Farzand tarbiyasida tanaffus bo’lmaydi



Download 15,6 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi15,6 Kb.
#695883
Bog'liq
Farzand tarbiyasida tanaffus bo’lmaydi


Farzand tarbiyasida tanaffus bo’lmaydi
Farzand insonga Alloh taolo tomonidan berilingan ulug‘ ne’matlarning biridir. Har bir ne’matning shukronasi bo‘lganidek, farzand ne’matining shukronasi esa har bir ota-ona farzandlariga chiroyli ta’lim-tarbiya va odob-axloq berishligidir.
Aslida ota-ona uchun farzandning kamolini ko‘rishdan ko‘ra kattaroq quvonch va baxt yo‘q. Shunday ekan, farzandlarini kamolot sari eltuvchi yo‘lga yo‘llash ularning vazifasidir.
Alloh taolo siz bilan bizga farzand ne’matini berganda katta xursandchilik bilan kutib oldik. Endi farzandlarimizni shunday tarbiya qilaylikki, hayotligimizda va hayotdan ko‘z yumganimizdan keyin ham bizga rahmat olib beradigan bo‘lsin.
Chunki farzand otaning siridir. Alloh taolo Qur’oni karimda: Biz odam bolalarini,(insonni) azizu mukarram qildik deb marhamat qiladi. (Isro, 70). Haqiqatdan ham, go‘dak yorug‘ dunyoga kelayotgandayoq, Alloh taolo unga juda bebaho ne’matlar ato etgan bo‘ladi. Keyin uni tarbiya qilib, asrab avaylab, voyaga yetkazish ota-onaning muqaddas burchi hisoblanadi. Inson irqi, millatidan qat’iy nazar, miysoq kunida Alloh taologa keltirgan azaliy iymon bilan tug‘iladi. Barchamizga ma’lumki, Al-miysoqda Odam alayhissalomdan to qiyomat kunigacha dunyoga keladigan insonlarning ruhlari saf tortib turganlarida, Men sizlarning Robbingiz emasmanmi? deb so‘ragan. Shunda hammamiz bir ovozdan: Imon keltirdik, tasdid etdik , deya javob qilganmiz (A’rof, 172).
Masalan asalarini olaylik, uning ruhiga: Qanotingni ochib, ucha boshlaganingdan to umringni oxirigacha bandalar uchun shifobaxsh ne’mat asal to‘playsan , deb ilohiy tarbiyat berilgan. Asalari shu vazifani mukammal ado etadi, uyaga kiraverishda ikki qorovul har bir ishchi arini hidlab ko‘rayotganini kuzatamiz. Mabodo birortasi harom narsadan iste’mol qilgan bo‘lsa, o‘ng tarafdagi ari uni aniqlagach, chap tarafdagisiga ishora qiladi. U ham tasdiqlasa, bo‘ynini tishlab uzib yerga tashlab yuborishadi. Parvardigor, bandalarim harom yeb qo‘ymasinlar, aks holda, iymonlari zaiflashadi, bola chaqalarning tarbiyasiga putur yetadi, deb sizu bizga shunday ibrat maktabini yaratib qo‘ygan. Yoki endigina tuxumdan chiqqan ikki jo‘jaga e’tibor qiling, biri tovuq, ikkinchisi o‘rdak jo‘jasi. Ma’lum muddatdan so‘ng o‘rdak suvga intiladi, tovuq jo‘jasi esa quruqlikda qoladi. Ajabo, jo‘jalarga tuxumdan chiqiboq bu taxlit harakatni kim o‘rgatdi ekan? Albatta, bu butun borliqni yaratgan Allohni ishi.
Inson bolasining tarbiyasi tug‘ilgandan to so‘nggi nafasigacha davom etaveradi. Bolani Rasululloh s.a.v. va u zotning ahli baytlarining muhabbatiga, Qur’on tilovatiga odatlantirish ham imoniy tarbiyaning bir qismidir. Yosh bolalarga imoniy tarbiya berish davomida aqllari yetadigan so‘zlarni aytish lozimdir. Bir so‘z bilan aytganda Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi. Chunki inson unutuvchi, uning dushmani shayton esa unuttiruvchidir. Alloh taolo Qur’oni karimda qiyomat kuni har bir ne’mat xususida so‘ralishimizni marhamat qilgan. Farzand tarbiyasi borasida ham xuddi shunday. Ota-ona o‘z farzandining insonlar bilan xushmuomalada bo‘lishi, rostgo‘y, omonatdor, kattalarga hurmat va kichiklarga shafqatli bo‘lishi uchun mas’uldirlar. Farzandining yomon xulq va so‘zlardan, qabih ish va yomon odatlardan pok bo‘lishi uchun ham ota-ona javobgardir. Avlodlarimizni sog‘lom, aqlli, odobli qilib tarbiyalashimiz har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, agar kishi o‘zi tarbiyalangan bo‘lmasa, farzandiga o‘zi o‘rnak bo‘lolmasa, aytgan gaplariga o‘zi amal qilmasa, u hech qanday natijaga erisha olmaydi.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, ma’naviy tarbiyaga alohida e’tibor berilmoqda. Farzandlarimizni yoshlikda jismoniy mehnatga ko‘niktirish, tanini sog‘lom qilib voyaga yetkazish, odob ahloqli, ma’rifatli qilib tarbiyalash, ozodalik, pokizalik, shaxsiy tozalik, ota-ona hurmati, Vatanga hurmat, e’tiqodining mustahkamligi, ayniqsa turli buzg‘unchi diniy oqimlarga aralashib, natijada noto‘g‘ri aqida bilan ongining zaharlanib qolmasligiga alohida e’tibor qaratmoq lozim. Yuqorida inson azizu mukarram qilib yaratilgani aytib o‘tildi. Inson nimasi bilan sharofatli, aziz bo‘ldi? Inson ilm sababidan sharofatli hisoblanadi. Bugungi kunda farzandlarimizni dunyoviy ilmlar sohibi va hunarli bo‘lishiga targ‘ib qilar ekanmiz, Hazrati Ali (karrama Allohu vajhahu.)ning: Bolalaringizga kelajak davr ilmini o‘rgatingiz, chunki ular sizning davringizdan boshqa davrda dunyoga kelishadi degan ko‘rsatmalarini eslash muhim. Shu o‘rinda Hazrati Navoiy bobomizning bir so‘zlarini keltirishni lozim topdim:
Urug‘ yerga tushib, chechak bo‘ldi,
qurt jondan kechib, ipak bo‘ldi.
Lola tuxumicha g‘ayrating yo‘qmi,
Ipak qurticha himmating yo‘qmi?
Bizlar ham farzand tarbiyalashda, Vatanga sadoqatli bo‘lib, elga beminnat xizmat qilishda g‘ayrat qilaylik va himmat ko‘rsataylik.
Download 15,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish