Organik kimyodan maruzalar matni


Organik kimyo fani va uning ahamiyati. Organik moddalar



Download 0,55 Mb.
bet9/79
Sana17.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#382903
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi O

Organik kimyo fani va uning ahamiyati. Organik moddalar

klassifikatsiyasi.



Organik kimyo fani. Tarkibida uglerod elementi mavjud bo'ladigan birikmalar organik birikmalar deyiladi. Uglerodning nihoyatda ko'p tabiiy va sintetik birikmalari organik birikmalar sinfiga kiritiladi hamda ularni organik kimyo fani o'rganadi. Organik birikmalar tarkibida uglerod, vodorod, kislorod, azot, oltingugurt, fosfor, galogenlar va ayrim metallar mavjud bo'ladi.

Organik kimyo fani-uglerod birikmalari, ularning tuzilishi, olinish usullari, xossalari va amalda foydalanish imkoniyatlarini o'rganadi.

Anorganik birikmalardan farqli ravishda organik birikmalarning bir qator o'ziga xos xususiyatlari mavjud bo'ladi. Masalan:



  1. Uglerod atomlari bir-biri bilan birikib, zanjir va halqa hosil qiladi, bu xususiyat anorganik birikmalarga unchalik hos emas.

  2. Organik modda molekulalarida atomlar orasidagi bog'lanish kovalent bo'ladi, shuning uchun ular noelektrolitlar hisoblanadi. Molekulasida oddiy (birlamchi) C-C va C-H bog'lanishlar bor organik moddalar bir-birlari bilan juda qiyin reaksiyaga kirishadi yoki umuman reaksiyaga kirishmaydi.

  3. Organik moddalar 400-600 0C haroratda qizdirilganda to'liq parchalanadi yoki ko'mirga aylanadi, kislorod ishtirokida esa yonadi. Bunga sabab uglerod atomlari orasidagi bog'lanishning puxtaligi unchalik katta emasligidir (355,6 kJ/mol).

  4. Organik birikmalarning o'ziga xos muhim xususiyati ular orasida izomeriya hodisasining keng tarqalganligidir.

  5. Organik kimyoda, odatda, tuzilish formulalaridan foydalaniladi, chunki atomlar molekulada fazoviy joylashgan holda bo'ladi. Tuzilish (struktura) formulalari bu organik kimyoning tilidir. Tuzilish formulalarida kovalent bog'lanish chiziqcha (shtrix) bilan belgilanadi. Shu bilan birga empirik va elektron formulalardan ham foydalaniladi.

  6. Organik kimyoda oksidlanish darajasi tushunchasi o'rniga valentlik tushunchasi qo'llaniladi. Uglerod atomining qo'zg'algan holatdagi valentligi doimo to'rtga teng, shuning uchun u to'rtta kovalent bog'lanish hosil qiladi.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish