Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

Lirika
- lira deb atalgan qadimgi yunon musiqa asbobining nomidan 
olingan bo‘lib, badiiy adabiyotda inson his-tuyg‘usini, ichki kechinma- 
larini ifodalovchi asarlar nazarda tutiladi. Ma’lumki, hayotda turli voqea- 
hodisalar ro‘y beradi. Lirik asarlarda ana shu turmush lahzalari ta’sirida 
shaxs qalbida paydo bo‘lgan kechinmalar ifodalanadi. Ana shu xususiyati 
bilan lirika eposdan farqlanadi. Chunki bunday asarlarda bosh maqsad 
sodir bo'lgan hayotiy voqeani emas, balki ana shu voqeaga nisbatan ichki 
munosabat tarzida ifodalanuvchi ruhiy taassurotlarning namoyon bo‘li- 
shini izohlaydi. Shuning uchun lirik asarlarda aks etgan voqea bayonini 
aynan emas, nisbiy tushunish lozim. Masalan, “Alpomish” dostoni 
“Burungi o'tgan zamonda, o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elida Dobonbiy de­
gan o ‘tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o ‘g‘il farzand paydo bo‘ldi. 
Alpinbiydan ikki o ‘g‘il paydo bo‘ldi: kattakonining otini Boybo'ri 
qo‘ydi. Kichkinasining otini Boysari qo‘ydi”, - deb boshlanadi. 0 ‘z-o‘zi- 
dan ma’lumki, Fozil Yo‘ldosh o‘g ‘li tinglovchiga aytilajak asardagi vo­
qealar qanday boshlangani yuzasidan ma’lumot bermoqchi. Matnda bax­
shi Qo‘ng‘irot, Dobonbiy, Alpinbiylar bilan tinglovchini tanishtirmoqda. 
Aslini olganda, dostonning to‘liq mazmuni ana shunday xabarlar 
tizimidan iborat. Endi lirik qo‘shiqdan bir namuna keltiraylik:
15 Саримсоков Б. Узбек фольклорининг жанрлар состави / Узбек фольклори очерклари 
китобида. 1-том. - Т.: Фан, 1988. - Б. 66.
48


“Tolga chiqib tol bo‘ldim,
Tusholmay behol bo'ldim.
O 'z tengimning ichida 
Muncha betole bo'ldim”16.
Qo'shiq aytayotgan qizmi, yigitmi tolga chiqqani, tushgani haqida 
xabar berayotgandek tuyiladi. Vaholanki, uning maqsadi bizga qilgan 
harakatini aytish emas, balki o ‘z tengini topa olmay qalban iztirob cheka- 
yotganini izhor qilishdir. Tol esa shunchaki bir vosita, xolos. Odatda, 
qo‘shiqlaming dastlabki misralari, ko‘pincha, tinglovchini chalg‘itish 
yoki nimanidir ifodalash maqsadida to‘qiladi. Asosiy maqsad oxirgi 
misrada, ba’zan 3-4-misralarda ifodalanadi.
Yana bir qo‘shiq matniga murojaat qilaylik:
Dayrani ul yuzidan sel keladi,
Sel bilan ikki o'rdak teng keladi.
0 ‘rdakka o'rdak munosib, g ‘ozga g ‘oz,
Yigitga qayliq munosib, qizga noz.
Bu qo‘shiqda daryodan toshib kelayotgan sel, sel bilan teng ucha- 
yotgan o ‘rdak, o‘rdakning o ‘rdakka, g‘ozning g ‘ozga munosibligi, yigit- 
ning orzu qilgan qizda noz, istig‘noni ko‘rish havasi borligini ifodalovchi 
vosita - bir bahona, xolos. Yigitning asosiy niyati o'ziga munosib deb 
bilgan yor tavsifi, uning o ‘ta andishali qiz ekanini ta’riflashdir. Shunday 
qilib, inson qaysi vosita bilan bo‘lmasin, o ‘zining his-tug‘usini, ichki 
kechinmalarini, ruhiy holatini izhor qilar ekan, lirik asar namunasi vujud­
ga keladi. Shuning uchun ham ayrim iqtidorsiz shaxslaming ma’nosiz 
qofiyalar yig‘indisidan iborat she’riy asarlarini lirika namunasi deb 
bo‘lmaydi. Haqiqiy ma’nodagi lirik asar insonni loqayd qoldirmaydi, 
unga ma’naviy huzur bag‘ishlaydi, estetik rohat beradi.
Xalq og'zaki ijodidagi har bir lirik qo‘shiq qachonlardir dil so'zlarini 
aytish bilan ruhiy olamidagi o‘zgarishlami bildirmoqchi bo'lgan yigit- 
qizlarning qalb daftaridagi muhrlangan misralardan iborat. Hatto bolalar 
folkloriga mansub allalami olasizmi, “Boychechak”, “Oftob chiqdi 
olamga” qo‘shiqlarini olasizmi, lirik asarlar talabiga javob berishi shart 
deb hxsoblash kerak.
16 O
r
олма, кизил олма. Кушицлар. - Т., 1972. - Б. 86.


Xullas, lirik qo‘shiqlar asrlar davomida xalq og‘zaki ijodidagi qalb iz- 
horini ifodalovchi asosiy janr sifatida yashab kelgan so‘z durdonalaridir.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish