Karbosiklik birikmalar-halqasida faqat uglerod atomlari mavjud bo'lgan organik birikmalardir. Masalan:
|
CH3 1 3
|
|
0
|
6
|
|
benzol
|
toluol
|
naftalin
|
Geterosiklik birikmalar-halqasida uglerod atomlaridan tashqari boshqa
|
element atomlari (kislorod, azot, oltingugurt)
|
ham mavjud bo'lgan organik
|
birikmalardir. Masalan:
|
|
|
HC CH
|
HC CH
|
HC CH
|
HC CH
\
O
|
HC CH
|
HC CH
|
furan
|
tiofen
|
pirrol
|
Bulardan tashqari,
|
organik birikmalarni
|
ularning tarkibidagi element
|
atomlari bo'yicha ham sinflarga ajratish mumkin: masalan, uglevodorodlar, kislorodli organik birikmalar, azotli organik birikmalar.
Uglevodorodlar deb faqat uglerod va vodoroddan tarkib topgan birikmalarga aytiladi. Ularga alkanlar, sikloalkanlar, alkenlar, alkinlar, alkadiyenlar, arenlar misol bo'ladi.
Kislorodli organik birikmalar deb tarkibida uglerod, vodorod va kislorod atomlari mavjud bo'lgan organik birikmalarga aytiladi. Ularga spirtlar, fenollar, aldegidlar, ketonlar, oddiy va murakkab efirlar, karbon kislotalar, uglevodlar, yog'lar va moylar kiradi.
Azotli organik birikmalar deb tarkibida uglerod, vodorod, kislorod va azot atomlari mavjud bo'lgan organik birikmalarga aytiladi. Ularga karbon kislotalar amidlari, nitrobirikmalar, aminlar, aminokislotalar, oqsillar, nuklein kislotalar misol bo'ladi.
Organik reaksiyalarning turlari. Anorganik reaksiyalar kabi organik reaksiyalar ham sinflarga ajratiladi. Organik reaksiyalar 3 katta turga bo'linadi:
O'rin olish reaksiyalari, masalan:
CH4 + Cl2 ^ CH3Cl + HCl
Ajralib chiqish reaksiyalari, masalan:
CH3-CH2Br ^ CH2=CH2 + HBr
Biriktirib olish reaksiyalari, masalan:
CH2=CH2 + HCl ^ CH3-CH2Cl
Organik reaksiyalarni reaksiyaga kirishayotgan molekulalardagi kovalent bog'lanishlarning uzilish mexanizmiga qarab ham sinflarga ajratish mumkin. Bunday ajratish bog'lanishni uzishning ikki usuliga asoslanadi:
Agar umumiy elektronlar juft atomlar orasida bo'linsa, u holda radikallar- juftlashmagan elektroni bor zarralar paydo bo'ladi. Bog'lanishning bunday uzilishi radikal yoki gomolitik uzilish deyiladi:
CH4 ^ CH3 + H
Hosil bo'ladigan radikallar reaksion sistemasidagi molekulalar bilan yoki bir-birlari bilan o'zaro ta'sirlashadi.
Agar bog'lanish uzilganda umumiy elektronlar jufti bitta atomda qolsa, u holda ionlar-kation va anion hosil bo'ladi. Bunday mexanizm ionli yoki geterolitik mexanizm deyiladi. U organik kationlar yoki anionlar hosil bo'lishiga olib keladi:
CH3CI ^ CH3+ + :Cl- CH3Li ^ Li+ + H3C-
Organik ionlar keyingi o'zgarishlarga uchraydi. Bunda organik kationlar nukleofil («yadroni sevadigan») zarralar bilan, organik anionlar esa-elektrofil («elektronlarni sevadigan») zarralar bilan reaksiyaga kirishadi, masalan:
CH3+ + :OH- ^ CH3OH H3C- : + H+ ^ CH4
Ionli mexanizm, odatda, qutbli kovalent bog'lanish (uglerod-galogen, uglerod-kislorod) uzilishida kuzatiladi.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
Organik kimyo fani-organik moddalarni tashkil qiluvchi uglerod birikmalarining kimyosini o'rganuvchi fan.
Vitalistik ta'limot-organik moddalar o'simlik va hayvonlar organizmida qandaydir «Hayotiy kuch» ta'sirida paydo bo'ladi, ularni sintetik usullar bilan olish mumkin emas deb hisoblanuvchi ta'limot.
Organik birikmalar-tarkibida uglerod elementi mavjud bo'ladigan birikmalar.
Gomologlar-kimyoviy xossalari jihatidan o'xshash, tarkibi bir-biridan CH2= metilen guruhiga farq qiladigan birikmalar.
Atsiklik birikmalar-molekulasi zanjirsimon bo'lgan organik birikmalar.
Siklik birikmalar-molekulasi halqasimon bo'lgan organik birikmalar.
Karbosiklik birikmalar-halqasida faqat uglerod atomlari mavjud bo'lgan organik birikmalar.
Geterosiklik birikmalar-halqasida uglerod atomlaridan tashqari boshqa element atomlari (kislorod, azot, oltingugurt) ham mavjud bo'lgan organik birikmalar.
Uglevodorodlar-faqat uglerod va vodoroddan tarkib topgan organik birikmalar.
Kislorodli organik birikmalar-tarkibida uglerod, vodorod va kislorod atomlari mavjud bo'lgan organik birikmalar.
Azotli organik birikmalar-tarkibida uglerod, vodorod, kislorod va azot atomlari mavjud bo'lgan organik birikmalar.
Takrorlash uchun savol va masalalar.
Organik kimyo fani nimani o'rganadi, bu fan qachon shakllana boshladi?
Organik birikmalarning necha xil o'ziga xos xususiyatlari mavjud?
Gomologlar deb qanday turdagi organik birikmalarga aytiladi?
Atsiklik va siklik birikmalar deb qanday turdagi organik birikmalarga aytiladi, ular qanday sinflarga bo'linadi?
Uglevodorodlar tarkibida qanday turdagi element atomlari mavjud bo'ladi?
Kislorodli organik birikmalarga kiradigan moddalar sinflarini sanab bering.
Azotli organik birikmalarga kiradigan moddalar sinflarini sanab bering.
Atsiklik, karbosiklik va geterosiklik birikmalarga misollar keltiring.
Organik reaksiyalar necha turga bo'linadi?
Radikal yoki gomolitik uzilish deb qanday uzilish turiga aytiladi?
Ionli yoki geterolitik uzilish deb qanday uzilish turiga aytiladi?
Mavzuga oid adabiyotlar.
G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o'quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 2007.
A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 2002.
M. M. Abdulxayeva, O'. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent, «O'zbekiston» nashriyoti, 2002.
A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 2002.
I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina» nashriyoti, 1987.
S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik ximiya», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 1979.
O. S. Sodiqov, O. Y. Yo'ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 1971.
A. M. Butlerovning organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi. Reja.
Radikallar nazariyasi;
Tiplar nazariyasi;
A. M. Butlerovning organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi va uning asosiy qoidalari;
A. M. Butlerovning organik moddalar kimyoviy tuzilish nazariyasining ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |