Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
73.O’zbek alifbosi. Harflarning ma’lum bir tartibda joylashuviga alifbo deyiladi. Alifbo so’zi arab yozuvidagi harflar
tartibining birinchi va ikkinchi harflari – alif va bo (be) nomlarining qo’shiluvidan hosil bo’lgan. Hozirgi o’zbek
alifbosi lotin yozuviga asoslangani tufayli lotin yozuvidagi yangi o’zbek alifbosi deyiladi.
74.Yangi o’zbek alifbosi:
_______________________________________________________________________________
75.Talaffuz va imlo me’yorlari. Og’zaki nutqda bir necha xil talaffuz qilinuvchi tovush, qo’shimcha va so’zlardan
adabiy tilga qabul qilingan bittasi to’g’ri talaffuz me’yori sanaladi. Yozma nutq bir necha xil yoziluvchi tovush,
qo’shimcha va so’zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi imlo me’yori sanaladi. To’g’ri talaffuz me’yorlarini
o’rganuvchi tilshunoslik bo’limiga orfoepiya (yun: orfo – “to’g’ri”, epos – “so’zlamoq”, “nutq”) deyiladi. To’g’ri
yozish me’yorlarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limiga orfografiya (yun: orfo – “to’g’ri”, grafo – “chizmoq”)
deyiladi.
76.Unlilar talaffuzi va imlosi. So’zlarning birinchi bo’g’inida r, l undoshlaridan oldin kelgan i unlisi bilinarbilinmas
talaffuz qilinsa ham, yozuvda i harfi bilan yoziladi: biroq, sira, bilan. Ikki bo’g’inli so’zlarning birinchi bo’g’inida
lablangan u unlisi ta’sirida ikkinchi bo’g’indagi i unlisi u holida talaffuz qilinsa ham, yozuvda i yoziladi. Shunday
yozilishi bilan ikkinchi bo’g’inida u yoziladigan otlardan farqlanadi: urish – urush, yumush – yumish, burush –
burish.
77.A va o unlilari talaffuzi va imlosi. A, a harfi savob, zamon singari so’zlarda o kabi aytilsa ham, a yoziladi. O, o
harfi tonna, noyabr kabi so’zlarda o’ kabi aytilsa ham, o yoziladi.
78.Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi. Adabiy talaffuz va imlo me’yoriga asosan qator unlilar oa, ao, ia, ai,
io, aa tarzida aytiladi va shunday yoziladi. Qator kelgan unlili so’zlar boshqa tillardan kirib kelgani tufayli bunday
so’zlardagi qator unlilarni og’zaki nutqda yo bir cho’ziq unliga aylantirish (masalan, muallimni malim) yoki qator
kelgan unlilar o’rtasiga ayrim undoshlarni qo’shish yo’li bilan tilimizga moshlashtirishga harakat qilinadi. Masalan:
soat so’zi Farg’onada sohat, Toshkentda sog’at tarzida talaffuz qilinadi.
79.O’ unlisining talaffuzi va imlosi. O’ tovushi ko’l, o’s, cho’l, jo’ra, mo’tabar kabi so’zlarda torroq, bo’ri, qo’ri,
xo’roz, ro’mol kabi so’zlarda esa kengroq eshitiladi, ammo har vaqt bir xil shaklda yoziladi. Mo’tadil, mo’jiza,
mo’tabar kabi so’zlardagi tutuq belgisi yozuvda tushirib qoldiriladi.
80.E unlisining talaffuzi va imlosi. E harfi kecha, ekran, ne’mat kabi so’zlarda to’liq talaffuz qilinadi. Telefon, teatr,
okean, material kabi so’zlrda i ga monand aytiladi, lekin e yoziladi.
81.Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosi. So’z oxirida b – p, d – t, z – s singari jarangli va jarangsiz undoshlar
o’rtasidagi farq yo’qolib, bir xil – jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin b, d, z yoziladi.
82.G – K, Q – G’ undoshlari talaffuzi va imlosi. So’z oxirida g va k hamda g’ va q jarangli va jarangsiz undoshlari
o’rtasidagi farq yo’qolib, har ikki undosh bir xil k va q holida talaffuz qilinsa ham yozuvda g va k, q va g’ harflari
orqali yoziladi.
83.Q, G’ undoshlari bilan tugagan so’zlarga qo’shimchalarning qo’shilishi va ularning imlosi. Q undoshi bilan
tugagan asosga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qo’shilsa, bu qo’shimcha -qa tarzida aytiladi va shunday yoziladi.
Masalan: qaymoqqa, toshloqqa kabi. Xuddi shunday asoslarga egalik qo’shimchasi qo’shilsa, o’zak oxiridagi q
undoshi g’ga aylanadi va shunday yoziladi. Masalan: bulog’i, qishlog’i. G’ undoshi bilan tugagan so’zlarga jo’nalish
kelishiga qo’shimchasi qo’shilsa, asos va qo’shimcha qanday aytilishidan qat’i nazar o’zgarmaydi. Masalan: bug’ga,
bog’ga.
84.B, m undoshlaridan oldin kelgan n undoshining talaffuzi va imlosi. B, b va M, m harflaridan oldin kelgan n harfi
m holida o’qiladi, lekin n yoziladi: manba, tanbur,
85.Ayrim harflar izohi. J, j harfi jo’ja, jajji kabi so’zlarda til oldi, portlovchi, jarangli tovushni ifodalaydi. Jurnal,
jirafa kabi so’zlarda esa til oldi, sirg’aluvchi, jarangli tovushni ifodalash uchun qo’llaniladi.
86.X,X va H, h harflari. X, x harfi q, g’ tovushlari bilan bir xil o’rinda, tilning orqa qismida hosil bo’ladigan undosh
tovushni ifodalaydi. H, h harfi esa bo’g’izda hosil bo’ladigan undosh tovushni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |