Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
______________________________________________________________________________
45.Fe’l. Nima qilmoq?, nima bo’lmoq? so’roqlariga javob bo’lib, harakat-holatni bildiruvchi so’zlarga fe’l deyiladi.
Fe’llar zamon, shaxs-son, bo’lishli-bo’lishsizlik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi qo’shimchalarga ega bo’ladi.
Masalan: yozmadim so’zida -ma qo’shimchasi bo’lishsizlik, -di qo’shimchasi zamon, -m qo’shimchasi esa shaxs-son
ma’nolarini bildiradi.
46.Fe’l zamonlari. Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabati fe’l zamonlari,
shunday ma’noni ifodalovchi qo’shimchalar esa zamon qo’shimchalari deyiladi. Fe’llarda uchta zamon bor: 1) o’tgan
zamon; 2) hozirgi zamon; 3) kelasi zamon. Bu uch xil ma’no maxsus qo’shimchalar yordamida ifodalanadi va ular
zamon qo’shimchalari hisoblanadi.
47.O’tgan zamon. -di, -ib (fe’l unli bilan tugasa -b),- gan edi, -gan ekan qo’shimchalari bilan kelib, ishharakatning
va holatning nutq jarayonidan oldin sodir bo’lganini yoki bo’lmaganini bildirgan fe’llarga o’tgan zamon fe’llari
deyiladi. O’tgan zamon fe’llari uchala shaxsda tuslanadi. Masalan: bordim, bording, bordi; bordik, bordingiz, bordi
(-lar).
48.Hozirgi zamon: -yap, -(a)yotir, -moqda (kelyapman, kalayotirman, kelmoqdaman) qo’shimchalari bilan kelib,
ish-harakat va holatning nutq jarayonida yuz berayotgani yoki bermayotganini bildirgan fe’llarga hozirgi zamon
fe’llari deyiladi.
49.Kelasi zamon. -a/-y, -(a)r, -ajak, -moqchi (boraman, o’qiyman, kelarman, yozajakman, yozmoqchiman)
qo’shimchalari bilan kelib, ish-harakat va holatning nutq jarayonidan keyin yuz berishi yoki bermasligini bildirgan
fe’llarga kelasi zamon fe’llari deyiladi.
50.Shaxs-son qo’shimchalari. Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va holatning so’zlovchi, tinglovchi yoki o’zgaga
tegishli ekanini bildurvchi qo’shimchalarga shaxs-son qo’shimchalari deyiladi. So’zlovchi 1-shaxs, tinglovchi
2shaxs, o’zga 3-shaxs hisoblanadi: men keldim, sen kelding, u keldi; biz keldik, siz keldingiz, ular keldilar.
51.Ravish. Qanday?, qancha?, qachon? so’roqlariga javob bo’lib, harakatning holati, o’rin, payt, sabab,
darajamiqdorini bildirgan so’zlar ravish sanaladi. Ravish, asosan, fe’lga bog’lanadi va ko’proq hol vazifasida keladi.
52.Yordamchi so’zlar. Biror so’roqqa javob bo’lmay, gap yoki gap bo’laklarini bir-birga bog’lash yoki ularga
qo’shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladigan so’zlarga yordamchi so’zlar deyiladi. Bog’lovchi, ko’makchi va
yuklamar yordamchi so’zlardir.
53.Bog’lovchi. Uyushiq bo’laklarni va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-birga bog’lash uchun xizmat
qiladigan yordamchi so’zlar bog’lovchi sanaladi. Bog’lovchi gap bo’lagi vazifasida kelmaydi.
54.Ko’makchi. Otlarning boshqa so’zlarga tobe bog’lanishi uchun xizmat qiladigan so’zlarga ko’makchilar deyiladi.
Ko’makchilar ko’pincha otlarni fe’lga bog’lab keladi. Masalan: Shahar tomon ketdi. Daryo bo’ylab yurdi.
Ba’zan otni ot, sifat va ravishlarga tobelantirib bog’laydi. Masalan: Ona kabi mehribon. Halimdan ko’ra katta.
55.Yuklama. Ayrim gap bo’lagi yoki butun gapning mazmuniga qo’shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiluvchi
yordamchi so’zlarga yuklama deyiladi. Yuklamalar so’z-yuklamar va qo’shimcha-yuklamarga bo’linadi.
So’zyuklamalar o’zi qo’shilayotgan so’zdan doimo ajratib yoziladi. Qo’shimcha-yuklamalar esa o’zi qo’shilayotgan
so’zga qo’shib yoki undan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. -mi, -oq (-yoq), -gina(-kina, -qina) yuklamari o’zi
qo’shilayotgan so’zga qo’shib yoziladi. Masalan: Keldimi?, Senmi?, keliboq, kelsayoq, sengina kabi. -chi, -u (-yu),
-a(-ya), -da yuklamari o’zi qo’shilayotgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Masalan: Sen-chi? Ayt-chi? Keldi-
yu, ketdi. Borgin-a?
56.Undov va taqlid so’zlar. So’zlovchining his-hayajonini, shuningdek, hayvon-parrandalarni biror harakatga
undashni ifodalovchi so’zlarga undov so’zlar deyiladi: hoy, ey, obbo. Inson, hayvon va narsalarning tovushlariga
taqlid ifodalovchi so’zlar taqlid so’zlar hisoblanadi: miyov-miyov, qag’-qag’.
57.So’zlarning tuzilishiga ko’ra turlari. So’zlar tuzilishiga ko’ra sodda, qo’shma, juft va takroriy so’zlarga
bo’linadi.
58.Qo’shma so’zlar. Ikki yoki undan ortiq asoslardan tashkil topib, bitta so’roqqa javob bo’lgan so’zlar qo’shma
so’zlar deyiladi. Masalan: otquloq, har qachon, muzyorar, sotib olmoq, jigarrang, tamom bo’lmoq, mehnat qilmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |