janrlaming o‘zaro munosabati yuzasidan eng muhim tushunchalar haqida
to‘xtab o ‘tamiz. Avvalroq qayd etganimizdek, badiiy adabiyot yaratilish
usuliga ko‘ra og‘zaki va yozma ijoddan iborat. Og'zaki ijod yozuv ma-
daniyati shakllanishidan ancha oldin vujudga kelgan. Ammo og'zaki
ijodning o'zi paydo bo'lishida qadimgi miflammg o'mi
va ahamiyati
beqiyosdir. Filologiya fanlari doktori, professor B.Sarimsoqovning chu-
qur ilmiy tadqiqotida mif xalq og'zaki ijodi asosini tashkil etadi18. Mif
badiiy ijod turiga kirmaydi. Chunki unda badiiylik darajasi nihoyatda past
bosqichda namoyon bo'ladi. Binobarin, mif xalq og'zaki ijodi tarkibidan
o'rin ololmaydi. Lekin og'zaki ijod asarlarining shakllanishida diffuzion
jarayon amalga oshgan. Diffuziya - lotincha
“diffusion”
- so'zidan olingan
bo'lib, singish, tarqalish ma’nolarini beradi. Molekulalar, atomlar, ionlar
va kolloid zarralarining tartibsiz issiqlik harakati
natijasida bir modda-
ning ikkinchi moddaga o'z-o'zidan o'tishi, birining ikkinchisiga “singib
ketishi”. Qarangki, aniq fanlardagi diffuzion jarayon mifdan xalq og'zaki
ijodi janrlarining paydo bo'lishida bosh omil bo'lgan ekan. Xususan,
B.Sarimsoqov shunday yozadi: “Folkloristikada diffuziya termini biror
janr, motiv yoki obrazning ikkinchi bir janr, motiv yoki obrazga kirib
borishi, singishi natijasida ulaming tabiatida sodir bo'ladigan struktural,
semantik hamda funksional o'zgarishlarga nisbatan qo'llaniladi”19. Sod-
daroq
qilib aytganda, mifdan voqea tasviri, yaxshilik va yovuzlik o'rta-
sidagi murosasiz kurash, obrazning dastlabki elementlari tarkibida asta-
sekin afsona; afsona tarkibida ertak; ertak rivoji natijasida doston janr
larining shakllanishi va alohida janr sifatida mustaqil taraqqiy etishini
og'zaki ijoddagi diffuziya jarayoni bilan izohlash mumkin bo'ladi. Ta
niqli folklorshunos olimlar V.YA.Propp, E.M.Meletinskiy, Z.P.Sokolova
,xalq ertaklari bevosita mifdan vujudga kelganligini to'liq tasdiqlaganlar.
Taxmin
qilish mumkinki, diffuziya tizimi asosida xalq og'zaki
ijodidagi yirik hajmdagi epik asarlar shakllangan. Lirik janr qo'shiq,
maqol, matal, topishmoq va boshqa kichik janrlar og'zaki ijodning badiiy
ijod sifatida shakllanishi jarayonida asta-sekinlik bilan paydo bo'lgan.
Maqol va topishmoqlar janri yuzasidan ma’lumot berganimizda, ertak va
dostonlardan parcha keltirish bejiz emas. Bugungi kunda har bir asar
mustaqil janr namunasi sifatiga ega bo'lsa ham, umuman, og'zaki
ijodimiz asarlari matni bilan tanishganimiz sari janrlar o'rtasidagi
aloqalar qanchalar uzviy ekaniga ishonch hosil qilib boramiz.
18 Саримсоков Б. Эпик жанрлар диффузияси / Узбек фольклорининг эпик жанрлари. - Т.:
Фан, 1981.- Б . 97-148.
19 Уша жойда. - Б. 99.
51
Z.Husainova maqol va topishmoq o'rtasidagi yaqinlik haqida to‘xtab
shunday deydi: ‘Topishmoq ma’no va aytilishi jihatdan maqol bo‘lib ke
lishi mumkin. Bunday maqollar dastlab topishmoq tarzida vujudga kelib,
keyinchalik maqolga aylangan. Til haqidagi
Birovni suydirar,
Birovni kuydirar.
Asaldan shirin,
Zahardan achchiq
topishmoqlari
Suydirgan ham til,
Kuydirgan ham til.
Shirin so‘z - shakar,
Achchiq so‘z - zahar
shaklida maqol sifatida qo‘laniladi”20. Olima bolalar qo‘shig‘i topishmoq
bo‘lib kelishi mumkinligini aytib misol keltiradi:
Yomg‘ir yog‘aloq,
Tarvuz yumaloq,
Jaladan qo‘rqmas,
Laqqa baqaloq21.
Janrlar o ‘rtasidagi yaqin aloqani bir asaming doston va ertak varianti
borligidan bilsa ham bo‘ladi. Jumladan, “Tohir va Zuhra”ning doston va
ertak variantlari mashhur. Qizig'i shundaki, ertakdan Tohir va Zuhraning
qo'shiq tarzidagi aytishuvi ham o ‘rin olgan:
Tohir:
Suv
kelar axta-axta,
Sandig‘im temir taxta,
Sendan boshqa yor qilsam,
Qon yutay laxta-laxta.
20 Хусайнова 3. Tonmmioigiap. Узбек фольклори очерклари. - Т., Фан, 1988. - Б. 110-111.
21 Уша жойда. - Б. 113.
Do'stlaringiz bilan baham: