to‘qilganim,
qo‘shiqlarda
maqtalayotgan
kolxozlar, besh yilliklaming asl
qiyofasi tanqid qilinganini e'tirof etish mumkin, xolos. Jumladan, o ‘z
paytida Otajon Hoshim tomonidan yozib olingan qo‘shiqlarda kolxoz
tuzumiga, hamma ekin maydonlariga faqat paxta ekish siyosatiga salbiy
munosabat bildirilgan qo‘shiqlar borligi haqidagi xotiralar mavjud, xolos.
Afsuski, taqdir taqozosi, turli sabablar bilan bu yozuvlar yo‘qolgan.
Mustaqillik, umuman, xalq qadriyatlariga, xususan, xalq og‘zaki
ijodiga boigan munosabatda keskin ijobiy o ‘zgarish yasadi. Preziden-
timiz Islom Karimovning “0 ‘zbekiston buyuk kelajak sari” asaridagi
“Mustaqil 0 ‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari”
deb atalgan bo‘limida: “0 ‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning
yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi”, - deyilgan. “Bu negizlar:
-umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
-insonning o ‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
-vatanparvarlik”2 - deb belgilab qo‘yilgan.
Yuqorida qayd etilgan to‘rt negizning har biri yo bevosita, yo
bavosita xalq og‘zaki ijodi, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ma’naviy
boyligi - pand, o ‘gitlari, el-yurt qadrini e'zozlash, millatimiz g ‘ururini
himoya qilishdek oliy tuyg‘ular bilan bog‘lanadi. Haqiqatan ham,
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, avvalo, milliy qadriyatlarga sadoqat
mezoni bilan o ‘lchanadi. Zero o ‘z qadrini bilmagan farzand o ‘zganing
qadriga etmaydi. Xalqimiz og‘zaki ijodidagi asarlarda esa aynan ana shu
g‘oya o ‘z ifodasini topgan.
“0 ‘zbekiston buyuk kelajak sari” asarida ilgari surilgan fikrlar
izchillik bilan hayotga tatbiq etila boshlandi. Xalq yurtboshi tomonidan
aytilgan har bir mulohaza bevosita davlat siyosati sifatida ro‘yobga
chiqishiga ishondi. Bunday rejalar esa xalq og‘zaki ijodi ham davlat
maqomiga ega ekanini tasdiqlaydi.
Kadrlar tayyorlash “milliy dasturi”ga muvofiq 0 ‘zbekiston maorifi
sohasida yangi bir tizim sifatida vujudga kelgan Akademik litseylarda
yarim yil davomida “0 ‘zbek xalq og'zaki ijodi” nomli maxsus kurs o‘tish
rejalashtirildi. Kasb-hunar kollejlarida ham dars soatlari ajratildi. To‘g ‘ri,
2
Каримов И.А. Узбекистан буюк келажак сари. - Т.: Узбекистан, 1998. - Б. 56.
18
umumta’lim maktablarida ham xalq og‘zaki ijodi haqida ma’lumot
beriladi. Ammo bu ma’lumot 5-9-sinflarda har yili 2-4 soat hajmda
bo‘lib, bir safar о ‘qitilgan mavzu kelgusi yilgacha o‘quvchi yodidan
ko‘tariladi. Oliy o ‘quv yurtlarida esa xalq og‘zaki ijodi darslari faqat
filologiya, 0 ‘zbek tili va adabiyoti, Jumalistika fakultetlarida mavjud.
Hozirgi vaziyatda o ‘rta ma’lumotga ega har bir yosh yigit-qiz uchun
og‘zaki ijodimiz merosidan bahramand bo'lish imkoni yaratildi.
Keyingi yillarda davlat tomonidan xalq qadriyatlariga e’tibor berilishi
natijasida og‘zaki ijod durdonalariga bo‘lgan qiziqish ancha jonlandi.
Farg'ona, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm,
Jizzax viloyadariga uyushtirilgan ekspeditsiyalar materiallari ayrim folk-
lorshunoslar bildirgan xalq og‘zaki ijodida tanazzul jarayoni boshlangani
haqidagi fikrlarning u qadar to‘g ‘ri bo‘lmay qolganini tasdiqlamoqda.
Ayniqsa, 2009, 2010-yillarda Toshkent viloyatining Angren, Qashqadaryo
viloyatining Yakkabog1, Chiroqchi tumanlariga, Shahrisabz shahri qish-
loqlariga qilingan safarlar doston, qo'shiq, ertak, topishmoq, о ‘lan janr-
larida yozib olingan matnlarga boy bo‘ldi.
1998-yilda Fozil Yo‘ldosh ijro etgan “Alpomish” dostonining to‘liq
matni “Sharq” nashriyot - matbaa konsemi Bosh tahririyati tomonidan
nashr ettirildi. Agar dostonning 1928-yilda Mahmud Zarifov yozib olga-
nini, shu paytgacha faqat turli qisqartirishlar bilan nashr etib kelinganini
nazarda tutsak, mazkur kitob biz uchun ne qadar aziz ekani ma’lum
bo‘ladi.
1999-yil 9-noyabr kuni esa “Alpomish”ning ming yillik to‘yi nishon-
landi. Bu tantanada so‘zga chiqqan yurtboshimiz Islom Karimov dos
tonning millatimiz g ‘ururini tarbiyalashdagi ahamiyatini alohida ehtirosli
so‘zlar bilan izhor etdi:
“Alpomish” - o ‘zbekning o ‘zligini namoyon etadigan, mard va tanti
xalqimizning yurak-yuragidan chiqqan, ota-bobolarimiz avlodlardan
avlodlarga o‘tkazib kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘idir”3.
Nutqda dostonning xalq tarixiga oid ma’lumotlarga boy ekani, yosh
avlodni tarbiyalashda juda muhim ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
Yurtimiz boshlig‘ining dostonga nisbatan hurmati quyidagi jumlada o‘z
ifodasini topgan: “Aslida xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas
bir doston bo‘lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shohbaytidir”4.
3 Каримов И. "Алпомищ " достонининг 1000 йиллигига багишлакган тантанали маросимда
сузлаган нутц.
II
Халк сузи, - 1999. - 9 ноябрь.
4 Уша нутк.
19
Xalq og'zaki ijodiga bu qadar yuqori baho berishning chuqur ildizi
bor. 1997-yil 29-avgust kuni 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XI
sessiyasida Islom Karimbv mamlakat kelajagini belgilovchi “Barkamol
avlod - 0 ‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” - deb atalgan nutq
so‘zladi. Mazkur nutqda shunday fikr beriladi: “Chor Rossiyasining
Turkiston o'lkasidagi general-gubematori M.Skobelev: “Millatni yo‘q
qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini
yo‘q qilsang bas, tez orada o ‘zi tanazzulga uchraydi”, - deb aytgan gapini
eslashning o ‘zi kifoya qiladi”5.
Ma’lum bo‘ladiki, madaniyat, san’at, til xalqning xalq sifatida ravnaq
topishining bosh omili ekan. Xalq ijodi esa madaniyat, san’at, tilning
asosini tashkil etuvchi tarkibiy qismdir.
Shuning uchun ham 1997-yilda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respub
likasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “Ma’naviy-axloqiy tarbiya
va ma’rifiy ishlar” alohida bo‘lim sifatida tasdiqlanishi bejiz emas. Unda
yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy
madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadri
yatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari
ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi ta’kidlanadi.
Bugungi kunda esa mustaqil o‘zbek xalqi madaniy hayotida qator
yangiliklar ro‘y bermoqda. Jumladan, “0 ‘zbekiston xalq baxshisi” unvo-
nining ta’sis etilishi, “Boysun bahori” bayramlarining o ‘tkazilishi o ‘zbek
xalqi o ‘tmishi bilan bugungi kunini bog‘lovchi o ‘ziga xos ko‘prik bo‘lib
xizmat qilmoqda.
2008-yilda “Ma’naviyat” nashriyoti Islom Karimovning “Yuksak
ma’naviyat - yengilmas kuch” deb atalgan kitobini nashrdan chiqardi.
Avvalo, aytish kerakki, kitobxon asaming boshidan oxirigacha xalq
qadriyatlari, o ‘tmish madaniyat, tarix haqidagi chuqur ilmiy mulohazalar
bilan tanishadi. Ayniqsa, muallifning xalq og‘zaki ijodiga bo'lgan
hurmati har bir sahifada aniq ifodalanib turadi:
“Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi
toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi
kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘l-
yozmalar... bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir”6.
5 Каримов И. Баркамол авлод - Узбекистан таравдиётининг пойдевори. - Т.: 1997. - Б. 5.
6
Karimov Islom. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Т.: Ma’naviyat, 2008. - B . 31.
20
Shuningdek, mazkur asarda yurtboshimiz “Alpomish” dostoni haqida
pangi fikrlami bayon etar ekan, ibratli xulosaga keladi: “Demak, xalqimiz
lo r ekan, - deydi u, - “Alpomish” dostoni ham barhayot”7.
t>, Muallif turli mavzular yo'nalishida o'z mulohazalarini izhor qilar
Ikan, ulaming yanada tushunarli bo‘lishi uchun “Bilagi zo‘r bimi, bilimi
pto'r mingni yiqar”, “Qush uyasida ko‘rganini qilar”, “Mahalla - ham ota,
ham ona”, “Tilga e’tibor - elga e’tibor”, “Uyat - o'limdan qattiq”, “Kuch
- adolatda” kabi maqol va buyuk ajdodlarimizning dono so'zlaridan
foydalangan. Natijada, bu namunalar yurtboshimizning avvalgi nutq va
ftsarlaridan o ‘rin olgan “Vatanni sevmoq iymondandir”, “milliy o ‘zlik”,
“xalq boshiga tushgan xavf’, “mudhish voqealar oldida holva bo‘lib
qolish”, “chalamullalar”, “ishingiz bitsa, bo'lgani” kabi xalqona ibora va
hikmatli fikrlar qatorini to'ldiradi.
Xullas, xalqimiz og‘zaki ijodining davlat maqomida e'zozlanishini
0 ‘zbekistonning mustaqillikka erishishining ijobiy natijasi sifatida
|baholash mumkin. Yurtimiz barkamol avlodini xalq og'zaki ijodidan
mukammal ma’lumotga ega bo‘lmagan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Chunki og'zaki ijod dostonlarida vatanga xiyonat qilgandan ko'ra o'limni
afzal bilgan Ravshan, butun harakatini parchalangan yurtini birlash-
tirishga bag'ishlagan Alpomish, o'z Vatanini ichki va tashqi dushman-
lardan himoya qilgan G o'ro'g'li, oilasini muqaddas bilgan Kuntug'mish
madh etiladi. 0 ‘zbekning butun fazilati, falsafasi, donoligi, dunyoqarashi,
oliy himmatliligi, turli hayotiy vaziyatlarga munosabati maqollarda aks
etgan. Insondagi mehnatga muhabbat, ishq tuyg'ulari qo'shiqlarda eng
oliy ichki kechinmalar sifatida ifodalangan. Ertaklarda xalqimizning eng
oliy orzu-havaslari namoyon bo'ladi. Ular bilan tanishgan yosh avlod
o'zbek uchun vatan, xalq, oila, mehnat, ilm, g'urur naqadar muqaddas
tushunchalar ekanini anglab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |