fetishizm
bilan aloqador.
Fetishizm
tushunchasida turli narsa-predmetlardan tashqari ranglar,
tush ham saqlanib qolgan. Oq, qora, ko‘k, yashil, qizil, malla kabi ranglar
10 Гулом F. Шум бола. Биринчи китоб. - Т., 1963. - Б.
11.
39
muayyan ma’noni bildirgan. 0 ‘zbekiston bayrog'idagi yashil, oq, ko‘k,
ular oralig'idagi qizil, burchakdagi oy va 12 yulduzlaming hammasida
ramziy ma’nolar mujassamlashgan. Odatda, yashil yoshlik, qizil, bir to
mondan to‘kilgan qon, ikkinchi tomondan, qizlik g ‘ururi, oq hayot, qora,
bir tomondan fojia, ikkinchi tomondan, buyuklik, ulug‘lik, malla yetuk-
lik, balog‘at ma’nolarini aks ettirgan. Agar Bobur asarlariga ishlangan
qadimgi miniatyura rasmlariga zehn solsangiz, podshohlarning tepasida
bir xizmatkorning oppoq sochiqqa o ‘xshash mato ko‘tarib turganini ko‘-
rasiz. Bu odat podshohning kelajagi g‘alabalarga boy ekanini, yurtining
tinchligini, o'zining mustaqilligini ta’kidlash maqsadini amalga oshirgan.
Xalqimizning qadimgi inonchlarida tush ham muhim ahamiyatga ega
bo'lgan. Aqlli odamlar insondagi tush ko‘rish xususiyatini alohida fazilat
deb bilganlar. Ular tushni xosiyatli, xosiyatsiz va e’tibor berilmaydigan
turlarga bo'lganlar. Hatto tush ta’birlari bayon etilgan kitoblar ham yara-
tilgan. Eng qadimiy bunday kitoblarning biri “Irq bitig” deb nomlangan.
Kitobda:
“Men Osmon o‘g‘li kunduz va kechqurun
Oltin taxtda o ‘tirib,
Shodlanyapman.
Bilib qo‘ying: bu - yaxshi”...
“Otni noto'g'ri tushovladi.
Yurishga majoli yo‘q, deyishadi.
Bilib qo‘ying: bu - yomon”
kabi matnlar keltirilgan. Mazkur matnlarda odam tushida ko‘rishi
mumkin bo'lgan lavhalar ijobiy va salbiy oqibatlar haqida xabar beruvchi
omil bo'lib keladi.
Islom dini tarixida Muhammad payg'ambarimiz (s.a.v.)ga pay-
g‘ambar sharafiga ega bo'lish xabari ham tushda ayon bo'lgani haqida
ko'plab ma’lumotlar bor.
Fetishizmdagi tush unsuridan badiiy adabiyotda ham ko‘p foy-
dalanilgan. “Alpomish” dostonining o'zida tush bir necha o'rinlarda
qahramon taqdirini belgilovchi xabar sifatida baxshi Fozil Yo'ldosh o'g'li
tomonidan qo'llangan. Ergash Jumanbulbul o'g'li esa “Kuntug'mish”
dostonida Kuntug'mishning Xolbeka bilan uchrashishini tasvirlashda
tushdan foydalangan. Yozma adabiyotda Alisher Navoiy “Sab’ai sayyor”
dostonida Bahromning botqoq fojiasidan so'ng uning tushiga kirganini
40
va Husayn Boyqaroga yurtning taqdiridan chetda qolgan podshohning
qismati ayanchli ekanini aytishni so'ragan. Bunday o'rinlarda yozma
adabiyot vakillari majoziy yo‘l bilan podshohlarga maslahat berish
usulini kashf qilganlar, deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |