sharoitida bo`yash;

- kashtachilikda qo`llaniladigan ish qurollaridan foydalana olishi va o`quvchilarga o`rgata olish;

- kashtachilikda qo`llaniladigan chok turlarini va ularni buyumlarda qo`llay olishni to`garak a`zolariga o`rgata olish;

- xalq amaliy san`ati muzeylari ko`rgazmalaridagi asarlarni tahlil qila olish, unda qo`llangan choklarni ajrata olishlari.

-tekis choklar, applikatsiya, ko`z-ko`z kashta, baxyasimon choklarni tikish va o`quvchilarga o`rgata olishi.



  • gazlama qoldiqlaridan keng iste`mol buyumlarini tayyorlashni bilishi;

  • gazlamalardan turli xil taxlamalarni tikish;

  • gazlamalardan sun`iy gullar yasash;


Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:

  • o`quvchilarga turli materiallarning xususiyatiga qarab to`g`ri bezak tanlash;

- kashtachilik tarixi, uning turlari haqida ma`lumotlarni bilishi, to`garak a`zolariga yetkaza olish ;

-gazlamaga badiiy ishlov berish, kashta tikish sirlarini o`rgatish orqali barkamol avlodni tarbiyalash;

- ularni shu kasbga bo`lgan muhabbatini, badiiy didini o`stirish, mehnatga muhabbatni o`stirish metodikasi;

- tayyor ishlar ko`rgazmasini tashkil etish metodikasi;

- qo`l kashtasini tikish va buyumda qo`llashni o`rgatish metodikasi;

- to`garak rejalarini tuza olish, reja asosida mashg`ulotlarni metodik jihatdan to`g`ri tashkil va tahlil qila olish;



  • o`quvchilar ishlarini to`g`ri baholay olishi.

- fanning standart talablarini bilish;

- o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o`stirish, fikrlash doiralarini kengaytirish; o`quvchilarning badiiy didini o`stirish, tejamkorlikka o`rgatish.



Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bo`g`liqligi,

uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi
Ushbu fanni o`zlashtirish uchun o`quvchilar umumta`lim fanlaridan fizika, kimyo, matematika,chizmachilik, tasviriy san`at, kasbiy ta`lim fanlaridan tikuvchilik gazlamashunosligi, tikuvchilik jihozlari,tikuvchilik texnologiyasi, zardozlik, tikuv buyumlarini loyihalash va modellash, pedagogika, bichish-tikishni o`rgatish metodikasi kabi fanlarni chuqur bilishlari talab etiladi. O`quv rejaga ko`ra yuqorida keltirilgan fanlar, gazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik va uni o`qitish metodikasi fani bilan birgalikda o`zlashtirilishi lozim.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo`yicha tavsiyalar

Bugungi kunda boshqa iste`mol mahsulotlari kabi kiyim va to`qimachilik mahsulotlariga yanada yuqori talablar qo`yilmoqda. Kiyimlarni bezatish jarayonida ishlab chiqilayotgan kiyimning zamonaviyligi, shakli, detallari, ulardagi bezaklarning mutanosibligi, hamda iqtisodiy tomonlarni hisobga olish lozim.



  • Ishlab chiqarishga oid fanlarni o`rgatish jarayoni turli xildagi ko`rgazmali o`quv qurollarini ko`rsatish bilan, darsdagi amaliy ishlari va ishlab chiqarish korxonaridagi amaliyot ishlarining o`zaro uzviy bog`langanliklari bilan olib borilishi lozim.

  • Qadriyatlarimizni qadrlashni o`rgatish, qadimiy meroslarimizni kelajak avlodlarga yetkazishni o`rgatishimiz kerak.

  • “Gazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik va uni o`qitish metodikasi” fanidan dars berishda buyum-kiyimlarga oid barcha ko`rgazmali texnik vositalari, gazlama bo`laklaridan bezaklar tayyorlashga kerakli bo`lgan ish qurollari(chizg`ichlar, lekalolar, qog`ozlar, o`lchash va tikish vositalari) bo`lishi lozim.

  • Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan - slaydlar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.

  • O`quvchilarda ijodiy raqobat hosil qilish maqsadida ko`rgazmalar tashkil etish kerak.

  • Ma`lumki, ta`lim – ikki yoqlama jarayon. Bu jarayonda pedagog ham, o`quvchi ham faol bo`lishi kerak. Pedagog tomondan berilayotgan materialdan amaliy ishda ijodiy foydalanish didni, tadbirkorlikni rivojlantirishga, kiyinish madaniyati tushunchasini kengaytirishga, kasbiy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam berishi kerak va o`quvchilar tomonidan bu axborotlar qanday qabul qilinayotganligini, “Teskari aloqa - bilim olish” yuzaga kelayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak.



Kirish. Gazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik va uni

o`qitish metodikasi fanining vazifalari.

Fanning maqsad, vazifalari, uning boshqa fanlar bilan o`zaro bog`lanishi. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kardlar tayyorlash milliy dasturi” Davlat talablari haqida. Fanning tarixi. Fan bo`yicha adabiyotlar.


I bo`lim. Gazlamalarni tayyorlash

1-mavzu. Gazlama turlari va ularni saralash usullari

Hozirgi davrda ishlab chiqarilayotgan gazlama turlari. Paxta va jun tolali gazlamalarni tikish xususiyatlari. Sun`iy va sintetik tolali gazlamalarning qo`llanilish darajasi. Gazlama turlari, namunalarini yig`ib, tabiiy va sun`iy gazlamalarning xususiyatlari bo`yicha guruhlarga ajratish.


2-mavzu. Gazlamalarni bo`yash usullari

Amaliy ish. Gazlamani bo`yashning ahamiyati va kamchiliklari. Uy sharoitida gazlamani bo`yash. Gazalamani bo`yash uchun rang tanlash. Turli ranglarni hosil qilish yo`llari. Ishlab chiqarish korxonalarida gazlamani bo`yash texnologiyasi haqida.

Mustaqil ish. Gazlamani uy sharoitida boyash.
II bo`lim. Kashtachilik va uni o`qitish metodikasi

1-mavzu. Kashtachilikda qo`llaniladigan jihoz va moslamar. To`garak ishlarini o`tkazish uchun moddiy ta`minot

Kashtachilikda qo`llaniladigan jihoz va moslamalar turlari: angishvona, qo`l ignalari, gardish, to`g`nog`ich, ip tortgich, qaychi va hokazo. Jihoz va moslamalarga qo`yiladigan talablar, ulardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari. To`garak o`tkazish uchun xonalarni tanlash jihozlash va bezatish.




2-mavzu. Kashta tikishga tayyorlash. Kashtachilik to`garagi tashkilotchisini mashg`ulotga tayyorlash metodikasi

Kashtado`zning ish o`rnini tashkil etish. Kashta tikish uchun gazlama, iplar, ish qurollarini tayyorlash. Amaliy san`at muzeyiga ekskursiya.

Kashtachilik to`garagi tashkilotchisini tayyorlashga qo`yiladigan talablar. To`garak rahbarlarining kasbiy malakalari. Kashtachilik to`garagi rejalari, turlari. To`garak rejasini tuzishga qo`yiladigan talablar. Kashtachilik to`garagi texnologiyasida o`quvchilarning ishlarini kuzatish va tahlil qilish.
3-mavzu. Kashta uchun naqsh va nusxa ko`chirish usullarini tanlash.

Kashta tikishga tayyorlashni o`rgatish metodikasi

Kashta uchun naqsh tanlash, uni ko`chirish usullari. Ko`chirgich, yupqa qog`oz, yorug`lik, iz tushirgich yordamida nusxa ko`chirish. Bezakni kattalashtirish yoki kichiklashtirish. Naqsh uchun rang tanlash qoidalari.

Kashtado`zning ish o`rnini tashkil etish. Kashta tikish uchun gazlama, ip, rang, bezak tanlash. Bezaklarni gazlamaga ko`chirish usullarini o`rgatish.

Mustaqil ish. Kashta tikish uchun naqsh ko`chirish, uni kattalashtirish.
4-mavzu. Kashtachilikda qo`llaniladigan chok turlarini tikish texnologiyalari.

Amaliy ish. Yo`rma (oldinga ilgarilatilgan) ilmoq, iroqi, yulduzcha, bosma, chindahayol, hamdo`zi, baxya, petlya, to`shama, Vladimircha, Aleksandrcha choklarini bajarish.

5-mavzu. Kashta tikilgan buyumga ishlov berish.

Kashtachilik to`garagida ijodiy ishlar ko`rgazmasini tashkil etish metodikasi

Amaliy ish. Kashta tikilgan buyumlarni yuvish, dazmollash.

Kashtachilik to`garagida tashkil qilinadigan ko`rgazmalar turlari va ularga qo`yiladigan talablar. Ko`rgazmani jihozlash va bezatish ishlari.

Kashtachilik bo`yicha tashkil qilingan ko`rgazmani kuzatish va tahlil qilish.
6-mavzu. Kashtachilikda qo`llaniladigan chok turlarini buyumda qo`llash

Amaliy ish.

a) Sanama (iroqi) chok turlaridan foydalanib buyumni bezash.

b) Ilmoq (zanjirsimon popop) chokini, oynasimon, qiyiq, dorpech kabi milliy buyumlarda qo`llash.

v) Yo`rma (igna ilgarilatadigan) suv chokini buyumda qo`llash. Milliy qiyiqchani bezash.

g) Yulduzcha chokida ko`zcha sirtini bezab tikish.

d) To`shama (ko`rpa), bosma chokidan foydalanib ertak, multfilm qahramonlari kompozitsiyasini yoki milliy palak bo`lagini bezash.



Mustaqil ish. Sanama chok yordamida foydalanib kashta tikish.
7-mavzu. Baxyasimon merejka chok turlarini tikish texnologiyasi va uni

o`rgatish metodikasi

Merejka tikish uchun gazlamani tayyorlash, popuk, ustuncha, yorma, chalishma, bog`lam, o`ram va bo`g`ma merejka namunalarini tikish. Merejka yordamida dasturxon chetini bezash.

Baxyasimon choklarning turlari. Choklarni tikish uchun materiallar tanlash va tikishni o`rgatish metodikasi.

Amaliy ish. Baxyasimon choklarni o`rgatish mashg`uloti uchun reja tuzish, ko`rgazma tayyorlashni mashq qilish.

Mustaqil ish. Merejka choki yordamida kashta tikish.

8-mavzu. Turli xalqlar kashtachiligida keng tarqalgan choklarni tikish texnologiyasi

a) Vladimircha choklarining bajarilishi va buyumda qo`llash. Choynak qalpog`ini bezash, yostiq jildini bezash, sochiqni bezash.

b) Aleksandrcha (silliq tekis chok) choklarini bajarish va buyumda qo`llash. Cho`chma guli, “qo`qongul” va turli guldastalarni, dasturxonni bezash.

v) Oq tekis chok. Oq tekis chokni bajarish. Yoqa, manjet, bluzka, taqilmasini oq tekis chok bilan bezash.


9-mavzu. Tayyor to`rga bezaklar tikish texnologiyasi. Qo`l kashtasini tikish va buyumda qo`llashni o`rgatish metodikasi.

Amaliy ish. 20 x 30 smli tayyor to`rga ertak qahramonlari asosida turli choklar yordamida bezak tikish.

Q`ol kahtasini tikish turlarini o`rgatish metodikasi. Qo`l kashtasini buyumda qo`llashni o`rgatish metodikasi. Q`ol kashtasini tikish bo`yicha mashg`ulot rejasini tuzish, ko`rgazma tayyorlash.


10-mavzu. Kashtachilikda applikatsiya qilish texnologiyasi va uni o`rgatish metodikasi.

Amaliy ish. Applikatsiya qilish usullari. Applikatsiyaga mo`ljallangan materiallar, rangning ahamiyati. Applikatsiya mavzulari va ularni gazlamaga tushirish texnologiyasi. Qo`lda va mashinada bajariladigan applikatsiyalar.

Chetlari merejka qilingan dasturxonga applikatsiya naqshini tanlab, uni bajarish. Kashtachilikda applikatsiya qilish uchun kerakli materiallarni tayyorlash. Applikatsiya qilish usullari turlari va ularni o`rganish metodikasi.



Mustaqil ish. Applikatsiya qilish. Dasturxon chetini applikatsiya qilish.
11-mavzu. Ko`z-ko`z (o`yma yoki resheli) chokini tikish texnologiyasi va uni o`rgatish metodikasi

Ko`z-ko`z choki yordamida yoqa va manjet, cho`ntakni bezash.

Ko`z-ko`z kashta tikishga tayyorlanish, uning turlari haqida tushuncha berish va tikishga o`rgatish metodikasi. Ko`z-ko`z kashta tikishni o`rgatish mashg`uloti rejasini tuzish va ko`rgazma tayyorlash.
III bo`lim. Gazlama qoldiqlaridan keng iste`mol buyumlarini yasash

1-mavzu. Oshxona anjomlarini tikish tehnologiyalari.

Amaliy ish. Gazlama qoldiqlaridan unumli foydalanishning ahamiyati. Oshxona anjomlari turlari va ularni tikish. Peshband turlari, bosh kiyimlar, sochiqlar, choynak tagliklari, choynak g`iloflari, qozon va choynak ushlagichlari tikish texnologiyasi bilan tanishish va ayrimlarini amalda tikib ko`rish. Oshxona buyumlarini: sochiqni va dasturxonni bezashda kashta namunalaridan foydalanish.
2-mavzu. Xona anjomlarini tikish tehnologiyalari.

Amaliy ish. Gazlama qoldiqlaridan gilamcha to`qish, stullarga ko`rpachalar tikish, yostiq jildlari uchun quroqlar tikish texnologiyasi bilan tanishtirish, namunalar tikish.

Mustaqil ish. Oshxona va xona anjomlarini tikib topshirish.
3-mavzu. Yumshoq o`yinchoq turlarini tikish texnologiyalari

Amaliy ish. Yumshoq o`yinchoq turlari va ularning ahamiyati. Yumshoq o`yinchoqlar tayyorlashda gazlama turi va rangini ajratib tanlash. Yumshoq o`yinchoqlar uchun andazalar tayyorlash. Yumshoq o`yinchoq namunalarini tikish.

Mustaqil ish. Murakkab yumshoq o`yinchoqlarni tayyorlash.
IV bo`lim. Turli materiallardan bezak turlarini yasash

1-mavzu. Gazlama turlari bilan ishlash texnologiyalari

Buyumni bezashda gazlama turlaridan foydalanish. Ranglarning bir-biriga mosligi jadvali bilan tanishish. Gazlama bo`ladigan bezaklar tayyorlash: burmalar, tugmalar, kantlar, belbog`lar, applikatsiya va hokazolar.



Mustaqil ish. Turli bezak namunalarini tayyorlash.
2-mavzu. Taxlama va burmalarni tikish texnologiyalari

Amaliy ish. Kiyimlarda taxlama, burmalarning ishlatilishi. Taxlama turlari: mayda taxlama, ro`para va bir yoqlamali, dioganal taxlamalar.

Taxlama turlari: mayda taxlamalar (plisse), yirik taxlamalar, oralangan taxlama, ro`para taxlamalar, gofre. Taxlamalarni bajaradigan asbob-uskunalar bilan tanishish. Taxlamani tayyorlash texnologiyasi ketma-ketligi. Uy sharoitida taxlamalarni tayyorlash usullari. Taxlama namunalarini tayyorlash. Burmalar turi: buff, vafli, merejka, shakldor burmalarni tayyorlash. Tasmalardan tayyorlanadigan buyumlar.



Mustaqil ish. Taxlamali yostiq jildini tikish.
3-mavzu. Charm bilan ishlash texnologiyalari

Amaliy ish. Charm turlari. Charm qoldiqlaridan to`g`ri foydalanishni o`rgatish. Sun`iy va tabiiy charmni buyumga tikish usullari. Sun`iy charmdan turli xil buyumlar: kamarlar, tapochkalar, kichik sumkachalar tikish. Charmdan applikatsiya namunalarini tikish: mavzuli, gulli, naqshli.
4-mavzu. Iplar bilan ishlash, turli bezaklar tayyorlash texnologiyalari

Amaliy ish. Iplarni bo`yash. Iplardan shnurlar tayyorlash va buyumda bezak sifatida foydalanish. Iplardan gajimlar tayyorlash. Makrame haqida ma`lumot. Turli buyumlarni qo`lda to`qish bilan tanishish. Guldon, panno, turli buyumlarni ipdan qo`lda to`qish.
V bo`lim. Gazlama qoldiqlaridan gul yasash

1-mavzu. Gul yasash asbob-anjomlari bilan tanishish. Gazlama bo`laklarini tayyorlash

Buyumlarni sun`iy gullar bilan bezatishning ahamiyati. Sun`iy gul turlari. Gul yasash uchun kerakli asbob-uskunalar, moslamalar. Gazlamani qotirish usullari.


2-mavzu. Gazlama bo`laklaridan sun`iy gullar tayyorlash texnologiyasi.

Amaliy ish. Gul detallarini bichish uchun andazalar tayyorlash va gulni bichish. Gul detallariga shakl berish va gulni yig`ish. Gazlama bo`laklaridan sun`iy gullar yig`ish.

Mustaqil ish. Gullardan buket tayyorlash.
3-mavzu. O`quvchilarni reyting asosida yakuniy baholash.

Amaliy ish. Tikilgan ijodiy, mustaqil ishlardan yakuniy ko`rgazma tayyorlash.





Mavzular nomi

Hammasi

Dars turi bo`yicha soatlar taqsimoti (auditoriya yuklamasi)

Mustaqqil ish

Jami

Nazariy (ma`ruza)

Amaliy

Laboratoriya ishi

Seminar

Kurs ishi (loyihasi)

1

Kirish. Gazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik va uni o`qitish metodikasi fanining vazifalari.

2

2

2
















Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish