Zuhra:
Suv
kelar tosh ustida,
Ro'molim qosh ustida.
Tohir esimga tushsa,
Yig‘layman osh ustida22.
Dostonlarning xalq qo‘shiqlari bilan uzviy aloqasini “Alpomish”
dostonida aniq ko‘rish mumkin. Hakimbek Barchin bilan Ultontoz to‘yi
kuni yurtiga qaytib keladi va to‘yda Qultoy qiyofasida qatnashadi. Shun-
da u avval Bodombekach bilan, keyin Barchin bilan yor-yor aytishadi:
“Qultoy":
Oy
Barchinim yor-yor,
Gul Barchinim yor-yor,
Aqling bo‘lsa, o ‘yla-da,
Bil Barchinim yor-yor.
Ultontozga tekkancha,
0 ‘1, Barchinim yor-yor.
Barchin:
Uy demayin qaynag‘ a,
Buy deysana, yor-yor,
Bulbul qo‘nar to'qayning
Jiydasina yor-yor.
Ultontozga tekkancha,
Qora yerga teg deysana yor-yor23.
Doston va ertaklardagi tasviriy mushtaraklik
ham alohida tadqiqot
yuritishga arziydigan mavzudir. Qahramonlaming tashqi qiyofasi,
qiz -
malikalaming go‘zalligi tavsifi shu qadar o ‘xshash tasvirlanadiki, ba’zan
matnni o'qiyotganimizda asar doston yoki ertak ekanini unutib qo‘yamiz.
Masalan, “Malika ayyor” dostonida Shozargar vaziyat taqozosi bilan
sichqonga, uzukka,
tishi olmos kalamushga, boshi olmos o ‘q ilonga, va
nihoyat, kal qiyofasidagi qimorbozga aylanadi. Dostonining bu sahifalari
ko‘proq ertaklardagi transfiguratsiya (bir
qiyofadan boshqa qiyofaga
o ‘tish) usulini eslatadi.
22
Ойжамол. ДаЁтий эртаклар. - Т., 1969. - Б. 63.
23 Алпомиш. Достон. - Т.: Шарк НМАК, 1998. - Б. 381.
53
Bundan tashqari afsona, rivoyat, ertak, doston matnlarida o ‘nlab ma-
qollaming qo‘llanilishiga guvoh bo‘lamiz. “Alpomish” dostonining o‘zida:
Sulton suyagini xo‘rlamas.
G‘amli qulning o ‘ylaydigan o ‘yi bor.
Kuchuk bosmas yo'lbars, sheming izini,
Esi bor biladi gapning tuzini.
0 ‘zingdan chiqqan baloga, qayga borasan davoga.
Do‘stga zor aylama, dushmanlarga xor.
Elakka borgan xotinning ellik og‘iz gapi bor.
kabi bir qator maqol, matal, hikmatli so‘zlar asar matnini bezab turibdi.
Xalq og‘zaki ijodi janrlari, ulaming tarkibi, avvalo, ulaming jins, tur,
janrlarga bo'linishidan tashqari bir butun meros ekanini tasdiqlaydi.
Janrlararo yaqinlik og'zaki ijodning asrlar davomida dunyoqarashi jiha-
tidan yaqin ijodkorlaming iqtidori mahsuli natijasi
sifatida baholanishi
mumkin. Og'zaki asar qaysi janrga taalluqli ekanidan qat’i nazar yosh
avlodning barkamol farzand bo'lib yetishishini ta’minlash
maqsadini
amalga oshirishda xalq xizmatida bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: