Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

saqlangan
edi. Vaqti-vaqti bilan hozir ham oiladagi erkak uyiga baliq xarid qiladi. 
Va bu yaxshi xislat, odat sanaladi. Bunga o ‘xshagan odatlarixnizni 
ko‘plab sanash mumkin. To‘g ‘risi, sanoqning tagiga yetish ham qiyin. 
Xo‘sh, ular qanday paydo bo‘lgan. Nima uchun xalqimiz suvni, nonni, 
tuzni e'zozlaydi. Pokiza saqlashga urinadi.
Inson hamisha har bir hodisadan o ‘ziga manfaatli jihatlami topishga 
harakat qiladi. Xayolan bu manfaatlami asoslashga sabab axtaradi. Vaqt o‘t- 
gani sari turmush tajribasi mazkur voqea-hodisalami turlarga bo‘lish, ular- 
dan foydali va zararlilarini ajratish zaruratini tug‘diradi. Oqibatda, xalq 
tasavvurida “bunday bo‘Isa - yaxshi, bunday bo‘Isa - yomon” degan hukm- 
lar paydo bo‘ladi. Masalan, birorta odamning hovlisida bulbul sayrasa, yax­
shi; boyo‘g‘li sayrasa, yomon degan taxmin odat tusiga kirgan. Bir ko‘ri- 
nishda ahamiyatsizdek tuyilgan holat turli urf-odatlarga, rasm-rusumlarga 
asos sifatida asrlar davomida millatimiz ongida shakllanib kelgan.
Dunyo, insoniyat, odamning paydo bo‘lishi haqidagi qadimgi sodda 
hikoyalar ilmda “m if’ deb ataladi. Mif (yunoncha myfhos - so‘z, afsona, 
rivoyat) so‘zi lug‘atda “Qadimgi kishilaming borliq olam haqidagi ibti- 
doiy tasavvurlari majmui bo‘lib, koinotning yaratilishi, inson, o ‘simliklar 
va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo 
bo‘lishi, tabiiy hodisalaming sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramon- 
lar, ma’budalar va ilohlar to‘g ‘risidagi e ’dqodiy qarashlami o‘z ichiga 
oladi”9, - deb izohlangan. “Mifologiya” miflami o ‘rganuvchi fandir.
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridagi “sav”, 
avval aytganimizdek, “otalar so‘zini eslash” ma’nosini bersa, uni turkiy 
tilimizdagi “m if’ni ifodalovchi so‘z deyish mumkin. Arablardagi “asotir” 
ham shu ma’noni beradi. Ammo butun dunyodagi olimlar qadimgi 
hikoyalami “m if’ deb atashgani uchun o‘zbek folklorshunosligida ham 
aynan shu atamani qo'llash ma’qul topilgan.
0 ‘rta Osiyoda yashaydigan xalqlaming o ‘tmish hayoti bilan bog‘liq 
miflaming dastlabki namunalari “Avesto” kitobida berilgan. “Avesto” 
qadimgi Xorazmda yashagan ajdodlarimiz ijodi mahsulidir. A w al og‘- 
zaki tarzda vujudga kelgan asar yozuv madaniyati shakllangandan so‘ng 
Zardusht tashabbusi bilan 12 000 mol teriga oltin harflar bilan bitildi. XI

Узбек тилининг изохли лугати. Беш жилдди. 2-жилд. - Т.: Узбекистан миллий 
энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2006. - Б. 602-603.
37


asrdagi afsonalar qayd etilgan “Kitobi Dada Qo‘rqut” va ХП1 asrda ya- 
shagan 0 ‘g ‘uz xoqon haqidagi “0 ‘g ‘uznoma” deb atalgan kitoblarda 
(ulardagi voqealar, afsonalar matnifling ancha avval yaratilganini bildirsa 
ham ilmiy asarlarda 
XI 
va 
XIII 
asrlar qayd etilgan) turkiy qabila va urug‘ 
lar tarixi haqidagi mifik tasavvur ifodalari o ‘rin olgan. Bu kitoblar haqida 
bir oz keyin ma’lumot beramiz. Avval mif haqidagi nazariy va amaliy 
tafsilotlarga to‘xtalmoqchimiz.
Mif tushunchasi tarkibini totemizm, fetishizm, animizm so‘zlari 
tashkil etadi.
“Totemizm” so‘zi lug‘at va qomusiy kitoblarda qayd etilishicha, 
“uning urug‘i”dan olingan ekan. Shimoliy Amerikada yashovchi qabila- 
lardan biri kishilar bilan hayvon va o‘simliklaming muayyan turlari 
o ‘rtasida qon-qarindoshlik bor deb hisoblaganlar. U hayvonlar ov qilin- 
magan, o‘ldirilmagan, go‘shti yeilmagan. 0 ‘simliklar esa e’zozlangan. Bu 
odat dunyodagi hamma xalqlaming e’tiqodida ham bor bo‘lib, bugungi 
kungacha saqlanib kelmoqda. Hind xalqida, umuman, hayvonni so‘yish, 
ya’ni qon chiqarish ma’qullanmagan. Ayniqsa, sigirlar alohida e’zoz­
langan. Avstraliyada kenguru alohida hurmatga ega hayvon hisoblanadi. 
0 ‘zbeklarda bo'ri, tuya, ayiq, ot, qo‘y, ilon, baliq, qaldirg‘och, burgut, 
xo‘roz, musicha kabi hayvon va qushlarga hurmat bilan qaraJgan. Mus­
taqil 0 ‘zbekiston gerbida humo qushining tasviri borligi ham bejiz emas. 
Shuningdek, xalqimiz chinor, behi, anor, tol kabi mevali va mevasiz 
daraxtlarga ham alohida e’tiqod bilan qaraydi. To‘g ‘ri, yuqorida sanalgan 
hayvon, qush, daraxtlaming totem sifatida hurmatga sazovorligi bor. 
Ammo bir oz fikr yuritsak, ularga bo‘lgan e’tiqod ildizlarida o‘zgacha, alo­
hida ma’no borligi ham anglashiladi. Jumladan, bo'rining mustaqil hayot­
ga bog‘liqligi, mardligi; tuyaning suvsizlikka chidashi; otning insonga 
vafodorligi, ziyrakligi; burgutning baquvvat va jangari qush ekani; chi- 
norning uzoq umr ko‘rishi; anoming ichida donalarining ko‘pligi (far- 
zand belgisi sifatida), tolning salqini va undan beshik, do'mbira yasalishi 
kabi fazilatlar xalq orasida shuhrat topgani ham ma’lum. Qadimgi afso- 
nalarda, ertaklarda bo‘ri, ilon, ayiq, ot, qaldirg'och kabi obrazlaming 
ko‘plab uchrashi bejiz emas. Shu bilan birga xalq tushunchasida qo‘yning 
inson o ‘miga qurbonlik qilinishini ham esdan chiqarmaslik kerak. Far- 
zand tug‘ilganda, turli ehson marosimlarida qurbonlik uchun qo‘y so‘yi- 
ladi. Xalq orasida qo‘y odamning o'miga qurbonlik qilish uchun yaratil­
gan, degan tushuncha bor. Bu tushunchalaming asosini totemizm izoh- 
laydi. Ma’lum sabablar bilan yoki to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri bolaga Bo‘riboy,
38


Bo‘ritosh, Gurkiboy, Bo'rixon, Lochin, Arslon, Qo‘ziboy, Barchin, Suq- 
sur degan ismlaming berilishida ham totemizm ta’siri aniq seziladi. Har 
bir daraxtning joni bor. Uni sindirish baxtsizlikka olib keladi. Uzoq ya- 
shagan daraxtni kesish xosiyatsizdir. Otni so'yishda biror aybni bo‘yniga 
qo‘yish kerak, degan e’tiqodlar ham totemizmga aloqador hisoblanadi.
“Fetishizm” so‘zi lug‘at va qomusiy kitoblarda portugalcha “feitico”, 
fransuzcha “fetiche” - sehrli narsa ma’nosini ifodalashi qayd qilingan. 
Uning asosini qadimgi zamon odamlarining jonsiz narsa-predmetlarda 
ilohiy fazilat bor deb tushunishlari tashkil etadi. Ma’lumki, inson hayoti 
davomida o ‘zi bilmagani holda quyosh, oy, yulduzlar, tog‘, suv kabi 
narsalar bilan ham munosabatda yashaydi. Ayniqsa, quyosh, suv inson 
taqdirida muhim ahamiyat kasb etadi. Qadim zamonlarda yashagan 
ajdodlarimiz o ‘zlaricha pichoq, non, o'choq, tandir, do‘ppi, kitob, supra, 
ayniqsa, o ‘q, yoy kabi narsalami ham muqaddas hisoblaganlar.
G ‘afur G'ulomning “Shum bola” qissasida shunday lavha bor: “Men 
bilmagan ekanman. 0 ‘tning taftiga lippamdagi yog* erib, pochamdan 
oqmoqda ekan. Oyim qo‘lidagi xamir yoyib o‘tirgan o ‘qlov bilan 
boshimga astagina urdi.
-
Juvonmarg, kap-katta bola, uylansang bolang bo'ladi, shu yerda, 
shunday Fotimai Zahroning dastgohlari bo‘lgan qutlug‘ yerda siyib 
o'tiribsanmi?
Oyim boshimga o'qlov bilan urganda, qalpoq tagida bo‘lgan tuxum 
pachoqlangan edi” °.
Qissada G‘afur G ‘ulom qahramoni Shum bolaning o ‘choq qarshisida 
nojo‘ya ish qilib olirgani uchun onasi o'qlov bilan urganini tasvirlagan. 
Chunki o'choq o ‘zbeklarda muqaddas hisoblangan.
Bunday aqidalar bo‘yicha yigit kishining do'ppi, pichoq, kitob, 
qilich, yoy yo‘qotishi, xoh o ‘ngida, xoh tushida bo‘lsin, yomonlik belgisi 
hisoblangan. Yigit kishi zotli ot, keskir qilichga ega bo‘Isa, u o ‘z 
tengdoshlari o‘rtasida hurmatli inson sifatida ulug‘langan. Uzoq safarga 
ketayotgan yigitga non tishlatish, kechki ovqat paytida bir kosada 
qo'shimcha ovqat suzib qo‘yish, qiz bolaning so‘zana tikishi yoki unga 
atab gilam xarid qilish, yo‘lda sadaqa so'ragan kimsaga ehson berish, 
uzoq xasta yotgan odam vafot etganida, uning tobuti orqasidan tosh otish 
kabi odatlarimizning paydo bo'lishi ham 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish