Savol va topshiriqlar:
1 .0 ‘zbek tili va adabiyoti o'qituvchisi, jum alist nima uchun xalq
og‘zaki ijodi haqida ma’lumotga ega bo ‘lishi kerak?
2. Nima uchun xalq og'zaki ijodini badiiy adabiyotning ilk
namunalari deb baholaymiz?
3. Folklor atamasiga izoh bering.
14
4. Sinkretik janr deganda nimani tushunasiz?
5. San’at asari qanday fazilatlarga ega bo'lishi lozim?
6. Xalq og'zaki ijodi
-
so‘z san’ati ekanini qanday belgilar
dalillaydi?
Adabiyotlar:
1. Каримов И.А. Узбекистан буюк келажак сари. - Т.:
Узбекистан, 1998. - Б. 5-66.
2. Каримов И.А. Баркамол авлод - Узбекистан таравдиётининг
пойдевори. - Т.: Шарк; НМАК, 1997.
3. Karimov Islom. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Т.:
Ma’naviyat, 2008.
4. Имомов К., Мирзаев Т., Саримсоков Б., Сафаров О. Узбек
халк огзаки поэтик ижоди. - Т.: Укитувчи, 1990.
15
XALQ OG ‘ZAKI IJO D I VA QADRIYATLAM
DAVLAT MAQOMIDA
Ma’naviyat qadim zamonlardan inson dunyoqarashini, xatti-hara-
katini, jamiyatda tutgan o'mini, xalqqa, vatanga, atrofidagi odaxnlarga
bo‘lgan munosabatini boshqaruvchi omil hisoblanadi. Ma’naviy qash-
shoq kimsa hayotda ro'y berayotgan voqealarga loqayd bo'ladi. Loqayd-
lik esa tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib keladi. Ma’naviy qashshoq odam
uchun Vatan, xalq, oila kabi muqaddas tushunchalar yot. Shuning uchun
keksa avlod, avvalo, farzandning ma’naviy dunyosini shakllantirish cho-
rasini rejalashtirgan. Aslini olganda, xalq dostonlari, ertaklari, qo'shiq-
lari, maqollari va boshqa o'nlab janrdagi asarlar yosh avlodning ma’navi-
yatini boyitish, uni haqiqiy inson darajasiga yetishini ta’minlash maqsa-
dini nazarda tutgan holda yaratilgan. O'tgan asrgacha bugungi kundagi
matbuot, o'quv dargohlari, madaniyat markazlari, radio, televideniye,
internet kabi ta’lim, ma’rifat tizimi bo'lmagan. Bu vazifalami bajarish,
asosan, xalq og'zaki ijodi zimmasiga yuklatilgan. Natijada, xalq og'zaki
ijodi xalq pedagogikasi zaminini tashkil etgan. Odatda, xalqning musta-
qilligi, uning ravnaqi badiiy adabiyot bilan uzviy bog'lanadi. Og'zaki
ijod esa, badiiy adabiyotning ajralmas qismidir. Shuning uchun xalq usti-
dan hukm yuritishga harakat qilgan hokimiyat, avvalo, uning adabiyotini
boshqarishga uringan. Sobiq sho'ro tuzumi sharoitida xalq bayrami -
Navro'z, “Alpomish”, “Ravshan” dostonlarimiz taqiqga uchragan. Folk
lor ekspeditsiyasiga xalq og'zaki ijodi asarlarini yozib olish maqsadida
chiqqanimizda, islom diniga oid asarlami yozib olish ma’qul ko'rilmas
edi. Bu harakadaming hammasi og'zaki adabiyotimizni yo'q qilish
niyatini amalga oshirish choralari edi, xolos.
1991-yil 1-sentyabrda O'zbekiston mustaqil respublika deb e'lon
qilindi. Yurtimiz ijtimoiy hayotidagi bu o'zgarishni o'zbek xalqi o'nlab
yillar davomida orziqib kutgan edi. Mustaqilligimizning dastlabki kun-
laridanoq davlatimiz o'tmish qadriyatlami qaytadan tiklash, odamlar
qalbida tutqunlikda yotgan madaniy merosimizga keng yo'l ochish
16
iyosatini amalga oshirdi. Dunyo ilmi taraqqiyotiga munosib hissa
|&‘shgan buyuk allomalarimiz nomlari, ulaming kashfiyotlari haqidagi
|fa’lumotlar qatori turli munosabatlar bilan urf-odatlar, rasm-msumlar
lain tilga olina boshlandi. Bu tadbirlar har bir o ‘zbek qalbida milliy
ffurur tuyg‘usini uyg'otish maqsadini nazarda tutdi.
Aslida, o‘zbeklammg dunyoda ilg‘or, benazir madaniyatga ega
bo'lgan xalq ekanligini tasdiqlovchi fikrlar mustabid tuzum paytida ham
aytilgan. Ammo bunday hur gaplaming mualliflari qatag'on qilingan
edilar. Ulaming ko‘pchiligi sirU vaziyatlarda hayotdan ko‘z yumdilar.
Fitrat, Cho‘lpon, Qodiriy, Otajon Hoshim, Sulaymon X o‘ja va boshqalar
esa o'ylab topilgan yolg'on jinoyatlarda ayblanib otildilar. Ayrimlari -
Usmon Nosir, keyinchalik Mirtemir, Maqsud Shayxzoda, Said Ahmad,
Shukrullo, Shuhrat kabilar uzoq muddatga qamoqqa olindilar. Ammo
trkinlikni, o ‘trnishdagi xalq allomalarining kashfiyotlarini targ'ib etuvchi
asarlar tizimi murakkab vaziyatda ham to'xtab qolmadi. XX asming 60-
70-yillari adabiy hayotiga yosh ijodkorlar sifatida kirib kelgan Erkin
Vohidov, Abdulla Oripov kabi shoirlar “0 ‘zbegim”, “0 ‘zbekiston” kabi
poetik asarlar yaratdilarki, bu davrda yashagan yurtdoshlarimiz 0 ‘zbekis-
ton qadimdan ilm-ma’rifat, kashfiyotlar va qadriyatlar yurti ekaniga
komil ishonch bildira boshladilar. Xalqimizning haqiqiy farzandlari sa’y-
harakati bilan “Xalq og‘zaki ijodi” turkumida “Alpomish” dostoni,
Ergash Jumanbulbul, Fozil shoir, Po‘lkan, Islom shoir, Bola baxshi ijro
etgan epos namunalari, xalq qo'shiqlari, ertaklari, askiya, latifa,
topishmoqlaming nashr qilinishi nur ustiga nur bo‘ldi.
Shuningdek, o‘tgan asming 50-yillarida Ibrohim Mo‘minov, Vohid
Zohidov, Hodi Zarif kabi taniqli ziyolilar turli sabab va vajlar bilan
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘oti-t-turk” (Solih Mutallibov),
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (Qayum Karimov), Navoiyning
“Xamsa”, Bobuming “Bobumoma” (Parso Shamsiyev) kabi bir qator
asarlarini nashrga tayyorladilar va chop etdilar. Qizig'i shundaki, bizning
olimlarimiz mumtoz adabiyot namunalaridan sobiq sho‘ro tuzumi siyo-
satiga mos kelmaydigan o'rinlami atayin keskin tanqid qilishar, boylar va
yo‘qsillar madaniyati haqida siyosatbop gaplami topishar, ammo
asarlami to‘liq nashr qilishdek oliy niyatlariga ham erishar edilar.
Tabiiyki, “Sobiq sho‘ro tuzumi davrida bevosita xalq orasida hukm-
ron siyosatni tanqid qiluvchi xalq og'zaki ijodi asarlari yaratilmadimi?” -
degan savol tug'iladi. Gap shundaki, xalq og‘zaki ijodi asarlari yozib
olinmasa, ulaming ommalashuvi uchun sharoit bo'lmasa, vaqt o‘tishi
17
bilan bu asarlar o‘z-o‘zidan g ‘oyib bo'ladi: aytuvchining yodidan
ko‘tariladi, taqdir taqozosi bilan aytuvchi vafot etadi va hokazo. Ulami
yozib olish esa hamisha ham amalga oshavermaydi. Bugungi kunda o ‘sha
paytda dohiy deb tan olingan tarixiy shaxslar haqida o ‘nlab latifalar
Do'stlaringiz bilan baham: |