Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

Og'zaki 
ijodimizda ajdodlarimiz bu san’atlaming go‘zal namunalarini 
yaratib bo‘lganlar. Sifadash, o'xshatish, istiora, mubolag'a, ifirot, intoq, 
iyhom, alliteratsiya kabi badiiy tasvir vositalarining bitmas-tuganmas 
boyligi og‘zaki ijodimiz namunalariga asrlar davomida fayz bag'ishlab 
turibdi. Qahramonning yillab, oylab emas, soatlab katta bo‘lishi, go‘zal 
qizning o ‘n to‘rt kunlik oyga o ‘xshatilishi kabi o ‘nlab san’atlar o ‘z 
vaqtida ijodiy kashfiyotlar darajasida qabul qilingan bo‘lsa-da, endilikda 
ular an’anaviy vositalar hisoblanadi. Xalq yaratgan asarlardagi odamning 
qushga aylanishi (transfiguratsiya)ni, mo‘jizaviy narsalami, hayvonlar- 
ning inson tilida gapirishini, ilon, bo‘ri, ayiqlaming asar qahramoniga 
homiylik qilishini ham matn an’anasi sifatida baholash mumkin. Ma’lum 
bo‘ladiki, xalq og‘zaki ijodidagi matn an’anasi har bir asaming yarati- 
lishida bosh mezonga aylanadi va yozma adabiyotdan tubdan farq qiladi. 
Og'zaki ijod asarlarini tadqiq etishda folklorshunos olim folklor namu- 
nasida o‘z ifodasini topgan bu fazilatlaming mohiyatini his qilishi, tipo- 
logik ahamiyatini aniqlashi, qiyosiy tahlil usuli bilan o‘zi o‘rganayotgan 
asarga yondashishi muhim ahamiyatga egadir.
Qg‘zakilik. Xalq og‘zaki ijodining ikkinchi muhim jihati uning og‘- 
zaki yaratilishidadir. Jahon folklorshunoslik ilmida oddiy haqiqat sifatida 
takrorlanadigan eng muhim fikrlardan biri folkloming og‘zaki yaratilishi 
va og‘zaki yashashi hisoblanadi. Chunki butun dunyodagi xalqlaming 
og‘zaki ijodi shu yo‘singa bo'ysunadi va shu qonuniyat asosida yarati­
ladi, yashaydi. Haqiqatan ham, o‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi hamma 
janrlaming inson mhiga, ongiga, tabiatiga ta’siri, ko‘pincha, uning
27


og‘zaM ijrosi bilan belgilanadi. Hatto shunday janrlar ham borki, ulaming 
yozma, qolaversa, nashr qilingan matnini o'qish mazkur asar haqida 
haqiqiy tasawur hosil qUmaydi. Xususan, askiya, latifa, tez aytish, 
topishmoq kabi janrlarni ma’lum bir muhitdagi asar ijrosi ta’siri, ularni 
jonli vaziyatda eshitish, shu holat ishtirokchisi sifatida his etish bilan 
uning matnini yakka holda o'qish o ‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. 
Bir qarashda matn jihatdan farqsiz bo‘lib ko‘ringan dostonlar ijrosida 
ham tabiiy ijro vaziyati bilan yozma matnni o ‘qish o'rtasida katta farq 
seziladi. Bu farq baxshilaming dostonni aytayotganlarida aniq ko‘rinadi. 
0 ‘zbekiston televideniyesi va radiosi orqali bir necha marta xalq 
baxshilari ishtirokida suhbat va ko'rsatuv uyushtirilgan bo‘Isa, ulaming 
birontasi traktsiz, repetitsiyasiz amalga oshmagan. Ma’lum bo‘lishicha, 
baxshi oddiy tinglovchilar o‘rtasida o‘zini erkin his qilar ekan. Mikrofon 
taqdim etilishi zahoti, telekameraning fokusi baxshiga qaratilgani zamon 
ijrochi ruhiy holatida o ‘zgarish ro‘y berar ekan. Bu holat hatto mashhur 
Bola baxshi, Qodir sozchi, Boltaboy baxshi, Chori baxshi ijrosida ham 
ko‘zga aniq tashlangan. Demak, og'zaki ijro, ijro bo‘lganda ham tabiiy 
holatdagi ijro asar fayzida alohida o ‘ringa ega.
Keyingi yillarda mutaxassis ertakchilar bilan muomala qilish imkoni 
bo'lmagani sababli bu janming og'zaki ijrosi va matnni o ‘qish o ‘rtasidagi 
keskin farq haqida biror asosli fikr bildirishga ojizmiz. Ammo og'zaki 
ijrodagi tovush tovlanishi, ayrim so‘z!arga beriladigan mantiqiy urg'u, 
ijrochining xatti-harakatlari nazarda tutilsa, og‘zaki ijodning og'zaki 
ijrodagi afzalligi baribir aniq namoyon bo‘laveradi. Xullas, to‘liq ishonch 
bilan aytish mumkinki, xalq og'zaki ijodi asarlarini og'zaki ijroda eshi­
tish mazkur asaming matnini o'qishdan afzal hisoblanadi. Og'zaki ijro 
folklor asarining yaratilishi, yashashida ikki oqibatni taqozo etadi. Birin- 
chidan, og'zaki ijro yozma adabiyotda kuzatilganidek, jiddiy mas'uli- 
yatdan xoli bo'ladi: yozma adabiyot vakili ijod qilayotgan asariga to'liq 
mas’ul hisoblanadi. Og'zaki ijroda esa bunday munosabat aynan asar 
og'zaki ijro etilayotgani uchun nisbatan zaiflashadi. Xalq latifalarida 
muayyan ijtimoiy hayotda ro'y bergan va berayotgan hodisalar keskin 
satirik tarzda tanqid qilinishi mumkin. Ammo yaratuvchi shaxsining 
mavhumligi - anonimligi eng ashaddiy tanqidiy latifalarda ham “emish” 
shiori ostida asaming yashashini ta’minlayveradi. Og'zaki ijro ayni 
paytda asaming ommalashuvida ham ijobiy ahamiyat kasb etadi. Chunki 
har bir ertak, doston, maqol, topishmoq, latifa ijro etilgani zahoti tinglov­
chilar orasidagi ma’lum iqtidorga ega shaxs tomonidan qayta hikoya
28


qilinishi mumkin. Qayta hikoya qilayotgan ijrochi esa asami og‘zaki 
eshitgani va og‘zaki ijro etayotgani uchun har bir so‘z, jumlani o'zga- 
rishsiz takrorlash lozimligidan o‘zini xoli hisoblaydi. Natijada, asaming 
mazmuni, g'oyasi, qahramonlari tavsifi asosan saqlangani bilan yangi 
ijrochi o ‘z asarida shaxsiy hayotiy kuzatishlarini, tajribalar xulosasini 
ifodalash imkoniga ega bo‘ladi. “Alpomish” dostonini Fozil Yo'ldosh 
qahramonli aytgan, Ergash shoir muhabbadi aytgan kabi mashhur 
mulohazalar bevosita og'zakilik fazilatlaridan hisoblanishi mumkin.
Ammo, ikkinchidan, og'zaki ijro asari yozib olinmagani taqdirda oxir 
pirovard o'limga mahkum etilish ehtimoli bor. Uzoq o'tmishda milla- 
timiz baxtiga yozib qo'yilgan o'nlab asarlar taqdiri fikrimiyni tasdiqlaydi. 
Oqilona fikr yuritib faraz qilaylik. Gerodot, Polien kabi mashhur tarix- 
chilar To'maris, Shiroq haqida ma’lumot bermaganlarida, bu rivoyat biz- 
gacha etib kelarmidi?! Mahmud Koshg'ariy hazratlari tomonidan meros 
qilib qoldirilgan “Devonu lug‘oti-t-turk” asarida 300 ga yaqin go'zal 
maqollar yozib qoldirilgan. Ular orasida “Osh totug'i tuz”, “Kishi alasi 
ichtin, yilqi alasi tashtin” kabi bugungi kunda hali foydalanilayotgan va 
“Tulki o'z uyasiga qarab hursa, qo'tir bo'ladi”, “Yayov oti - choriq, 
kuchi - oziq” kabi unutilgan maqollar ham bor. Devondagi ko'pgina ma- 
qollaming ma’nosi saqlangan, ammo ular tarkibidagi so'zlar o'zgargan. 
Xullas, zamonlar o'tishi bilan millat tilida ro'y bergan o'zgarishlar, 
ijtimoiy, maishiy hayotdagi yangiliklar, ayniqsa, og'zaki ijod namuna- 
larini yoddan biladigan insonlaming vafot etishlari oqibatida ko'p ajoyib 
asarlar yashashdan to'xtashi tabiiy bir holdir. Ayniqsa, XX asrimizning 
o'rtalarida xalq og'zaki ijodiga bo'lgan munosabat sovugani oqibatida bir 
qator ajoyib asarlar yo'qolib ketdi va ularni qayta tiklash mumkin 
bo'lmay qoldi.
O'nlab asarlaming yuzlab variantlari haqida gapirmasa ham bo'ladi. 
Ayniqsa, ertak va dostonlarda og'zakilikning salbiy tomoni alohida 
ko'zga tashlanadi. To'g'ri, bu janrlardagi ijrochi tomonidan yo'l-yo'lakay 
kiritilgan ahamiyatsiz, ya’ni asar syujetiga ta’sir etmaydigan yangiliklar 
variant nusxasini bermaydi. Ammo iqtidorli ertakchi yoki baxshi tinglov- 
chilaming qizg'in e’tiboridan ilhomlanib ba’zan qolipga tushgan asar 
matniga ahamiyatli o'zgarishlar kiritishi mumkinligini ham esdan chiqar- 
maslik lozim. Chori baxshi, Qahhor baxshi Qodir o'g'li ijrosida bu holat 
ko'p ro'y bergan. Muayyan vaziyat fayzidan ilhomlangan baxshilar 
yangidan-yangi epizodlami, voqea bayonlarini ijro etilayotgan dostonga 
singdirib ketishgan. Fozil Yo'ldosh o'g'li, Ergash Jumanbulbul o'g'li,
29


Islom shoir, Po‘lkan shoirlarda bunday vaziyatlar hamisha takrorlangani 
uchun xoh ijobiy, xoh salbiy ma’noda paydo bo‘lgan variant ijro tugagani 
zahoti yo‘q bo‘lishi ham tabiiy bir hoi hisoblanishi ajab emas.
Albatta, og‘zakilik haqida fikr yuritganda, xalq asarlariga jon ato etib 
turuvchi improvizatsiya - badihago'ylikni unutish mumkin emas. Impro- 
vizatsiya hamisha ijroga shukuh, fayz bag‘ishlagan. Qirq yildan ortiq 
vaqt mobaynida xalq og‘zaki ijodi fanidan ma’raza qilish davomidagi 
tajriba shuni ko‘rsatadiki, oliy o ‘quv yurtida dars beruvchi ustoz, o‘rta 
ta’limda mashg‘ulot o'tkazuvchi o ‘qituvchi nutqiga tinglovchilar kay- 
fiyati doimiy ta’sirini o‘tkazar ekan. Ilhom kelgan paytda oddiy mavzuni 
o‘quvchilarga tushuntirish jarayonida qiziq-qiziq fikrlar bostirib keladi, 
keyinchalik esa bu fikrlar maqolalarga aylanadi. G ‘ulom Karimov, 
Subutoy Dolimov, Muhammadnodir Saidov, Ozod Sharafiddinov tajriba- 
sida bu holatning muttasil davom etganiga sanoqsiz ravishda guvoh 
bo‘lganmiz. Aynan shunday vaziyat iste'dodli qo'shiqchilar, laparchilar, 
askiyabozlar, lofchilar, topishmoq aytuvchilar, ertakchilar va baxshilar 
hayotida ham ro‘y beradi. Improvizatsiya ijrochining ilhomiga bog‘liq. 
Mashhur Sulton kampiming qozoq oqiniga tog‘ning yoshini bilmoqchi 
bo‘lsang, og‘zini ochib, tishini ko‘r qabilidagi javoblari, baxshilaming 
tanish tinglovchilar fazilatlari, yoki kamchiliklari haqida doston ijrosi 
davomida hikoya qilib ketishlari ijro fayziga fayz qo‘shgan. Tinglovchi- 
laming hayqiriqlari ostida ijro etilayotgan doston o ‘chmas taassurotlar 
qoldirgan. Ustoz Hodi Zarif bo‘lajak 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish