Ona tili ona tili, 5-sinf qoidalari


Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/45
Sana07.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#141291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
5-sinf Ona tili mukammal test va savol javoblar 18880

Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov 

  

  



bo’lak,  shuningdek,  undalma  vazifasida  keladi.    Otlar  birlik  va  ko’plik  sonda  qo’llaniladi.  Ko’pli  otlarga  lar 

qo’shimchasini qo’shish bilan hosil bo’ladi. Masalan: bola – birlik sonda, bolalar – ko’plik sonda.  

35.Turdosh va atoqli otlar. Bir turdagi narsa-buyumning nomini bildirgan otlar turdosh ot deyiladi. Masalan: qishloq, 

choynak, aka, daraxt. Ayrim shaxs yoki narsa-buyumga atab qo’yilgan nomlar atoqli ot deyiladi.  

Kishilarning  ismi,  familiyasi,  joy  hamda  hayvonlarga  atab  qo’yilgan  nomlar,  gazeta,  jurnal,  kitob,  tarixiy  voqea 

kabilarning  nomlari  atoqli otlardir. Masalan:  Toshloq tumani,  Mustaqillik kuni,  “Gulxan” jurnali,  Olapar. Atoqli 

otlar  doimo  bosh  harf  bilan  yoziladi.  Kitob,  gazeta, jurnal,  kinofilm,  binolar  hamda  tashkilotga  qo’yilgan  nomlar 

qo’shtirnoq ichiga olinadi. Ammo shahar, kinoteatr, jamoa xo’jaligi kishilar nomiga qo’yilgan bo’lsa, qo’shtirnoq 

ishlatilmaydi. Ularda nomidagi, nomli so’zlari qo’llaniladi.  

36.Kelishik  qo’shimchalari.  Otlarga  qo’shilib,  ularni o’zidan  keyin  kelgan  boshqa  so’zlarga tobelashtirib bog’lab 

keladigan  qo’shimchalarga  kelishik  qo’shimchalari  deyiladi.  Tilimizda  6  ta  kelishik  mavjud  bo’lib,  ulardan 

beshtasining qo’shimchasi bor: 1) bosh kelishik (-); 2) qaratqich kelishigi (-ning); 3) tushum kelishigi (-ni); jo’nalish 

kelishigi (-ga, -ka, -qa); 5) o’rin-payt kelishigi (-da); 6) chiqish kelishigi (-dan).  

37.Egalik  qo’shimchalari.  Otlarning  uch  shaxsdan  biriga  qarashli  ekanini  bildirgan  qo’shimchalarga  egalik 

qo’shimchalari  deyiladi.  Egalik    qo’shimchasi  qo’shilgan  ot,  albatta,  o’zidan  oldingi  otning  qaratqich  kelishigida 

kelishini talab qiladi: (mening) kitobim, kitobing, kitobi; kitobimiz, kitobingiz, kitoblari.  

38.K va q undoshlari bilan tugagan otlarga egalik qo’shimchlari qo’shilganda, qanday eshitilsa, o’shanday yoziladi. 

Ya’ni k undoshi g tovushiga, q undoshi g’ tovushiga o’zgaradi. Masalan: tuproq – tuprog’i, terak – teragi. Ayrim 

so’zlarda bunday o’zgarish yuz bermaydi. Masalan: huquq – huquqi, idrok – idroki.  

39.O’g’il, burun kabi otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda, ikkinchi bo’gindagi i yoki u unlisi tushib qoladi va 



o’g’li, burni kabi yoziladi.  

40.Sifat. Qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lib, narsa-buyumning belgisini bildirgan so’zlarga sifat deyiladi. 

Belgi deganda, rang-tus, maza-ta’m, shakl-hajm, xil-xususiyat kabilar tushuniladi. Sifat gapda aniqlovchi, hol yoki 

kesim  bo’lib  keladi.  Sifat  gapda  otga  bog’lansa,  aniqlovchi,  gapning  oxirida  kelsa,  kesim  vazifasini  bajaradi. 

Masalan: Bu ko’rkam bino – kasb-hunar kolleji. Bu gullar xushbo’y.  

41.Sifat darajalari. Muayyan bir belgining ortiq-kamligi jihatidan farqlanishi sifat darajasi deyiladi. Sifatlarda to’rtta 

daraja bor: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja, ozaytirma. Narsalar orasidagi belgi o’zaro taqqoslanmasa 

oddiy  daraja  deyiladi.  Masalan:  yuksak,  uzun,  hushyor,  kalta.  Bir  narsadagi  belgining  boshqalariga  nisbatan  ortiq 

yoki kamligi qiyosiy daraja deyiladi. Qiyosiy daraja oddiy darajadagi sifatga -roq qo’shimchasini qo’shish bilan hosil 

bo’ladi. Masalan: yuksakroq, uzunroq, hushyorroq, kaltaroq. Belgining bir narsadan boshqalariga nisbatan eng ko’p 

ekani orttirma daraja deyiladi. Orttirma daraja eng, juda, nihoyat kabi so’zlar bilan hosil bo’ladi. Masalan: eng yuksak, 

juda uzun. Belgining bir narsadan boshqalariga nisbatan bir qadar kam ekani ozaytirma daraja deyiladi. Ozaytirma 

daraja sal, biroz, xiyla, nim kabi so’zlar bilan hosil bo’ladi. Masalan: biroz yuksak, sal uzun.  

42.Son.   Qancha?, necha?, nechanchi? so’roqlariga javob bo’lib, narsalarning son-sanog’ini va tartibini bildirgan 

so’zlarga son deyiladi. Sonlar ikkiga bo’linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar. Qancha?, necha? so’roqlariga javob 

bo’lgan sonlar miqdor sonlar, nechanchi? so’rog’iga javob bo’lgan sonlar tartib sonlar hisoblanadi. Son gapda otga 

bog’lansa, aniqlovchi, fe’lga bog’lansa hol, gapning oxirida kelsa, kesim vazifasini bajaradi. Masalan:  Sinfimizda 



yigirma besh o’quvchi bor. U olmadan beshta oldi. O’nning yarmi – besh.  

43.Sonlarning yozilishi. Ikki, olti, yetti sonlariga jamlikni bildiruvchi -ov, -ala qo’shimchalari qo’shilsa, asos oxiridagi 

i unlisi tushib qoladi: Ikkala, oltov, yettov. Tartib sonlar arab raqam bilan yozilsa, -nchi, -inchi qo’shimchalari o’rniga 

chiziqcha qo’yiladi: 2002-yil, 22-dekabr, 5-sinf, 6-qavat. Tartib sonlar rim raqamlari bilan yozilsa, bu qo’shimchalar 

o’rniga chiziqcha qo’yilmaydi: IX sinf, XXI asr. Bir so’ziga -ta qo’shimchasi qo’shilsa, bitta deb aytiladi va yoziladi.  

44.Olmosh. Ot, sifat, son va boshqa so’zlar o’rnida qo’llanilib, ularga ishora qiluvchi so’zlar olmosh hisoblanadi. 

Olmoshlar qaysi so’z o’rnida qo’llanilsa, o’sha so’zning so’rog’iga javob bo’ladi.  Men, sen kishilik  olmoshlariga 

qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchalari hamda -niki qo’shimchasi qo’shilsa, bir n undoshi tushib qoladi:  



Men+ning-mening,  sen+niki-seniki.  U,  bu,  shu,  o’sha  olmoshlariga  jo’nalish,  o’rin-payt,  chiqish  kelishigi 

qo’shimchalari hamda -ga, -dek, -day qo’shimchalari qo’shilsa, n undoshi orttiriladi: unga, shunda, bunda, shunday.  





Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish