72-f 20-i talabsi



Download 17,25 Kb.
Sana15.01.2022
Hajmi17,25 Kb.
#370161
Bog'liq
RADIOAKTIV XAVFSIZLIK


72-F 20-I Talabsi

Xolmurodov ULug’bekning

ATROF MUHIT VA TABIIY RESURSLAR IQTISODIYOTI

Fanidan

,,RADIOAKTIV XAVFSIZLIK’’

Mavzusida yozgan Mustaqil ishi

RADIOAKTIV XAVFSIZLIK

Radiatsion himoya,radiatsion xavfsizlik-radioaktiv moddalar va boshqa ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlaganda xavfsizlikni taminlovchi tadbirlar majmui.Radiobialogiya,yadro fizikasi,kosmik biologiya,kosmik tibbiyot va boshqa fanlar yutuqlariga asoslanadi.Radiatsion himoyaning asosiy maqsadi-biosferaning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik,odam va hayvonlar organizimini(kosmos sharoitida) zararli nurlanishlardan asrash va h.k.Zararli nurlanishlarning organizmga biologik tasiri haqidagi malumotlar Radiatsion himoya yoki Radiatsion xavfsizlik me’yorlari ishlab chiqish asos bo’ladi.Radiaktiv moddalar bilan ishlaganda yoki ulardan foydalanishda xavfsiz sharoitlarni taminlash,avvalo, xodimlarni xavfli nurlanishlar manbai(yadro reaktorlari,gammadefektoskoplar,radioizotop,termoelktr generator va boshqalar) ta’siridan ishonchli himoya qilishdan iborat.Bunga qurilmalarni ekranlash(to’sish),ish xonasiga kirish labirint(aylanma) yo’llar hosil qilish,bu manbalar bilan ishlash vaqtini cheklab qo’yish,radioaktiv chiqindilarni o’z vaqtida olib ketishva ularga tegishli ishlov berish,yakka(individual) himoya vositalaridan foydalanish va boshqa tadbirlar orqali erishiladi.

Radiatsion himoyani me’yoriy jihatdanta’minlash uchun Radiatsion himoya bo’yicha xalqaro komissiya materiallari asosida radiatsion xavfsizlik meyorlari ishlab chiqilgan(1976).Bu hujjatda R.Hning asosiy tamoyillari belgilab qo’yilgan.Bu me’yorlarda radioaktiv nurlar bilan nurlanishning chegarasi yo’l qo’yadigan qiymatlari va nazorta darajalari,nurlanish dozalari chegaralari,turli nurlanishlarning sifat koeffitsiyentlari belgilab qo’yilgan.Bu me’yorlar radioaktiv moddalar bilan ishlovchi barcha shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.Agar R.Hga doir chegaraviy me’yorlar buzilganligi aniqlansa, ,,Radioaktiv moddalar va boshqa ionlovchi nurlanishlar bilan ishlashdagi asosiy saniatriya qoidalari‘’ga muvofiq choralar ko’riladi.

Zararli nurlanishlar va ulardan himoyayaalanish

Zararli nurlanish manbalari.Zararli nurlanishlar quyosh nurlari ta’sirida, simobli-kvars lampalardan foydalanish vaqtida, metallarga issiqlik bilan ishlov berishda, radioto’lqinlarni uzatishda,yuqori chastotali genatorlarda,qishloq xo’jalik mahsulotlariga suniy radioaktiv moddalar bilan ishlov berishda,atom elektr stansiyalarida hosil bo’lishi mumkin.Radioaktiv nurlarning manbalari tabiiy yoki suniiy bo’ladi.Bunday nurlarning o’lchov birligi qilib ,,BER’’(Biologicheskiy ekvivalent rentgena) qabul qilingan.Agar bir yillik umumiynurlanishlar miqdori 170m.Ber.dan ortiq bo’lsa,inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.Lekin hozirgi vaqtda yadro energiyasidan keng foydalanish,radioaktiv chiqindilarni saqlash xavfsizligi qoidalarini buzilishi va shu kabi boshqa sabablar,radioaktiv nurlar miqdorini oshib ketishiga olib kelmoqda.Bunga yaqqol misol qilib 1979-yili Amerikaning Garrisberg shahri yaqinidagi hamda Chernobil atom elektr stansiyalaridagi halokatlarni,ayrim davlatlarda olib borilayotgan turli xil ko’rinishdagi yadro sinovlarini keltirish mumkin.

Elektromagnit nurlanishlar radiolokatsiya,yadro fizikasi,televidenia,tibbiyot va metallarga issiqlik bilan ishlov berishda qo’llaniluvchi ultra tuqori chastotali-UVCH va o’ta yuqori chastotali – SVCH generatorlarida yuzaga keladi.Ish xonalarida yuqori va ultra yuqori chastotalarning manbai sifatida energiya uzatmalarini (fider liniyalar),induksion g’altaklarni,kondensa-torlarni,tebranuvchi konturlarning ekranlashtirilmagan elementlarini misol qilib keltirish mumkin.

Zararli nurlanishlarning inson organizimiga ta’siri.

Yuqorida keltirilgan nurlanishlar ichida inson hayoti va sog’ligi uchun radioaktiv nurlanishlar eng xavfli hisoblanadi.Ushbu nurlanish ta’sirida ,,Nur kasalligi’’ kelib chiqishi,yani markaziy nerv va qon aylanish sistemalarining, ichki sekretsiya bezlarining ish tartibi buzilishi mumkin.Bunday kasallikning asosiy belgilari-doimiy toliqish va kamdarmonlik,bosh aylanishi,qayd qilish hamda shu kabi ko’rinishlarda bo’ladi.Bundan tashqari radioaktiv nurlanishlar rak kasalligini keltirib chiqarishi,insonda genetic o’zgarishlarni sodir etib,pushtsizlikka olib kelishi,ona qornidagi homilaning rivojlanishiga katta ta’sir etishi ham mumkin.Infraqizil nurlar inson tanasining qizishiga,tana haroratinining oshishiga,ultrbinafsha nurlar esa ter osti to’qimalarida biologik o’zgarishlar vujudga kelishiga,elektromagnit nurlanishlar markaziy nerv sistemasi ishining buzilishiga,tez toliqishga,kamdarmonlikka,bosh og’rig’I uyqusizlik,pulsning va qon bosimining kamayishiga olib keladi.

Yuqori va ultra chastotali elektromagnit maydonlari ta’sirida markaziy nerv sistemasining faoliyatini buziladi,tanada umimiy horg'inlik,charchas sodir bo'ladi,bosh og'riydi,uyqu keladi,puls va qon bosimi kamayadi.

Zararli nurlanishlardan himoyalanish.

Elektromagnit to’lqinlarning oldini olish maqsadida sanitary qoidalar asosida nurlanishning ruxsat etilgan miqdorlari aniqlangan.VCH,UVCH va SVCH qurilmalardan nurlanuvchi elektromagnit tebranishlar intensivligi(elektr maydonining kuchlanishi)

RADIOAKTIV NURLANISH TURLARI

Nima uchun radiatsiya odamlar uchun xavfli? Ma’lumki,radiatsianing inson yoki hayvon organizimiga ta’siri ikki hil bo’lishi mumkin:ichkaridan yoki tashqaridan.Ularning hech biri salomatlikni qo’shmaydi.Bundan tashqari,fan radiatsiya moddalarining ichki ta’siri tashqi ta’sirdan ko’ra xavfliroq ekanligini biladi.Ko’pincha radiatsiya moddalari tanamizga ifloslangan suv va oziq-ovqat bilan birga kiradi.Radiatsiyaning ichli ta’siridan qochish uchun qaysi oziq-ovqat mahsulotlari uning manbai ekanligini bilish kifoya.

Fon radiatsiyasi tabiiy va texnogen radiatsiyalarga bo’linadi.Sayyoramizda tabiiy nurlanishdan qochish deyarli mumkin emas,chunki uning manbalari quyosh va tuproq ichidagi radon gazidir.Ushbu turdagi nurlanish odamlar va hayvonlarning tanasiga deyarli salbit ta’sir ko’rsatmaydi,chunki yer yuzasida uning darajasi MPSchegarasida. To’g’ri, kosmosda yoki samalyot bortida 10km balandlikda quyosh nurlari haqiqiy xavf tug’dirishi mumkin.Shunday qilib,radiatsiya va odamlar doimiy o’zaro ta’sirda.

Suniy nurlanish manbalaribilan hamma narsa noaniq.Bazi sanoat va tog’-kon sanoatida ishchilar radiatsiya ta’siridan maxsus himoya kiyim kiyadi.Bunday obektlardan fon radiatsiya darajasi ruxsat etilgan me’yorlardan ancha yuqori bo’lishi mumkin.Quyosh tabiiy nurlanishning asosiy manbai hisoblanadi.

Yashash zamonaviy dunyo, radiatsiya nima ekanligi va odamlarga,hayvonlarga va o’simliklarga qanday ta’sir qilishini bilish mihimdir.Inson tanasiga radiatsiya ta’sir qilish darajasi odatda sievertlarda o’lchanadi(qisqartirilgan Sv, 1 Sv=1000 mSv =10msv).Bu nurlanishni o’lchash uchun maxsus asboblar-dozimetrlar yordamida amalga oshiriladi.

RADIOAKTIV MODDALAR VA RADIOAKTIV CHIQINDILAR,SHUNINGDEK YADROVIY MATERIALLAR AYLANISHINI DAVLAT TOMONIDAN HISOBGA OLISH VA NAZORAT QILISH TARTIBI TO’G’RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH

TOG’RISIDA

,,Radiatsiyaviy xavfsizlik tog’risida’’gi O’zbekiston Respublikasini Qonuning 10-moddasini amalga oshirish maqsadida hamda Vazirlar Mahkamasining ,,Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash haqida’’ 2009-yil 3-apreldagi 98-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1.Quyidagilar:

Radioaktiv maoddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish taribi to’g’risidagi nizom.

Yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to’g’risidagi nizom.

2.Vazirliklar,davlat qo’mitalari,idoralar,Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch oy muddatda o’z normative-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

3.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vazirining o’rinbosari E.R.Shaismatov zimmasiga yuklansin.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOSH VAZIRI SH.MIRZIYOYEV

Toshkent sh.

2009-yil 13-avgust 231-son

RADIOAKTIV MODDALAR VA RADIOAKTIV CHIQINDILARGA OID TUSHUNCHALAR:

1.Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini Respublika darajasida davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish-O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan RM va RCH aylanishi subyektlarida RM va RCHni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish;

2.Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini idoraviy darajada davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish-O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan,davlat va xo’jalik boshqaruvi organlariga hamda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga idoraviy mansub RM va RCHni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish;

3.RM va RCH aylanishini mintaqaviy darajada davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish-O’zbekiston Respublikasining tegishli mamuriy-hududiy birligi hududida joylashgan RM va RCH aylanishi subyektlarida RM va RCHni davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish,davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida hamda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga idoraviy mansub tashkilotlar bundan mustasno;

4.Radiaktiv moddalar-tarkibida belgilangan radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va qoidalarining eng kam qiymatdan ortiq aktivlikdagi radionuklitlar bo’lgan har qanday agregat holatdagi yadroviy materiallarga tegishli bo’lmagan bo’lmagan moddalar;

5.Radioaktiv chiqindilar-keyinchalik foydalanish uchun mo’ljallanmagan,tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonun hujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlardan yuqori bo’gan har qanday agregat holatidagi moddalar’’.

6.Ionlashtiruvchi nurlanish manbai(INM)-o’zidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir bo’lgan qurilma va radioaktiv modda,yadroviy materiallar;

7.Ionlashtiruvchi nurlanish-radioaktiv parchalanishda,yadroviy evrilishlarda,moddadagi zaryadlangan zarralar harakatining sekinlashuvida hosil bo’ladigan hamda muhit bilan o’zaro ta’sir etish chog’ida har hil qutbli ionlarni hosil qiladigan nurlanish;

8.Yopiq radionuklid manbai-qo’llanishi va eskirishi davrida,o’zidan chiqayotgan mo’ljallangan radionuklidlarning atrof muhitga tarqalishini istisno qiluvchi qurilma,ionlashtiruvchi nurlanish manbai;

9.Ochiq radionuklid manbai-qo’llanishi davrida o’zidan chiqayotgan radionuklidlarni atrof muhlitlarga tarqatuvchi ionlashtiruvchi nurlanish manbai;

10.Radiatsiyaviy xavfsizlik-fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan himoyalanganligi holati;

11.Sanitariya-himoya zonasi-mazkur manbani normal holatlarda ishlatganda fuqarolarning nurlanish olish darajasi aholi uchun belgilangan asosiy me’yordan ortishi mumkin bo’lgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai atrofidagi hudud;

12.Kuzatish zonasi-radiaatsiyaviy monitoring o’tqazilgan sanitariya-himoya zonasidan tashqaridagi hudud;

13.Yadroviy xavfsizlik-yadroviy materiallardan xavfsiz foydalanishni taminlaydigan tadbirlar kompleksi;

14.Radionuklidlar bn zararlangan hudud-normalar va qoidalarda belgilangan minimal qiymatdan oshadigan va nurlanishga olib keladigan radioaktiv moddalar ma’lum miqdorda bor bo’lgan atom energiyasi ishlatilgan obyektlar (sanoat,sanitariya-himoya zonasi va kuzatish zonasidagi yer va hovuzlar) hududi;

Yillik ta’sir darajasi(ekvivalenti)-bir yil ichida olingan tashqi nurlanish tasiri darajasi yig’indisi hamda shu yil davomida organism qabul qilgan shartli radionuklidlarning ichki nurlanishi kutilgan ta’sir darajasi.Yillik ta’sir darajasi birligi-zivert(Zv)



15.Jamoaviy ta’sir darajasi-individual ta’sir darajalari yig’indisiga teng bo’lgan nurlanishning stoxastik ta’siri vujudgan kelishining jamoaviy xavfi chorasi.Jamoaviy ta’sir darajasi birligi-inson-zivert(chel.-Zv)

16.Nuklid-berilgan massa sondagi (yadrodagi proton va neytronlar massasi) va atom raqamli(yadrodagi proton va neytronlar soni) xilma-xil atomlar.
Download 17,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish