Ona tili ona tili, 5-sinf qoidalari


Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/45
Sana07.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#141291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
5-sinf Ona tili mukammal test va savol javoblar 18880

Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov 

  

  



oldida keladi. Masalan: Oh, naqadar go’zal ona tabiat! Yozuvda his-hayajon gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi. 

Agar  so’roq  gap  his-hayajon  bilan  aytilsa,  oldin  so’roq  belgisi,  undan  so’ng  undov  belgisi  qo’yiladi.  Masalan: 



Chiqmaysizmi?!  

12.Gap  bo’laklari.  Gap  tarkibida  ma’lum  so’roqqa  javob  bo’luvchi  mustaqil  so’z  yoki  so’zlar  birikmasi  gap 

bo’laklari hisoblanadi.  

13.Kesim. Shaxs-son ma’nolarini bildirib, nima qil (-di, -yapti va bosh)?, nima bo’l (-di, -yapti va bosh)?, kimdir?, 



nimadir?, qayerdir? so’roqlariga javob bo’luvchi mustaqil so’zlar gapda kesim vazifasini bajaradi. Kesim gapning 

mazmuniy markazidir. U boshqa bo’laklarsiz gap bo’la oladi. Masalan: Yaxshimisiz? Keldi.  

14.Fe’l kesim va ot kesim. Kesim qanday mustaqil so’zlar orqali ifodalanishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: fe’l kesim va 

ot  kesim.  Fe’l  orqali  ifodalanib,  nima  qilmoq?,  nima  bo’lmoq?  so’roqlariga  javob  bo’luvchi  kesimlar  fe’l  kesim 

hisoblanadi.  Masalan:  Qushlar  sayraydi.  Fe’ldan  boshqa  so’zlar  orqali  (ot,  sifat,  son,  ravish,  olmosh)  ifodalanib, 

kim?,  nima?,  qanday?  so’roqlariga  javob  bo’luvchi  kesimlar  ot  kesim  sanaladi.  Masalan:  Osmonimiz  musaffo

15.Ega.  Kesim  bilan  bog’lanib  kim?,  nima?,  qayer?  singari  so’roqlarga  javob  bo’ladigan  bo’lak  ega  deyiladi. 

Tahlilda eganing ostiga bir to’g’ri chiziq, kesimning ostiga esa ikki to’g’ri chiziq chiziladi. Masalan: Bulbul sayraydi. 

Ot kesim tarkibida shaxs-son qo’shimchalari qo’llanilmasa, yozuvda egadan keyin tire qo’yiladi. Masalan: Toshkent 

– go’zal shahar.  

16.Sodda  yig’iq  va  sodda  yoyiq  gaplar.  Faqat  kesimdan  yoki  ega  va  kesimdan  iborat  bo’lgan  gap  yig’iq  gap 

hisoblanadi. Masalan: Qara. Men keldim. Kesimning boshqa bo’laklar bilan kengayishidan hosil bo’lgan gap yoyiq 

gap deyiladi. Masalan: Men uni ko’rdim.  

17.Hol. Fe’lga bog’lanib, qachon?, qayerda (-ga, -dan)?, qanday (qilib)?, nima uchun?, nima maqsadda? singari 

so’roqlarga javob bo’luvchi gap bo’lagiga hol deyiladi. Hol fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki 

bajarilmaslik paytini, o’rnini, tarzini, sababini, maqsadini bildiradi. Tahlil jarayonida hol ostiga nuqtalardan iborat 

chiziq (……) chiziladi: Maktabga ketdi.  

18.To’ldirvchi. Fe’lga bog’lanib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kimni?, nimani?, kim bilan?, nima bilan? 

singari so’roqlarga javob bo’luvchi bo’laklarga to’ldiruvchi deyiladi. Tahlilda to’ldiruvchi ostiga uzuq chiziqchalar 

(_  _  _  _  _  )  chiziladi:  Bu  so’zdan  Hamid  ajablandi.    To’ldiruvchi  hokim  bo’lakka  kelishik  qo’shimchalari  yoki 

ko’makchilar yordamida bog’lanadi.  

19.Aniqlovchi. Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning qandayligi, kimga yoki nimaga qarashli ekanini bildirib, 

qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, nechta?, kimning?, nimaning? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi gap bo’lagiga 

aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchiar ma’nosiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1. Sifatlovchi aniqlovchi. 2. Qaratqich aniqlovchi. 

Tahlilda aniqlovchilar ostiga to’lqinli chiziq (~~~~       ) chiziladi.  

20.Sifatlovchi aniqlovchi.  Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning belgisini bildirib,  qanday?, qanaqa?, qaysi?, 



qancha? so’roqlariga javob bo’lgan aniqlovchiga sifatlovchi aniqlovchi deyiladi: qizil olma.  

21.Qaratqich  aniqlovchi.  Hokim  bo’lakdan  anglashilgan  narsning  ikkinchi  bir  narsaga  qarashli  ekanini  bildirib, 



kimning?, nimaning?, qayerning? so’roqlariga javob bo’lgan aniqlovchiga qaratqich aniqlovchi deyiladi. Masalan:  

Do’stlikning  mehri  bor.  Qaratqich  aniqlovchi  doimo  aniqlanmishga  bog’lanadi.  Anu  shu  belgisi  bilan  tushum 

kelishigini olgan to’ldiruvchidan farq qiladi. Tushum kelishidagi to’ldiruvchi doimo fe’l orqali ifodalangan kesimga 

bog’lanadi. Solishtiring: olmaning bargi – olmani yedim.  

_______________________________________________________________________________  

22.Uyushiq bo’laklar. Bir xil so’roqqa javob bo’lib, bir xil vazifada keladigan so’zlarga uyushiq bo’laklar deyiladi. 

Masalan: Dadam, oyim va men (kim) hayvonot bog’iga bordik. Sanash ohangi yordamida bog’langan uyshiq bo’laklar 

bir-biridan vergul bilan ajratiladi.  

23.Uyushiq bo’lakli gaplarda umumlashtiruvchi so’zlar va ularda tinish belgisining ishlatilishi. Sanalayotgan 

bo’laklar  ma’nosini  jamlab  ifodalagan  so’zga  umumlashtiruvchi  so’z  deyiladi.  Umumlashtiruvchi  so’z  uyushiq 

bo’laklardan  oldin  kelsa,  umumlashtiruvchi  so’z  bilan  uyushiq  bo’laklar  o’rtasiga  ikki  nuqta  qo’yiladi.  Masalan: 



Bog’imizda mevalar: olma, o’rik, shaftolilar bor. Umumlshatiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa, uyushiq 



Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish