C
CH3—NH2 CH3—NH—CH3
^N“CH3
CH3
metilamin dimetilamin trimetilamin
Sh. Jerar uglevodorodlarni vodorod tipidan, galogenli hosilalarni vodorod xlorid tipidan hosil qilinadi deb tushuntirdi. Shunday qilib, organik moddalar ma'lum sistemaga solindi. Mazkur tiplar nazariyasining ahamiyati ham shundadir.
XIX asrning 50-yillarida organik kimyo fani yana ham taraqqiy etadi, murakkab tuzilishli organik birikmalar sintez qilinadi. Tiplar nazariyasi bu birikmalarning tuzilishini tushuntirib bera olmay qoladi. Ya'ni, nazariya amaliyotdan orqada qolib ketdi.
A. M. Butlerovning organik moddalar kimyoviy tuzilish nazariyasi va uning asosiy qoidalari. XIX asrning 50-yillariga kelib, kimyoda bir qancha fan yangiliklari yaratildi. Fransuz olimi E. Franklend tomonidan 1853 yilda valentlik tushunchasi kiritildi, nemis olimlari F. Kekule va A. Kolbelar tomonidan 1857 yilda uglerodning to'rt valentlik ekanligi aniqlandi, 1858 yilda nemis olimlari F. Kekule va A. Kuperlar tomonidan uglerod atomlari bir-birlari bilan birikib C-C bog' hosil qilishi isbot qilindi.
Yuqorida aytib o'tilgan kimyo fanining yutuqlariga to'g'ri yondasha olgan A. M. Butlerov 1861 yilda organik birikmalar kimyoviy tuzilishining ilmiy nazariyasini bayon etdi. Mazkur nazariya atom va molekulalar moddalarning real mavjud bo'lgan qismidir, atomlar molekulada o'zaro ma'lum tartibda birikkan va ularning birikish tartibini kimyoviy usullar yordamida isbotlash mumkin, degan xulosalarga asoslanadi.
A. M. Butlerovning organik birikmalar kimyoviy tuzilish nazariyasi quyidagicha ta'riflanadi: «Murakkab zarraning kimyoviy tabiati elementar tarkibiy qismlarning tabiati, ularning miqdori va kimyoviy tuzilishi bilan aniqlanadi».
Organik moddalar kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
Molekuladagi hamma atomlar bir-birlari bilan o'z valentliklariga muvofiq ravishda ma'lum izchillikda birikkan. Molekulada atomlarning bunday izchillikda birikishi kimyoviy tuzilish deyiladi.
Moddalarning xossalari ularning tarkibiga qanday atomlar va qancha miqdorda kirganligiga qarab emas, balki ularning qanday tartibda birikkanligiga bog'liq bo'ladi.
Berilgan moddaning xossalarini o'rganish natijasida uning molekula tuzilishini aniqlash, molekulasining tuzilishidan esa uning xossalarini oldindan aytib berish mumkin.
Modda molekulasidagi atomlar va atomlar guruhlari o'zaro bir-biriga ta'sir etadi.
Kimyoviy reaksiyalarda modda molekulasini tashkil etgan barcha atomlar emas, balki ayrim atomlar yoki atomlar guruhlari ham ishtirok etadi. Masalan:
2C2H5OH + 2Na ^ 2C2HsONa + H2T
Do'stlaringiz bilan baham: |