Alla, alia, alvandi, alia.
Sochlarim daryo bandi, alia.
Men bu yerda turolmasman, alia.
Sen-ku oyog‘im bandi, alia.
0 ‘z-o‘zidan ma’lumki, ona o ‘z oilasini muhabbat va inoqlikda quril-
gan bo‘Isa, ardoqlaydi.
Aks holda, ko‘ngil tushmagan oilada yashash
yosh ona uchun jazoning o ‘zginasi. Mana shunday paytda tug‘ilgan far
zand ayol tasavvurida oila tomonidan qo'yilgan kishanga tengdir. Ruhiy
holat tasviri bunday qo'shiqlarda alohida o ‘kinch
ohangida ifodasini
topadi. «Alla» so‘zining «011oh»dan kelib chiqqanligi ham alohida ram-
ziy ma’noga ega. Onada qoniqish bo‘lsa, shukr alomati, o ‘z taqdiridan
norozi bo‘Isa, shunda ham farzandli bo‘lish shukronasi va Allohdan najot
so‘rash ohangi yetakchi hisoblanadi.
Xullas, lirik qo‘shiqlar mohiyat nuqtai
nazardan inson qalbining
izhori darajasida e’zozlangan asarlar turkumini tashkil qiladi.
Tarixiy a o ‘shialar.
0 ‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi tarixiy qo‘shiqlar
bevosita bugungi kun repertuarida nisbatan kam uchraydigan ijro
namunasidir. 0 ‘tmishda tarixiy qo‘shiqlar ommaviy janr hisoblanganiga
shubha yo‘q. Bir tomondan, Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘oti-t-
turk» asaridagi Alp Erto‘nga marsiyalarini ham tarixiy qo‘shiqlar sirasiga
qo‘shish mumkin. Prof. Bahodir Sarimsoqov tarixiy qo‘shiqlarga shun
day ta’rif beradi: «Demak, konkret tarixiy
shaxs yoki voqealar tasvir-
langan she’riy asar tarixiy qo'shiq sanaladi». Marsiyada esa asar qahra-
monining ismi, u qilgan yaxshiliklar real hayotiy aniqlik bilan aks etgan.
Xalq hayotdagi ijobiy o ‘zgarishga ham, salbiy o‘zgarishga ham zudlik
bilan o ‘z munosabatini bildirgan. Masalan, Abdulla Qodiriy « 0 ‘tkan
kunlar» romanida Normuhammad Qushbegining
Toshkentdagi bekligi
davri haqida quyidagi qo‘shiq parchasini keltirgan:
Zamon-zamon dorilamon,
Normat to‘ram bo‘lsin eson.
XX asr boshlarida Namoz boshlagan harakatlar xalq tilida doston
bo‘lgan. Namoz yoki Niyozga bag‘ishiab qo‘shiqlar vujudga kelgan.
Keyinchalik Isfandiyor va uning amaldorlari kirdikorlarim fosh etuvchi
to‘rtliklar yaratilgan:
152
Isfandiyor xon bo‘ldi,
Bag‘rimiz to‘la qon bo‘ldi.
Azroildan каш emas,
Olajagi jon bo‘ldi.
yoki:
Isfandiyor bo ‘lgach bizning xonimiz,
Og‘zimizdan oqar bo‘ldi qonimiz,
Beva-bechoraning ahvoliga voy,
Yemakka topilmas burda nonimiz.
Bu to'rtliklar xalq ijtimoiy hayotining hamrohi bo‘ldi.
Tarixiy vazi-
yatga nisbatan ifodalangan g ‘azab va xonga nisbatan nafrat zamonga xalq
bergan baho darajasida edi. Aniqrog'i, jazolov hukmi bo'lib jarangladi.
Umuman, XX asrning 15-25-yillari o'rtasida yaratilgan tarixiy qo‘-
shiqlar son jihatdan ko‘p, sifat jihatdan mazmunli edi. Ehtimol, bu holat
yurtimiz tarixiga oid turli yo‘nalishdagi tarixiy voqealaming ko‘p ro ‘y
berganiga bog‘liqdir.
Isfandiyor, Said Ahmad, Nikolay kabi podshoh va
xonlaming adolatsizligi va bosqinchilik urushlariga bo'lgan
keskin
qoralovchi ayblar mazkur qo‘shiqlaming bosh mazmunini tashkil qildi.
Shunday qilib, tarixiy qo‘shiqlar bevosita aniq voqea hodisa yoki
aniq qahramon ishtirok etgan tarixiy davr haqida yaratilgan asar namu-
nasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: