Alifatik uglevodorodlar molekulalaridagi uglerod atomlarining vodorod atomlariga nisbati va kimyoviy xossalariga, shu jumladan, biriktirib olish reaksiyalariga moyilligiga qarab quyidagi guruhlarga bo'linadi:
To'yingan uglevodorodlar-molekulalaridagi uglerod atomlari o'zaro oddiy bog'lar orqali bog'langan bo'lib, ular biriktirib olish reaksiyalariga kirishmaydi.
To'yinmagan uglevodorodlar-molekulalaridagi uglerod atomlari o'zaro qo'shbog' yoki uch bog' orqali bog'langan bo'lib, ular biriktirib olish reaksiyalariga kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |