Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi


Varianllilik va versiyalilik



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

Varianllilik va versiyalilik. 
Bir asaming syujet va kompozitsiyasida 
muhim o'zgarishlar bilan bir necha nusxalarga ega bo‘lishi variantlilik 
xususiyatini hosil qiladi. Og'zaki ijodda esa variantlilik asami og'zaki 
ijro etish usulidan vujudga keladi.
Doston va ertakni aytayotgan ijrochi ziyraklik bilan tinglovchilami ku- 
zatib boradi. Yuqorida ham qayd etganimizdek, tinglovchi auditoriyasining 
asami eshitishga bo'lgan munosabatiga qarab yo'l-yo'lakay qo'shimchalar 
bilan boyitishi yoki qisqartirib yuborishi mumkin. Bu o'rinda ijrochining 
kayfiyati, sog'lig'i ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, hayotiy muam- 
mosi yechilgan baxshi o'z ehtirosini do'mbirani chertish, dostonni qayta 
aytish orqali ifodalaydi. Natijada, tinglovchi alohida mehr qo'shib ijro 
etilgan doston bilan tanishadi. Qolaversa, odatda, har bir baxshi o'zini el 
orasidagi hurmatini biladi. Ijro etayotgan dostonini boshqa baxshilardan 
farqli qilib aytishga harakat qiladi. Iqtidori, hayot tajribasi, baxshilik ma- 
horatini uyg'un qilib, imkoniyati darajasida boshqacha lavhalar bilan bo- 
yitish yo'llarini izlaydi. Masalan, Fozil Yo'ldosh o'g'li aytgan “Alpomish” 
dostonida zakot muammosi Hakimbekning taklifidan kelib chiqadi. 
Professor Muhammadnodir Saidov bu vaziyatni dostondagi otalar va 
bolalar tamoyili bilan bog'lagan. Boysarining zakot to'lashdan bosh tortib, 
qalmoq yurtiga ko'chishiga Barchin qarshi chiqadi. Muhammadnodir 
Saidov Barchinni dostondagi yoshlar vakili sifatida Hakimbekni qo'llash 
bilan bog'laydi. “Alpomish”nmg Xushboq Mardonaqul o'g'li variantida
32


Boy bo‘ruling xotini Kuntug‘mish cho‘rilarini xizmat qilish uchun 
Boysarinikiga jo ‘natadi. Boysarining xotini cho'rilarni urishga buyuradi. 
Aka-uka o‘rtasidagi bosh kelishmovchilik shu lavhadan boshlanadi. Said- 
murod Panoh o‘g ‘li variantida esa zakotni to‘g‘ridanto‘g ‘ri Boybo‘lining 
o ‘zi o'ylab topadi. Bir qarashda bu farqlaming alohida muhim ahamiyati 
yo'qdek tuyiladi. Aslini olganda, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li ijrosida “Alpomish” 
dostonida aks etgan davlatchilik jarayoni asosli ravishda o ‘z ifodasini 
topgan. Hakimbek bo‘lg‘usi davlatning paydo bo'lishida yetakchi vazifa­
ni bajardi, Boysun-Qo‘ng‘irotda zakotni joriy qildi, bu qarorga qarshi 
chiqqan Boysarini keyinchalik Qalmoqdan qaytarib keldi va yurtini birlash- 
tirishga erishdi. Oxir oqibatda o ‘zining davlat boshlig'i sifatidagi hurma- 
tiga sazovor bo‘ldi. Fozil shoir “Alpomish”ni qahramonli:Ergash shoir mu- 
habbatli aytgan, deyishda ham variant tushunchasini qayd etish mumkin.
Variantlilik maqollarda ham uchrab turadi. “Yaqindagi qo‘shnidan 
uzoqdagi qarindosh yaxshi” yoki “Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi 
qo‘shni yaxshi” maqoli vaziyatga ko‘ra aytilaveradi.
Ayni chog‘da, Xorazm dostonchiligida variantlilik tushunchasining 
mavjud emasligini ham qayd etish zarur. Xorazm baxshilari xalq kitoblari 
“Oshiq G ‘arib va Shohsanam”, “Sayyod va Hamro” kabilami yod olib dos­
ton kuylaydilar. Baxshi yakka o ‘zi doston aytishi ham ko‘p uchramaydi. 
Asosan, jo ‘rovoz bilan birga ijro etiladi. Ikki kishining birgalikda kuylashi 
esa doston so‘zlarini bir xil aytishni taqozo etadi. Qashqadaryo va Surxon- 
daryodagi baxshilar o ‘z ijrolariga yo‘l-yo‘lakay o‘zgarish kiritib badiha- 
go‘ylik - improvizatsiyadan foydalanishlari mumkin bo‘lgan bir paytda 
Xorazm dostonlari ijrochilarida bunday imkoniyat yo‘q. U holda Xorazm 
baxshilarining mahorat darajasi qanday baholanadi, degan savol tug'iladi. 
Bu dostonchilikda mahorat, avvalo, asar matniga to‘la amal qilish, soz 
chalish, ovoz, aktyorlik san’atidan foydalanishga bog‘liq hisoblanadi.
Yozma adabiyotda ham variant tushunchasi bor. Lekin bu tushuncha 
juda tor ma’noda qo'llanadi. Chunki biror romanning varianti haqida gap 
aytish uchun bir yozuvchining o ‘zi asami boshqa-boshqa nusxalarda 
yozib chiqishi kerak. Xususan, badiiy adabiyotda Said Ahmadning “Ufq” 
romani “Sharq yulduzi” jumali variantida va alohida kitob ko‘rinishida 
nashr ettirilgani ma’lum. Shuningdek, Yoqub Yakvalxo‘jayevning “Qay- 
tar dunyo” romanining “YoshHk” jumali va kitob varianti borligi ma’lum.
Versiva
ham variantlilikning bir ko‘rinishidir. Faqat variantlilik tor 
ma’noda, versiyalilik keng ma’noda tushuniladi. Asar nomi bir xil bo‘Isa, 
undagi voqealar tizimi bir-biriga yaqin bo‘Isa, qahramonlar xatti-haraka-
33


tida muayyan o'xshashlik saqlansa, variantUlik; asaming umumiy maz- 
munida qandaydir umumiylikka ishora sezilsa, versiya vujudga keladi. 
Masalan, “Alpomish” dostonining o ‘zbek xalqi doirasida 30 ga yaqin 
varianti bor. Ammo bu dostonning Oltoy, Qipchoq, 0 ‘g ‘uz versiyalari 
mavjudki, u versiyalar bilan tanishganimizda ayrim lavha va voqealarda 
umumiylikdan boshqa o'hshashlikka duch kelmaymiz. “Tohir va Zuhra” 
dostonining qozoqlarda “Qo‘zi Ko‘rpesh va Bayan Suluv” versiyasi bor.
Xullas, variant deganda, asar sujeti va kompozitsiyasidagi qisman 
farqlar borligi, versiya deganda, bir asaming katta o'zgarishlar bilan bir 
necha xalqlar og‘zaki ijodidagi alohida-alohida nusxalari tushuniladi.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish