Olinish usullari. Uglevodorodlarning galogenli hosilalari asosan quyidagi usullar yordamida olinadi:
Alkanlarga galogenlarni bevosita ta'sir ettirish:
+ CL + CL + CL + CL
CH — ^ CH Cl — ^ CH ,CL - ^ CHCl 3 — ^ CCl
- HCl - HCl - HCl - HCl
Bu usulning asosiy kamchiligi shundan iboratki, hosil bo'lgan galogenli hosilalar toza holda bo'lmay, balki mono-, di-, tri- va tetra- galogenli hosilalar aralashma holida bo'ladi.
Spirtlarga galogen vodorodlar, shuningdek, fosfor va oltingugurtning galogenli birikmalarini ta' sir ettirish:
C2H5OH + HBr ^ C2H5Br + H2O
3C2H5OH + PJ3 ^ 3C2H5J + H3PO3
C2H5OH + O=SCl2 ^ C2H5Cl + SO2 + HCl
Etilen qatori uglevodorodlarga vodorod galogenidlarni biriktirish:
C
CH3—CH = CH2 + HCl
H3—С H—CH3
Cl
Etilen qatori uglevodorodlarga galogenlarni biriktirish:
C
CH3—CH = CH2 + Cl2
2
H3 C H—CH 3 I I Cl Cl
Aldegid va ketonlarga fosfor (V) galogenidni ta'sir ettirish:
CH3-CH=O + PJ5 ^ CH3-CHJ2 + POJ3
CH3-CO-CH3 + PJ5 ^ CH3-CJ2-CH3 + POJ3
Alkanlarning digalogenli hosilalaridan vodorod galogenidni siqib chiqarib yuborish:
CH2F-CH2F ^ CH2=CHF + HF
CH3-CHF2 ^ CH2=CHF + HF
Fizikaviy xossalari. Monogalogenli hosilalar ichida metil, etil, propil ftoridlar, metil, etil xloridlar va metil bromid odatdagi sharoitda gazlar. Galogenalkillarning o'rta vakillari suyuqliklar, yuqori vakillari esa qattiq moddalardir. Galogen atom og'irligining ortib borishi bilan galogenalkillarning qaynash haroratlari va nisbiy zichliklari ortib boradi.
Har bir galogenalkilning gomologik qatorida galogenalkil molekula og'irligi ortib borishi bilan uning nisbiy zichligi kamayib, qaynash harorati ortib boradi.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Uglevodorodlarning galogenli hosilalari-uglevodorodlar molekulasidagi bir yoki bir nechta vodorod atomlarining bir yoki bir nechta galogen atomlariga almashinishi natijasida hosil bo'ladigan organik birikmalar.
Galogenalkillar-to'yingan uglevodorodlarning monogalogenli hosilalari. Uglevodorodlarning monogalogenli hosilalari-molekulasi tarkibida bitta galogen atomi bo'lgan organik birikma.
Uglevodorodlarning digalogenli hosilalari-molekulasi tarkibida ikkita galogen atomi bo'lgan organik birikma.
Takrorlash uchun savol va masalalar.
Uglevodorodlarning galogenli hosilalari deb qanday organik birikmalarga aytiladi?
Uglevodorodlarning galogenli hosilalari qanday turlarga bo'linadi?
Uglevodorodlarning galogenli hosilalari qanday umumiy formula bilan ifodalanadi?
Ratsional nomenklatura bo'yicha uglevodorodlarning galogenli hosilalari qanday nomlanadi?
Xalqaro nomenklatura bo'yicha uglevodorodlarning galogenli hosilalari qanday nomlanadi?
Uglevodorodlarning monogalogenli hosilalari qanday usullar bilan olinadi?
Uglevodorodlarning digalogenli hosilalari qanday usullar bilan olinadi?
Uglevodorodlarning galogenli hosilalari qanday fizikaviy xossalarni namoyon qiladi?
Mavzuga oid adabiyotlar.
G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o'quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 2007.
A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 2002.
M. M. Abdulxayeva, O'. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent, «O'zbekiston» nashriyoti, 2002.
A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 2002.
I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina» nashriyoti, 1987.
S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik ximiya», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 1979.
O. S. Sodiqov, O. Y. Yo'ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 1971.
Mavzu: Etilxlorid, yodoform, xloroform, ftorotan, vinil xlorid.
Reja.
Uglevodorodlarning galogenli hosilalarining kimyoviy xossalarini;
Etilxlorid, yodoform, xloroform, ftorotan, vinilxloridlarni.
Yangi darsning bayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |