Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi


Xalq og‘zaki ijodi - so‘z san’ati



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

Xalq og‘zaki ijodi - so‘z san’ati
Xalq og‘zaki ijodining so‘z san’ati ekanligini tushunishdan aw al 
san’atning o ‘zi nimaligini bilish lozim. 5 jildlik “0 ‘zbek tilining izohli 
lug‘ati”da (3-jild. 442-b): “San’at” 
- ish, mehnat; mahorat; kasb-
hunar deb ko‘rsatilgan. Agar izohdagi so‘zlarga e’tibor bersak, san’at
8


deganda, mahorat bilan amalga oshirilgan mehnatni tushunish angla- 
shiladi. San’atni mahoratsiz tasavvur qilish mumkin emas. Shuning 
uchun ustozlarimiz “San’at - inson aqlu zakovatming buyuk kashfiyo- 
tidir”, deyishdan toliqmasdilar. Ayni paytda, “San’at mahoratning eng 
oliy darajasida vujudga keladi” degan gapni ham ko‘p takrorlar edilar. 
Haqiqatan ham, san’atni tushunish san’atni yaratishdek murakkab ekanini 
bilishimiz kerak. Ayniqsa, filologiya, jumalistika, tarix, falsafa kabi soha 
egalari san’atni tushunish, to‘g ‘rirog‘i, his qilish qobiliyatiga ega bo‘lish- 
lari alohida fazilatdir. Odatda maxsus ma’lumotga ega bo'lmagan odam- 
lar oddiy tasvirlami san’at asari deb tushunadilar. Masalan, magazinlar- 
ning old qismidagi reklama maqsadida namoyish qilinadigan rasmlar: 
kostyum kiygan yigitlar, ko‘ylakli qizlar, nonlaming turli xillari, kiyim- 
kechaklar tasvirlari va hokazolar. Bulaming birontasi san’at asari hisob- 
lanmaydi. Hatto buyuk rassomlar ishlagan tasviriy san’at asarlarining 
jo ‘ngina nusxalari - kopiyalari ham san’at asari hisoblanmaydi. Haddan 
tashqari chiroyli bezaklangan choynak, piyola, laganlar minglab 
nusxalarda sotiladi, ular san’at asari hisoblanmaydi. Chunki san’at 
asarlari san’atkor tomonidan mahorat bilan yaratilishi shart. Shuning 
uchun san’at asarlari faqat san’atkor yaratgan yagona nusxada bo‘ladi.
Ma’lumki, san’atning naqsh, musiqa, haykaltaroshlik, ganchkorlik
o'ymakorlik, raqs, badiiy adabiyot kabi o ‘nlab turlari bor. Ulaming har 
biri o ‘z quroliga ega. Ammo ayrim imoratlar oldidagi savlat to‘kib 
o‘tirgan sherlar, raqs guruhlarida chetda turgan rahbariga qarab harakat 
qilayotgan raqqosalar, ma’nosiz qofiyalangan she’rlaming san’atga hech 
qanday aloqasi yo‘q. Chunki qayd etilgan vaziyatlardagi “san’at” asarlari 
bizda hech qanday hayrat tuyg'usini uyg'otmaydi. Haqiqiy san’at asari 
bilan muomalada bo‘lganimizda esa ruhiyatimizda muayyan hissiy o ‘zga- 
rishlami sezamiz. San’at asari odamda inson iqtidori, mahorati, aqli, 
zakovati, o ‘ziga xos kashfiyoti bilan mazkur asarga nisbatan hayrat, qoyil 
qolish tuyg'usini uyg‘otishi kerak. Aynan shu fazilati bilan san’at 
namunasi ruhiyatimizni boshqaradi.
San’at asarining yana bir o ‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, 
uning qadri, bahosi hech qachon hajm, son, miqdor bilan o'lchanmaydi. 
0 ‘nlab tasviriy san’at namunasini yaratish, qo‘shiq aytish, badiiy asarlar 
yozish mumkin. Ammo ulaming mualliflarini tanimasligimiz, yodimizda 
saqlamasligimiz ham mumkin. Biroq bor-yo‘g ‘i bitta san’at asarini ijod 
qilish bilan xalq madaniyati xazinasidan munosib o ‘ringa ega bo‘lish, 
tarixda iz qoldirish mumkin. Chunki san’at o‘lchovi mahorat darajasining


yuksakligi, badiiylikning mukammalligi bilan belgilanadi. Shunday qilib, 
san’at haqidagi asosiy ma’lumotga ega bo‘ldik. Endi bevosita xalq 
og'zaki ijodining so'z san’ati fiamunasi ekanini bilishga urinamiz.
Avvalo, har bir san’at namunasi, san’at asari inson yaratgan mo'jiza 
hisoblanadi. Asarga qo'yiladigan talab uning kashfiyoti, oliy darajadagi 
mahsulot ekani bilan belgilanadi. Binobarin, og'zaki so'z san’atiga man- 
sub asar ham shakli, mazmuni, ijrosi, unda ifodalangan hayot tasviri bilan 
bizda hayrat tuyg'usini uyg'otmog'i lozim. Agar ana shu hayratni aynan 
qanday fazilatlar hosil qilishini ЬШЬ olsak, fikr yuritish yo'nalishimizda 
aniq mulohazalar paydo bo'ladi, tahlil qilayotgan asarimiz qadri yanada 
aniqlashadi. Shu maqsadni nazarda tutib, avvalo, badiiy adabiyotga, xu- 
susan, xalq og'zaki ijodi asarlariga qo'yiladigan asosiy talablami mux- 
tasar shaklda ko'rsatib o'tmoqchimiz. Zero, badiiy adabiyot bilan o'z 
hayotini bog'lagan shaxs istalgan so'z san’ati namunasi bilan tanish- 
ganida, baho berish mezonining aniq bo'lishi maqsadga muvofiqdir:
Birinchidan. har bir so'z san’ati namunasi, jumladan, xalq og'zaki 
ijodidagi qo'shiq, ertak, doston va boshqa asarlarda fikriy yangilik 
bo'lishi lozim. Bu yangilik kichik hayotiy voqeadan tortib murakkab 
ijtimoiy vaziyatlami baholash bilan belgilanadi. Inson hayoti davomida 
sonsiz-sanoqsiz yangiliklarga duch keladi. Katta avlod vakili tajribasidagi 
oddiy haqiqatlar yoshlar uchun yangilik hisoblanaveradi. Shuning uchun 
xalq og'zaki ijodi asarlarini eshitganimizda, ular bilan kitobdagi matn 
vositasida tanishganimizda juda ko'p yangi-yangi fikrlarga duch kelamiz.
Masalan, “Qozonga yaqinlashsang qorasi yuqar, yomonga yaqin- 
lashsang balosi” maqolidagi asosiy fikr yomonga yaqinlashgan odamning 
taqdirida noxush voqealar ko'payishidan ogohlantirishdir. Lekin aslini 
olganda maqolning birinchi qismida ham ehtiyotlik belgisi aniq ko'rinib 
turibdi. Ya’ni xalq yosh va hali turmush tajribasiga ega bo'lmagan far- 
zandga qozonga yaqinlashayotganda qora qurum tegishidan ehtiyot bo‘- 
lishni tavsiya qilmoqda. Qo'shimcha ravishda aytish mumkinki, har bir 
inson muayyan vaziyatda ish qilar va qarorga kelar ekan, ehtiyot chora- 
larini esidan chiqannaslik lozimligi uqtirilmoqda. Ayni chog'da, og'zaki 
ijodimiz asarlari bilan tanishar ekanmiz, millat taqdiriga va ijtimoiy vazi- 
yatlarga bog'liq muhim ahamiyatga ega yangiliklar ifodalanishiga guvoh 
bo'lamiz. Masalan, “Alpomish” dostonidagi fikriy kashfiyot bu har bir 
farzand yurtning birligini e’zozlashi kerakligini uqtirishdir. Senga yurtni 
bo'lish haqidagi fikrini tushuntirmoqchi bo'lgan odam faqat sen uchun 
emas, millat uchun, xalq uchun, vatan uchun xavflidir. Agar sen o'z ona
10


yurting kelajagini o ‘ylasang, uni birlashtirish, jipslashtirish haqida bosh 
qotir, degan haqiqat ilgari suriladi. Hakimbek Qalmoq yurtiga ko‘chgan 
yurtdoshlarini Qo‘ng‘irot-Boysunga qaytarib olib keladi. Shuningdek, 
inson qadrini asrash, ota-ona hurmatini bajo keltirish, har bir farzandning 
Alpomishdek mard, jasur, so‘ziga sodiq bo‘lib o'sishini ta’minlash kabi 
hayotiy muammolar dostonda o ‘z ifodasini topgan.
Tkkinchidan. asar shakli va mazmuni jihatdan mutanosib bo‘lishi 
kerak. Badiiy adabiyotda jins (ayrim nazariy kitoblarda - adabiy tur) va 
janr tushunchasi bor. Jins deganda lirika, epos, drama tushuniladi. Liri- 
kada his-tuyg‘u, ichki kechinmalar; eposda voqea ifodasi, asar qahramon- 
larining taqdiri bayoni; dramada sahna sharoitida voqealaming rivoji, 
qahramonlar dialoglari vositasida hayotiy lavhalar tasviri tushuniladi. 
Janr esa jinsdan torroq ma’noni bildiradi. Yozma adabiyotda roman, 
qissa, hikoya kabilar; og‘zaki ijodda doston, ertak, qo'shiq, maqol, 
topishmoq, askiya janrlari mavjud. Har bir janrga mansub asarlami shakl 
(she’riy yoki nasriy), maymun. haim va varatilishidan nazarda tutilgan 
maqsad birlashtirib turadi. Bir janrda yaratilgan asarlar muayyan shakl va 
mazmunga ega bo‘lishi talab qilinadi. Bu talab hamisha shaklning 
mazmunga mutanosib bo'lishini taqozo etadi. Odatda, shakl qanchalar 
ixcham, mazmun qanchalar keng ko‘lamga ega bo‘lsa, asar shunchalar 
qadrlidir. Xalqimiz og‘zaki ijodida ko‘pincha bunday fazilat maqollarda 
namoyon bo'ladi. Bir jumladan iborat maqolning mazmunini hayotiy 
dalil va misollar bilan soatlab tahlil qilish mumkin. Lekin hamma janr- 
dagi asarlarga ham bu o ‘lchov bilan yondashish mumkin emas. Xususan, 
dostonlar ming-ming misralardan iborat she’riy va hajm jihatdan katta 
nasriy parchalardan tashkil topadi. Ulaming mazmuni ham millatimiz 
vakillarining hayotini tasvirlovchi lavhalardan iborat. Xalq farzandlari- 
ning hayoti esa el va yurt taqdiri asosida yoritiladi. Shunday qilib, topish­
moq, askiya, qo‘shiq va boshqa janrdagi asarlar ham o'zlarida aks ettira- 
yotgan mazmun bilan shaklan mutanosib bo‘lishi zarur. Aytmoqchimizki, 
bir-ikki sahifa hajmiga ega maqol va topishmoq bo'lmagani kabi aynan 
shunday hajmdagi dostonni ham uchratmaymiz. Maqol va topishmoq- 
laming hajmi o ‘ta siqiqligi, dostonlar esa hajman kengligi bilan asrlar 
davomida xalq xizmatini bajarib kelgan.
Tlchinchidan, badiiy asar, xususan, xalq og‘zaki ijodida umuminso- 
niy muammolar ifodalanadi. Albatta, har bir xalqning o ‘z milliy xusu- 
siyati, milliy tabiati, ya’ni milliy mentaliteti mavjud. Ammo bu milliylik 
badiiy adabiyotda umuminsoniy muammolaming aks etishiga mutlaqo
11


salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki yer kurrasining turli mintaqalarida 
yashaydigan, turli dinlarga ishonuvchi xalqlaming hayotiy munosabat- 
larida mushtarak nuqtalar juda ko‘p. Har bir millatda Vatan, xalq, ota- 
ona, aka-uka, opa-singil, o ‘gay ota, о ‘gay ona, ustoz, shogird kabi tu- 
shunchalar bor. Odamlar o ‘rtasidagi munosabatlaming asosini adolat, 
andisha, haqiqat kabilar belgilaydi. Shuning uchun o ‘zbek maqollari 
qatorida dunyodagi juda ko‘p millatlarda uchraydigan hikmatlar bor. 
“Zumrad va Qimmat” ertagimizdagi voqealar ko‘p xalqlarda deyarli o ‘z- 
garishsiz takrorlanadi. “Alpomish” dostonidagi mardlik, jasurlik, odamiy- 
lik dunyo xalqlari eposi mavzulari va g ‘oyaviy yo‘nahshi jihatdan o ‘x- 
shash. Ertaklaming birida (o‘zbeklarda) qo‘y yoki echki, ikkinchisida 
(xitoylarda) gurunch, uchinchisida (gruzinlarda) uzum yetakchi unsur 
sifatida ishtirok etadi. 0 ‘zbek maqolida “Oyni etak bilan yopib bo‘lmas” 
deyilsa, ruslarda “Shilo v meshke ne utaish” (“Bigizni qopda yashira 
olmaysan”) maqoli mashhur. Har ikki maqolning mazmuni bir biriga 
yaqin. Ma’lum bo'ladiki, og'zaki ijod asarlarining bosh qahramoni, av­
valo, inson hisoblanadi. Inson esa ma’lum bir millat vakili bo‘lishi kerak. 
Og‘zaki ijod asarlarini eshitganimizda, o ‘qiganimizda biz o ‘zimizning 
hayotimiz haqida mushohada yuritishga, tasvirlanayotgan voqealami 
mavjud maiehiy muhit bilan qiyoslashga o‘rganishimiz, har bir tani- 
shuvdan foydah maslahat olishga intilishimiz lozim.
To‘rtinchidan, xalq og‘zaki ijodi so‘z san’ati ekanini aytdik. Bu fikr 
og‘zaki ijodning san’at sifatini ta’minlaydigan asosiy omil so‘z ekanini 
tasdiqlaydi. Har bir san’at turining o ‘z quroli bo‘lganidek, og'zaki 
ijodning ham o ‘z quroli bor. Bu qurol so‘z hisoblanadi.
Fikrimizning qanchalar to‘g ‘ri ekani xalqimiz ijodidagi askiya janri 
misolida to‘liq isbotini topadi. Avvalo, askiya janri (bu haqda askiya 
mavzuida mukammal ma’lumot beriladi) dunyodagi birorta xalq og‘zaki 
ijodida uchramaydi. Janming asosini milliy tilimizdagi omonim so‘z- 
laming nihoyatda ko‘pligi tashkil etadi. So‘zlaming shaklan bir xil, 
ammo mazmunan turli ma’nolami bildirishi bir so‘zni talaffuz qilishda 
birato‘la bir necha fikmi ifodalash imkonini beradi. Natijada, so‘z o ‘yini 
usuli bilan kulgi paydo bo‘ladi va askiya vujudga keladi. 0 ‘zbek 
m i l l i y
tilining boy va rang-barang imkoniyatlarga ega ekani boshqa janrlarda 
ham namoyon bo‘ladi. Doston, ertak, qo‘shiq kabi turli janrlarga mansub 
asarlar so‘zlarini boshqalari bilan almashtirish mumkin emas. Boshqa 
so'z qo'llanganda, asaming mazmuniga, shakliga, jozibasiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Bu holatni og‘zaki ijodimizdagi istalgan namunaning istalgan
12


so‘ziga nisbatan kuzatish munikin. Masalan: ertaklar “Bir bor ekan, bir 
yo‘q ekan...” degan so‘zlardan boshlanadi. Shu jumlaning o ‘zida hikoya 
qilinayotgan voqeaning hayotda ro‘y berganiga shubha paydo boiishi 
tabiiydir. Ertak davomida esa birinchi jumladagi fikr rivojlanadi va tas- 
diqlanadi. Yoki dostonlarda qayta-qayta quyidagi misralar takrorlanadi:
Dam shu damdir, o‘zga damni dam dema,
Boshing omon, davlatingni kam dema.
Bu matndagi so‘zlami ham boshqalari bilan almashtirsak, misra- 
laming fayzi, shukuhi yo‘qoladi. Xalqimiz yaratgan maqollami tashkil 
etuvchi so‘zlar xususida esa, umuman, til lol qoladi. 0 ‘zingiz tasawur 
qiling, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘oti-t-turk” asarida 300 ga 
yaqin maqollar keltirilgan bo‘lib, ulaming ayrimlari shu kungacha 
millatimiz nutqida aynan takrorlanadi. Demak, ming yil avval bobolari- 
miz, momolarimiz bir maqolni qanday yo‘sinda talaffuz qilgan va qanday 
maqsadda aytgan bo‘lsa, siz ham shunday holatda qo‘llayapsiz. Xullas, 
“Yurakkinamning taftiga tandir qiziydi, Ko‘zginamning yoshiga o ‘rdak 
suziydi” kabi qo‘shiq misralariga duch kelar ekansiz, tilimizning qancha­
lar keng va bitmas-tuganmas boylikka ega ekaniga ishonch hosil qilasiz.
Beshinchidan. xalq og'zaki ijodi badiiy adabiyotning tarkibiy qis- 
midir. “Badiiy” so‘zining go‘zal, ajoyib ma’nolarga ega bo‘lishi lug‘at- 
larda qayd etilgan. Asar matnini go‘zal qilib turadigan omil esa, ko‘pin- 
cha, badiiy tasvir vositalariga bog‘liq. Badiiy tasvir vositalarini mutaxas- 
sislar “badiiy san’atlar”, “tasvir vositalari”, “she’r san’atlari” deb ham 
ataydilar. Ulaming sifatlash, o ‘xshatish, mubolag‘a kabi o ‘nlab turlari 
mavjud. Aslini olganda, har bir badiiy san’at namunasi ham o ‘ziga xos 
kashfiyot hisoblanadi. Ertakchi tasvirlayotgan malikaning go‘zalligini o ‘n 
to‘rt kunlik oyga o ‘xshatadi. Qiz shu qadar latofatga ega bo‘ladiki, kulsa, 
atrofga gul, yig‘lasa, dur sochiladi. U yurganida oyog‘I ostidagi izlar 
о ‘mi dan rayhon, jambillar о ‘sib chiqadi. Doston qahramonlari shu qadar 
jahldorki, g‘azabga toiganida mo‘ylovining ustini qirov bosadi, tikil- 
ganida tog‘-toshlar qumdek maydalanib ketadi.
“Bozirgon” dostonida Go‘ro‘g ‘li o‘ttiz qo‘yning terisidan bo‘lgan 
po‘stinni, o ‘n besh qo‘yning terisidan bo‘lgan cho‘girma (poyabzal) kiyib 
daryo yoqalab ketaveradi. Bozirgon bo‘Isa bir oyog‘ini daryoning o ‘ng, 
ikkinchi oyog‘ini chap qirg‘og‘iga qo‘yib, tuyalami o‘tkazayotgan 
bo‘ladi. Yuqorida qayd qilingan tasvir vositalari og‘zaki ijod asarlariga
13


o'ziga xos fayz bag'ishlaydi. Tinglovchi otning osmonda uchishiga, qari 
odamlaming go‘dak chaqaloqlarga aylanishiga, oynakdan daryo, 
taroqdan butazorlar paydo bo'lishidek to ‘qimalarga qoyil qoladi.
Albatta, badiiy adabiyotning, xususan, og'zaki ijodning so‘z san’ati 
sifatidagi fazilatlari yuqorida ko'rsatib o‘tilgan belgilar bilan chegara- 
lanib qolmaydi. Masalan, og‘zaki asarlarda ham, yozma adabiyotda ham 
ijodkor majoziy fikr yuritish usulidan foydalanishi mumkin. Majoz so‘zi 
lug‘aviy jihatdan “o‘tish joyi” ma’nosini ifodalaydi. Lekin bu so‘zning 
boshqacha aytish, ko‘chma ma’no ifodalash ma’nosi ham bor. Badiiy 
adabiyotda majoz, asosan, vosita tushunchasida qo‘llanadi. Ya’ni biror 
fikrni bildirish uchun boshqacha yo‘l tanlanadi. Masalan, masallarda turli 
jonivorlar, narsa-predmetlar vositasida odamlar o‘rtasidagi munosabatlar 
yoritiladi. Xalq og‘zaki ijodidagi ko‘p janrlarda majoziy fikr yuritishdan 
keng foydalanilgan. Ayniqsa, maqollarda bu usul yetakchi hisoblanadi. 
“Sichqon sig‘mas iniga, g ‘alvir bog‘lar dumiga”, “Otning yag‘iri toyga 
qolar”, “Tuyaga yantoq kerak bo‘lsa, bo‘ynini cho'zar” kabi yuzlab 
maqollar mazmun-mohiyatan ko‘chma ma’no ifodalovchi hikmatlardan 
iboratdir. Shu bois badiiy asarlar bilan tanishganda, muallif bir fikrni 
ifodalash bilan qanday maqsadni nazarda tutganini tushunmasak, 
asaming asl bahosini bera olmaymiz.
“Xalq og'zaki ijodi - so'z san’ati” deganimizda, shuningdek, ertak- 
chi, baxshi, qo'shiqchi, askiyaboz, latifachi ijrochilaming tinglovchilarga 
bag'ishlayotgan ma’naviy lazzatini ham unutmaslik lozim. Xalq qo'shiq- 
larida aks etgan his-tuyg'u, ichki kechinmalar; ertaklardagi g'aroyib 
voqealar; dostonlardagi go'zal tasvirlar, eng avvalo, zargarona tanlangan 
so'zlardan iboratligi, ikkinchidan, ulaming mahorat bilan ijro qilinishi 
asrlar davomida xalqimizga zavq bag'ishlagan. Shuning uchun ham 
mazkur asarlar o'zbek xalqi ma’naviy xazinasining bebaho qadriyatlari 
sifatida hamisha e’zozlangan.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish