Pokiza
Bunchalar nomingga monand bo’lmasang
Sendan shifo topdi, menday bemorlar
Vrachlar shirinsoz, hamshira chaqqon
Farroshing ozoda hamma yer toza.
Yurmagan oyoqlar shifo topdilar,
Charchagan yuraklar orom oldilar.
Hayot davomida charchagan bemor
Sendan shifo oldi, ulug’Pokiza.
Yo’llaring hamisha bo’lsin bardavom
Boshlagan ishlaring xayrli bo’lsin.
Sendan shifo topsin, barcha bemorlar
Senga ming-ming ta’zim, ulug’ Pokiza.
Derazadan boqib yerga qarayman
Archazor bog’ing dilim yayratar,
Atirgulga qo’ngan bulbul saharda
Mayin navo qilib ,dilim yayratar.
Minnatdormiz sizday ulug’ zotlardan
Shifolar oldik,aziz jonlarga
Ilmingizni qilsin Robbim ziyoda
Sizlardan rozimiz ulug’ insonlar.
Sizlarni duo qilay Ramazon oyda
Charchamang, xorimang , o’g’il-qizlarim,
Siz ibn Sino farzandi,Al-Buxoriy avlodlarisiz,
Sizlarni duo qilay kecha-yu kunduz
Sizlarga yor bo’lsin qodir Allohim.
Binoni ko’rki-yu , hovli jamoli
O’ziga yarashgan ko’rki kamoli.
Bu yerni boshqargan o’g’il-qizlarim
Dorixona go’zali, hisobchi xonim.
Oshpazi-yu bog’boni,massajist o’g’lim
Sizlardan minnatdormiz bizday bemorlar.
Men bir xasta jon ,ko’zi ko’r ona,
Dorilfunun ko’rmagan qalbi oq ona.
Sizlarni nomma –nom yozmagan ona
Bizlardan rozi bo’ling, ulug’ shifokor.
Do'stlaringiz bilan baham: |