An’anavivlik
xalq og‘zaki ijodining xos xususiyatlari qatorida
asosiy belgi sifatida ulaming har biriga bildirilishi mumkin bo'lgan
munosib bahoni inkor etmagan holda, avvalgidek jamoalikni emas,
an’anaviylikni ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Chunki butun dunyo
xalqlari ijodida bo‘lganidek, o ‘zbeklarda ham og‘zaki ijod asarlarining
yaratilishi va ijrosi asrlar davomida shakllangan va bugungi kungacha
davom etib kelayotgan an’analarga suyanadi.
Xalq og'zaki ijodidagi an’anaviylikni uch yo‘nalishda tahlil qilish
lozim. Birinchidan, ming yillardan buyon maqoldan topishmoqqacha,
qo'shiqdan dostonlargacha bo'lgan asarlar og'zaki an’anada yaratil-
moqda, og'zaki tarzda yashab kelmoqda. Ikkinchidan, folklor asarla
rining ijrosi ijro qilinish vaziyati (to'y va boshqa vaziyatlar) va ijro usuli
jihatidan an’anaga ega. Uchinchidan, an’anaviylik og'zaki asarlaming
matnida namoyon bo'ladi.
Avvalo, an’ana so'zining ma’nosi bilan tanishaylik. Bu so'zga
o'zbek tilining izohli lug'atida: “Hayotda qaror topgan (topayotgan)
udum, urf-odat va boshqa amallar”8 deb ta’rif berilgan. Agar ta’rifni to'y
yoki boshqa yig'inlami o'tkazish tartibiga tatbiq qilsak, mazkur tadbimi
uyushtirish qoidalari tushuniladi. Biror og'zaki ijod namunasining ijro
8 Узбек тилининг гоохли лугати. Беш жилдлик. 1-жилд. - Т.: Узбекистан давлат энцикло
педиям! Давлат илмий нашриёти, 2006. - Б. 89.
24
gilinishini nazarda tutsak, uni amalga oshirishdagi muhit, vaziyat, ijro
psulini tasavvur qilamiz. Ijro an’anasi deganda, dastlab, uning maro-
Ptnlarga aloqasi bor yoki yo‘qligi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Xusu-
|an, “Yor-yor”, “Kelin salom”lar to ‘yda, marsiyalar azada aytilsa, lirik
qo'shiqlar, loflar, latifalar hayotda vujudga kelgan oddiy vaziyatda
aytilishi mumkin. Topishmoqlami, filologiya fanlari nomzodi Z.Husainova
Jtabar berishiga ko‘ra, qadimgi zamonlarda, asosan, to'ylarda aytish odati
feqlangan bo‘Isa, hozirgi kunda topishmoq aytish musobaqasini sinfda,
flam olish paytlarida, ba’zan yo‘l-yo‘lakay o ‘tkazish mumkin bo'lmoqda.
Shuningdek, o ‘tgan asming o'rtalarigacha maxsus ertakchilar ertak aytish
uchun tinglovchilami tayyorlab olganlar, ijroning ko'ngilli chiqishi
uchun alohida joy, turli narsalar (isiriq, tuz, kul, sochiq, suv, non va
bokazolar)ni shaylab qo'yar edilar. Bugun esa bobo bolasini ovutish
Uchun istagan paytda ertak aytib beraveradi. Mashhur professional
ertakchilar esa yo‘q hisobida. Ijro an’anasi deganda, doston aytish haqida
fllohida to‘xtash zarur bo‘ladi. Fozil Yo‘ldosh o ‘g‘li, Ergash Jumanbulbul
o‘g ‘li, Po‘lkan, Islom shoirlar an’anasi bugungi kunda ham Shoberdi
baxshi, Shomurod baxshi, Qahhor baxshi ijrosida to‘liq saqlangan.
Doston ijrosidagi do'mbirada kuy chalish, terma aytish, she'riy parcha-
laming mazmuni, bo‘g ‘in soniga qarab kuy tanlash hozir ham bor.
Masalan, Chori baxshi hayotligida huzuriga tez-tez borar edik. Ammo
biron marta terma aytmay doston boshlaganini ko‘rmaganmiz.
Xorazm dostonchiligidagi an’ana ham deyarli to‘liq saqlangan.
Xorazm baxshilari dostonni ijro etishdan avval, albatta, “Aliqambar”
kuyini tinglovchilarga chalib beradilar. Shundan so‘ng doston aytish bosh-
lanadi. Agar Qashqadaryo, Surxondaryo va shu hududlar atrofidagi bax
shilar do‘mbira jo ‘rligida bo‘g‘izda doston aytsalar, Gurlan, Xiva, Urganch
atrofidagi baxshilar jo ‘rovozlikda ochiq ovoz bilan doston ijro etadilar.
Aytmoqchimizki, xalq og‘zaki ijodi asarlarini ijro etish an’anasi, umuman
olganda, yurtimiz viloyatlarida, asosan, avvalgi ko‘rinishda yashab kel-
moqda. Folklor ekspeditsiyasi paytida qo‘shiq aytadigan momolardan mar
siya matnini yozib ololmaganmiz. Ular irim qilib, bevaqt qo‘ni-qo‘shni-
laming qo'shiq aytilayotgan joyga sarosimada yig‘ilishlarini istamaganlar
va marsiya aytishdan voz kechganlar. Bu holat bugun ham saqlanib qolga-
niga bir necha marta guvoh bo‘ldik. Shunday qilib, og'zaki ijod asarlarining
ijro an’anasi haU qayta-qayta o‘rganishni talab qiladigan soha hisoblanadi.
An’anaviylikdagi matn an’anasi ijrodan ancha murakkab. Chunki
xalq og‘zaki ijodida asaming to‘liq mohiyati uning matnida namoyon
25
bo'ladi. Asardan nazarda tutilgan g‘oya, mazmun, obraz xususiyatlari,
kompozitsiya unsurlari: bayon, portret, dialog, monolog; badiiy tasvir
vositalari - bulaming hammasi xalq ijodi qoidalariga suyangan holda,
an’anaviylik tamoyiliga asoslangan tarzda so‘z vositasida namoyon
bo'ladi. Ehtimol, shuning uchun ham matn an’anasi ijronikidan ko'ra
murakkab tizimga ega.
Xalq og'zaki ijodidagi matn an’anasining o'zini ham ikki yo'nalishga
ajratish mumkin. Birinchidan, har bir asarning janr xususiyadarini belgi-
lovchi an’anaviylik (hajm, shakl, mazmun) bo‘Isa, ikkinchidan, badiiy
tasvir vositalari - badiiy san’atlarda namoyon bo'ladigan an’anaviylik.
Xalq og'zaki ijodidagi matn an’anasi har bir janrga mansub asarlarda
namoyon bo'ladi. Xususan, maqollardagi hajm cheklanganligi, mazmun
ko'lamining kengligi, qo'shiqlaming lirik mohiyati, ertaklar hajmining
muayyan o'lchov bilan belgilanmagani (ulaming mazmun va tasnif turiga
ko'ra bir-ikki sahifadan, ellik-oltmish sahifagacha borishi), doston hajmi
ning cheklanmagani, latifalardagi voqeani qisqa muddatda aytib ulgurish
qoidasi va hokazolaming hammasi matn an’anasi bilan bog'liqdir.
Shuningdek, ertaklaming “Bir bor ekan, bir yo'q ekan...’’dan boshlanib,
“...murodu maqsadiga yetibdi” bilan tugallanishi, tez aytishda ma’lum
tovushlar talaffuziga e'tibor berilishi, termalaming ko'proq “Nima
aytay?”, “Kunlarim” mavzulariga bag'ishlanishi ham matn an’anasiga
aloqador. Bulardan tashqari ertaklardagi “To'ng'ich botir yo'lida
ketaversin, gapni kenjasidan eshiting”, “Y o'l yuribdi, yo'l yuribdi, yo'l
yursa ham mo'l yuribdi”; dostonlardagi:
“Xudo qilgan ishga banda ko'nadi,
Bedov minib, endi, beklar jo'nadi”.
“Davlat qo'nsa gar chibinning boshiga,
Semurg' qushlar salom berar qoshiga”
kabi qolip gap va misralaming ertakdan ertakka, dostondan dostonga
ko'chib o'tishi ham bevosita matn an’anasi bilan bog'lanadi. Ayniqsa,
dostonlardagi “Qayga borasan?”, “Qaydan bo'lasan?” mazmunidagi epik
klishe - qoliplar, ot egarlash, ot yugurishi, jang Iavhalaridagi misralaming
aynan, deyarli o'zgarishsiz takrorlanishini matn an’anasining ta’siri
sifatida baholash mumkin. Shu o'rinda ta’kidlab o'tish joizki, tinglov
chilar talabi bilan ertakchi yoki baxshi biror yangi asami o'zicha ijod
26
qilib yaratganda ham matn an’anasidagi yuqorida qayd etilgan qoliplar-
dan o ‘mi bilan foydalanishga majbur bo'ladi. Oqibatda, xalq og‘zaki
ijodida vujudga kelgan har qanday yangi namuna ham matn an’anasidan
chetda yaratilmaydi. Bu esa yangi asarga yaratuvchi va ijrochining
mutlaq mualliflik qilish imkonini cheklaydi.
Matn an’anasidagi ikkinchi yo‘nalish xalq og‘zaki ijodidagi o ‘ziga
xos badiiy san’atlar majmuasi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, badiiy ada-
biyotda badiiy vositalaming takrorlanmas о‘mi bor. Bu vositalar ma’
naviy va lafziy san’atlardan tashkil topadi va so‘z san’ati namunasiga
joziba bag‘ishlaydi. Yozma adabiyot vakillari lirik va epik asarlarda
o‘zlarining mahoratlarini badiiy san’atlami kashf etishda ham namoyish
etadilar. Xalq og‘zaki ijodida ham alohida iqtidorga ega ijrochi о‘mi
kelganda bu sohada ijod qilish imkonidan foydalanadi. Ammo aksari
hollarda ijrochining kashfiyot izlab o ‘zini qiynashiga hojat yo‘q. Chunki
Do'stlaringiz bilan baham: |