Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

'
Islom Karimov. Yufcsafc m a’naviyat - yengilmas fcuch. - Toshke" 
йау1Уаи 2008, - B . 3 1.


KIRISH
Ma’lumki, mazkur kurs respublikamiz viloyatlari universitetlari va 
pedagogika institutlarining 0 ‘zbek filologiyasi, ayrim oliy o ‘quv yurt- 
laridagi Jumalistika fakultetlari talabalari uchun o ‘zbek adabiyoti tarixi 
haqidagi ilmiy tizimning tarkibiy qismi sifatida o ‘qitiladi. Unda xalq 
og‘zaki ijodining xos xususiyatlaridan tashqari maqol, topishmoq, askiya, 
latifa, lof, qo‘shiq, ertak, doston kabi janrlar doirasida fikr yuritiladi.
0 ‘tgan asming 80-90-yШarida oliy o ‘quv yurtlarining filologiya 
fakultetlari talabalari uchun xalq og'zaki ijodi fanidan darslik yaratish 
tajribasi amalga oshgan edi. Dastlab 1980-yilda “0 ‘qituvchi” nashriyoti
H.Razzoqov, T.Mirzayev, O.Sobirov, K.Imomovlarning muallifligida 
birinchi darslikni e’lon qildi. Keyinchalik 1990-yilda K.Imomov, T.Mirzayev, 
B.Sarimsoqov, O.Safarovlar muallifligida “0 ‘qituvchi” nashriyoti “0 ‘zbek 
xalq og'zaki poetik ijodi” darsligini nashrdan chiqardi. Bu darsliklarda 
xalq og‘zaki ijodiga oid ma’lumotlar folklorshunoslik nuqtai nazaridan 
ilmiy asosda o ‘z ifodasini topgan. Zarar o ‘rinlarda biz ham ulardan 
foydalanganmiz. Ammo yurtimizda ro‘y bergan ijtimoiy o'zgarishlar 
asarlami tahlil qilishda yangicha yondashishni taqozo qiladi. Chunki 
o ‘tgan asming 80-90-yillarida xalq og‘zaki ijodidagi xos xususiyatlar, 
maqollardan tortib qo‘shiqlargacha, ertaklardan dostonlargacha asosan 
sobiq tuzum mafkurasi tazyiqida o ‘rganilgan va tahlil qilingan. Xususan, 
juda ko‘p o ‘rinlarda o‘zbek xalqi yaratgan asarlar kambag'al va boylar 
sinfi o'rtasidagi qarama-qarshiliklar zaminida baholangan. Hatto Navro‘z 
bayramini ham asrlar davomida tajribadan o ‘tgan xalq tantanalari 
qatorida qayd qilingandan ko‘ra islom dinidan avval paydo bo‘lganligini, 
diniy marosimlarga aloqasi yo'qligini ta’kidlash bilan oqlab ko‘rsatishga 
e’tibor berilgan. Biz o ‘z qo‘llanmamizda asosiy diqqatni xalq og‘zaki 
ijodi asarlarining millatimiz hayotida tutgan о‘mini, madaniy merosimiz 
tarkibiy qismi sifatidagi ahamiyatini, badiiy adabiyot namunasi ekanligini 
yoritishga qaratdik. Zero, hozirgi paytda xalq maqollari, qo‘shiqlari, 
ertaklari, doston va boshqa janrlarini bilish barkamol avlodning burchiga


aylanganiga guvohmiz. Xalq og‘zaki ijodi dasturiga binoan “Alla” 
haqida, bolalar folklori mavzusida fikr yuritiladi. Biz qo‘shiqlar yuza- 
sidan bildirilgan mulohazalarda ham “Alla”larga qisman to‘xtab o'tdik. 
Ayni chog‘da mavsum-marosim qo‘shiqlari yuzasidan ham ikki o ‘rinda: 
“Qo‘shiqlar” va “Mavsum marosimiy folklori”da ma’lumot berishga maj- 
bur bo‘ldik. Shuning uchun mazkur qo‘llanmada uchraydigan ayrim tak- 
rorlar borligini qayd etmoqchimiz. Mazkur janrlar haqidagi tushuncha- 
larga ega bo‘lish bugungi kun filolog va jumalist mutaxassis uchun o ‘ta 
zarur hisoblanadi. Chunki xalq og‘zaki ijodi badiiy adabiyotning vujudga 
kelishida va shakllanib rivojlanishida dastlabki bosqichni tashkil etadi. 
Jumalist esa og'zaki ijod sarchashmalaridan bahramand bo'lmasdan o ‘z 
sohasida muvaffaqiyat qozona olmaydi.
Demak, qo‘llanmadan asosiy maqsad o ‘zbek xalqi tomonidan asrlar 
davomida yaratilgan og‘zaki ijod namunalari haqida ma’lumot berishdan 
iborat.


XALQ OG‘ZAKI IJOD I HAQIDA 
UMUMIY MA’LUMOT
Inson qadimdan atrof muhitda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga o‘z 
munosabatini bildirgan. Bu munosabat, avvalo, turli xatti-harakadar, 
ovozlar, ehtiroslar vositasida amalga oshgan. Keyinchalik so‘zlar, so‘z 
yig'indisi, raqslar his-tuyg‘ulami ifodalagan. Yana keyinroq odamlar 
o'zlaricha dunyoning, tabiatning, hayvonlar, o ‘simliklar, tog'lar, suvlar- 
ning paydo bo‘lishini izohlovchi to'qima hikoyalar o ‘ylab topadilar. 
Yigitlar, qizlar muhabbat qo'shiqlarini to'qiydilar. Qabila-urug‘ning 
mard va jasur yigitlari haqida, ulaming g‘aroyib qahramonliklari haqida 
afsona va rivoyatlar paydo bo'ladi. Bulaming hammasi hali yozuv 
madaniyati vujudga kelmasdan oldin jamoa-jamoa bo‘lib yashayotgan 
aholi o'rtasida shuhrat topadi. Bugungi kunda biz ulami “xalq og‘zaki 
ijodi” deb atashga odatlanganmiz.
Xalq og'zaki ijodida ota-bobolarimizning aytmoqchi bo'lgan pand- 
nasihatlari, el e’zozlagan odam bo‘lishning talab-qoidalari, Alp Erto‘nga, 
To‘maris, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik kabi ajoyib yurt 
farzandlarining botirliklari, xalqimizning urf-odatlari, milliy fazilatla- 
rimiz haqida san’at darajasiga ko‘tarilgan so‘z tizimlaridan iborat maqol, 
qo‘shiq, ertak, doston, bolalarga bag‘ishlangan asarlar va boshqa janrlar- 
dagi namunalarda ifodasini topadi. Shuning uchun ham xalq og'zaki 
ijodini milliy qadriyatlar deb atash odat bo'lgan. Xalq og‘zaki ijodi ilmda 
folklor deb yuritiladi. Bu atamani 1846-yilda ingliz olimi Uilyam Toms 
taklif qilgan bo‘lib, uning ma’nosi “xalq donoligi” degan tushunchadan 
iborat. Aslini olganda, folklor deganda, xalq tomonidan yaratilgan ham- 
ma san’at namunalari tushuniladi. Me’morlik, naqqoshlik, ganchkorlik
zardo‘zlik, musiqa, raqs, og‘zaki adabiyot namunalari - hammasini folk­
lor deb tushunish qabul qilingan. Har bir san’at sohasida ish olib bora- 
yotgan mutaxassis o‘zi tanlagan tumi “folklor” deb atayveradi. Masalan, 
musiqachi xalq kuylarini, xoreograf xalq raqslarini, arxitektor xalq 
me’morchiligini, folklorshunos olim xalq dostonlari, ertaklarini folklor


asari deb hisoblaydi. Biz - so‘z san’ati sirlarini o ‘rganuvchi sohada ish 
yuritganimiz uchun maqol, topishmoq, lof, askiya, latifa, qo‘shiq, ertak, 
dostonlami folklor namunasi sifatida yozib olamiz, tahlil qilamiz. 
“Folklor” atamasini talaffuz qilganimizda xalq og‘zaki ijodini tushuna- 
miz. Xalq og'zaki ijodini o ‘rganuvchi olim folklorshunos hisoblanadi. 
Folklorshunoslik hozirgi paytda adabiyotshunoslikning tarkibiy qismidir. 
Badiiy adabiyot xalq og‘zaki ijodidan boshlanadi. Binobarin, adabiyot 
tarixining birinchi qismini folklor tashkil etadi. Shuning uchun filologiya 
fakulteti talabalari mutaxassis sifatida shakllanish jarayonini xalq og'zaki 
ijodini o'rganishdan boshlaydilar.
Folklor so‘z san’atining asosini tashkil etadi. Ayni chog‘da folklor 
asarlari hamisha jonli ijro bilan aloqada bo'ladi. Shuning uchun ertak
qo‘shiq, doston va boshqa bir qator og‘zaki ijod asarlari ijro davomida 
sinkretik san’at namunasi hisoblanadi. Sinkretik so‘zi birlashmoq, qorish- 
moq, aralashmoq tushunchasini bildiradi. Doston kuylanganda musiqa, 
so‘z, sahna san’atlari qorishib uyg‘unlashadi. Ya’ni baxshi do‘mbira, soz 
chalib xonanda sifatida yoqimli ovozda doston aytadi. Doston esa 
matndan - so‘zlardan iborat bo'ladi, musiqa asbobida ijro etilgani uchun 
baxshi xonandalik, sozandalik qiladi. Ayni paytda dostondagi voqealami 
tovush tovlanishi - sahna san’ati - aktyorlik mahorati bilan hikoya qiladi. 
Natijada, sinkretik san’at namunasi vujudga keladi (bu haqda keyingi 
mavzularda yana ma’lumot beramiz). Shuningdek, qo‘shiqlar yoki xalq 
dramasiga oid asarlar ijrosida raqsga tushish, sahna harakatlari amalga 
oshiriladi. Binobarin, ijro etilayotgan asaming asosini so‘z tashkil qilgani 
bilan uning tinglovchilarga namoyish etilishini boshqa san’at turlari bilan 
aloqasiz tasavvur qila olmaymiz. Xullas, bugungi kunda murakkablashib 
ketgan san’at turlarining ko‘pchiligi dastlabki bosqichda xalq og‘zaki 
ijodi asarlarini ijro etish jarayonida paydo bo‘lgan, shakllangan, rivoj 
topgan va keyinchalik o ‘ziga xos san’at turiga aylangan bo‘lishi mumkin, 
desak u qadar katta xatoga yo‘l qo‘ymaymiz.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish