Akademik M. A. Asqarov polimerlar kimyosi va texnologiyasi sohasida katta ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borgan olimdir. Uning ilmiy tadqiqotlari aromatik diaminlarning alifatik ikki asosli kislotalar bilan polikondensatlanish, yangi monomerlarning polimerlanish reaksiyalarini chuqur va har tomonlama o'rganish, tarkibida azot, kislorod va oltingugurt tutgan plastmassalar olish va ularning xossalarini yaxshilash sohalariga qaratilgandir.
M. A. Asqarov plyonka hosil qiluvchi polimerlar xossalarini yog' sanoati chiqindilaridan olingan stabilizatorlar ta'sirida yaxshilash asosidagi ishlarni polimer plyonkalar va linoleumlar ishlab chiqarishga joriy qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |