O’quv materiallari. 1- mavzu: Falsafa fanining predmeti mazmuni va jamiyatdagi roli



Download 116,32 Kb.
bet8/14
Sana15.02.2022
Hajmi116,32 Kb.
#449369
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
1-мавзу

Tayanch tushuncha va iboralar: YAkkalik, xususiylik vaumumiylik; butun va kiem; moxiyat va xodisa; sistema, struktura, element; mazmun va shakl; sabab va okibat; zaruriyat va tasodif; imkoniyat va vokeilik;
Dialektika urganadigan borliqning eng umumiy aloqadorliklari va boglanishlari falsafada quyidagi tushunchalar orqali ifodalanadi:
a) YAkkalik , xususiylik va umumiylik;
b) Butun va kiem;
v) Moxiyat va xodisa;
g) Sistema, struktura, element;
d) Mazmun va shakl;
e) Sabab va okibat;
j)Zaruriyat va tasodif;
z) Imkoniyat va vokeilik;
Bu tushunchalarni xar birining moxiyati to’g’risida tuxtalish dialektikaning kanchalik serkirra taыshmot ekanligin tasdiklaydi.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik
YAkkalik xususiylik va umumiylik borliqdagi narsa va xodisalar o’rtasidagi boglanish va aloqadorlikni ifodalab, ularning mavjud bulish shaklini tashkil etadi. CHunki borliqni tashkil etgan jamiki predmet yoki xodisa, yakkalik, xususiylik, yoki umumiylik kurinishida mavjud buladi. Bunda yakkalik deyilganda, fakat aloxida narsa yoki xodisagagina xos bo’lib, uni boshkalaridan farklantirib turuvchi individual belgi va xususiyatlar birligiga aytiladi.
YAkkalik predmet va xodisalarning betakror tomon, jixat, belgi, xossa va xususiyatlarini aks ettiradi. Binobarin, borliqdagi barcha narsa va xodisalarga yakkalik tegishli. Birok, shunday bulsada, kupchilik narsa va xodisalarga xos bulgan uzaro uxshash, bir xil takrorlanuvchi, belgi va xususiyatLar xam borligini inkor etib bulmaydi. Bu eas umumiylik deb ataladi. Umumiylik, demak, borliqdagi kupchilik narsa va xodisalarga xos bulgan umumiy belgilarni aks ettiradi.
YAkkalik va umumiylik bir-biri bilan uzviy boglik bo’lib, bir birini takozo qilib turadi. YA’ni yakkalik bor joyda albatta, umumiylik xam bor va aksincha. YAkkaliksiz umumiylik bulmaganidek. yakkalik mavjud bulishi uchun umumiylik bulishi shart. Vokeilik dialektikasi shunday.
Predmet va xodisalarga xos aloxida maxsus xususiyatlar xususiylik deyiladi. Xususiylik kategoriyasi yakkalik va umumiylik o’rtasidagi uziga xoslikning mavjud bulishini anglatadi. Masalan, jamiyat taraqqiyotidan misol keltirib, mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti bilan boglasak, quyidagi misolni keltirishimiz mumkin: Mustakil O’zbekiston - O’zbekistonda mustakil taraqqiyotning uziga xos yuli - Demokratik, xukukiy jamiyat kurayotgan davlat. Ushbu tushunchalarda, yakkalik, xususiylik, umumiylikning birligini kurish mumkin.
YAkkalik, xususiylik, umumiylik dialektikasiga kura, ma’lum sharoitda ular bir - bilariga utib xam turadi. Ob’ektiv olamda , odatda xar qanday yangilik dastlab yakkalik sifatida vujudga kelib, sung esa xususiylik va umumiylik xarakterini kasb etadi. SHu ma’noda bu tushunchalarda borliq rivojining muayyan konkret momentlari yoki xolatlari aks etgandir.
YAkkalik, xususiylik, umumiylik dialektikasini to’g’ri bilish muxim gneseologik axamiyatga ega. Zero, umuman xar qanday bilish yakkalik va xususiyliklardan umumiylikni bilishga tomon boradi, bilish jarayonida bu tushunchalar yanada yangi dalil va ma’lumotlar yordamida boyib va chuqurlashib boradi. Binobarin, yakkalik, xususiylik, umumiylik dialektikasini yaxshirok anglab etish borliqning moxiyatini yanada teranrok tafakkur kilish demakdir.


Moxiyat va xodisa
Moxiyat narsa va xodisaning ichki eng muxim uzaro boglanishlarini, bu boglanishlarning qonuniy aloqadorligini ifodalaydi, xodisa esa shu narsa va xodisalarning tashkil etuvchi tomonlar xususiyatlar va boglanishlarning namoyon bulish shakli, moxiyatining ifodalanishidir. Masalan, inson xayotining moxiyati uni sermazmun utkazish, uz oldiga kuygan maksadi, tomon intilishidan iborat bulsa, xodisa deganda ana shu maksadga erishish uchun tanlangan yul, turli sa’yi-xarakatlar tushuniladi.
Moxiyat va xodisa umumiy va xususiy jixatlarga ega:

  1. Moxiyat ichki aloqalarni, xodisa esa tashki aloqalarni ifodalaydi.

  2. Moxiyat va xodisa doimo uzaro birlikda buladi, birok, ayni paytda ular bir-biriga karama- qarshi xamdir. SHu sababli ular xech vaqt bir-biriga aynan mos kelmaydi. Moxiyat xodisada yashirin buladi. Xodisa esa moxiyatning namoyon bulishi bulsada, xech vaqt unga tulik mos kelmaydi. Bunday karama - qarshilik borliq predmetlarining tabiatidan kelib chikadi va bilish jarayonida xech qanday mantikka zidlikni keltirib chikarmaydi. CHunki agar narsalarning namoyon bulish shakli bulgan xodisa bilan moxiyat o’rtasi bevosita moslik ruy berganda edi, u xolda bilishda xar qanday fanga urin kolmagan bular edi. Fanning vazifasi borliq xodisalarini urganish orqali yashirinib yotgan moxiyatlarni aniqlashdan iborat.

  3. Moxiyat xodisaga nisbatan doimiyrok va barkarrokdir.

  4. Moxiyatning doimiyligi va barkororligi xodisaning uzgaruvchanligi kabi mutlak emas balki, nisbiydir. CHunki ularning ikkalasi xam uzgarib turadi. Fakat moxiyat xodisaga nisbatan sekin uzgaradi. SHuning uchun u barkarorrok.

Moxiyat va xodisa umumiy tomonlarga xam ega : a) xar qanday moxiyat xodisada namoyon buladi. xodisa esa xamisha moxiyatning u yoki bu xoldagi kurinishidir;
b) moxiyat xam xodisa xam ob’ektiv xarakterga ega. ya’ni ularning mavjud bulishi inson ongiga boglik emas;
v) moxiyat xam xodisa xam doimo uzgarish va rivojlanishda buladi.
Dialektikaning moxiyat va xodisa kategoriyalarini bilish fan va amaliyotda muxim axamiyatga ega.
Butun va kism bizni urab turgan borliqdagi barcha narsa va xodisalar kuz ungimizda bir butunlik sifatida namoyon buladi. Ularni urganish natijasida esa turli kismlar va bulAqlardan xam iborat ekanligiga ishonch xosil kilamiz. Bu kism va bulAqlar uzaro ma’lum qonuniyatlar asosida birikib. ma’lum tuzilishdagi narsalar, xodisalar yoki jarayonlar butunligini tashkil kiladilar.
Narsa va xodisalarning ma’lum bir guruxi uzaro birikib esa bir sistemani xosil kiladi.
Sistema esa muayyan strukturaga ega bo’lib, uz navbatida u xam ma’lum elementlardan iborat buladi. Bundagi butun, kiem, sisteam, struktura, kabilar dialektik boglanish va aloqadorlikda buladi.

Download 116,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish