Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
bo’lak va umumlashtiruvchi so’z o’rtasiga tire qo’yiladi. Masalan: Kutbxonamizda Abdulla Oripov, Erkin Vohidov,
Usmon Azim – barcha taniqli shoirlarning asarlari bor.
24.Undalmali gaplar. So’zlovchining fikri qaratilgan shaxs yoki narsalarni bildiruvchi so’z va so’zlar birikmasiga
undalma deyiladi. Masalan: Yurtim, senga she’r bitdim bugun. Undalmalar bir yoki bir nechta so’zdan iborat bo’ladi.
Masalan: Qizim, yalpiz terib kelsang-chi. Qadrli bolalar, kelajak siznikidir.
25.Undalmali gaplarda tinish belgilari. Undalmalar gapning boshida, o’rtasida, oxirida ishlatiladi. Masalan:
Navbahorim, o’zing ayt….O’zing, navbahorim, ayt…O’zing ayt, navbahorim. Undalmalar gapning qayerida
kelishidan qat’i nazar boshqa bo’laklardan vergul bilan ajratiladi. Tahlilda uning ostiga ikkita to’lqinli chiziq
chiziladi. Masalan: Murod, nega indamaysan? Undalmalar his-hayajon bilan aytilsa, ulardan so’ng undov belgisi
qo’yiladi. Masalan: Men sizni quyosh deb atayman, oyijon!...
26.Kirish so’zlar. So’zlovchining fikriga ishonch, gumon, taxmin singari ma’nolarni qo’shadigan so’zlarga kirish
so’zlar deyiladi. Kirish so’zlar yozuvda gapning boshqa bo’laklaridan doimo vergul bilan ajratiladi. Tahlilda kirish
so’zlar to’g’ri chiziq ostiga to’lqinli chiziq chizish bilan ifodalanadi
27.Kirish so’zlarning gapdagi o’rni. Kirish so’zlar gapning turli o’rinlarida qo’llanila oladi. Yozuvda gap boshida
kelsa, kirish so’zdan so’ng, o’rtasida kelsa, kirish so’zning har ikki tomonidan, gap oxirida kelsa, kirish so’zdan oldin
vergul qo’yiladi.
28.Qo’shma gap. Ikki va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan hosil bo’lgan gap qo’shma gap hisoblanadi.
Qo’shma gapni tashkil etgan sodda gaplar bir-biri bilan va, ammo, lekin, chunki, negaki kabi bog’lovchilar hamda
ohang yordamida bog’lanadi. Yozuvda ammo,lekin, biroq, chunki, negaki bog’lovchilaridan oldin vergul qo’yiladi.
Ohang yordamida bog’langan sodda gaplar bir-biridan, asosan, vergul yoki tire bilan ajratiladi. Masalan: Biz
baxtiyormiz, chunki yurtimiz ozod. Yurt tinch – sen tinch.
29.Ko’chirma gaplar. Birovning aynan keltirilgan gapi ko’chirma gap deyiladi. Ko’chirma gap doimo so’zlovchi
gapi bilan birga keladi. So’zlovchi gapi muallif gapi hisoblanadi. Ko’chirma gap bilan muallif gapi birikib ko’chirma
gapli qo’shma gapni hosil qiladi. Yozuvda ko’chirma gap qo’shtirnoq ichiga olinadi.
30.Ko’chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi. Muallif gapi ko’chirma gapdan oldin kelganda, tinish
belgilarining ishlatilishi. Ko’chirma gap muallif gapidan oldin, uning o’rtasida, oxirida, ikki chekkasida kelishi
mumkin. Shunga ko’ra yozuvda ular orasida turlicha tinish belgilari ishlatiladi. Muallif gapi ko’chirma gapdan oldin
kelsa, undan so’ng ikki nuqta qo’yiladi, ko’chirma gap qo’shtirnoqqa olinib, bosh harf bilan yoziladi. Masalan:
Xalqimiz shunday deydi: “Hunar – zar, hunarsiz – xor”. Ko’chirma gap so’roq yoki his-hayajon gap bo’lsa,
qo’shtirnoq yopilishidan oldin so’roq yoki undov belgisi qo’yiladi. Masalan: Men undan so’radim: “Mehringni
qo’yib, bunchalar saralab gul terding kimga?” Bulbul der: “Ochil g’uncha!” Ko’chirma gap darak bo’lsa,
qo’shtirnoqdan so’ng nuqta qo’yiladi. Masalan: Donolar deydi: “Aql boylik bilan o’lchanmas”.
31.Muallif gapi ko’chirma gapning boshqa o’rinlarida kelganda, tinish belgilarining ishlatilishi. Muallif gapi
ko’chirma gapdan keyin, uning o’rtasida yoki ko’chirma gap muallif gapining o’rtasida kelsa, tinish belgilari
quyidagicha ishlatiladi: Misollar: 1. “Aqlli kishi sabr etar har nafas”, - deydi Sa’diy Sheroziy. 2. “Jaholat – o’lim, -
deb aytadi Nosir Xisrav, - bilim esa tiriklikdir”. 3. Alisher Navoiy: “Oz-oz o’rganib dono bo’lur, Qatra-qatra yig’ilib
daryo bo’lur”, - deb aytgan edi. Ko’chirma gapli qo’shma gap tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin. M: “K”.
“K”, - m. “K, - m, -k”. M: “K”, -m. M, m belgilari muallif gapini, K,k belgilari ko’chirma gapni ifodalash uchun
qo’llanilgan.
32.Dialog va ularda tinish belgilarining ishlatilishi. Ikki kishi o’rtasidagi suhbat dialog sanaladi. Dialogdagi har bir
gap tire bilan boshlanadi. Bir kishining nutqi monolog sanaladi.
______________________________________________________________________________
33.So’z turkumlari. Mustaqil va yordamchi so’zlar. Biror so’roqqa javob bo’lib, ko’pincha atash ma’nosini
bildiruvchi, gapda ma’lum bir gap bo’lagi yoki undalma vazifasida keladigan so’zlar mustaqil so’zlar sanaladi.
So’roqqa javob bo’lmaydigan, atash ma’nosini bildirmaydigan so’zlarga yordamchi so’zlar deyiladi.
34.Ot. Shaxs, narsa-buyum, joy nomlarini bildirib, kim?, nima?, qayer? so’roqlariga javob bo’luvchi mustaqil so’zga
ot deyiladi. Otlar son, egalik va kelishik qo’shimchalari bilan qo’llaniladi. Gapda otlar bosh va ikkinchi darajali
Do'stlaringiz bilan baham: |