Antratsen-C14H10 kimyoviy tuzilishi jihatidan o'zaro uchta kondensirlangan benzol halqasidan iborat bo'lib, uning uchala halqasi ham bitta tekislikda yotadi. Antratsen va uning hosilalarini ratsional nomenklatura bo'yicha nomlashda vodorod tutgan uglerod atomlari tartib bilan raqamlanadi yoki grek harflari bilan belgilanadi. Masalan, 1,4,5,8 holatlar « -holat, 2,3,6,7 holatlar p -holat, 9,10 holatlar у -holat yoki mezo-holat deb ataladi.
a у a
Antratsen toshko'mir smolasini 270 0C dan yuqori haroratda haydalgan fraksiyasidan olinadi. Antratsen kristall modda bo'lib, 217 0C haroratda suyuqlanadi. Antratsen nitrat kislota yoki xromli aralashma bilan oksidlanganda antraxinon hosil bo'ladi.
+ H2O
antratsen antraxinon
©Л© ^5© + 2H2O
antraxinon antratsen
Antraxinon sariq kristall modda, 286 0C da suyuqlanadi. Antraxinon alizarin bo'yoq moddasini olish uchun asosiy xomashyo sifatida ishlatiladi.
Alizarin yoki 1,2-dioksiantraxinon ignasimon qizil rangli kristall modda bo'lib, 290 0C da suyuqlanadi, suvda deyarli erimaydi. U o'yuvchi ishqorlar bilan ta'sirlashib qizg'ish-binafsha rangli eritmalar hosil qiladi. Alizarin oldinlari 1869 yilga qadar Janubiy Yevropada o'sadigan marena o'simligi ildizidan olinar edi.
1869 yildan boshlab zavod miqyosida, 1873 yildan esa sanoat miyosida ishlab chiqarila boshlandi.
O OH
Оф^°Н
alizarin yoki 1,2-dioksiantraxinon
Alizaringa Al(OH)3 qo'shilsa och qizil rang, Fe(OH)3 qo' shilsa to' q binafsha rang, Cr(OH)3 qo'shilsa yashil rang hosil bo'ladi hamda bo'yoq sifatida ishlatiladi.
Fenantren-C14H10 antratsenning izomeri bo'lib, toshko'mir smolasidan olinadi. Fenantren 101 0C da suyuqlanadigan kristall modda. Fenantren molekulasi ham uchta kondensirlangan benzol halqasidan iborat. Fenantrenning 1-4 va 5-8 uglerod atomlarini tutgan chetki halqalari benzolga o'xshash aromatik xususiyatga ega. O'rta halqaning 9-10 uglerod atomlari orasidagi qo'shbog' deyarli rasmiy qo'shbog' xususiyatiga ega bo'lib, fenantren 9-10 holatlarda to'yinmaganligini namoyon qiladi va bromni oson biriktirib oladi.
Fenantren halqasi bir necha fiziologik ta'sir ko'rsatish xususiyatiga ega bo'lgan birikmalar asosini tashkil etadi. Qisman gidrogenlangan fenantren yadrosi morfin, kodein alkaloidlari, yurak glikozidlari, jinsiy gormonlar va ba'zi bir vitaminlar molekulasining asosini tashkil qiladi. Shuning uchun fenantren asosida olingan moddalarning ko'pchiligi tibbiyotda qo'llaniladi.
Ishlatilishi. Aromatik uglevodorodlardan sanoatda plastik massalar (plastmassalar), bo'yoqlar, dori-darmonlar, portlovchi moddalar, erituvchilar, lavsan tolalari va o'simliklarning zararkunanda hashoratlariga qarshi ishlatiladigan moddalar olinadi.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Do'stlaringiz bilan baham: |