15- mavzu: Sotsiologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish Savollar



Download 17,4 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi17,4 Kb.
#913780
Bog'liq
15-ma`ruza


15- mavzu: Sotsiologik tadqiqotlar natijalarini
tahlil qilish va umumlashtirish



Savollar:

  1. Sotsiologik axborotlar taxlili.

  2. Tadqiqot natijalarini izohlash tartibi.

  3. Hisobot tayyorlash uslubiyati.

Mavzu bo‘yicha tayanch atamalar: empirik material, tahlil, umumlashtirish, ilmiy hisobot tarkibi.
Sotsiologik axborotlarning tahlili va ilmiy tasniflanish sotsiologiyaning muhim bosqichi bo‘lib, maxsus tizim yordamida olingan natijalarni e’tirof qilishdan iborat, bu natijalar qabul qilingan ilmiy atamalar orqali ifoda etiladi.
Ma’lumotlarni tahlil bosqichi o‘rganilayotgan ob’ekt haqida olingan axborotni shu ob’ekt haqida oldindan mavjud bo‘lgan axborot bilan solishtirishdan iboratdir. Sotsiologik ma’lumotlarni tahlil bosqichining ma’nosi va maqsadi natijalarning ma’nosini tushuntirib berish, fikrlarni umumlashtirish va yagona nazariy tizimga keltirishdir. Shuning uchun tahlil natijasida hosil bo‘ladigan hisobot birinchidan, o‘rganilayotgan ijtimoiy ob’ektning miqdoriy parametrlarini o‘z ichida mujassamlantirgan bo‘lishi, ikkinchidan, uning rivojlanish sur’atlarini (o‘sish yoki pasayish) yo‘nalishlarini ko‘rsatishi, uchinchidan, ijtimoiy xodisalarning orasidagi o‘zaro aloqadorligi qonuniyatlarini ishonchli ko‘rsatkichlar yordamida ochib berish kerak. Yana shuni ta’kidlash zarurki, ishlov berish va matematik tahlil qilish bosqichidan keyin ma’lumotlarning o‘rtacha qiymatlari xosil bo‘ladi, ular umumiy tasnif etilib tadqiq etilayotgan ob’ektning xilma-xil elementlarini yaxlit tizimda mujassamlashtiradi. To‘plangan empirik axborotlarni to‘g‘ri izohlash va ma’lumotlar mantiQiga mos xulosa va tavsiyalarni shakllantirish tadqiqotchidan katta aql hamda ilmiy-nazariy mavhumlashtirish qobiliyatini talab etadi. Zero, tadqiqotlar yakuni ayrimlarning fikri bo‘yicha, olingan natijalar ijobiy baholanadi, boshqalar tomonidan esa salbiy baholanadi, uchinchilar esa na ijobiy, na salbiy baho beradilar.. Shuning uchun empirik materiallarning tahlil qilinishi hozirgi va kelajakdagi masalalarning amaliy yechimi bilan bog‘liq bo‘lib, aniq xulosalar chiqarish uchun yuqori saviyadagi sotsiologik madaniyat, to‘g‘ri va xolis ilmiy yondoshuv zarurdir.
Masalan, muayyan bir regionda o‘tkazilgan tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatadiki, so‘ralganlarning 70% jamoatchilik topshiriQlariga ega ekan. Bunday raqamni bir tomondan ijobiy desak bo‘ladi, chunki jamoatchilik topshiriqlariga ega bo‘lganlar yaxshi ijtimoiy faoliyat ko‘rsatayotganliklarining dalilidir. Lekin, aynan shu raqamni salbiy xolat desak ham bo‘ladi, chunki so‘ralganlarning o‘zlari bergan javoblar bilan shu jamoada ishlovchilarning haqiqiy jamoaviy faolligi qiyosiy o‘rganilganda, ishlovchilarning atigi uchdan bir qismi jamoat topshiriqlarga ega ekanliklari ma’lum bo‘ldi, bu esa ishda jiddiy va katta kamchiliklar bor ekanligidan dalolatdir. Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, sotsiologik tadqiqot jarayonida olingan axborotni aniq baholash uchun qo‘shimcha ma’lumotlar zarur va bu ma’lumotlar olish uchun nafaqat qo‘shimcha mablaQ, balki shunga vaqt va quvvat ham sarf bo‘ladi (qancha vaqt mobaynida jamoat tashkilotlari o‘zlariga tegishli faoliyatni bajarishgan, ko‘rilayotgan sanagacha jamoa topshiriQiga ega bo‘lganlarning soni, tarkibi va topshiriqlarning turi, ketkazilgan tashkiliy harakatlar va h.k.).
Sotsiologik tadqiqotning natijalarini to‘g‘ri izohlab berish uchun qator ilmiy-uslubiy yechimlar tizimi mavjud, ammo har bir konkret xolatda bu narsa bir butun kishilar jamoasi (sotsiologlar, tashkilotlarning ma’muriyati, ma’muriy va ma’rifiy sohalarda ishlovchi shaxslar, so‘raluvchilar o‘zlari) ishtirokida amalga oshiriladi. Sotsiologiya natijalarini tahlil va umulashtirish jarayonidagi ayrim bosqichlarni ajratib tavsiflashga harakat qilamiz.
Birinchisi - tadqiqot ilmiy farazlariga mos va muvofiq hosil qilingan empirik ma’lumotlarni tartiblash, guruhlashtirish, klassifikatsiyalashdir. Bu bosqichda tadqiq etiluvchi xodisalarning miqdoriy tasniflari, tadqiqot tomonidan qamrab olingan xodisalar, ob’ektlar tez-tez takrorlanishi empirik ma’lumotlarni statistik guruhlashga imkon beradi.
Ijtimoiy axborotlarning har xil alomatlarga ega bo‘lishini hamda sotsiologik tadqiqotlarning vazifalari va maqsadlari xilma-xilligi inobatga olib har xil guruhlashtirish uslublarini qo‘llash mumkin. Guruhlashtirishning eng sodda ko‘rinishlardan biri-tipologik qurilmalardir, ya’ni kuzatiluvchi birliklarni biron-bir alomat bo‘yicha maxsus sinchiklab o‘rganishdir (masalan, yoshi, jinsi va h.k.). Xozirgi paytda bu uslubning imkoniyatlari EXMdan foydalanish natijasida ancha kengaydi. O‘zgaruvchilarning tipologiyasini amalga oshirish va barqaror guruhlarni ajratib olish uchun faktorli, dispersion tahlil uslublari qo‘llanilayapti.
Interpretatsiya va tahlilning ikkinchi bosqichi - sonli tasniflarning ishonchliligini va o‘rtacha qiymat xolisligini tekshirish, ma’lumotlarni umumlashtirishdir. Bu bosqichda turli tasodifiy tasnifga ega bo‘lgan axborotlar bir-biridan ajratib olinadi.
Uchinchi bosqichda hosil qilingan sonli tavsif orqali mavjud bo‘lgan tadqiqotning ilmiy farazlari tekshiriladi.
Sotsiologik tadqiqotni tashkil qilishga va o‘tkazilishiga katta sarf-xarajatlar ketkazilishi tufayli o‘rganilayotgan muammoni iloji boricha to‘laroq qamrab oladigan bir nechta ilmiy faraz ilgariga suriladi.
Tadqiqotning natijalarini ishonchliligi va ilmiy farazlarning xayotiyligi eng samarador vosita sifatida kishilarning ijtimoiy faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Shu sababli ilmiy farazni sinash jarayonida tadqiqotchi ko‘proq real xodisalarga tayanishi, xilma-xil ma’lumotlarni birlashtirishi, empirik materiallardan o‘rganilayotgan ob’ektning zaruriy, muhim jihat va xossalarini ajratib berishga intilishi kerak.
Ilmiy farazlarni empirik sinashning yaxshi uslublaridan biri sotsiologik eksperimentdir. U ilmiy farazlarning sinash usullaridan eng ishonchlisi bo‘lsada, o‘rganilayotgan ob’ektlar orasidagi bog‘lanishlarning murakkab va ko‘p qirrali bo‘lganligi sababli hozirgi paytda kam ishlatiladi.
Hozirgi zamonda sotsiologiyasida eng ko‘p qo‘llaniladigan uslublardan bir statistik uslublardir. Ilmiy farazlarning ishonchligini aniqlashning tipik usullari sifatida miqdorlarning o‘rtacha qiymatlarini hisoblash, o‘zaro bog‘liq koeffitsientlarni aniqlash va x. k. ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Ilmiy hisobotni tuzish. Sotsiologik tahlilning natijalari, tizimlashgan va guruhlashtirilgan ko‘rinishda ilmiy hisobotda namoyon bo‘ladi. Hisobotni tayyorlashda shuni esda tutish kerakki, u keyinchalik nazariy ishlarni davom ettirishga asos bo‘lishi va ijtimoiy boshqaruv amaliyotida sotsiologik tadqiqotlar natijalarini aks ettiruvchi shakliga ega bo‘lishi kerak. Hisobotga izoxlovchi xat kiritilishi ilmiy taomilga kirgan bo‘lib unda qisqacha asosiy xulosalar va natijalar keltiriladi.
Hisobotning ilovasi sifatida jadvallar, grafiklar, anketalar, blanklar, testlar va boshqalar keltiriladi.
Hisobotning bo‘limlari. Hisobotning tarkibi tadqiqotning turiga, nazariy yoki amaliy ekanligiga bog‘liqdir.
Dastavval hisobot tuzilayotganda muammoning qo‘yilishi, tadqiq etiluvchi masalalarning ta’rifi, asosiy tushunchalarning nazariy interpretatsiyasi, muammoning qay darajada o‘rganilganligi va uning yechimiga oid mavjud yo‘llarga e’tibor beriladi. Alohida e’tiborni tadqiqotning uslublar tasnifiga, tanlovning tuzilishi, axborotlarni yig‘ish tartiblariga ajratish kerak. Oxirida alohida bo‘lim orqali o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining har tomonlama tahlili va qo‘yilgan masalalarning yechim darajasi tasniflanadi. Bu bo‘limning oxirida tadqiqotning mavjud bo‘lgan amaliy natijalari ko‘rsatiladi va aniq xulosalar shakllanadi, yangi axborotni olish zarurligi aniqlanadi va uni xosil qilish uchun texnikaviy va uslubiy tavsiyalar beriladi.
Amaliy sotsiologik tadqiqotning asosiy maqsadi amaliyot tomonidan ilgari surilgan masalalarning yechimidir. Shuning uchun bunday tadqiqot hisobotida tarkibi-ilmiy farazlar, tadqiqot vazifalari, o‘rtacha ko‘rsatkichlar tizimi, axborotlar, tanlovi va boshlang‘ich axborotlarni yig‘ish bo‘yicha tadqiqot uslublari tarkibi tavsiflab beriladi va ularning umumiy natijalaridagi o‘rni ochib beriladi.
Bunda asosiy e’tibor amaliy xulosalar va tavsiyalarga qaratiladi. Shu bilan birga buyurtmachiga aniq va tushunarli tilda, uning faoliyat doirasiga xos xususiyatlar hamda o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy sifatlar majmui asosli bayon etib beriladi. inobatga olib yozilgan bo‘lishi kerak. Hisobot ilovalarida - statistik jadvallar, tanlovning xisob-kitobi va asoslanishi, ijtimoiy axborotlarni yig‘ish uchun instrumentariy asosiy uslublarining namunalari ko‘rsatiladi.
Hisobotga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi. Birinchidan, hisobotda tadqiqotning predmetiga mos mantiqan barcha o‘zaro bog‘langan muammolar guruhlari iloji boricha chuqur va to‘la aks ettirilgan bo‘lishi kerak. Bu esa natijalarni umumlashtirish, tahlil etish, muhim qismini nomuximdan ajratib olishini talab qiladi. Hisobotda bajariladigan ishlar turkumini mantiqiy ketma-ketligi ta’minlangan bo‘lishi kerak, ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish jarayonida har bir ish turkumining o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib o‘tish, empirik axborotlarni izoxlash va nazariy asoslash bo‘yicha hamma amallar to‘liq bajarilishi lozim.
Ikkinchidan, hisobotning har bo‘limida tadrijiy bir-birini to‘ldiruvchi ikki qismning o‘zaro mutanosibligini ta’minlash zarur. Birinchi qismda muammolar va natijalar, ikkinchi qismda esa xulosalarni chuqur ilmiy asoslab berish zarurdir. Bu esa tadqiqotchini xozirgi axvolni sharhlash va umumlashtirishdan tashqari, uni tahlil va bashorat qilishga undaydi.
Uchinchidan, hisobot so‘rovnomadagi savollar ketma-ketligidan mustasno, respondentning ruxiyatini xisobga olgan xolda tuziladi. Hisobotda esa so‘rovnomaning barcha savollari va ularga mos natijalari ilmiy mantiq talablariga binoan tahlil etib beriladi
To‘rtinchidan, hisobotning texnik jihatdan yuqori saviyada rasmiylashtirilishi va to‘g‘ri tuzilishi katta ahamityaga ega. Ko‘pi bilan hisobot (ilovasiz) 50-60 betdan iborat bo‘lganligi ma’qul. Hisobotga doir tushuntirish xati 10 betgacha bo‘lishi mumkin. Hisobotda tadqiqot ishlariga jalb etilgan barcha tashkilotlar, o‘tkazilish muddati va joylari, tadqiqot uslubiyoti bo‘yicha ko‘rsatma beruvchilarni tayyorlashning tartibi va tarkibi, ma’lumotlar yiqilishini tashkillashtirilishi, axborotlarni kodlashtirish uchun ishlatilgan tizim va matematik ishlov berishda qo‘llanilgan uslublar ko‘rsatilishi lozim. Jadvallar keragidan ortiqcha raqamlarga ega bo‘lmasligi kerak.
Bundan tashqari, hisobot yozish jarayonida buyurtmachiga tadqiqotning eng muhim natijalari bo‘yicha tezkor axborotlar ekspress - revyu ko‘rinishida topshirish maqsadga muvofiqdir.
Download 17,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish