To'yingan metan qatori uglyevodorodlari (alkanlar yoki parafinlar).
Molekulasidagi uglerod atomlari bir-birlari bilan faqat oddiy (birlamchi) bog'lar orqali bog'lanib, qolgan valentliklari vodorod atomlari bilan birikkan uglevodorodlar to'yingan metan qatori uglevodorodlari deb ataladi. Ularning xalqaro nomi alkanlar, tarixiy nomi esa parafinlar (lotincha «parum offinis»-faol emas) deyiladi. Ularning umumiy formulasi CnH2n+2 bo'lib, dastlabki vakili CH4- metandir. To'yingan uglevodorodlarning hammasi vodorodga batamom to'yingandir. Ularning uglerod atomlari sp -gibridlanish holatida, demak oddiy (birlamchi) bog'lanishli bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |