Axloqiy qarashlar va fazilat axloqi mezonlari xamda normativ iqtisodga fazilat etikasini joriy etish. Reja : - Axloqiy qarashlar
- Fazilat axloqi
- Normativ iqtisodga fazilat etikasini joriy etish
- Axloqiy fazilatlar – insonni yaxshilikka chorlaydigan, yomonlikdan qaytaradigan axloqiy qarashlarning doimiy odati, amaliy faoliyatga aylanganini bildiradigan tushuncha. U insoniy axloq namunalarini oʻzida mujassam etadi va maʼnaviyatning oʻzagini tashkil etadi. Maʼlumki, Sharq xalqlarining madaniyati, falsafasi, dunyoqarashida insondagi Axloqiy fazilatlari qadimdan ulugʻlab kelingan. Shu maʼnoda, Sharq ijtimoiy fikri va adabiyotini axloqiy fazilatlarlar qomusi deyish mumkin. Sharq mutafakkirlari – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Muhammad Muso Xorazmiy, Rudakiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Hofiz Sheroziy, Fuzuliy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar axloqiy fazilatlarlarni oʻz ilmiy va ijodiy faoliyatlarining yetakchi mavzusi deb bilganlar.
Axloqiy qarash - Axloqiy qarash – axloqiy meʼyorlar tasnifi, maʼnaviy-axloqiy yondashuv va shu asosda shakllangan tafakkur kategoriyasi. Tor maʼnoda falsafa, sotsiologiya va madaniyatshunoslik fanlari sohasida umuminsoniy axloqiy tamoyillarni ifoda etadigan tushuncha. Keng maʼnoda, insoniyatga oid barcha maʼnaviy hodisalarga axloqiy yondashuvni aks ettiradi. Axloqiy qarashlarda umuminsoniy qadriyatlar, qadrlash mezonlari, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan maʼnaviy qarashlar, ruhiy hodisalar aks etadi.
Axloqiy qarash – oila, jamoa va jamiyatdagi intizomning muhim omilidir, uning vositasida intizom tuygʻusi shakllangan kishi oʻz xalqi va Vataniga sadoqat bilan xizmat qiladi, har bir ishni oʻz vaqtida sidqidildan bajaradi. Nemis va yaponlarga xos tartib va intizomning negizida ham axloqiy qarashlarning mustahkamligi mujassam. Bugungi shiddatli globallashuv jarayonlari butun dunyoni oʻrgimchak toʻridek qamrab, Yer shari yaxlit ijt-y makonga aylanib borayotgan ekan, hech bir inson bu oʻzgarishlardan chetda qolmaydi. Oʻz mohiyatiga koʻra, ham noyob, ham murakkab boʻlgan bu hodisa oddiy inson uchun aql bovar qilmas qulayliklar, koʻzni qamashtirar darajadagi imkoniyatlarni yuzaga chiqarishi bilan birga, talaygina muammolar, tashvish va xavotirlar ham tugʻdirmoqda. Ularning qarshisida odamzod ojiz qolmoqda. - Axloqiy qarash – oila, jamoa va jamiyatdagi intizomning muhim omilidir, uning vositasida intizom tuygʻusi shakllangan kishi oʻz xalqi va Vataniga sadoqat bilan xizmat qiladi, har bir ishni oʻz vaqtida sidqidildan bajaradi. Nemis va yaponlarga xos tartib va intizomning negizida ham axloqiy qarashlarning mustahkamligi mujassam. Bugungi shiddatli globallashuv jarayonlari butun dunyoni oʻrgimchak toʻridek qamrab, Yer shari yaxlit ijt-y makonga aylanib borayotgan ekan, hech bir inson bu oʻzgarishlardan chetda qolmaydi. Oʻz mohiyatiga koʻra, ham noyob, ham murakkab boʻlgan bu hodisa oddiy inson uchun aql bovar qilmas qulayliklar, koʻzni qamashtirar darajadagi imkoniyatlarni yuzaga chiqarishi bilan birga, talaygina muammolar, tashvish va xavotirlar ham tugʻdirmoqda. Ularning qarshisida odamzod ojiz qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |