O’quv materiallari. 1- mavzu: Falsafa fanining predmeti mazmuni va jamiyatdagi roli



Download 116,32 Kb.
bet2/14
Sana15.02.2022
Hajmi116,32 Kb.
#449369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-мавзу

Mavzuga oid muammolar:

  1. Dunyoqarash insonning tub moxiyatini xarakterlovchi tushuncha sifatida tushuniladi. Sizningcha dunyoqarashning qaysi shakllarida borliqka bo’lgan ongli insoniy munosabat aks etgan.

  2. XX asr falsafasida mifalogik dunyoqarashga nodogmatik yondashuvlarning shakllanishi masalasi.



1-savol bayoni: Kishilar olam xaqidagi, undagi narsa va xodisalar xaqidagi bilimlarni fanlarni urganish orqali xosil kiladilar. Falsafa fan bo’lib, u qadimgi davrlardan shakllangan va rivojlangan.
«Falsafa» atamasi asli qadimgi yunon tilidan olingan, «filio» (sevmoq) va sofos (donishmandlik) so’zlarining birikuvidan iborat bo’lib, uning lugaviy ma’nosi – donishmandlikni sevish demakdir.
Abu Nasr Farobiy xam uzining «Falsafaning ma’nosi va kelib chikishi xaqida» deb nomlangan asarida «Falsafa» atamasining yunon tilidan kelib chikkanligini ta’kidlaydi. Kishilar qadimiy olamni urganishga, uning siru asrorlarini tushunishga xarakat qilganlar. Bu borada kishilarni turli tuman savollar (Bizni urab turgan olam nima? U qanday? U qanday paydo bulgan? qanday qilib rivojlangan? Insonning olamga munosobati qanday? U dunyoni anglay oladimi? Inson va jamiyat qanday paydo bo'lgan? Insonning jamiyatda tutgan urni qanday? jamiyatning xarakatlantiruvchi kuchlari nimalardan iborat? kabilar) qiziqtirgan va ularga javob izlaganlar. SHuning uchun xam qadimda greklar falsafani donolik fani yoki donishmandlik deb ataganlar.
Falsafa fan sifatida uzoq tarixga ega bo’lib voqelikdagi narsa va xodisalar moxiyati, ularning eng umumiy aloqadorliklari va rivojlanishi qonuniyatlarini bilishga qaratilgandir. Bu to’g’rida Farobiyning quyidagi so’zlari aloxida e’tiborga sazovordir:
«Mavjudot xaqidagi bilim qo’lga kiritilsa, shu xaqida ta’lim berilsa, mavjudotdan bo’lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil xujjatlar asosida shu narsa xaqida miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bulsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz».
Falsafaning paydo bulishi insoniyat jamiyati taraqqiyotining qadimgi davrlariga borib takaladi. Dastlab falsafiy ta’limotlar qadimiy shark mamlakatlarida shakllangan va rivojlangan. Falsafa fan sifatida jamiyat xayoti, uning taraqqiyoti davrlari bilan bevosita aloqador. Falsafa ijtimoiy taraqqiyotining turli davrlarida turlicha falsafiy dunyoqarashlar mavjud bulgan va shunga mos ravishda falsafaning baxs mavzusi xamda vazifalari xam uzgarib borgan. Dastlab insoniyat jamiyati taraqqiyotning qadimgi kurinishida falsafa kishilarning olam xaqidagi barcha bilimlarini kamrab olgan «fanlarning fani», xisoblangan. Keyinchalik bilimlarning rivojlanib borishi natijasida tabiat xaqidagi fanlar tabiiy fanlar xamda jamiyat, inson, ijtimoiy taraqqiyot xaqidagi gumanitar fanlar shakllana boshlagan ya’ni fanlarning diferensiyalashuvi boshlandi.
Xozirgi davrda falsafa fanining asosiy muammosi bo’lib, inson xisoblanadi. SHundan kelib chikib, falsafaning baxs mavzusi deganda, inson uning olamga munosobati nazarda tutiladi. Boshkacha qilib aytganda, falsafa fanining muammolari markazida inson turadi. Falsafa tafakkurni, fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan fandir.
Falsafa voqelikning eng umumiy xossalari va aloqadorliklari, ularning inson ongida aks etish xususiyatlarini urganishga qaratilgan fan bo’lib, u muayyan fundamental koidalar yigindisiga asoslanadi. SHu nuktai nazardan falsafa uch turkum muammolarni uz ichiga kamrab oladi.

  1. Borliq, uning rivojlanish muammolari: borliq–inson atrofini kurshab turuvchi voqelikni ifodalovchi tushunchadir.

2. Dialektika nazariyasi borliq muammosi bilan bir katorda voqelikning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonuniyatlari, ularni inson ongida aks ettirish to’g’risidagi ta’limotdir.
3. Olamni bilish, borliqni inson ongida aks ettirish murakkab jarayondir. Uni atroflicha va chuqur bilish uchun falsafa fani in’ikos nazariyasini ishlab chikdi. Mazkur muammolar falsafa, uning tarixiy taraqqiyotining barcha boskich va yunalishlari markazida turadi.

Falsafa fani shu ma’noda unga xos bulgan ikki xususiyatni takoza etadi: birinchidan, falsafa fan sifatida uz predmet, ya’ni baxs mavzusiga ega u doimo rivojlanib boradi. Ikkinchidan: falsafa aloxida xususiy fanlar singari olamning u yoki bu soxasi, tomonini emas, balki yaxlit olam sifatida urganadi. Olam taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini tekshiradi. SHu ma’noda falsafa boshka xususiy fanlarning nazariy asosini tashkil etadi va boshka fanlar uchun ilmiy bilash usuli xisoblanadi.


Falsafa insoniyatning buyuk ma’naviy boyligidir. U ajdodlari tomonidan yaratilgan madaniy, tarixiy meros durdonalaridan foydalanish, fanlar erishgan yutuklarga tayanish asosida rivojlanib boradi, xamda kishilarda olam xaqida bir butun yaxlit ilmiy falsafiy duyonkarashlarni shakllantirish uchun asos bo’lib xizmat kiladi.
Dunyoqarash kishilarning olam va odam xaqidagi axlokiy, falsafiy, xukukiy, estetik, ilmiy, diniy karashlarning majmuidir. Dunyoqarashda kishilarning olam xaqidagi umumlashgan, yaxlit bilimlari aks etadi. Dunyoqarashning asosini insonning olamga munosobati tashkil etadi. Inson butun umri davomida uzini urab olgan dunyoning moxiyatini anglashga xarakat kiladi. Dunyoqarashning sub’ekti - inson individ ijtimoiy guruxlar, partiyalar, jamiyat a’zolari xisoblanadi. Dunyoqarash kishilarning nafakat olamga, balki uzlariga munosobatini xam ifodalaydi. Shu ma’noda dunyoqarashni inson tomonidan olamni va uz-uzini anglanishi jarayoni, deb xisoblash urinlidir. Dunyoqarash uziga xos xususiyatga ega:
Dunyoqarash olam va odam xaqidagi yaxlit, umumlashtirilgan bilimlardan iborat. Unda olam, undagi turli uzgarishlar, olam taraqqiyoti xaqidagi uy fikrlar, orzu umidlar, xis tuygular, kayfiyatlar, bilimlar aks etadi.
Dunyoqarash kishilarning amaliy faoliyatlari jarayonida vujudga keladi va rivojlanadi. Inson faoliyati esa xilma-xil: ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy soxadagi xatti-xarakatlar. Shu ma’noda dunyoqarashni anglash va faoliyatining uygunligi tarzida ifodalash mumkin.
Dunyoqarash olamning inson tomonidan anglanishigina emas, balki uning baxolanishi xamdir. Aloxida olingan kishilar, ijtimoiy guruxlar, sinflar, millatlar uz maksadlaridan kelib chikkan xolda olamni anglaydilar, undagi predmet, xodisalar jarayonlarga uz munosobatlarini bildiradilar, ya’ni baxolaydilar. SHu ma’noda dunyoqarash deganda uni tashkil etuvchi ikki elementni: birinchidan, olam xaqidagi bilimlarni, ikkinchidan, inson xayotining muxim tomonini tashkil etadigan kadriyatlarni tushunmok lozim.
Dunyoqarashda bilimlardan tashkari kishilarning yaxshilik, yomonlik, odamiylik, guzallik, kaxramonlik va x.k. xaqidagi uylari, fikrlari, tasavvurlari aks etadi. Dunyoqarashning ikki darajasi mavjud. 1. Insonning olamni xissiy kabul kilishi, amaliy faoliyat natijasida vujudga keladigan xis tuygular, tasavvurlar, bilimlar.
2. Olam va odam xaqidagi bilimlar, goyalar yigindisi bo’lib xisoblanadi. Bu boskich olamni Aql va faxm yuli bilan ilmiy asosda uzlashtirish deb xam yuritiladi.
Dunyoqarashning tarixiy tiplaridan biri Afsonaviy dunyoqarashdir. U jamiyat taraqqiyotining eng dastlabki boskichlariga muvofik keladi. Unda olam nAqllar, rivoyatlar, afsonalar tushuntiriladi. Afsonaviy dunyoqarash olamni izoxlashga qaratilgan. Unda dunyoning qanday paydo bulganligi, olamning asosida nima yotishi, narsa va xodisalarning uzaro aloqadorligi afsonalar, ertAqlar misolida ifoda kilinadi. Mifoloik dunyoqarashning xususiyatlari:
Afsonaviy dunyoqarash insoniyat taraqqiyotining eng kuyi boskichlariga to’g’ri keladi. Bu boskichda ilm-fan xali tarakkiy etmagan, shuning uchun xam unda tabiat insondan ajratilmagan xolda tasvirlanadi. Tabiat xodisalari jonlantiriladi, tabiatning moxiyati, xususiyatlari insonga xos bulgan xislat xususiyatlari asosida tushuntiriladi.
Afsonaviy dunyoqarash olamni afsonalar, rivoyatlar, ertAqlar vositasida tasvirlaydi, afsonaviy kaxramonlar, xudolar, turli jonzotlar bu rivoyatlarning obrazlari xisoblanadi.
Afsonaviy dunyoqarashda kishilarning olam va inson xaqidagi bilimlarni umulashgan, tarzda ifodalangan buladi.
Diniy dunyoqarash tarixy taraqqiyotning keyingi boskichlarda vujudga kelgan bo’lib, u olamni, tabiiy va ijtimoiy xodisalarni iloxiy kuchlar ta’siri va mu’jizalariga boglab tushuntiradi. SHu bilan bir katorda diniy dunyoqarash tabiat, olam borligidan tashkari iloxiy borliqning mavjudligini tan oladi.
Diniy dunyoqarashning moxiyatida iloxiyotni barcha narsalar butun olamning yaratuvchisi, birinchi sabab, deb tan olish yotadi.
Diniy dunyoqarashning asosini diniy e’tikod tashkil etadi. Diniy e’tikod iloxiyotga siginish, shuningdek, kishilar ongidagi, diniy tasavvurlar, karashlar, obrazlarni uz ichiga oladi.
Diniy dunyoqarash inson ruxiyatiga, ibodatiga qaratilgan bo’lib, u turli xikmatlar, afsonalar, tarzida namoyon buladi.
Dunyoqarashning uchinchi strukturasi bulgan falsafiy dunyoqarash. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki boskichlarida paydo bulgan. Falsafiy dunyoqarashning uziga xos tomonlari quyidagilardan iborat:
Falsafiy dunyoqarash olamni bilish va Aqlga asoslangan xolda tushuntirishdir.
Afsonaviy va diniy dunyoqarash falsafiy dunyoqarashning shakllanishiga sababchi bulgan omillardan xisoblanadi. Agar afsonaviy olamni xayoliy obrazlar orqali, din olamni iloxiyotga boglab tushuntirsa va uning asosida e’tikod yotgan bulsa, falsafiy dunyoqarash olamni bilimga asoslangan xolda tushuntiradi.
Falsafiy dunyoqarash kishilarning olam xaqidagi yaxlit, tizimga solingan bilimlar yigindisidir. SHu ma’noda falsafiy dunyoqarash tabiat, jamiyat, inson ma’navaiyati rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni uzida mujassamlashtiradi.
Falsafiy dunyoqarashga muvofik notirik va tirik, jamiki narsa va xodisalar, butun mavjudot doimo, xarakat, uzgarish, taraqqiyotda. Barcha narsa va xodisalar uzaro bir-biri bilan boglik, biri ikkinchisini takoza kiladi.
Falsafiy dunyoqarash kishilarning fikrlash madaniyatini, ichki ma’naviy dunyosini shakllantiradi.
Falsafiy dunyoqarash insonning olamni, jamiyatni, unda uzining tutgan urnini to’g’ri anglash imkonini beradi.
Etmishda barcha falsafiy ta’limotlar doimo jamiyat xayotida muxim rolь uynab kelgan. Ular uz tabiati va xarakteri jixatdan xilma xil bo’lib, jamiyatda pishib etilgan nazariy muammolarni amaliy jixatdan xal kilishda muxim urin tutgan.
Bundan tashkari falsafa ijtimoiy voqelik bilan uzviy boglik xolda jamiyatga uning ijtimoiy borligiga doimo faol ta’sir qilib, yangi goyalarni nazariy jixatdan shakllantirib beradi
Falsafaning jamiyat xayotidagi vazifasi yukorida aytilganlar bilan cheklanmaydi. Uning asosiy vazifasi jamiyatda bajaradigan funksiyalarida yanada anikrok va namoyon buladi. Falsafaning asosiy funksiyalari quyidagilar:

  1. Ijtimoiy funksiyasi.

  2. Dunyoqarashlik funksiyasi.

  3. Gneseologik funksiyasi.

  4. Tarbiyaviy funksiyasi.

  5. Metodologik funksiyasi.

  6. Aksiologik funksiya va x.k.


Download 116,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish