Ramazon-muborak-bo‘lsin-begim pdf



Download 200,57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2022
Hajmi200,57 Kb.
#681166
Bog'liq
ramazon-muborak-bo lsin-begim



"Ramazon muborak begim" 1-qism
Nastarinning bugun to‘yi.Dadasi juda qattiqqo‘l inson bo‘lgani uchun shu yigitga tegasan deb turib
oldi.Endigina 18ga qadam qo‘ygan qiz o‘zi mustaqil qaror qilishga ojiz edi.Yigit bilan boryo‘g‘i
2marta ko‘rishdi.Bir kelinko‘ylak tanlashda yana bir zaksga borishganda.Negadir yigit unga sovuq
muomila qilardi.Bu yoqmasada qiz uydagilarga inday olmadi.Nima ham derdi uning ko‘ngli bilan
kimning ishi bor...To‘y ham bo‘lib o‘tdi.Nastarin kuyov kelishini hayajon bilan kutardi.Turmush
qurgan yangalari unga ajib hangamalar aytib berib qizni ancha hurkitib qo‘yishgandi.Mana
Ramazondan oldin tushirib olamiz deb qo‘yarda qo‘ymay quda taraf kelin qilib oldi.Nastarin har yili
qoldirmay ro‘za tutadi.Har namozida onasining haqqiga duo qiladi.Onasidan erta yetim qolgani
uchun dadasi ko‘ngli o‘ksimasin deb boshqa turmush qurmadi.O‘zini shu qizi va o‘g‘liga
bagishladi.Shuning uchun ham Nastarin dadasining hech bir qaroriga qarshi chiqmaydi.Xona eshigi
ochilib sekin kuyov bolaning qadam tovushi eshitildi...Nastarinni yuragi qinidan chiqqudek
urardi.Yotoqning cheti g‘ichirlab kuyovning o‘tirgani eshitildi.Nastarin ortiga qarashga qo‘rqdi.
-Isming Nastarinmidi..-kuyovning ovozi dag‘alroq chiqdi.
-Xa..Assalomu aleykum-vanihoyat ortiga o‘girildi qiz.
-xullas meni eshit nega tez rozi bo‘lding bilmadimu ammo meni senda ko‘nglim yo‘q..o‘zimni
sevganim bor ammo onam senga yopishib turib oldilar kelin qilaman deb..sen ham erga tegish
orzuying ushaldi..onamni kelin qilish orzusi..-yigitning ko‘zlarida sovuq ifodadan Nastarinni yuragi
muzladi.Go‘yo butun orzulari yer bilan yakson bo‘lgandek. #Ramazon muborak begim 2-qism
-sizning ham ismingiz nima edi yaxshi yigit..-sekin alam bilan shivirladi qiz.Kuyov undan kutmagani
uchun hayron bo‘ldi:
-nima ismimni bilmaysanmi?-jaxl bilan so‘radi Nastarindan.
-yo‘q..men ham otam shu yigitga tegasan degani uchun tegdim..shunday ekan siz onangiz uchun men
esa otam uchun o‘zimizni chiroyli oiladek ko‘rsatishimiz zarur..Uning fikrlari kuyovga ma‘qul bo‘ldi
shekilli boshini silkidi.Ikkalasi alohida alohida uxlab tong ottirishdi.Kuyovni rejasi bo‘yicha yangalar
aldandi.Hamma hursand ikki yoshga baxt tilardi.
-Uvali juvali bo‘linglar ilohim-duo qildi yangasi kechadan ko‘ngli to‘lib.Nastarin o‘ylab qoldi"bola
ko‘rish men uchun armon bo‘lib qolmasa bo‘ldi".Uning hali ham bokira qiz ekanligini kim ham
bilardi.Yuzochar marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
-buncha oydek kelin ekane Oydinxonni kelini-havas bilan qarashdi qo‘shnilar.Atlas ko‘ylaklarda yal
yal yonib turgan Nastarin hech kimni e‘tiboridan chetda qolmadi.Kuyovdan boshqa hamma hursand
faqat ugina xuddi birovni marosimida qatnashayotgandek qovog‘i soliq o‘tirardi.
-hay Tohir tur bu nima o‘tirish-deb urshib berdi qaynonasi uni a‘zada qatnashayotgandek
o‘tirishiga."Shunchalik afsuslanadigan darajada xunuk ekanmanmi"o‘yladi Nastarin.Hamma raqsga
tusha boshladi.O‘yin kulgu avjida yolg‘iz kelin va kuyovdan boshqa hamma baxtli.Nastarin tezroq bu
marosimni tugashini kutardi. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 3-qism
Marosim ham tugab hamma kelin tomonidan kelgan qovurdoq bilan mehmon qilindi.Nastarinning
amma-yu xolalari uning onasini o‘rnini bildirmaslik uchun aylanib o‘rgilishardi.Nastarinning ko‘ngli
o‘ksidi balkim onasi hayot bo‘lganida uning ko‘ngliga qaragan bo‘larmidi...Hamma mehmonlar
ketgach u ham yig‘ishtirishga yordamlashmoqchidi qaynonasi yengilgina urshib berdi:
-qo‘y bolam o‘zi salom qilib charchading kirib damingni ol mana Nazokat ikkimiz yig‘volamiz dedi
Nastarinning qaynsinglisiga ishora qilib.Nastarin sekin xonasiga kirib o‘tirdi.Xonani tomosha
qilarkan uydagilarning didiga tan berdi.Chiroyli uslubda naqsh solingan..dadasining topgani
ro‘zg‘ordan ortmasdi.Shuning uchun ham Nastarin boshqa qizlarga o‘xshab erkalik qilmasdi.Doim
ro‘zgorni kam ko‘stiga qarab xarajat qilardi.Shu sababli haligacha telefon ishlata olmadi.To‘g‘ri
oddiyi bor edi ammo uni to‘ydan oldin ukasiga berdi.Shu payt xonaga Tohir kirib keldi.Nastaringa
e‘tibor ham bermadi.Qo‘l telefonini olib kimgadir telefon qildi:
-alo jonimmm yaxshimisan-qandaydir qizni erkalardi-seni sog‘indimku..arazlama nega hafasan axir


tushuntirdimku unga qo‘limni uchini ham tekkizmadim-Tohir Nastarin tarafga jirkangandek qarab
qo‘yarkan.Yana allanimalar haqida uyalmay bemalol gaplashishdi.Nastarinni g‘ururi hech qachon
bunchalik toptalmagandi.
-bas qila olasizmi-Tohirga jaxl bilan sekin ovozda gapirdi.Uydagilar atrofda bo‘lsa eshitib qolmasin
deb.
-to‘xta Asalim-degancha telefonni qo‘yib Nastaringa qaradi-hozir nima deding???
-bas qiling dedimmm-asabiylashdi Nastarin.
-ohoo hali tilim chiqib qoldi de-Tohir kuch bilan uni sochini changalladi-indamaganimga o‘zingdan
ketyabsanmi? Sendek bechora kambag‘al qizni mendek boy yigit nega oldi seningcha..-qizning
qulog‘iga alam va nafrat bilan shivirladi.Nastarin og‘riqdan baqirib yubordi.Shu payt eshikni
qaynonasi taqqilatdi:
-tinchlikmi Tohir?-aftidan u Nastarinni ovozini eshitgandi.
-tinchlik oyi..keliningiz erkalik qilyapti-deb kulgancha Nastarinni itarib yubordi o‘zidan.
-ha bolam hali yoshda qo‘y uxlab olsin-degancha ketdi qaynonasi.Nastarin og‘riq va alamdan labini
tishladi.Bunday azobu uqubatlar otasining boshini ham qilishdan ko‘ra ming marta yaxshiroq..mayli
hohlaganicha qiynasin men taslim bo‘lmayman..shunday deb o‘ylab o‘rnidan turib namoz o‘qigani
chiqib ketdi. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 4-qism
Oydin xola qizi Nazokat bilan kelinini namoz o‘qiyotganini zimdan havas bilan kuzatib turishardi.
-Oyi nima deysiz men ham o‘qiy olarmikinmina???-kelinga mehr bilan qarab qo‘yarkan Nazokat.
-albatta qizim astoydil hohlasang o‘rganasan onasi yo‘q bo‘lsa ham otasi a‘lo tarbiya beribdi
qo‘shnilaridan ham umuman yomon gap eshitmadim..ham sendan 2yosh kichik qara..otasiga rahmat-
degancha o‘g‘li bilan kelinini uzoq duo qildi Oydin xola.Shu payt Tohir uyidan chiqib keldi.
-ha o‘g‘lim qayoqqa darrov-ajablandi Oydin xola uni bashang kiyinib olganini ko‘rib.
-aka buncha atirga cho‘mildingiz-burnini berkitdi Nazokat.
-oyi mendan xavotir olmang o‘rtoqlarim chaqirishdi bir borib kelay tez kelaman-deb Tohir tez tez
yurgancha chiqib ketarkan.
-hay bolam chillalisana..tez qaytgin..-degancha javrab qolib ketdi Oydin xola.
-oyi ishqilib akam o‘sha qiz bilan yana uchrashmasmikina?
-jimm axmoq qiz kennoying eshitmasin..meni o‘g‘lim bo‘lsa unday qilmas agar qilsa qaytib o‘g‘lim
demayman uni-jaxli chiqdi Oydin xolani.Nastarin namozini o‘qib bo‘lib sekin xovliga chiqdi.Uyerda
qaynonasi va qaynsinglisini ko‘rib biroz shoshib qoldi.
-haligi men shunchaki..namoz o‘qib oldim-dedi ko‘zi yer chizib.
-bolam bu uy endi seniki..hecham tortinmagin..
-kennoyi men ham namoz o‘qisam maylimi ochig‘i havasim keldi sizga-dedi iltijoli tikilib.
-bajonidil o‘rgataman bundan buyon opa singilmiz o‘zi rosa opam bo‘lishini hohlardim mana Ollohga
shukur erishdim-chin dildan quvondi Nastarin.Oydin xola ularni ko‘rib mehri jo‘sh urdi."Peshonam
besh qarich ekan shunday kelin yo‘liqdi"deb o‘yladi ularni mamnun kuzatarkan.
-Tohir jo‘ralarini oldiga ketdi..kunbo‘yi yolg‘iz o‘zing zerikasan shunchun bemalol Nazokat bilan
hangoma qilib o‘tiraver qizim men bo‘lsam biroz dam olay qaribman shekilli charchab qoldim-deb
uylariga kirib ketdi.
Tohir shu kuni allamaxalda kirib keldi.Nastarin qaynsingilisini yonida uxlab qoluvdi.Shovqin
surondan uyg‘onib ketdi.Aftidan qaynotasi va qaynonasi uni obdon urshishayotgandi. #Ramazon
muborak bo‘lsin begim 5-qism
Nastarin sekin tashqariga chiqdi.Tohir sekin qadam bosgancha uyga tomon yurardi.Nastarinni ko‘rib
jaxl bilan o‘tib ketdi uni yonidan.Xuddi hammasiga u sababchidek.Qaynonasi va qaynotasi xonalariga
kirib ketganiga qaraganda unga oxirgi gaplarini aytib bo‘lishgan.Nastarin kelinlik uyi eshigini bir
zum ikkilanib ushlab turdi.So‘ng qiziqish ustunlik qilib kirdi.Kirsa Tohir kiyimlarini ham yechmay
oyog‘ini chalishtirgancha tepaga qarab yotardi.Tashqaridan qarasa kelishgan yoqimtoy ammo fe‘li
uning tamoman teskarisi.


-yana qancha kuzatib turmoqchisan-u tomonga o‘girildi Tohir.Qora qoshlari timqora ko‘zi lekin
buncha qarashlari sovuqq...o‘ylardi Nastarin.
-men shunchaki choy kerakmasmi demoqchidim-nima deyishni bilmay kalovlandi Nastarin.Tohir
sekin o‘rnidan turib unga juda yaqin keldi.Yaxshilab uni tomosha qildi.
-nimadirrr yetishmayapti..baribir u emassanda..-sekin afsus bilan undan uzoqlashdi yigit.Nastarinni
tomog‘iga nimadir tiqildi.Mayli uni sevarkan ammo uni deb Nastarinni yuragini parchalashdan nima
foyda.Nastarin ortiga o‘girilib chiqib ketmoqchidi..
-telefon raqaming nechchi?-dedi Tohir telefonini titkilarkan.
-meni telefonim yo‘q-ko‘zlari yoshlandi Nastarinni.
-yo‘qmi? Yo yigiting obergan bo‘lsa erim bilmasin deb tashlab kelganmisan-ayyorona kuldi
Tohir.Nastarinni jaxli chiqib ketdi:
-men siz emasman ko‘chada sayoq yuradigan..-tilini tiyolmadi.Tohir jaxl bilan uni yuziga tarsaki
tortib yubordi.
-sen hali menga aql o‘rgatadigan bo‘ldingmi?-shivirladi yigit-agar uydagilar bilan bugun
urushmaganimda seni ta‘ziringni berib qo‘yardim..-deb atrofga hech kim ko‘rmayaptimi degandek
qarab qo‘ydi.Nastarin hali hech kimdan kaltak yemagandi.Ko‘zidan o‘t chiqib ketdi
o‘ziyam.Kaltaklanishga arziydigan gap qildimi..nachora ko‘nishga majbur..hech bo‘lmasa
qaynsinglisi mehribon qaynonasi bor..erini o‘zi ham sevmaydi..u ham uni sevmaydi..shunday ekan
tarsaki uchun kuyinish shartmas shunday o‘ylar bilan Tohirni o‘zidan uzoqlashtirdi.
-ojizalarni urib rohatlansangiz mayli roziman ammo aslo haqorat qila ko‘rmang-dedi qat‘iy eriga
tikilib.
-kechirim so‘ra-qizdan ko‘zini uzmadi Tohir-bo‘lmasa sog‘ chiqmaysan..ota onamga yiqilib tushdim
deysan-uni mazax qilib kuldi.
-kechiring..-dedi Nastarin ham bir zum ko‘zini uzmay.
-mana bu boshqa gap xotinim-dedi Tohir joyiga o‘tirarkan -mana bu telefon senga men kech
keganimda telefon qilsam eshikni bildirmay ochishing uchun-deya o‘zini telefonini uzatdi.Nastarin
hayron bo‘ldi
-axir bunga sevgilingiz qilmaydimi-alam bilan so‘rarkan.
-yo‘q ikki uch kuncha qilmaydi arazladi-kuldi Tohir-bugun qolmaganimga..Nastarin bir telefonli
bo‘lganiga xursand bo‘lsa bir bu telefon faxsh ishlarga xizmat qilganini eslab jirkanardi.Ammo hozir
yo‘q desa qaytib bunday imkoniyat bo‘lmasligi mumkin shuning uchun rahmat aytib olib qo‘yaqoldi.
-qanday ishlatishni bilasanmi buni o‘zi umringda bunaqa qimmat telefon ko‘rmagandirsan-Nastarinni
ustidan kuldi Tohir.
-ha ko‘rmaganman chunki men otamni erkasimasman-degancha jaxl bilan xonadan yugurib chiqib
ketdi."Buncha nafrat qayerdan"hayron bo‘lardi Nastarin.Hovliga chiqib toza havoda chuqur nafas
oldi.Tani yayradi.Qaynsinglisi uxlayotganini ko‘rib sekin yana joyiga yotib oldi. #Ramazon _muborak
bo‘lsin begim 6-qism
Nastarin telefonni qiziqib ochdi.Tan olish kerak oxirgi rusumdagi model shekilli ishlashi juda tez
ekan.Rasmlarga kirdi.Unda o‘sha qizni ko‘rish ishtiyoqi kuchlilik qildi.Albatta rasmlar uning rasmi
bilan to‘la bo‘lsa kerak.O‘ylaganidek u uchun alohida papka qilib qo‘ygan ekan."Asalim"deb yozilgan
papkaga kirdi.Tohir u bilan xuddi er xotindek bemalol rasmga tushgan juftlikni bormagan joyi
qolmagan shekilli hammasida chiroyli manzaralar.Uyoqlarga borishga Nastaringa yo‘l bo‘lsin.U doim
o‘zi uchun bir narsa so‘ramagan..faqat baxtiga oilasi sog‘ bo‘lsa bas.U qizga havasi keldi..qanday
baxtli sevadigan insoning bo‘lsa...lekin bir tomondan juda g‘alati sevgisi chin bo‘lsa uylanib nima
qilardi boshqa qizni baxtsiz qilib.Nastarinni boshi og‘rib ketdi.U qizni sinchiklab kuzatdi Tohirga
shunaqa kalta ochiq sochiq kiyadiganlar yoqadi shekilli.Rus desang o‘zbek qizga o‘xshaydi sochlari
sariqdan sal beri..Nastarin o‘zining tim qora sochlarini sekin ushlab qo‘ydi.Maktabda hamma uning
sochiga havasi kelardi.Shuning uchun ham hecham sochini bo‘yamagan.Ko‘zlari zo‘riqdi oxiri sekin
telefonni qo‘yib uyquga ketdi.Ertalab uxlab qolibdi.Turib qarasa allaqachon tong otib
ketibdi..Namozim..shoshgancha yuz qo‘lini yuvdi.Qaynona qaynotasidan uyalib ketdi."Yangi kelin


ham shuncha uxlaydimi sharmanda"o‘ylay boshladi yerga kirgudek bo‘lib yurarkan.Uydagilar
ayvonda choy ichib o‘tirishgan ekan.Sekin borib egilib salom soldi.Qaynotasi viqor bilan:
-ko‘p yasha qizim..o‘g‘lim bilan qo‘sha qarib uvali juvali bo‘linglar-degancha duo qilib qo‘ydi.Tohir
uni zimdan kuzatib o‘tirardi."Dushmanni kuzatayotgandek qaraydiya"o‘yladi Nastarin uning sovuq
nigohidan seskanib.Darrov uyga kirib kiyimlarini almashtirib chiqdi.Kimdir telefonni xonasiga qo‘yib
qo‘yibdi.Shoshayotgani uchun e‘tibor bermay chiqib ketdi.Hammani ishga kuzatgach sekin choyga
o‘tirdi.Shu payt Tohir xonasidan turib baqirdi:
-o‘vv buyoqqa kel..Nastarin ko‘ngli g‘ash bo‘lib chopib bordi.
-tinchlikmi nima gap?-hayron bo‘ldi.
-buni ichidagi rasmlar qani a?-dedi Tohir telefonda bo‘sh papkani ko‘rsatib-nima qilding o‘chirsam
unutadi deb o‘yladingmi-qizni tomog‘ini bo‘g‘di.Nastarinni boshidan do‘ppisi tushib ketdi.
-nimalar deyapsiz men hali hech narsani o‘chirganim yo‘q-ko‘zlaridan yosh oqdi.
-aka uni qo‘yib yubor-degancha xonaga Nazokat vajohat bilan kirib keldi.
-sen aralashma Nazo bu tagi past o‘zini joyini unutib qo‘yibdi-dedi Tohir Nastarinni qo‘yib yubormay.
-aka rasmni men o‘chirdim unda ayb yo‘q-degancha borib Nastarinni uning changalidan ajratib oldi.
-sen??-hayron bo‘ldi Tohir-nega telefonimni titding-baqirdi singlisiga.
-Aka jim bo‘l yo‘qsa dadam bor haqiqatni biladi va bir tiyinsiz qolasan ko‘ramiz shunda oyimchang
nima qilarkin-dedi Nazokat qoshlarini chimirib.Tohir bu gaplarni Nastarin eshitmasligi uchun uni
xonadan chiqarib yubordi.Aka singil nimalar haqida gaplashishdi Nastarin buni bilmadi ammo
bilgani Nazokat uni qutqarib qoldi.Yo‘qsa..o‘sha uchun o‘z xotinini ham bir narsa qilib qo‘yarmidi bu
Tohir deganlari..Nastarin horg‘in kayfiyatda uylarni yig‘ishtirishga tushdi. #Ramazon muborak
bo‘lsin begim 7-qism
Nastarin shunaqa hafa bo‘lgan paytlari Fotiha surasini aytib ish qilishni yaxshi ko‘radi.Uni
eshitganda bu hayotning o‘tkinchiligini..bandasining bandasiga berayotgan har bir ozorlarining
javobi borligini tushunadi..birdan yengil tortdi."Hali hammasi oldinda hammasi yaxshi
bo‘ladi"degancha ishlarini davom ettira boshladi.Shu payt yoniga Nazokat keldi:
-kennoyi yana shunaqa vaziyat bo‘lsa jim turmang akamning aslo haqqi yo‘q sizga bunday qilishga-
aftidan hali ham akasidan jaxli chiqardi-o‘qishga ketayotib birdan leksiya daftarim qolib ketgani
esimga tushdi.Qaytib uyga kirsam ovozlaringiz eshitildi ochig‘i akamdan buni kutmagandim..
-meni deb akangiz bilan sen menga bormang iltimos opa-kuyunchaklik bilan gapirdi Nastarin.U aslo
aka singil o‘rtasiga nifoq solishni hohlamasdi.
-o‘qish mazza bo‘lsa keraga?-Nazokatga havas bilan tikilarkan.
-kennoyi siz ham o‘qishni hohlaysizmi-ko‘zlari porladi Nazokatni.
-juda ham..ammo endi iloji yo‘qq-birdan mahzun tortib qoldi Nastarin.Uni o‘qitaman deb kimning
ham ko‘zi uchib turibdi.
-nega iloji yo‘q ekan kennoyi biz bormizku o‘qitamiz faqat siz o‘qiyman desangiz albatta-kuldi
Nazokat.
-albatta hohlayman faqat akangiz-o‘ylanib qoldi Nastarin.Tohir bunga qanaqa qararkin..
-akamni ko‘ndirish mendan bo‘pti kennoyi men ketdim kechikib ketdim..-deb soatiga qarab shaxdam
yurgancha chiqib ketdi.Uning ortidan Nastarin havas bilan termulib qoldi.Qaniydi onasi hayot
bo‘lganida..u ham xuddi Nazokatdek o‘qigan bo‘lardi..butun qalbini borini berib o‘qirdi..Nastarin
homush tortib yana ishlariga unab ketdi.Kelinlik xonasiga qaytib qadam bosmadi.Tohir ham shu bo‘yi
tashqariga chiqmadi.Hademay Ramazon oyi ham keladi ko‘ngli ajib hislarga to‘ldi Nastarinni.U
uchun endi Tohirning qanaqa munosabatda bo‘lishini farqi yo‘q edi.Shundoq ham qizdek ko‘rayotgan
qaynonasidan baxtli edi.Onasini qayta topgandek hursand bo‘lib yashay boshladi.Tohir advokat bo‘lib
ishlar ko‘pincha uyga kelmay ham qo‘yardi.Bunday paytlari Nastarin Nazokat bilan dildan
suxbatlashib o‘tirishardi.Nazokat o‘qishdagi hangomalarni to‘lqinlanib gapirib berar Nastarin bo‘lsa
uni berilib eshitardi.
-Oyi bugun ishxonadagilar bazm uyushtirishayapti ekan shunga borishim kerak-dedi Tohir po‘rim
kiyinib olgancha.Oydin xola:


-unda kelinimni ham olib bor anchadan beri ko‘chaga chiqgani yo‘q zerikkan..-dedi Nastaringa
qarab-bo‘l qizim tez kiyinib chiq birga borasan.Tohir onasiga qarshilik qilolmadi. #Ramazon
muborak bo‘lsin begim 8-qism
-Nazokat qizim-Oydin xola qizini chaqirdi.
-ha oyi?-ichkaridan chiqib keldi qizi.
-tez kennoyingga yordamlashvor akang bilan bazmga ketishyapti..
-yo‘g‘ee-ko‘zlari kuldi Nazokatni akasiga qarab-shu rostmi akajon..bo‘ldida hozir o‘zim
yordamlashvoraman-u qo‘yarda qo‘ymay Nastarinni o‘zining xonasiga boshlab ketdi.Tohir ichida uff
tortib qo‘ydi."Endi hamma ustimdan kulishi qoluvdi bu qishloqi qizni yetaklab yuramanmi endi"deb
o‘ylagancha asabiy uyoqdan buyoqqa borib kela boshladi.
-xo‘sh kennoyi mana bu kiyimlardan birini tanlaymiz-degancha Nazokat naqshinkor katta shkafdan
har xil turdagi chiroyli ko‘ylaklarini chiqardi.
-voy men bunda qanday yuraman..-hayron bo‘ldi Nastarin qimmat ko‘ylaklarga hayiqib qararkan.
-mana bunday yurasiz-kulgancha nozik qiliqlar qilib yura boshladi Nazokat-hozir birinchi sizni
malikaga aylantiraylik o‘tiring..-degancha ko‘zgu qarshisiga o‘tqizdi."Did bilan kiyinish bo‘yicha
Nazokatga yetadigani yo‘q"o‘yladi Nastarin.Shuning uchun ham Nazokatning oshiqlarini son sanog‘i
yo‘q edi.Nazokat butun e‘tiborini Nastaringa qaratib uni qunt bilan bo‘yantira boshladi.Lolarang
libos Nastarinni guldek ochib yubordi.
-endi qizil pomada qo‘yamiz-degancha Nazokat uni chiroyli lablarini alvon tusga bo‘yab
qo‘ydi.Nastarinni ko‘zguga ko‘rsatmay to‘g‘ri akasi va onasini oldiga olib chiqib ketdi.
-xo‘sh kutib oling stilist Nazokatni birinchi mijozini-deb sho‘x kulgancha Nastarinni ularga
ko‘rsatdi.Avvaliga ular tomonga qaramagan Tohir Nastarinni ko‘rgach undan ko‘zlarini uzolmay
qoldi.
-voy meni chiroyli kelinimdan aylanay-Oydin xola kelinini yuzini o‘pib qo‘ydi-ilohim ko‘z tegmasin
qani endi boraqolinglar..-degancha ularni kuzatib yuborishdi.Nastarin sekin borib mashinaning
orqasini ochmoqchidi.Tohir mashinaning old eshigini ochdi:
-o‘tir..Nastarin iymanib borib old o‘rindiqqa o‘tirdi.Yo‘lda ketishayotganda Tohir tushuntirdi:
-borayotgan joyingda kazo kazolar bo‘ladi iltimos har narsa deb gapiraverma..qachon men ruxsat
bersam gapirasan-degancha yo‘ldan ko‘zini uzmadi.Nastaringa qolsa unday joyga bormasdi ammo
qaynonasi aytgach yo‘q deyolmadi.Tohir bilan yurish esa azob.Ular ulkan saroysifat restoranga
to‘xtashdi.Nastarin hayajondan ko‘ylagini etagini g‘ijimlardi.
-avval bunday joyga kelmagansana?-mazaxladi Tohir uni hayajonlanayotganini ko‘rib.Nastarinni jaxli
chiqdi shu chiroyli kulib turgan yuziga tuflisi bilan tushirsa nima qilarkina..Tohir mashinani qo‘yib
kelib sekin Nastarinni qo‘lini tutdi:
-bu yerda ham ajoyib juftlik rolini o‘ynaymiz xuddi uydagidek-sekin gapirdi faqat Nastarin
eshitadigan qilib.Nastarin bosh silkidi.Ichkariga kirishgach hammaning nigohi ularga
qaratildi...ayniqsa Nastaringa.. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 9-qism
Nastarin o‘ziga qaratilgan nigohlardan hijolat bo‘lib Tohirni qo‘lini qattiq qisayotganini bilmasdi.
-hoy sekinroq..qo‘rqma bular vampirlar to‘dasimas oddiy odamlar-sekin Nastarinnig qulog‘iga yaqin
borib shivirladi Tohir.
-ey do‘st bormisan..-Tohir qatori yigit kelib Tohirni mahkam quchoqladi-bu deyman Zuhroyingni
topib bizlarni unutvordingmi deyman-deb kulgancha Nastaringa qaradi:
-salom kelin yaxshimisiz..baxtli bo‘linglar hali nasib qilsa choy ichishga boramiz..
Nastarin uyalib salom berdi.Davrani chetida bir yigit undan ko‘zini uzolmay zimdan kuzatayotganini
sezmasdi."Shuncha yil qidirgan qizim xuddi shunday ko‘rinishda edi..sochlari taqimini o‘paman
deydi..ertakdagi malikadek..Ma sha Allah"o‘ylardi notanish yigit ammo Nastarinni yoniga borishga
yuragi dov bermadi yonidagi yigitni akasi deb o‘ylab.Hamma stolga o‘tirib ovqatlana boshladi.Tohir
bilan birga ishlaydigan qizlar Nastaringa ham havas ham hasad bilan qarayotgan edilar.Tohir
Nastarinni hech nima yemayotganini ko‘rib sekin shivirladi:


-iltimos biron narsa yeb o‘tir..Nastarin xo‘p degancha sekin salatni ermak qila boshladi.Tohir
ishxonadagilari bilan turli xil mavzuda bahslashar Nastarin bo‘lsa ularni havas bilan tinglab o‘tirardi.
-kelin o‘qiganmi?-so‘radi Tohir bilan birga ishlaydigan ayol.
-yo‘q hali endi 18ga kirdi hali ulguradi o‘qishga-dedi Tohir bamaylixotir.
-qaysi sohaga qiziqasiz?-qiziqib so‘radi ayol Nastarindan.
-huquq sohasiga-uyalinqirab javob berdi Nastarin qolganlar unga diqqat bilan tikilganini ko‘rib.
-o‘ Tohir kelinni atay bizni sohani sevadiganidan topdingmi deyman-kuldi Tohirni do‘sti.Ular yana
ancha suhbatlashishdi.Biroz o‘tib sokin musiqa yangradi.
-qani yuringlar bir xotinlarni xursand qilaylik valsga taklif qilib-dedi Tohirni boyagi do‘sti.Er xotin
bo‘lib tashrif buyurganlar ko‘p ekan navbatma navbat ayollarini taklif qilib valsga tusha
boshlashdi.Nastarin nima qilishni bilmay turardi.Tohir esa jim qolganlarni kuzatardi.
-kechirasiz sizni valsga taklif qilsam maylimi-undan chiroyli muomila bilan so‘radi bo‘y basti
kelishgan istarali yigit.Nastarin Tohir tarafga qaradi.Ammo Tohir Nastarin shuyerdaligini esidan
ham chiqarib yuborgan shekilli ishxonasidagi bir qiz bilan hangoma qilib sharob xo‘plab
o‘tiribdi.Nastarinni jaxli chiqdi alam ustida:
-ha mayli roziman-degancha yigit bilan vals tusha boshladi.Qo‘shiq biram vujudni titratar darajada
yoqimli ediki..Nastarin bir zumga o‘zini yengil qushdek his qildi.Yigit sekin uning belidan qo‘lini
o‘tqizdi.
-Ismingiz nima?-so‘radi u musiqa monand harakat qilarkan.Nastarin avval hech ham vals tushmagani
uchun yigitni qiynab qo‘yamanmi deb rozi bo‘lganiga afsuslana boshladi.Hammasiga Tohir sababchi..
-Nastarin..-sekin javob berdi Nastarin undan qanday qutilishni o‘ylarkan.
-chiroyli ismingiz borekan-yigit unga mehr bilan tikilarkan.Nastarin o‘ng‘aysizlandi.Shu payt kimdir
uni orqadan kelib kuch bilan tortib oldi.
-kechirasiz yaxshi yigit birovlarni xotini bilan vals tushish odobdanmas-degancha vajohat bilan
Nastarinni belidan qo‘lini o‘tqizib oldi Tohir. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 10-qism
Aftidan yigit bunday yangilikni kutmagan shekilli ko‘zlarida umidsizlik aks etdi.
-uzr bezovta qilgan bo‘lsam..-degancha ulardan uzoqlashdi yigit.Tohir ikkala qo‘lini ham Nastarinni
belidan o‘tqizgancha uni o‘ziga mahkam tortdi:
-meni hotinim ekanligingni unutib qo‘ydingmi deyman-Nastarinni ko‘zlariga jaxl bilan qararkan.
-nomiga er xotinmiz desangiz to‘g‘riroq bo‘lardi-dedi Nastarin uni boya bitta qiz bilan gaplashib
turgani yodiga tushib.
-nomiga degin tushunarlii..-degancha asta Nastarinni yuziga yuzini yaqinlashtirdi.Nastarin undan
qochmoqchidi afsus baquvvat qo‘llar bunga to‘sqinlik qildi.Tohir sekin labini qizning lablariga
bosdi..Nastarin ham uyatdan ham ilk bo‘sadan hushini yo‘qota boshladi..Atrofdagi qarsaklarni bazo‘r
eshitdi va hushidan ketdi..
Bir payt ko‘zini ochsa Tohirning mashinasida orqa o‘rindiqda yotgancha ketyapti ekan.
-nima bo‘ldi?-so‘radi zo‘rg‘a o‘rnidan turib.
-o‘zingga keldingmi? Hammani yonida kulguga qoldik-ortiga qaramay mashinani haydab ketardi
Tohir-do‘stlarim kechasi bilan kelinni o‘ziga keltirish bilan shug‘ullanasan ekanda deb kuldi -dedi
asabiylashib rulga urib qo‘yarkan.
-kim sizga mendan bo‘sa oling dedi-jaxli chiqdi Nastarinni.Axir u aybdor hammani yonida shunday
qilish shartmidi..
-nima umringda yigit kishidan bo‘sa olmaganmisan-hayron bo‘lib ortiga qarab qo‘ydi Tohir.Nastarin
bu safar jaxlini tiyolmadi:
-hoziroq mashinani to‘xtating iltimos..-degancha mashinani eshigini ochib yubordi.Mashina g‘iyq etib
to‘xtadi.Nastarin shartta mashinadan tushib duch kelgan tomonga keta boshladi.
-qayoqqa ketyapsan..axir yomg‘ir yog‘yaptiku..-dedi Tohir mashinadan boshini chiqarib.
-men yomg‘irdan qo‘rqmayman-dedi Nastarin ortga qaramay.Unga yomg‘ir bolalikdan
yoqadi.Xuddiku yomg‘ir ostida barcha g‘uborlar yuvilib ketadigandek yomg‘irda ko‘pincha
soyabonsiz yurardi.Yomg‘ir ham bir ne‘mat..Tohir ham uning ortidan tushib orqasidan kela boshladi.


-to‘xta dedim..-qizning qo‘lidan tortdi.
-iltimos meni shu yerda tashlab keting ortiq siz bilan yashagim kelmayapti..-yig‘lab yubordi Nastarin-
men chiday olaman deb o‘ylagandim yo‘q men ham hamma qatori oddiy inson ekanman..aslo
boshqacha emas-deb Tohirning qo‘lidan qo‘lini tortdi.Tohir bir zum unga tikilib sekin qo‘li bilan
uning yuzlarini artdi.
-Nazoyam bor bo‘yoqni surtganmi deyman..-sekin jilmayib ko‘zlari tagiga oqgan bo‘yoqlarni artib
qo‘yarkan-seni ortiq qiynamayman..-degancha bu safar sekin astalik bilan qizdan uzoq bo‘sa oldi...
#Ramazon muborak bo‘lsin begim 11-qism
Ular uyga qaytishganda hamma uyquga ketgan ekan.Nastarin sekin Nazokatni xonasiga kirmoqchidi
Tohir uni to‘xtatdi.
-bu kecha men bilan qol..-dedi Nastaringa boshqacha nigoh bilan boqarkan.Nastarin birinchi marta
muhabbat nimaligini his qila boshlagandi..Qarshisidagi bu yigitning so‘zlari samimiyligiga chin
dildan ishondi..Birgalikda sekin yotoqga kirishdi.Tohir telefonini qo‘ygancha sekin kiyimlarini yecha
boshladi.Shu payt uning telefoniga xabar keldi.Nastarin o‘girilib xabarni birinchi bo‘lib o‘qishga
ulgurdi.
"Jonim Tohirchik nega javob yozmadingiz xabarimga rostdan ertaga kelmoqchimisiz"degan xabar
ortida uzundan uzoq o‘pich yo‘llayotgan odamchalar rasmi bor edi.Nastarinni kimdir jarlikdan itarib
yuborgandek bo‘ldi.Tohir uning qo‘lidan telefonini tortib olarkan xabarga javob yoza
boshladi.Nastarin shunchalik sodda ishonuvchanligidan afsuslanib ketdi..Sekin o‘rnidan turgancha
xonadan chiqmoqchidi uni Tohir to‘xtatdi:
-qayoqqa?-yana o‘sha masxaralagandek sovuq qarashlar..go‘yoki boyagi yigit qayoqqadir uchib
ketgandek..
-o‘z joyimga-zarda qildi Nastarin.
-sen bitta o‘pganimga darrov men bilan yotadi deb o‘yladingmi-degancha Nastarinni qo‘lini qattiq
qisdi-sen bilan onamni ko‘ngli uchun yashayapman bu degani menga egalik qilasan degani
emas..uqdingmi-sekin jaxl bilan gapirdi Nastaringa yaqin borib.Nastarinni qo‘li og‘riy boshladi..
-uqdim..iltimos qo‘yvoring-og‘riqdan qo‘li qizara boshladi.Tohir uni siltagancha o‘rniga borib yotib
oldi.Nastarin yig‘lab yubormaslik uchun lablarini qattiq tishladi.Nega unaqa ekana u..nahotki mehr
berish shunchalik qiyin bo‘lsa...ko‘p narsa so‘ramayapmanku..nimalar deyabmana axir o‘zim
axmoqman uni meni sevib qolishiga ishonibman..shunday o‘ylar bilan sekin borib Nazokatning
yoniga kirdi.Kiyimlarini almashtirib sekin o‘rniga yotgancha ovoz chiqarmasdan o‘ksib yig‘lab
yubordi. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 12-qism
Ertalab barvaqt uyqudan uyg‘onib yuvinib taranib namoz o‘qidi.Ancha ko‘ngli yengil tortdi..Olloh
taqdirimga shunday insonni bitibdimi demakki qandaydir hikmat bor..yaxshiyamki Nazokat opa bor
menga o‘z singlisidek g‘amxo‘rlik qiladi deb o‘zini ovutgancha yelib yugurib uy ishlarini qila boshladi
Nastarin.Hamma uyg‘onib choy ichish uchun ayvonga yig‘ilgach egilib egilib salom soldi.Birgina
Tohir hali turmagan shekilli chiqmabdi.
-kecha yaxshi borib keldinglarmi qizim-qaynonasi mehr bilan termuldi keliniga.
-ha oyijon yaxshi borib keldik-ichidagi isyonni bostirdi Nastarin.
-meni ko‘ylagimga hamma lol qolgandira kennoyi-kuldi Nazokat sekin choy xo‘plarkan.
-ha judayam chiroyli ko‘ylak ekan rahmat-dedi Nastarin kayfiyatini sezdirmaslikka harakat qilarkan.
-qizim sen bugun hujjatlaringni olib universitetga bor men gaplashib qo‘ydim bir domla
topshirishingga yordamlashadi-dedi qaynotasi.
-vuyy dadajonim rahmat-dadasining yuzlaridan o‘pib qo‘ydi Nazokat-albatta birga borib topshiramiz -
dedi Nastaringa kulib qarab.Nastarin hursandchilikdan osmonlarda uchardi..nahotki bu o‘ngi
bo‘lsa..endi u ham talaba bo‘ladimi..
-rahmat dadajon-dedi qaynotasiga uyalinqirab qararkan.
-rahmatni mengamas Nazoshimga ayt qizim-kuldi qaynotasi-ertayu kech gapiraverib charchadi..
-albattada o‘qigani yaxshi chalg‘iydi..ertaga farzandli bo‘lsa farzandlariga tarbiya berishga


qiynalmaydi..-dedi kuyunchaklik bilan qaynonasi.
-men hozir akamga aytaman bizni tashlab keladi-o‘rnidan turib akasining yoniga chopib ketdi
Nazokat.Tohir boshida qarshilik bildirgandi ammo onasi jerkib bergach majbur rozi bo‘ldi.Ularni
universitetga indamay tashlab qo‘ydi.Nastaringa endi farqi yo‘q Tohir hohlagani bilan
uchrashsin..eng muhimi o‘qish..hayotdagi eng katta orzularidan biri edi mana endi ro‘yobga
aylanmoqda..Hujjatlarni topshirarkan tanish chexraga ko‘zi tushib hayron bo‘ldi:
-siz??
-Nastarin-kuldi yigit.Bu o‘sha bazmdagi yigit edi.Tasodifni qarangki u universitetda huquq fanlaridan
dars berarkan.Yosh bo‘lishiga qaramay ko‘plab ilmiy mukofotlarni olgan shu bilan birga eng shijoatli
yosh kadrlardan edi u. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 13-qism
Assalomu aleykum domla-kulib ularni yoniga keldi Nazokat-yaxshimisiz?
-yaxshimisiz Nazokat imtihonlarni topshirib olyapsizmi eson omon?.Nastarin uning
xushmuomilaligini ko‘rib xayron qoldi.Tan berish kerak Tohir kelib madaniyatni bu yigitdan o‘rganib
ketsa bo‘larkan..
-domla bu kennoyim bo‘ladilar rosa huquq sohasiga qiziqadi..-dedi domlaga Nastarinni
tanishtirarkan..yana o‘sha mahzunlik uning ko‘zlarida aks etdi..Nastarin uning o‘zgargan nigohlarini
e‘tibordan chetda qoldirdi.
-juda yaxshi..o‘zingizga o‘xshab ilmga chanqoq bo‘lsa albatta kirib ketadi-dedi samimiy jilmayib.
-shunga domla bir iltimosim bor edi yo‘q demasangiz hech bo‘lmasa imtihongacha kennoyimga
repititorlik qiling oz bo‘lsa ham yordam bo‘larmidi deymanda-yigitga iltijo bilan tikilib.Domla bir zum
o‘ylangach:
-albatta bo‘ladi faqat hujjat qabulidan keyin har kuni tushdan keyin o‘rgatishim mumkin..-dedi yigit
Nastarin tomonga o‘g‘rincha qarab qo‘yarkan.Nastarin Nazokatning aqliga tan berdi..biroz
tayyorlanib olsa juda ham soz bo‘lardi maktabda yaxshi o‘zlashtirgan va sevgan fani huquq edi
menimcha kimdir yordam bersa imtihonda osonroq bo‘lardi..Domla ularni universitet darvozasigacha
kuzatib bordi.
-mayli rahmat domla sizga ham-kulib domlaga minnatdorlik bildirdi Nazokat.
-mayli unda ko‘rishguncha...-Nastaringa jilmaydi yigit.
-xo‘p rahmat sizga..-deb yigitga samimiy rahmat aytdi Nastarin.Nazokat bilan qo‘l ushlashib ortiga
burilishsa Tohir mashinasini yonida vajohat bilan ularni kuzatardi.
-iye aka keldingmi? Yo‘q deganingga taksida ketamizmi devdim..-kuldi Nazokat.
-hmm..bu yigit kim Nazoo-dedi ichkariga kirib ketgan boyagi yigitni ko‘zi bilan kuzatarkan.
-xaaaa umi kennoyimni repititori va mening huquq fani bo‘yicha domlam-mashinaga o‘tirib oldi
Nazokat.
-kennoyingni?-savolomuz singlisiga qaradi Tohir-kim ruxsat beribdi unga repititorga qatnashga???
#Ramazon muborak bo‘lsin begim 14-qism
-aka qatnamasdan qanday kiradi?-jaxli chiqdi Nazokatni.
-o‘qishga ruxsat berganimgayam katta raxmat desin bu kennoying-mashina ko‘zgusidan sekin
Nastarin tomonga qarab qo‘ydi.Bu yigitni nima qilsa bo‘ladi a?..shu ozgina quvonchimni ham menga
ko‘p ko‘ryapti shekilli..
-qo‘ying opa kerakmas-dedi Nastarin Nazokatni qo‘lini ushlab.Nazokatni bo‘sh kelgisi kelmay:
-dadam hal qiladi buni kechqurun -dedi akasiga nafrat bilan qarab qo‘yarkan.Tohir bu haqida qaytib
og‘iz ochmadi.Ularni tashlab o‘zi yana ortiga qaytib ketdi.Qaynonasi uni repititorga borishini qo‘llab
quvvatladi.Tohirni ham o‘zi ko‘ndiradigan bo‘ldi.Kech tushib hamma ishlarni qilib bo‘lgan Nastarin
sekin Nazokatni oldiga kirib yotdi.Bir payt qaynonasi xonaga kirib qoldi:
-iye qizim buyerda nima qilyapsan?-hayron bo‘ldi Nastarinni buyerda yotganini ko‘rib.
-haligi sh yerda uxlamoqchidim..-dedi Nastarin ko‘zlarini olib qochib.
-tez o‘g‘limni yoniga borchi yangi kelin kuyovni axvolini..biz dadang bilan bunaqa payti qachon kech
bo‘larkin deb kutardik-samimiy jilmaydi qaynonasi-hali yoshsizlar bu kunlar g‘animat qizim bpraqol


tez..-deb Nastarinni chiqarib yubordi.Nastarin og‘ir qadam bosib kelinlik uyiga kirdi.Ichkarida Tohir
telefonda bir nimalar qilib yotardi.
-ha nega kelding?-hayron bo‘ldi uni ko‘rib Tohir.
-oyim..o‘zingni uyingda yot deb jo‘natib yubordi-dedi Nastarin qayoqqa yotish haqida o‘ylarkan.
-ho‘sh qayoqqa yotmoqchisan endi-unga qarab ayyorona jilmaydi Tohir.Shunaqayam savol
bo‘ladimi..aniq tomi joyidamas bu yigitni...
-tepada yotaman desangiz men pastda ham yotaveraman-dedi Nastarin qalin ko‘rpani yerga
to‘sharkan.
-pastda ham yotmaysan-dedi Nastaringa kulib.
-unda kechasi bilan sizni qo‘riqlab chiqamanmi?-jaxli chiqdi Nastarinni.Nima haqi ketib qolarmikin
xonasidan joy bersa...
-yo‘q menda yaxshiroq taklif bor-deb kulgancha Nastarinni dast ko‘tarib yotoqga yotqizdi...
Ertalab Nastarin bazo‘r uyg‘ondi.Allaqachon tong yorishib ketibdi...Qizg‘onchiq uyatsiz..Nastarin
Tohorni yostiqini pastga uloqtirib yubordi... #Ramazon muborak bo‘lsin begim 15-qism
Sekin choyshabga o‘ralgancha dushga kirib ketdi.Kiyimlarini kiyib sekin hovliga chiqdi.Aftidan Tohir
ishga ketgan shekilli..ayvondaham hech kim yo‘q..Nastarin xuddi yomon ish qilib qo‘ygan boladek
uyalib yurardi.
-kennoyi uyg‘ondizmi?-hursand kayfiyatda Nazokat chiqib keldi.Nastarin bo‘yinlarini berkitib
qo‘ydi..Uyatsiz Tohir kechagi tunni unitishim kerak..
-yaxshi dam oldingizmi opa? Uydagilar qani?
- Hamma ishga ketdi..meni bugun imtihonim kechroq boshlanadi..tezroq choyingizni iching
universitetga birga ketamiz-dedi Nazokat-men kiyinib turaman ungacha..-deya uyga
kirayotgandi.Nastarin to‘xtatib qoldi:
-akangizni jaxli chiqadi..
-yo‘q ertalab dadam va oyim aytgandi indamadi menimcha akam rozi..-deb xonasiga kirib
ketdi.Nastarin quvonchdan sakragisi keldi..qanday baxtli..albatta talaba bo‘ladi..Shoshib choyini
ichib uylarni yig‘ishtirdi.Kiyim tanlashga qiynaldi faqat kelinlik liboslari ekan hammasi..
-kennoyi biluvdim kiyishga kiyim tanlayotganizni-degancha Nazokat hovliqib kirib keldi-buni kiying -
deb malinarang ko‘ylakni ko‘rsatarkan.
-Qo‘yinge opa o‘zi hamma kiyimingizni egallab oldimku-hijolat bo‘ldi Nastarin.Nazokat majburlab
kiymaguncha qo‘ymadi.18ni to‘ldirgan yuzida yoshlik barq urib turgan Nastarin oynaga qarab bir
zum o‘zidan ko‘z uzolmadi..
-Nazokat opa judayam bashangmasmi-deya oynaga qarab aylanarkan.
-hech xamda kimsan Nazokat Xusanovani kennoyisisiz boshingizni mag‘rur tuting-deb kuldi Nazokat-
bugun repetitorni boshlaysiz..yo‘ldan daftar ruchka olamiz sizga..Ikkovlashib xush kayfiyatda
universitetga kelishdi.
-mayli kennoyi Bobur domlaga aytdim 201-xonada o‘taman dedi men imtihonimga boray-deb
Nastaringa xonani ko‘rsatib yuborib o‘zi chopib ketdi.Nastarin xonani topib borib sekin eshikni
ochdi.
-Assalomu aleykum kirsam bo‘ladimi?-deb domlaga qaradi.Bobur bir zum bu go‘zal malakdan ko‘z
uzolmay tikilib qoldi..
-haaa..mumkin -dedi biroz tutilib.Domla Nastarinni bilimi yaxshi bo‘lgani uchun chuqurlashtirib o‘ta
boshladi.Nastarin butun vujudi bilan darsni berilib tinglardi.Nastarin daftariga bir nimalarni yozgan
payt domla undan ko‘zini uzolmas..nigohi ko‘tarilgach esa darrov doskaga qarab olardi.
-bugunga yetara..-dedi Bobur bo‘rni doskaga qo‘yib.
-agar charchagan bo‘lsangiz mayli tugatamiz-dedi Nastarin bugunni o‘zida ancha narsani o‘zlashtirib
oldi axir.
-qorningiz ochmadimi..-kulimsiradi yigit.
-ochdi uyga borib ovqatlanarman-ammo qornini g‘uldirab surnay chalyotgani butun xonaga eshitildi
o‘ziyam.Nastarin uyatdan qizarib ketdi.


-yuring yo‘q demasangiz ham savol javob qilib ham ovqatlanamiz universitetni to‘g‘risida ajoyib kafe
bor-dedi yigit narsalarini yig‘ishtirib.Nastarin biriz o‘ylangach qorni juda ochligi uchun rozi
bo‘ldi.Yigit ikkalasiga ham ovqat aytib berilib universitet haqida gapira boshladi.Shu payt kimdir
shamol tezligida kelib Nastarinni yonidagi stolga o‘tirdi.
-salom xotinim..ertalab bo‘sa berishni unutgan ekanman shunga xafa bo‘lib qolma deb seni topib
keldim-degancha Tohir yigitga g‘azab bilan tikilib o‘tirardi.Nastarinni yuragi tovoniga tushib ketdi.
#Ramazon muborak bo‘lsin begim 16-qism
-kechirasiz biz shunchaki fan haqida gaplashyotgandik-dedi Bobur Tohir kelganini yoqtirmay-oilaviy
munosabatlar uyda bo‘lgani yaxshi menimcha-dedi Tohirdan ko‘zi uzmay.Tohir sekin o‘rnidan turib
uning yoqasini sekin ushladida qulog‘iga yaqin borib:
-xotinimni tinch qo‘ymasang yo‘q qilaman-deb shivirlagancha Nastaringa kulib qo‘ydi:
-domlani yoqasi g‘ijim bo‘lib qolibdi tog‘irlab qo‘ydim.Bobur uni qo‘lini siltab tashladi:
-haddingizdan oshyapsiz kim bo‘lsangiz ham-dedi g‘azabi qaynab.Tohir yana nimadir demoqchidi
Nastarin uni qo‘lidan tutdi:
-iltimos ketaylik..Tohir o‘rnidan turib uning belidan qo‘lini o‘tqizgancha olib chiqib
ketdi.Mashinasining yoniga yetishgach Nastarin hayron bo‘ldi old o‘rindiqda bir bo‘yanib olgan
ko‘cha qiziga o‘xshagan qiz o‘tirardi.Tohir borib qiz o‘tirgan tarafni eshigini ochdi:
-tush mashinadan-dedi qizga baqirib.
-axir ovqatlanamiz degandizuu-degancha Tohirga nozlandi qiz mashinadan tushgisi
kelmay.Nastarinni ensasi qotdi..yana nimayam kutish mumkin bu Tohirdan..Asalgaham vafo
qilmagan bo‘lsa..
-tush ko‘zimga ko‘rinma-degancha qizni uloqtirgudek bo‘lib mashinadan tushirib yubordi.Qiz aftidan
Tohirni qilig‘idan jaxli chiqdi shekilli labini burgancha tez tez yurib ketib qoldi.
-o‘tir-dedi Nastarinni majburlab o‘tqizarkan.
-bu Asalmas shekilli-qiziqish bilan so‘radi Nastarin Tohir ham mashinaga o‘tirgach.Eng alam
qiladigani domlasi hamma voqeani kafe oynasidan kuzatib turardi..
-ha Asalmas-kuldi Tohir-menga hech kim egalik qilolmaydi-dedi Nastaringa qarab qo‘yarkan.
-nega jaxlingiz chiqib ketdi..axir u domlam bo‘lsa-tushunmadi Nastarin yonida qizi ham bor ekan
borib ovqatlanavermaydi..
-u domlaga qaytib bormaysan-tishi g‘ichirladi Tohirni.
-nega..mendan nima hohlaysiz o‘zi..o‘zingiz men bilan ovqatlangani ham or qilasiz..-Nastarin gapini
tugotolmadi.Mashina zarb bilan to‘xtadi.
-ovqatlanging kelyaptimi..yur unda-dedi Tohir u o‘tirgan tomonni ochib.Nastarin uni fe‘lini
tushunolmay hayron bo‘ldi.Mendan nima hohlayapti o‘zi...
-tushasanmi-uni ovozidan o‘ziga keldi Nastarin.Tohir uni qo‘lidan mahkam ushlab ichkariga olib
kirdi.Bu restoran buncha shinam bo‘lmasa...Nastarin atrofga zavq bilan tikildi.Tohir uni yetaklab
sokinroq joyga o‘tqizdi.Ofitsiantga o‘zi buyurtma qildi.Nastarin yonida Tohir borligini ham unutib
atrofni kuzatdi.Buncha ajoyib hayot kechirishmasa..atrofdagilarning ko‘pi sevishganlar shekilli bir
narsalarni miriqib suxbatlashgancha taomlanishayapti.
-yoqdimi?-so‘radi Tohir undan ko‘zini uzmay.
-yoqdi lekin bu sevishganlar keladigan joymi deyman-dedi atrofni kuzatgancha.
-seningcha biz kimmiz-yana o‘sha ayyorona jilmayish.Rosti bu yigitni nima o‘ylayotganini bilolmay
umrim o‘tib ketsa kerak...
-kelishib yashayotgan er..-xotin demoqchidi ammo Tohirning o‘tgan kungi qilig‘i esiga tushib jim
bo‘ldi.
-ha to‘xtab qolding-qizga boshqacha nigoh bilan qararkan-qo‘rqma bu gal seni o‘pmayman..og‘ir
ekansan zo‘rg‘a ko‘tardim...
Uyatsiz qaniydi qo‘limdan kelsa shu stakandagi suvni sepib yuborsam..Shu payt ofitsiant kelib
buyurtmalarni joylashtirdi.Nastarin bunday ovqatlarni umrida ko‘rmagan..xuddi san‘at asariga
o‘xshaydi.Ishtaha bilan ovqatlandi.Qorni ham juda och qolgan edi mazza qilib yedi.Tohir kiborlarga


o‘xshab ovqatlardan nomiga totinar..ora orada ichimlik ichib qo‘yardi.Nastarin unga e‘tibor bermay
ovqatni hammasini yeb qo‘ydi.Shu payt ko‘zi uzoqroqda turgan Boburga tushdi..adashdimmi deb
yaxshilab qaramoqchidi qayoqqadir g‘oyib bo‘lib qoldi..Qiziq juda charchabman shekilli o‘yladi
Nastarin. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 17-qism
Tohir ovqatlanib bo‘lishgach kassaga ketdi.Shu payt uning stol ustida turgan telefoni
jiringladi.Ekranda Asalim degan yozuv paydo bo‘ldi.Nastarinni jaxli chiqdi shunaqayam qizlar
bo‘larkanda..Sekin ortiga qarab Tohir hali kelmasligini bilib telefonni ko‘tardi:
-Alooo jonimm-degan erkalangan tovush eshitildi.Nastarin jaxlini zo‘rg‘a bosib:
-joning meni yonimda-dedi dadil ovozda.Narigi yoqdagi tovush birdan jimib qoldi..
-senn Nastarinmisan?-dedi darrov ovozini o‘zgartirib.
-xuddi o‘zi..hozir Tohir akam men bilan ovqatlanayapti..bezovta qilma.. umuman olganda u har tunni
men bilan o‘tqizishni hohlayapti-degancha telefonni o‘chirdi.Ichidagi olovga kimdir muzdek suv
sepgandek bo‘ldi.Megajin birovni oilasini buzishning jazosi bu senga..
-Ketdik-dedi Tohir uning qo‘lini tutib.Aftidan u telefonini Nastarin olganini ko‘rmagan.
-ketdik-dedi Nastarin ham jilmayib uni qo‘lini tutarkan.Tohir uni uyga tashlab o‘zi ishga
ketdi.Nastarin kun bo‘yi uy ishlaridan ortmadi..
Kechqurun kelinlik uyida dars qilayotganda Tohir vajohat bilan uni yoniga keldi.
-Asalga nima deding?
Nastarin gap nimadaligini tushundi.Menimcha Tohirning erkatoyi bo‘lib o‘tgan gapni oshig‘i bilan
yetkazgan ko‘rinadi.
-Eshitishi kerak bo‘lgan gapni aytdim-dedi Nastarin Tohirdan ko‘zini uzmay.
-eyy menga qara o‘zingdan ketib qoldingmi deyman darrov-degancha uni sudrab devorga tiradi-
menga hech kim egalik qilolmaydi tushundingmi?-g‘azab bilan qizga qararkan.
-men ham sizga egalik qilish niyatim yo‘q shunchaki o‘qishga kirishni hohlayman..o‘qishimga ruxsat
bering shunda bo‘lib o‘tgan gaplarni oyimga aytmayman..
-nima menga tahdid qilayapsanmi?-yanayam qattiqroq tiradi.Suyaklarim qirsillagandek bo‘ldi.
-bu tahdidmas iltimos..menga tegmang men ham sizga tegmayman..hohlaganingizcha Asal bilan
yotishingiz mumkin buni menga qizig‘i yo‘q-o‘zimni qo‘lga olib jilmaydim.Aftidan o‘q nishonga tegdi
shekilli u meni changalidan bo‘shatdi.
-nega bunchalik o‘qishni hohlaysan?-menga g‘alati qararkan.
-huquq boyicha mutahassis bo‘lib ojiza qizlarni haq huquqlarini himoya qilishni hohlayman toki hech
kim menga o‘xshab qiynalmasin..-undan ko‘zlarimni olib qochdim.U yotoqga o‘tirib biroz o‘ylangach:
-mayli borasan..faqat anovi sovuqqamas-dedi qovog‘ini uyib.Shu tobda quvonchdan borib uni yuzidan
o‘pib olgim keldi ammo o‘zimni bosdim.Menga uning kim bilan yurishini qizig‘i yo‘q mayli bilganicha
yashasin eng muhimi orzuyim amalga oshsa bas..Shunday o‘ylar bilan shirin uyquga ketdim..
#Ramazon muborak bo‘lsin begim 18-qism
Ertalab tursam Tohir yonimga pul qo‘yib ketibdi..xursand bo‘lib ketdim demak kechagi rejam ish
berdi..ko‘zguga qaradim undan yuzlari kulgan gulgun qiz qarab turardi..Darrov ishlarimga unadim
namozimni o‘qidim..qanday baxtliman bugun men uchun unutilmas kun..Nazokat opam bilan yana
universitetga bordik.Tohir u domlaga borma degandi ammo shu payt yaxshi repititorni qayerdan
topaman..
-Assalomu aleykum domla..-bu safar och sariq gulli ko‘ylakda edim. Buni ham har doimgidek Nazokat
opam tanlab bergandi.Domlaning kayfiyati birdan ko‘tarilib ketdi aftidan meni bugun kelmaydi deb
o‘ylagan shekilli..U maroq bilan dars o‘tdi.Tan olish kerak o‘z ishining ustasi ekan mavzularni tez
o‘zlashtiratdim.
-telefon raqamingizni bersangiz tushunmagan savollaringizni aytsangiz javob beraman-dedi
jilmayib.Biram xushmuomila ekan..Balki o‘qiganimda Tohirgamas unga o‘xshagan madaniyatli
insonga turmushga chiqgan bo‘larmidim..mayli eng muhimi hozircha o‘qishim..
-xo‘p yaxshi bo‘lardi-dedim unga telefon raqamimni berdim.Menimcha u Tohirdan qo‘rqmadi shekilli


yoki chin dildan yordam bergisi kelyapti.
-eringiz ancha jaxldor ekana?-dedi u menga achinish bilan qarab.
-mayli eng muhimi menga sharoit yaratib beryapti-dedim uning yonida negadir Tohirni yomonlagim
kelmadi..U meni taksigacha kuzatib qo‘ydi qarshilik qilishimga qaramay..haqiqiy jentelmenlik..
Uyga kelib tezroq kech tushib darslarimni qilishni hohlardim.Yagona ovunchog‘im shu bo‘lib
qolgandi.Ishlarim tugagach xonamga qarab yugurdim.Darslarimni berilib qila boshladim.Shu payt
telefonimga xabar keldi.Aksiga olib shoshgandan telefonimni kirish eshigi yonidagi uzun oynali
javonga qo‘ygan ekanman.Endi turmoqchidim mendan oldin eshikdan kirgan Tohir telefonimni
mendan oldin olishga ulgurdi.Xabarni o‘qidiyu qalin qoshlari chimirildi. #Ramazon muborak bo‘lsin
begim 19-qism
Qiziq xabar kimdan kelgan ekan..U jaxl bilan telefonni burnimni tagiga keltirib:
-bu kim???-dedi.Ko‘zlarimni katta katta ochib qaradim xabar notanish raqamdan"Salom uyga yaxshi
yetib oldingizmi?Hech qanday yordam kerakmasmi?"deb yozilgan ekan.O‘qib kapalagim uchib
ketdi..Xoynahoy buni Bobur domla yozgan shekilli yaxshiyam uni saqlab qo‘yishga ulgurmagan
ekanman..
-bilmadimm..-dedim tutilib.U zarb bilan telefonimni devorga uloqtirib yubordi..
-telefonimmm-baqirgancha telefonga yugurdim..afsus ekrani mayda mayda bo‘lib ketibdi..
-agar birontasi bilan yurayotgan bo‘lsang mana shu telefonga o‘xshab maydalab tashlayman seni..-
dedi g‘azab bilan tikilgancha.
-hammani o‘zingizga o‘xshatmang-dedim titragancha endi yangi telefonli bo‘ldim deb qancha
hursand bo‘lgandim shuniyam ko‘p ko‘rdi menga telefonimni silab yig‘lay boshladim..
-nima deding?-u g‘azab bilan tepamga kelib negadir to‘xtab qoldi-qo‘ling qonayapti..axmoq nega
singan oynani silayapsan..
Yalt etib qo‘limga qaradim qattiq hafa bo‘lganimdan qo‘lim qonagani sezmabman..siniq ekran
qo‘limni tilibdi.U qarshimga o‘tirib sekin qo‘limni oldi.Nima qilmoqchi?..mehribon er bo‘lmoqchimi..
U oxistalik bilan qonni arta boshladi.Ochig‘i kutmagandim..chindan menga rahmi kelyapti shekilli..
-nega bunaqasana..qilma degan ishimni qilasan-u achinish bilan qo‘limga qararkan uni bog‘lab
qo‘ydi.
-nega telefonimni sindirdingiz axir menga rossa kerak edi hademay ramazon oyi keladi u menga
ertalab turish uchun kerakk edi-dedim yig‘lamoqdan beri bo‘lib.U menga bir pas qarab turdida
chiqib ketdi.Shu bo‘yicha ancha yo‘q bo‘lib ketdi.Endi ko‘zim ilingan ekan kimdir yengil turtdi.Sekin
ko‘zlarimni ochdim.Tepamda qo‘lida yangi telefon qutisini ko‘targancha Tohir jilmayib turardi.
-qara senga nima oldim..-dedi u qutini menga uzatarkan.Qoyil qolish kerak uni oldindan nima
qilishini bilib bo‘lmaydi.Yarim kechasi qayerdan topgan bo‘lsa..
-vuyyy muncha ajoyib-qutini ochib ko‘zim porlab ketdi-rahmatt buncha qimmati shartmas edi-dedim
telefonni aylantirib ko‘rarkinman.
-o‘ylashimcha mukofotga loyiq ish qildim-degancha meni mahkam quchdi..
Ertalab yana bazo‘r uyg‘ondim..Nega unga qarshilik qilmadim..Mayli eng muhimi men uchun telefon
olib keldi..telefonni ko‘rib xursandligimdan sakray boshladim..Nima qilay hali yoshman endi 18ga
kirganman men tengilar ota onasini bag‘rida o‘ynab kulib yuribdi..meni bo‘lsa Tohirdek qaysar fe‘lli
erim bor..
-judayam xursandsan shekilli..Cho‘chib ketdim qarshimda Tohir kulgancha eshikka suyanib
turardi.Uyalgancha qaytadan choyshabga o‘ralib oldim.. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 20-qism
-siz ishga ketmadingizmi?
-yo‘q seni universitetga tashlab keyin ketaman-degancha menga yaqinlashdi.Shu yetmay turgandi..U
Boburni ko‘rib qolsa meni sog‘ qo‘ymasligi aniq..
-yo‘q shartmas o‘zim ketaman siz ishingizga ketavering-dedim uni qanday jo‘natvorish haqida o‘ylay
boshladim...
-yangi repetitoringni bir ko‘rib keyin ketaman-degancha meni dast ko‘tarib dush tomon olib


ketdi.Uning baquvvat qo‘llaridan tipirchilab chiqolmadim..
Birinchi marta meni kiyinishimni kuzatdi.Mening shkafimda hammasi kelinlik liboslari tanlashga
qiynaldim.
-senga kiyim oberishim kerak shekilli-dedi shkafdagi kiyimlarimni ko‘zdan kechirarkan..Buncha
yaxshi o‘zim aytishga iymanayotgandim imkoniyatdan foydalanib qolgim keldi.
-yaxshi bo‘lardi faqat Nazokat opamni liboslarini kiyayabman-dedim o‘zimni bechora
ko‘rsatib.Rostdan ham faqat opamni kiyimini kiyib borayotgandim.
-unda birinchi sen bilan kiyim do‘koniga boramiz-dedi u.Tohir yaxshi er vazifasini ajoyib
uddalayapti.Menga bu juda yoqdi..aslida undan ko‘p narsa kutmaslikka o‘rganib qolgandim oxirgi
paytlar..
Birgalikda kiyim oldik.Mashinasiga o‘tirgach telefoni jiringladi..yana o‘sha Asal..
-ha jonimm-dedi Tohir uyalmay men e‘tibor bermaslikka tirishdim-boraman bugun ishdan
chiqib..ikkalasini suhbatini eshitmaslikka qaror qilib darsim haqida o‘ylay boshladim..U telefonni
o‘chirgach:
-Tohir aka siz mendan xavotir olmang bemalol Asalni yoniga boring-dedim ko‘zlarimni pirpiratib-u
bechorayam sizni sog‘ingan bo‘lsa kerak..buyog‘iga o‘zim ketolaman dedim..U baqraygancha menga
qarab qoldi.Aftidan mendan buni kutmagan shekilli.
-senga farqi yo‘qmi?-dedi mendan ko‘zini uzmay.
-men uchun siz xursand bo‘lsangiz bo‘lgani begim-dedim tezroq undan qutulish uchun
nozlanib.."bolmasa o‘qishga kirish orzuyim tushga aylanadi."
-mashinadan tush-dedi jaxl bilan.Ich ichimdan xursand bo‘lib ketdim ammo buni sezdirmaslikka
harakat qilib sekin tushdim.
-Asalga salom ayting-degancha eshikni qarsillatib yopib sharta ketvordim.Eng muhimi u orqamdan
kelmadi.Oz qoldi..o‘qishga kirib olsam bas..meni ham o‘z kasbim bo‘ladi..Shirin orzular bilan
ichkariga kirib ketdim. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 21-qism
Ichkariga kirib telefonimni yoqib soatga qarasam Tohir ekranga o‘zini rasmini qo‘yib
qo‘yibdi.Kulgum keldi xuddi men uni ko‘rmasam turolmaydigandek...
Bobur aka allaqachon kelib bo‘lgan ekan..qiziq negadir u atirni har kungidan ko‘p sepgan shekilli
hidi butun xonani tutib ketibdi..Salom berib joyimga o‘tirdim.
-yaxshi keldingizmi?-deb birdan bog‘langan qo‘limga qaradi-nima bo‘ldi?-dedi qo‘limdan ko‘zini
uzmay.
-uyda ovqat qilayotib kesib oldim-dedim yolg‘ondan.
-ishqilib men yozgan xabarni deb emasmi-uning ko‘zlari xavotirli edi.Menimcha u ham Tohirni fe‘lini
yaxshigina tushunib olibdi.
-hechqisi yo‘q u to‘g‘ri tushundi-dedim men ham yaxshi xotin ro‘lini o‘ylab.Boburni ko‘ngli baribir
tinchimadi shekilli yara chuqurmasligiga ishonch hosil qilgach darsni boshladi.Dars tugashiga oz
qolganda telefonimga Tohirdan xabar keldi."Seni olib ketgani boryapman".Bu yigitni nima qilsa
bo‘ladiya..Axir Asal bilan ko‘rishishi kerak ediku..shu yetmay turuvdi nima qilishni bilmay xayolimga
kelgan ishni qildim.Karidorga chiqib Asalga qildim.Hadeb Tohirni telefonida ko‘raverib raqami yod
bo‘lib ketgandi o‘ziyam.Yoshlarni uchrashtirib qo‘yib bir amallab qochib qolmasam shu bilan bu
yerga kelishni orzu qilmasam ham bo‘ladi.
-aloo-degan nozli tovush eshitildi.
-alo kundoshginam-kuldim-tez universitetga yetib kel
-nima Nastarin nima baloni boshlading yana..Tohirga aytsam aqlingni kiritib qo‘yadi-kuldi u.
-shunchunam kel deyabmanda senga ajoyib syurprizim bor-degancha telefonni qo‘ydim.Uni
qiziqishdan yuragi yorilgani aniq.Domlaga meni kuzatmasligini aytib narsalarimni yig‘ib ko‘chaga
chiqdim.Qaysi oshiq birinchi yetib kelarkin..negadir ich ichimdan kulgum kelardi..Shu payt
Tohirning yaltiroq inomarkasi uzoqqa kelib to‘xtadi.Unga qaragan paytdim yonimdan kimdir
chaqirdi:
-salom bechoraginam-kulgancha yonimda Asal turardi.Tan olish kerak Tohirning didiga mos qiz


ekan.Faqat qandaydir istarasi sovuq.Ikkalasi bir biriga mos kuldim ichimda.
-salom kundoshginam..senga atab uchrashuv tashkillashtirdim qara-degancha Tohirni
ko‘rsatdim.Tohir qo‘lida gul va shokolad bilan bizga qaragancha qotib turardi. #Ramazon muborak
bo‘lsin begim 22-qism
Asalni qo‘lidan tortib Tohirni yoniga olib keldim..
-Begim bugun qalbingizni egasi bilan yaxshi dam oling deb uni chaqirtdirdim-dedim Tohirning
g‘azabdan qotib qolgan yuziga.Shunday deb tez tez yurgancha taksiga chiqib ketvordim..Asalga
rahmim kelib ketdi hozir meni o‘rnimga eshitadiganini eshitadi..ishqilib tinchlantirib ololsinda uyga
kelsa meni sog‘ qo‘ymaydi..
Uyga kelib kiyimlarimni almashtirib ishlarimga unadim.Shu payt telefonimga xabar keldi."Uzr yana
men menimcha eringiz boshqa qizni yoqtiradi sizga rasm jo‘natdim telegramga kiring"shubxasiz bu
Bobur edi.Menimcha u Tohir bilan Asalni ko‘rgan.Darrov telegramga kirdim unda g‘azabdan
qizargan Tohir va yonida ochiq sochiq kiyingan Asal turardi.Tezda javob yozdim "men erimga
ishonaman" Indamasam bu Bobur ham haddidan oshyapti shekilli.Kechgacha hamma ishlarni qilib
Nazokat opamni xonasidan chiqmadim.Tohirni ovozi eshitilmayaptimi deb qulog‘imni ding qilib
o‘tirardim.Nazokat opaniyam gaplari qulog‘imga kirmayotgandi.Bugun sog‘ qolmasligim aniq lekin u
meni buyerdan chiqara olmaydi..chiqmayman..qat‘iy o‘ylab xonada o‘tiraverdim.Bir payt
tashqaridan:
-Nastarin..Nastarin-deb baqirgancha Tohirning ovozi eshitildi.Yuragim shuvullab
ketdi.Eshitmaganga olib o‘tiraverdim. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 23-qism
Nazokat opa menga qarab:
-kennoyi akam sizni chaqiryapti-dedi.
-ha hozir..-degancha zo‘rg‘a o‘rnimdan turdim.Jallod yoniga borishi kerak bo‘lgan mahbusdek sekin
yurdim.Shu payt eshik ochilib Tohir kirib keldi.
-Aka chiq bu meni honam-dedi Nazokat yoqtirmay.
-chiqaman avval xotinimni olib ketay-dedi menga yaqinlashib.Mening ko‘zim uni yuzida.Qiziq yuzida
men kutgan ifoda yo‘q edi.
-yo‘q men Nazokat opam bilan dars qilyapman-dedim xayolimga kelgan gap shu bo‘ldi.
-boravering kennoyi darsni keyin qilamiz-dedi Nazokat kulib.Obbo opayey..
-haligi keyin borarman kutib turing xonangizda-dedim unga umid bilan qarab.Yo‘q mo‘ltirashim ham
ish bermadi..
-yaxshilikcha yurmaysan shekilli-deb meni dast ko‘targancha olib chiqib ketdi.Qanday sharmandalik
hech bo‘lmasa singlisidan uyalsa bo‘lardi..Nazokat opaning qarsak chalib kuzatganini eshitdim
ko‘zlarimni uyalganimdan qo‘lim bilan to‘sib olgandim..Ishqilib bu yurishimizni qaynona qaynotam
ko‘rmasinda...
Xonaga yetdik shekilli u meni o‘tqizdi.
-ko‘zingni och-uning ovozi yaqinimdan eshitildi.Sekin ko‘zlarimni ochdim..
-xo‘sh eshitaman..-degancha yuzini ko‘zimni yoniga to‘g‘irladi.
-men shunchaki...Asalni sog‘ingan bo‘lsangiz..-obbo nimalar deyapmana..
-shunga mendan so‘ramay uni chaqirding-dedi qattiq tikilib.
-baribir ham bormoqchi edingizku yoniga..shu ishni tezlashtirdim xolos..-biroz jonlandim..u menga
raxmat deyishi kerak aslida.
-menga qara agar Asalni yonimda bo‘lishini hohlaganimda allaqachon yonimda
bo‘lardi..tushundingmi-dedi ko‘zlarini uzmay.
-tushundim..-dedim oson qutulayotganimga quvonib.
-bundan keyin yana bir marta aralashganingni ko‘rmay-dedi qat‘iy ovozda.
-xo‘p men shunchaki sizni o‘ylagandim begim-ko‘zlarimni pirpiratdim bu ba‘zida ish berayotgandi..U
yumshadi shekilli xonadan chiq ishorasini qildi.Yugurgancha xonadan chiqib ketdim..Endi bemalol
repititorga qatnasam bo‘ladi..Tohir meni tinch qo‘yadi.Borib Nazokat opamni yoniga kirib yotvoldim.
-kennoyi..qalay akam sizni qo‘yvordi-dedi opam piqillab kulgancha.Endi opamga nimani bahona


qilaman..yana aldashimga to‘g‘ri keldi. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 24-qism
Ertaga Ramazon oyi boshlanadi.Nazokat opam ham men bilan qo‘shilib ro‘za tutadigan
bo‘ldi.Birgalashib kitoblarni o‘qib chiqdik.Nazokat opa uxlab qoldi.Men ham uyquga yotgandim
telefonimga xabar keldi.Bobur Ramazon bilan tabriklabdi..qanday e‘tiborli yigit Tohirdan farqli
o‘laroq..Negadir u haqida o‘ylay boshladim..Bu gunoh axir erli ayolman lekin baribir u
boshqacha..shunday o‘ylar bilan uxlab qolibman.Saxarlikka Nazokat opam bilan turdik.Har yili
tutganim uchun opamga ham o‘rgatdim.
Kelinlik uyimga kirsam Tohir menga pul tashlab ketibdi.Qanday soz u mendan hafa endi biroz bo‘lsa
ham tinch qo‘yadi..Nazokat opam bilan universitetga ketdik.Tohir tanlagan kiyimlar opamga ham
yoqdi.Bobur judayam po‘rim kiyinib olibdi..balki uchrashuvi bordir..Har doimgidek berilib mavzuni
tushuntirdi.Bu safar biroz qiynaldim endi mavzular murakkablashib borardi.
-doskaga chiqib yozing yillarni-dedi ustozim.
Ochig‘i biroz yillarni eslashim qiyin bo‘ldi.Amallab ketma ketlikda yoza boshladim.
-to‘xtang bu yerida xato qildingiz..-u shunday deya menga juda yaqin kelib qo‘limni ushlagancha
yillarni to‘g‘irladi.Begona taftdan biroz hayajon bosdi..Shu payt xona eshigi ochilib xushkayfiyatda
turgan Tohirning ko‘zi bizga tushib rangi o‘zgardi.Vajohat bilan kirib Boburning yoqasiga
yopishdi.Ularni ajrata olmay qoldim..
-Tohir aka qo‘ying-baqirib Tohirni ajratishga harakat qildim ammo u meni itarib
yubordi.Muvozanatni yo‘qotib boshim bilan parta uchiga urildim shekilli qattiq og‘riq sezdim keyin
atrofimda narsalar aylana boshlandi..Ikki kishining birdan
-Nastarinnn..-deb baqirganini elas elas eshitdim xolos... #Ramazon muborak bo‘lsin begim 25-qism
Ko‘zimni ochsam kasalxonada yotgan ekanman..Qo‘limga ukol ulashibdi.Yonimda Tohir uxlab
qolibdi.Sekin qo‘limni qimirlatdim..Tohir uyg‘onib ketdi va meni uyg‘onganimni ko‘rib jilmaydi:
-o‘zingga keldingmi?
-ha menga nima bo‘ldi?-dedim boshim sal og‘riyotgandi haliyam.
-shunchaki seni o‘ynashing bilan tutib olganimda qo‘rqqaningdan hushingdan ketib qolding
jonginam..-degancha sovuq jilmaydi.Demak tushunarli u avval meni tuzatib keyin o‘ldiradi..
-uyga ketmoqchiman-dedim undan ko‘zlarimni olib qochib uyga borib tushuntiraman hammasini
unga.
-bajonidil farishtam-shunday deb peshonamdan o‘pib qo‘ygancha chiqib ketdi.Shu orada hamshira
kelib ukolni uzdi.
-judayam baxtli qiz ekansiz..tepangizdan bir zum ham jilmadi sevganingiz..yana bir yigit ham tinmay
sizni so‘radi oshig‘ingiz ham ko‘pmi deyman..Men indamay jilmayib qo‘ydim.Biri Tohir bo‘lsa biri kim
bo‘ldi..Bobur desam uni mendek oilali juvon bilan nima ishi bor..Qiziq Tohir ham juda iltifotli bo‘lib
qolibdimi..yana nimanidir o‘ylab qo‘ygani aniq..Bizga javob berishdi.Sochimni orasida bilinmas chok
qoldi.U men haqimda uydagilarga aytmagan shekilli hech kim telefon qilmadi.Yo‘lda indamay
ketardi.Tohir qandaydir sirli..
-yetib keldik-dedi menga g‘alati jilmayib.O‘girilib qarasam qizlik uyimga olib kelibdi.Nima kutgandim
o‘zi..bir tarafdan u haq bir ko‘rganda bizni boshqacha tushunish aniq..menga ishonishini esa orzu
ham qilmayman..
-bu yerda qancha qolaman-dedim ichimdagilarni bildirmaslikka harakat qilib.
-istaganingcha go‘zalim-deya eshikni ochib tushishimni kutdi.Tushganimdan so‘ng eshikni yopib
ketvordi.Dadamga nima deyman..Bir tarafdan yaxshi bo‘ldi baribir menda ko‘ngli yo‘q inson bilan
yashab nima qildim..Sekin darvozamizni taqillatdim. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 26-qism
Eshikni dadam ochdi.Dadamni rosa ham sog‘ingan edim.Dadam ham meni juda so‘ginibdilar.Ukam
ham maktabdan keldi.Ularga chillaqochdi qilib keldim deb qo‘yaqoldim.Bo‘lmasa dadamning yuragi
yorilishi aniq.Negadir hayotim mazmunsizdek bo‘lib qolgandi..Shu kunning o‘zidayoq Tohirdan rasm
keldi..Unda Tohir va Asal qip yalang‘och holatda har xil qiliqlar qilib tushishgan edi shubhasiz bu


rasmni Tohir ataylab menga jo‘natish uchun olgan..meni sevmagandan keyin hafa bo‘lishdan nima
foyda ammo g‘ururimni toptashni uddasidan chiqdi..Telefonimni otib yubordim..xonamga
qamalgancha yig‘lab oldim.Hech narsa yegim kelmasdi..Dadam majburlab ye deganlaridan keyin
yeyishga majbur bo‘ldim.Bechora dadam meni deb boshi ham bo‘ladi endi..Kech tushdi.O‘zimni qizlik
xonamga kirib ko‘rpaga o‘ranib oldim.Tohirni uyi oldida o‘zimniki ko‘rimsizginadek ko‘rindi.Nachora
taqdirim shu ekan..Shu payt deraza ochilgandek bo‘ldi.Derazam eski bo‘lgani uchun xatto shamolga
ham ochilib ketardi.Endi ortimga o‘girilmoqchidim baquvvat qo‘llar belimdan quchdi.Qo‘rqib
ketdim..kim bu..Endi baqirmoqchidim tanish ovozni eshitdim..
-menman..jimm-dedi Tohir.Uning nafasini qulog‘im yonida his qildim.Ortimga bir amallab o‘girilib
uni quchib oldim.
-men sizga xiyonat qilganim yo‘q-dedim ko‘zimni ochmay.
-bilaman..faqat meni aytganimni qilmaganingga jaxlim chiqdi-dedi meni mahkamroq quchib.
-lekin siz rostdan xiyonat qildiz-dedim uni jo‘natgan rasmlari ko‘z oldimga kelib.
-bu senga jazo boshqa men bilan o‘ynashma-degancha sochlarimni siladi-nega shu paytgacha
sezmadim..sen boshqalarga o‘xshamaysan..qilma degan ishni qilasan-degancha lablarini labimga
bosdi.Men uni sevib qolishdan qo‘rqayapman..ammo u yuragimni butunlay ado qiladi bu ketishda..
#Ramazon muborak bo‘lsin begim 27-qism
Ertalab erta uyg‘ondim bizni uyda dush yo‘q tezroq suv isitib yuvinib olmasam bo‘lmaydi.Tohirni
qo‘lini sekin ustimdan tushirdim.Hovliga chiqib yuvinib keldim.Tashvishlar bilan bo‘lib ro‘za ham
tutolmadim..Xonaga kirsam Tohir hali ham uxlab yotibdi.Telefoniga xabar keldi.Ochib o‘qidim" Xayrli
tong jonim ishga qachon kelasiz?"Shirindan.Bu kim bo‘ldi tag‘in..ha nima deb o‘ylaganding Nastarin
sal yaxshi gapirib qo‘yganiga meni sevadi deb o‘yladingmi..ko‘nglim muzlab qolgandek bo‘ldi.Tohirni
turtdim..
-bu kim?-telefonni unga ko‘rsatdim.U ko‘zlarini zo‘rg‘a ochib:
-Shirin yangi kotibam..-dedi uyalmay.Xotinboz Asal uni nimasini sevarkina..
-qani tez boringchi yangi kotibangizni yoniga-uni ustidan ko‘rpamni tortib oldim.
-u bilan uchrashishimga to‘sqinlik qilolmaysan-dedi kulib kiyimlarini kiyarkan.
-to‘sqinlik qilish niyatim yo‘q..uyga qaytmayman-dedim jaxlim chiqib.
-buni sen hal qilmaysan-degancha meni dast ko‘tarib oldi.Ey Ollohim bu nima sharmandalik bu
bezbet hatto dadamdan ham uyalmaydi..Tipirchilab qo‘yvoring dedim.U eshitmaganga olib hovliga
ko‘tarib chiqdi.Hovlida dadam yuvinib sochiqqa artinayotgan ekanlar..bizni ko‘rib ham hayron ham
hijolat bo‘ldilar..dadam o‘zi tanlagan kuyovi menga indolmasliklari aniq..ex dadajonim ko‘ring meni
kimga ravo ko‘rdingiz..ko‘zimni uyatdan yashirdim..
-Assalomu aleykum dada Ramazon muborak bo‘lsin-dedi u meni mahkam tutib turarkan-aybga
buyurmaysiz xotinimni olib ketyabman...bezbet bunda uyat degan narsani bitta harfi ham yo‘q.
-ha mayli kuyov biroz o‘tiring-dedi dadam jaxlini yashirib.Bilaman dadam ich ichidan pushaymon
bo‘lyabdilar shekilli.
-yo‘q boshqa safar dada-degancha meni mashinasiga olib borib o‘tqizib eshigini qulflab qo‘ydi.Undan
qochib qayoqqa ham borardim tavba...
-Narsalarim..-dedim telefonim qolib ketgani yodimga tushib.U hozir degancha telefonni olib
chiqdi.Bechora dadam hovlidagi qip qizil olmalardan berib yubordi..menga havotirlanib qarab
qo‘ydi..men hammasi joyida degandek sekin jilmaydim...o‘zi ham onamdan keyin qolgan omonatim
meni deb siqilishini hohlamayman..Xuddi baxtli er xotindek sekin mashinada qo‘l silkib jo‘nab
ketdik... #Ramazon muborak bo‘lsin begim 28-qism
Muallif:Nafisa Malikova
Yo‘lda ketarkanmiz so‘ramasdan turolmadim:
-endi men repititorga bormaymanmi?
-borasan faqat ayol kishiga-dedi yo‘ldan ko‘zini uzmay.


-ishqilib Asalgamasmi?-dedim jaxlimni tiyolmay.Bu Tohirdan har narsani kutsa bo‘ladi.
-nega buncha zaharsana-asabiy kuldi.
-nima qilay birovlarga o‘xshab jonim deyolmaymanda-dedim Shirinni eslab.Tohirga nafratim
kuchayib ketayotgandi..o‘zimni bosishga urindim.
-ular bilan ishing bo‘lmasin..Boburni ishdan bo‘shattirib yubordim-deb g‘olibona kularkan.Bechora
Boburga rahmim kelib ketdi..meni deb ishidan ayrilibdida.
-uydagilarga seni otasini sog‘inibdi shunga tashlab keldim deb aytdim.
Albatta qilgan ishini aytolmaydi..Sal qolsa bir birini o‘ldirib qo‘yishardi.Uyga kelib uydagilar bilan
salomlashdim meni darrov sog‘inib qolishibdi.Dadam bergan olmalarni mazza qilib yedik.Tohir meni
qandaydir o‘quv markaziga olib bordi.Boburdek yaxshi o‘rgatishmas ekan lekin o‘zim ko‘proq
harakat qilishimga to‘g‘ri keladi.1hafta ichida bilimim anchagina yaxshi bo‘lib qoldi.Testlarni ham
qo‘ldan kelgancha yecha boshladim.Bobur ham menga boshqa yozmay qo‘ydi.Shu bilan uni esdan
chiqardim.Bir kuni darsda o‘tirsak o‘quv markazi direktori kirib bizga bundan buyon yangi o‘qituvchi
dars o‘tishini aytdi.Mayli kim bo‘lsa ham yaxshi o‘tsa bo‘ldi.
-tanishing Bobur Qosimovich-degancha uni xonaga taklif qildi.Ne ko‘z bilan ko‘rayki xonaga kirib
menga qarab jilmaygancha qarshimda Bobur turardi... #Ramazon muborak bo‘lsin begim 29-qism
Hammamiz o‘rnimizdan turib salom berdik.Tohirdan farqi o‘laroq u doim jilmayib turardi.Qizlar
undan ko‘zini uzolmay qoldi..umrida yigit kishi ko‘rmaganmi bular nima balo..
Yonimda o‘tirgan Munisa:
-buncha kelishgan ekana qarang yeb qo‘yging keladiya-deb undan ko‘zini uzmay otirardi.Menimcha
qizlar darsdanam ko‘ra Boburga ko‘proq qiziqishayotgandi.Dars tugab Bobur hammaga yuzlandi
savollar bormi?
-menda borr-dedi Munisa.
-bering- dedi Bobur jilmayib.Tan olish kerak modellardek ko‘rinish bilan hohlagan qizini o‘ziga
qarata oladi...Tohir bo‘lganda dars qolib qizlarni raqamini olish bilan shug‘ullangan bo‘larmidi..yana
ularni solishtira boshladim..balki bu xatodir..lekin ko‘p jihatdan Bobur ustunlik qilardi.
-uylanganmisiz?-dedi Munisa tap tortmay.Hamma kulib yubordi lekin qizlarni hammasi javobni
kutayotgani yuz ko‘zidan bilinib turardi.
-hozircha yo‘q-dedi u zimdan menga qarab-lekin ko‘z ostimga olib qo‘yganim borr...Buncha tikilmasa
kimni aytayotgani bilmadimu ammo menga qarashi g‘alati..Qizlar javobdan qoniqib xursand bo‘lishdi
shekilli u bu narsalarni bahona qilib uni raqamini olib olishdi.Sekin chieib ketmoqchidim:
-Nastarin siz qoling-dedi menga qarab.Shu yetmay turgandi menga g‘alva kerakmas..Tohir meni olib
ketgani keladi bu bolani joni shirinmasmi deyman..To‘xtab kutib turdim..qizlar bizga qarab qarab
qo‘yib chiqib ketishdi.
-Yaxshimisiz..sizdan xabar olgani kasalxonaga boruvdim ammo eringiz borekan-dedi mendan ko‘zini
uzmay.
-yaxshi uzr meni deb ishdan ketibsiz..-dedim Tohirni o‘rniga uzr so‘rab.U menga asta yaqin kelib:
-sizning aybingiz yo‘q..to‘g‘risi u sizga munosib emas..uni bir necha marta boshqa ayollar bilan
ko‘rdim-dedi mening yuzimga tikilib.
-kechirasiz bu mening shaxsiy muammom..aralashmaganingiz ma‘qul-dedim.O‘zini kim deb
o‘ylayapti..endi uni rahmi kelishi yetmay turuvdi..
-ha mayli so‘g bo‘ling topshiriqlarni bajaring qiynalsangiz raqamim o‘sha o‘sha-dedi jilmayib.
-rahmat-degancha tez tez chiqib ketdim.Endi bemalol o‘qiyman deganimda bu nimasi bo‘ldi..
Tashqarida meni mashinasiga suyangancha Tohir kutib turardi.Yugurib borib uni quchdim..Aqlim
Bobur meni oynadan kuzatib turganini sezayotgandi...shuning uchun shunday axmoqlik qilishga
majbur bo‘ldim.Tohir ham meni quchib:
-senga o‘qish yoqayaptimi-deyman dedi kulgancha.
-ha juda..-dedim ishqilib imtihongacha hammasi tinch o‘tsinda..bu safar meni Tohir kechirmasligi
aniq.. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 30-qism


Uyga kelib kechki iftorlik uchun hozirlik ko‘ra boshladim.Ertaga tug‘ilgan kunim ko‘ramiz bu Tohir
janoblarini esidamikin..Negadir bu haqida unga og‘iz ochgim kelmadi.To‘g‘risi xotini bo‘lsam u
tug‘ilgan kunimni yodida saqlab qolishi kerak..O‘sha kuni kechga Nazokat opa bilan uxladim..Ertangi
kundan umidlarim bisyor axir 19ga kiraman..Xushkayfiyatda o‘quv markaziga bordim.Bobur darsni
juda yaxshi tushuntirardi.Shu payt darsni o‘rtasida menga pochta keldi.Ajoyib..Tohirni esida
ekan..hursand bo‘lib ketdim.Xonaga pochta xodimi katta tort ichimliklar va 100ta qizil atirgul olib
kirdi.Hamma hayrat va havas bilan menga boqardi.Bu menga hush yoqdi.Bobur ham meni chin
dildan tabrikladi.Ajoyib gulni ichida"Men sizni sevaman"degan yozuv bor edi.Qachondan meni sizlab
qoldi ekana bu erim...Qizlar hursand bo‘lgancha tug‘ilgan kunimni nishonlashdi.Dars meni
bayramimga aylanib ketdi.Ayniqsa Bobur hammadan ko‘p meni kulayotganimga hursand
ko‘rindi..men buni dars o‘tmay dam olayotganiga xursanddir deb o‘yladim.Dars tugab gullarni
xursand bo‘lib xidlagancha uyga yo‘l oldim.Demak Tohir shuning uchun bormayman degan
ekanda...menga syurpriz jo‘natgan qoyil qoldirdi..Uyga kelib kelinlik uyimni oynali joyiga gullarni
qo‘ydim.Dadam ukam hamma qarindoshlarim birma bir meni tabriklashardi telefon qilib.Uydagilar
ham menga turli xil sovg‘alar berishdi.Bunday ajoyib tug‘ilgan kun hayotimda bo‘lmagan
edi...Kechga bezatilgan dasturxon ustiga Tohir qo‘lida chiroyli 2ta quti ko‘targancha kirib keldi.Bu
nima ekana qiziqib ketdim..bugun u syurprizlarga boy negadir..Xonamizga kirdik u oyna yonidagi
gullarga hayron qarab qoldi:
-bu gul kimga?
-menga siz jo‘natibsizku..-dedim tushunmay.O‘zini bilmaganga olayapti shekilli ataylab.
-men senga hali gul jo‘natmadim-dedi gulni yoniga borib ichidagi yozuvga ko‘zi tushib jaxli chiqib
ketdi.
-Nega mendan so‘ramay gulni olding?-baqirgancha gulni otib oyog‘i bilan yanchib tashladi.Men
hayratdan qotib qoldim...Tohir bo‘lmasa unda kimmm... #Ramazon muborak bo‘lsin begim 31-qism
Shu payt telefonimga xabar keldi.O‘zim ochishga ulgurmadim Tohir qo‘limdan tortib
oldi."Sovg‘alarim sizga yoqdi degan umidda oshiqingiz".Tohir telefonni zarb bilan devorga uloqtirib
yubordi.
-Bobur bilan uchrashdingmi?-vajohat bilan tikildi menga.
-yo‘qqq..uni o‘zi o‘quv markazimizga ishga keldi..-dedim o‘zimni oqlab.Demak xabar Boburdan
kelibdi..Axmoq..
-Tushunarli..-u uyoqdan buyoqqa yura boshladi.Devorni bir mushtladida borib ovqatingni ye dedi.Uni
jaxlidan havotirlandim..o‘qishga bormasam ham mayli faqat u tinchlanib olsa bo‘lgani..jinni Bobur
oilali ekanimni bilardiku.Yegan ichganim ham tatimadi..ertalabki hursandchilikdan asar ham
qolmadi..Tohirning yoniga borishga yuragim betlamadi...Ertalab uxlab qolibman Tohirning
uyg‘otishidan turdim..
-tez o‘rningdan turib bu kiyimlarni kiyib o‘qishga bor-degancha kechagi qutilarni ko‘rsatdi.Hayron
bo‘lgancha qarab qoldim..bu yigit yana nimalarni boshlarkina..
-nega?
-sen indamay aytganimni qil-deya sovuq jilmaydi.Uning mana shu jilmayishidan qo‘rqaman..buni
ortida doim qasos yashirin bo‘ladi...Aytganini qilib qutilarni ochdim..biram bejirim libos ekanki rosti
og‘zim ochilib qoldi.Narigi qutida esa unga mos olmos ko‘zli taqinchoqlar..Kiyimni kiygancha o‘zimni
ko‘zguda tomosha qildim.Ajoyib ertaklardagi kabi..faqat ko‘rinish xolos..qalb esa huvillab
qolgan.Tohirning mashinasiga indamay o‘tirdim yo‘l bo‘yi gaplashmadik.U meni o‘qishga tashlab
jo‘nab ketdi.Yuragimni hovuchlab ichkariga kirdim..Dars boshlanib bo‘lgan ekan hamma mendan
ko‘zini uzolmadi..ayniqsa Bobur.U berilib darsni o‘ta boshladi lekin faqat menga qarab qarab
qo‘yardi.Yaramas..uni deb bo‘ldi hammasi.Shu payt sokin musiqa ovozi eshitildi.Eshik ochilib sharlar
uchib kira boshladi.Ajoyib musiqa chalgancha sozandalar kirib keldi.Hammamiz bu tomoshani
oxiriga qiziqayotgandik.Ichkariga bashang kiyingan Tohir kirib to‘g‘ri meni yonimga yurib kela
boshladi..Ey Ollohim faqat bu emas..U meni yonimga yetgach:
-o‘zimni go‘zal rafiqam tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin..-degancha hammani yonida mendan bo‘sa


oldi.So‘ng meni shartta ko‘targancha Boburni yonidan tantanavor o‘tib ketdi..Boburning qizargan
yuziga va musht bo‘lib tugilgan qo‘liga ko‘zim tushdi..Tamom endi uyda o‘zim tayyorlanaman Tohir
meni uydan chqarmasa ham kerak..Eng muhimi universitetga ruxsat bersa bo‘lgani..U meni
mashinasiga o‘tqizgancha uyga olib ketdi.Kechasi shu rejani o‘ylaganmi deyman ishqilib shu bilan
tinchisinda.. U meni uyga tashlab:
-xayr rafiqaginam kechgacha-degancha sovuq jilmaydi.Kech bo‘lmasa ham mayli..bugunga yetadi.Uy
ishlari bilan o‘zimni chalg‘itdim.Namozimni o‘qidim.Tashvishlar bilan bo‘lib ro‘za ham
tutolmayapman.Hammamiz ovqatlanib ham bo‘ldik Tohirdan darak yo‘q.Yotoqimizda o‘tirgancha uni
kuta boshladim..Hayriyat u keldi..ammo yuz ko‘zlari ko‘kargan qo‘llari qon edi..
-Bo‘ldi u bilan orani ochiq qildim ortiq senga ko‘z olaytirmaydi joni shirin bo‘lsa..-degancha
jilmaydi.Uni borib bo‘ynidan quchdim..Qanday yaxshi seni chin dildan himoya qiladigan insoning
borligi..U ham meni mahkam bag‘riga bosgancha uzoq bo‘sa oldi... #Ramazon muborak bo‘lsin
begim 32-qism
Kutganimdek u meni boshqa ko‘chaga chiqarmay qo‘ydi.Uydagilarga esa meni charchab
qolyotganimni bahona qildi.Nazokat opam 2-kursni bitirdi.Meni esa imtihonim ertaga..nima bo‘lsa
ham o‘qishga qabul qilinayda..Tohir telefon ishlatishimga ham ruxsat bermay qo‘ydi.Biz endi
risoladagidek er xotinlardek yashay boshlagandik.Menimcha u Asal bilan ham gaplashmay
qo‘ydi.Imtihonim bo‘lib o‘tdi.Javoblari chiqqan kuni mendan baxtli odam bo‘lmadi...Nahotki men ham
talabaman...huquq yo‘nalishiga grantlar ro‘yxatida turibman...Butun qarindoshlarimiz
tabrikladi...ayniqsa dadamning quvonchi cheksiz edi.Men uddaladim..Ollohim o‘zingga
shukur..sabrim bilan erishdim..taqdirimga qarshi isyon qilmadim.Oilaviy shinam restoranga borib
nishonlashga qaror qildik.Men makiyajimni to‘g‘irlab olgani yuvinish honasiga yo‘l oldim..qaytib
chiqayotsam kimdir meni qo‘limni qattiq tortib o‘ziga qaratdi.Qarshimda Bobur turardi..bu nimasi
bo‘ldi yana.
-Nastarin tabriklayman talaba bo‘libsiz..-dedi quvonib.Uning ko‘zlari qandaydir mahzun edi.
-iltimos meni tinch qo‘ying..-dedim qo‘limni tortib.U bo‘lsa meni kuch bilan bag‘riga tortdi.
-sizni qanchalik ko‘rgim keldi bilasizmi..endi ko‘chaga bemalol chiqishingiz mumkin.Anovi maraz
sizga umuman mosmas..
-qo‘yvorrr dedim bo‘lmasa hoziroq baqiraman-dedim g‘azab bilan uni bag‘ridan otilib
chiqarkanman.Aqldan ozganmi bu..
-bo‘ldi shartmas..eng muhimi sizni ko‘rdim..-degancha sharpadek g‘oyib bo‘ldi.Shunday kunda ham
asabimni buzadimi a..O‘zimni qo‘lga olib oilam davrasiga qaytdim.Sokin musiqa yangradi..
-senga syurprizim bor..-qulog‘imga pichirladi Tohir.Atrofga olazarak qarab qo‘ydim anovi yelim meni
kuzatmayotgan bo‘lsinda..
-yur-degancha meni davraga tortdi.Tepamdan minglab atirgul gulbarglari sochildi.Hamma bor
ovozda tabriklaymizz degancha qarsak chalardi.Men judayam baxtliman..ammo ko‘zim uzoqdan bizni
kuzatayotgan Boburga tushdi.Shu zahoti Tohirga raqsga tushaylik dedim sekin.U meni belimdan
qo‘llarini o‘tqizdi.Ajoyib musiqa tarala boshladi..qanday ajoyib atirgullar yomg‘irida sevishganlardek
vals tushayotgandik..buyoqda qaynona qaynotam ham kulgancha vals tushishar..dadam qolganlar
bilan suhbatlashib o‘tirardi.Nazokat opa esa bizga havas bilan termulib o‘tirardi.Bobur ko‘zini bizdan
uzmasdi...Ajab bo‘lsin meni yonimda erim bor va men doim u bilan birgaman...buni u tushinib yetishi
zarur.. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 33-qism
Universitetda o‘qishim ham boshlandi..qanday maroqli xuddi tushga o‘xshaydi.Kunlarim ajoyib
o‘tardi.Bir kuni Tohir ishdan hammamizga shashlik olib keldi.Negadir ko‘nglim ko‘tarilib
ketdi...yugurgancha hojathonaga shoshdim.Qaynonam orqamdan kulib qarab qo‘ydi..Qayt qilib ancha
yengillashdim menimcha menga nimadir yoqmadi..Qaytib kelsam hammani yuzida quvonch aks etib
turibdi..Ayniqsa Tohirni.Nimadan buncha hursand bo‘lishmasa.Ammo ularni yoniga yetib borishga
ulgurmadim..boshim aylanib ketdi..atrofimda hamma narsa aylanayotgandek edi go‘yo.Shu bilan
hushimni yo‘qotdim.Ko‘zimni kasalxonada ochdim..negadir Tohir tepamda jilmayib o‘tiribdi.


-qayerdaman-so‘radim hayron bo‘lib.
-tabriklayman siz yaqinda ona bo‘lasiz-dedi honaga kirgan oq halatli doktor xonim-homila 3oylik
bo‘lgan jinsi o‘g‘il ekan sizga vitaminlar yozib beramiz-degancha Tohirni olib xonadan chiqib
ketdi.Nima dedi..nahotki men ona bo‘laman...naqadar baxt bu..qornimni sekin siladim.Mittivoyim
shu yerdamisan..onasining quvonchi xursandligimdan yonimga Tohir kelganini ham sezmabman.
-polvonim meni-degancha qornimni mehr bilan siladi-ismini Farhod qo‘yamiz dedi kulib.
-tezroq uyga borishni hohlayman-dedim bu yangilikni butun olamga aytishni hohlardim..Uydagilar
buni bayramdek qabul qilishdi.Axir ular uchun bu birinchi nevara.Tohir har kuni har xil o‘yinchoqlar
gullar va shirinliklar ko‘tarib kelardi.Menga avvalgidan ham mehribon bo‘lib qolgan edi.Endi
o‘rtamizda hech qanday qizlar yo‘q..Bitta qiz orzu qilganchalik hayotim bor.Shunday baxt bilan
darsdan chiqdim.Negadir ko‘nglim g‘ash bo‘layotgandi.Yo‘limni 3ta qiz to‘sdi.Ularni biri tanish..Asal
menga g‘azabnok jilmaygancha qarab turardi:
-ha Tohir akamni egallab olib mazza qilib boyliklarga cho‘milib yashayapsanmi?-obdon ust boshimga
qararkan.Unga boyagi qizlar ham qo‘shilib kuldi.
-jinni bo‘lma u meni erim sen esa shunchaki ermak eding xolos-dedim bo‘sh kelmay.Shunda sport
uslubida kiyingan qizlarni bittasi to‘satdan qornimga musht tushirdi.So‘ng ular meni majburlab
ovloqroq joyga sudrashdi.Yana bir musht kelib tushdi...Yerga bukchayib qoldim..Ular ayamasdan
meni tepkilardi..Kuchim yetmadi bolamni himoyalagim kelayotgandi..unga hech narsa qilmasinda...
-ur yaxshilab bolani tug‘olmasligi kerak-derdi vaxshiylarcha Asal.Ularni kaltaklari ta‘sirida og‘riqni
sezmay qoldim.Sezganim oyoqlarim orasidan issiq suyuqlik oqayotgandi..Aftidan ular buni ko‘rdi
shekilli qochib qolishdi...
-yordammm-hushsiz yerda yotgancha baqirardim..atrofni zulmat qoplab hushimdan ketdim...
#Ramazon muborak bo‘lsin begim 34-qism
Muallif:Nafisa Malikova
Ko‘zimni shifoxonada ochdim..hammayoqim zirqirayotgandi..sekin qornimni ushladim..Shu payt
xonaga Tohir kirib keldi:
-kimm???-dedi g‘azab bilan.
-o‘sha foxisha Asalingiz..-baqirdim
-bolam-dedim unga iltiloji tikilib-u yaxshiya..Tohirning ko‘zlari yoshlandi:
-kechir meni..hammasi meni deb bo‘ldi..endi bolamiz yo‘q undan ayrildik-u meni bag‘riga bosmoqchi
bo‘ldi.
-yo‘qoll sendan nafratlanaman-degancha baqirib hammayoqni ostin ustun qila boshladim..Hamshira
yugurib kelib tinchlantiruvchi qildi..Yo‘q men uxlashni hohlamayman..menga bolamni topib
beringlar..bolamm..sekin uyquga ketdim..Tushimda onam qo‘lida jajji bolakayni ko‘targancha menga
kulib qarab turardi.
-oyi bolamni menga bering..menham ko‘ray iltimos..-degancha onamga yaqinlashdim.Onam men
qancha yaqinlashsam shuncha uzoqlashardi..
-to‘xtang-degancha chopardim..ammo onam bolam bilan birga g‘oyib bo‘ldi..Baqirib uyg‘onib ketdim
tepamda qaynonam yig‘lab o‘tirardi.
-uyg‘ondingmi qizim..kechir meni shunday notavon o‘gil o‘stirdim..agar uni o‘sha qiz bilan aloqasini
bilganimda uni oq qilardim..-degancha tinmay yig‘lardi.
-iltimos unday demang sizni aybingiz yo‘q aslo-mahkam quchoqladim..Ular ancha payt sochimni silab
meni yupatdilar.Endi menga hayotning qizig‘i yo‘q edi..kun bilan tunni farqi yo‘q edi..Tohir Asalni
obdon urdirib so‘ng qamatib yuboribdi..bundan nima foyda endi..bolam qaytib kelarmidi..xonadagi
o‘yinchoqlarga qarab tinmay yig‘lardim.Meni hech kim ovutolmadi.Tohir esa ichkilikka ruju
qo‘ydi..oyoqda zo‘rg‘a turgancha ichib kelar..so‘ng mendan yig‘lab kechirim so‘rardi.Endi menga uni
borligini ham yo‘qligini ham farqi yo‘q edi..Bir kuni akademik ta‘til olish uchun hech kimga aytmay
uydan chiqdim..duch kelgan taksini to‘xtatdim.Manzilni aytdim..ancha yurgach e‘tibor bersam
umuman boshqa tarafga ketyabmiz:


-hoy to‘xtating buyoqqa demadimku-dedim jaxlim chiqib.Shu payt haydovchi ortga o‘girildi..bu Bobur
edi..menga qaragancha mahzun jilmaydi.
-hammasini eshitdim..Nastarin iltimos men bilan keting sizdan juda havotir oldim..u sizga
arzimaydi..men sizni dunyodagi eng baxtli qizga aylantiraman..-degancha menga yana bir narsalar
dedi.Endi menga umuman farqi yo‘q..Tohirdan farqli o‘laroq Bobur meni chin dildan sevadi..balki u
meni baxtli qila olar..Indamaganimga rozilikka yo‘ydi shekilli mashinani haydab ketdi... #Ramazon
muborak bo‘lsin begim 35-qism
U meni uyiga olib keldi.O‘z qo‘llari bilan ovqat pishirib berdi..qanday mehribonchilik..ayni paytda
daldaga judayam muhtojman..tinimsiz Tohir qo‘ng‘iroq qilayotgandi.Ko‘tarmadim..uni ovozini ham
eshitmaslikni hohlayman..telefonimni ovozsiz rejimga o‘tqizib qo‘ydim..Bobur menga qiziq qiziq
voqealar aytib kuldirishga harakat qilardi.Qo‘li ham shirin ekan ovqatni mazza qilib yedim.Bu yerda
o‘zimni ancha hotirjam his qilayotgandim..qaniydi Tohirni uchratmaganimda..Bobur bilan baxtli
hayot kechirardim..Bobur meni mahkam quchdi.Bu safar unga qarshilik qilmadim..Shu payt eshik
qarsillab ketdi.Xonaga vajohat bilan Tohir kirib keldi..meni ko‘rib uni bag‘ridan yulib oldi.Boburni
ayamay kaltakladi..Men huddi haykaldek qotib turardim.U menga tekkan tavqi la‘nat shekilli
qayerda bo‘lsam ham topib keladi.Ko‘ngli joyiga tushdi shekilli qonga bo‘yalgan qo‘li bilan meni dast
ko‘tardi:
-mendan hech qayoqqa qochib ketolmaysan-dedi meni qattiq ushlarkan.Ortidan 2ta yigit uyga qarab
kirib ketdi.Ishqilib Bobur omon qolsin.
-qaniydi qochib ketolsam..-dedim unga nafrat bilan tikilib-meni qo‘yib yuboring iltimos.
-hech qachon sen toabad menikisan seni hech kim mendan tortib ololmaydi..-dedi qat‘iy qilib.
-sizdan nafratlanaman-dedim qo‘lidan chiqishga harakat qilib.
-men esa sevaman go‘zalim-degancha sovuq jilmaydi.Meni mashinasiga o‘tqizdida uyga qarab
haydab ketdi. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 36-qism
Mashinani to‘xtating-dedim.Uni qo‘li qonayotgandi.Yarani bog‘lash zarur.Mashinadagi aptechkani
chiqarib uni yaralarini artib bog‘lab qo‘ydim.
-meni sevasana baribir-dedi ayyorona jilmayib.
-hech qachon..-dedim jaxlim chiqib.
-sevasan..butun yuraging bilan sevasan..degancha meni qo‘limni mahkam ushlab uyga haydab
ketdi.Uydagilarga meni aylantirib kelganini aydi.Qaynonam uni jarohatlarini ko‘rib qo‘rqib ketdi
ungayam bahonasi tayyor buni nima emish..meni qizlar taladi keliningiz zo‘rg‘a ajratib oldi
emish...judayam kulguli..Qaynonam haziling qursin degancha jarohat jiddiymasligini ko‘rib ko‘ngli
tinchlandi.Uyga kirib kechgacha honamdan chiqmadim..ortiq bu yerda qolgim kelmayapti..Tohirni
hatto ko‘rgim ham kelmasdi..Ertalab Tohirning telefoniga xabar keldi.."Jonim ishga qachon
kelasiz..sog‘inib kettimuu"degancha o‘pichlarr jo‘natgan behayo Shirin..asta javob yozdim."Jonim
seni xiyobonda kutaman"degancha manzil yozdim xabarni o‘chirib telefonni Tohirni yoniga qo‘yib
qo‘ydim.Shundoq ham alamimni kimdan olishni bilmayotgandim..juda yaxshi bo‘ldi.Sekin kiyinib
yo‘lga chiqdim.Aytilgan joyda o‘sha megajin turardi.Sochi sariq lablari boteks qilingan..tabiiiy joyini
o‘zi yo‘q..Tohirni yangi o‘yinchog‘i senmisan hali..asta uni yoniga yaqinlashdim.
-salom go‘zalim men Tohirni xotini Nastarinman-dedim qoshimni chimirib.U menga qarab o‘zicha
mensimadi shekilli labini burdi.
-shunchunam seni Tohir sevmaskanda..axvolingni qara..qisir sigir bitta merosxo‘r tug‘ib
berolmaysanku..yana katta ketasan-dedi meni masxaralab.Jonim hiqildog‘imga keldi..bor kuchim
bilan unga yopishdim.Ayamay hamma joyiga ura boshladim..ichimdan qasos olish kuchi otilib
chiqayotgandi.Nimjongina ekan o‘ziyam menga kuchi yetmayotgandi..
-tilingni sug‘urib olaman sen iflosni..-degancha ayamay urdim.Shu payt politsiyachilar keb bizni
ajratdi.Meni qo‘limni ushlab idoraga olib ketishdi.Atrofdan kim chaqirgan bo‘lsa ularni..sog‘
qoymasdim shu Shirinni...
Kamerada o‘tirarkanman yonimga odam kelganini aytishdi.Kim bo‘ldi bu nahotki Tohir qo‘g‘irchog‘i


uchun o‘ch olgani kelgan bo‘lsa..asabiy kuldim.Afsuski qarshimda Bobur o‘tirardi.
-salom Nastarin yaxshimisiz..-dedi u xavotir bilan tikilib-ko‘rdingizmi u sizni kimga aylantirib
qo‘yayapti..Shu payti menga uni aqlli gaplari yetmay turuvdi.Qiziq qanday omon qoldi Tohirdan..
-xo‘sh kimga ekan..-dedim asabiy kulib
-sizni bu yerdan chiqarib olaman so‘z beraman-dedi ishonch bilan.Ko‘rinishidan o‘tgan kuni unga
ham oson bo‘lmagan ko‘rinadi..tanasida har xil chandiq izlari..
-qanday qutuldingiz?-dedim qiziqib.
-oldindan chora ko‘rib qo‘ygandim..afsus o‘ylaganimdek bo‘lmadi..men Tohirni qamoqqa
tiqmoqchidim menga bir narsa qilsa..o‘rniga odamlari bo‘yniga olishdi-dedi stolni mushtlab.
-demak men rejani bir qismi bo‘libmanda-dedim undan hafsalam pir bo‘ldi.Axmoqlarcha o‘z erimni
qo‘lga tushirish uchun unga ko‘maklashishimga oz qoptida-sizni Tohirdan qayeringiz ortiq..-dedim
g‘azablanib.
-adashyapsiz..men sizni qattiq sevaman..yana safsatalar..yana yolg‘onlar..Yaxshiyamki vaqt
tugaganini aytib zobit meni olib ketdi..bo‘lmasa uni ham bir narsa qilib qo‘yardim..Kameramga
qaytib Tohir haqida o‘yladim..u hozir Shirinni tepasida uni yupatib o‘tirgandir..Shu payt eshik ochilib
Tohir kirib keldi.
-ketdik-degancha meni dast ko‘tarib oldi.
-qo‘yvoring oyoqlarim borrr-dedim chiranib.
-buncha zahar bo‘lmasang a?-dedi u meni qo‘ldan qo‘ymay.
-boring unda o‘sha Shiriningizni oldiga-dedim jaxl bilan.
-u hali buni uchun javob beradi..
Qanday yaxshi ering senga hech bir sabablar izohlarsiz ishonsa..seni himoya qilsa..o‘zimni uning
zabardast qo‘llarida hotirjam seza boshladim.Nahotki men ham uni sevaman... #Ramazon muborak
bo‘lsin begim 37-qism
U meni qandaydir domga olib bordi.Ichkariga kirdik.U yerda 2ta yigit Shirinni tutqinlikda tutib
turishibdikan.
-Tohir aka men shunchaki..-deb Tohirni ko‘rishi bilan jonlandii Shirin.Ammo meni ko‘rgach hafsalasi
pir bo‘ldi shekilli jimib qoldi.
-o‘rningdan turib hoziroq xotinimning poyiga tiz cho‘kib kechirim so‘ra..-buyurdi Tohir.Yigitlar uni
qo‘llarini yechishdi.U istar istamay yonimga kelib tiz cho‘kdi.
-meni kechir..-dedi bosh egib.Uni ko‘karib ketgan yuzlariga qarab ichim achidi.Jaxl ustida uni
ayamay savalaganim esimga tushdi..
-yaxshilab so‘ra men hali uni senlashingga ruxsat bermadim-dedi Tohir unga g‘azab bilan
tikilib.Nahotki u meni tarafimni olib..o‘zining ma‘shuqasini poyimda tiz cho‘ktirtiryapti..
-iltimos kechiring...-bu safar Shirin yig‘lab yubordi-men homiladorman iltimos rahm qiling...Miyam
chaqnab ketdi..nahotki ular..ha nima ham qila olardim o‘zim bola tug‘ib berolmaganimdan keyin
savol berishga haqqim bormikin...
-bolamni tug‘asan faqat unga Nastarin onalik qiladi..sendan ko‘ra u ona nomiga munosib-dedi Tohir
undan ko‘zini uzmay.
Yo‘q bu xatoo..ona bolani ayira olmayman endi og‘iz juftlamoqchidim Tohirni gapi fikrimni bo‘ldi.
-ko‘nmasang qishloqdagi ota onang sharmanda bo‘ladi..axir seni ne umidlarda buyoqqa jo‘natishgan
to‘g‘rimi-sovuq jilmaydi Tohir.Vaxshiy...ha u aniq vahshiy..
-yo‘qq..men roziman faqat ota onamga aytmang shundoq ham bolani oldirib tashlamoqchidim-dedi
Shirin yalinib.
-meni bolamni oldirgan kun o‘zing ham o‘larding-dedi tahdid qilib Tohir-bugundan boshlab bola
tug‘ilguncha shu yerda yashaysan..hech nimadan kamchilik ko‘rmaysan bola tug‘ilgach uni bizga
rasmiylashtirib so‘ng ketasan tushundingmi-dedi Tohir qizni iyagini ko‘tarib o‘ziga qaratarkan.
-xo‘p faqat so‘ng qo‘yib yuborasiz uydagilar to‘y boshlashga 1yil bahona qilib cho‘za olaman xolos-
dedi mo‘ltirab Tohirga qararkan.Tohir roziman degancha bosh silkidi.So‘ng meni qo‘limdan mahkam
tutib olib ketdi.Nimalar bo‘lyapti...nega u mendan so‘ramay o‘zi hammasini hal qilmoqchi..Uyga


kelib xonamizga kirgach g‘azabim qaynadi..
-men ketaman..birovni bolasi kerak emas menga..-dedim Tohirga.
-ketsang seni o‘ldiraman..
-undan ko‘ra o‘ldiring bu vahshiylikku..-dedim alam bilan.
-yo‘q go‘zalim..otangni yurak xuruji bo‘lib onamni yoniga jo‘nab qolmasin desang bolani o‘zing katta
qilasan..
U menga bezbetlarcha tahdid qildi..yana otam bilan..u juda yaxshi biladi otam men uchun butun
borlig‘im ekanligini.. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 38-qism
Noiloj rozi bo‘ldim.Uydagilarga bola asrab olamiz deb aytishimizni aytdi.Shifokorga olib
bordi..tekshiruvlarga ko‘ra yana homilador bo‘la olaman faqat ko‘proq saqlanishim kerak ekan..hali
organizm tayyormas dedi.Shunisiga ham shukur men yana ona bo‘la olaman.O‘qishimni tiklab
oldim..kunlarim tinch osoyishta o‘ta boshlagandi.Tohir bilan yangi kelajak mehmonimizga turli xil
o‘yinchoqlar oldik.Uydagilar buni shunchaki havasga yo‘yishdi.Aslida Shirinni oy kuniga oz
qolgandi.Tohir o‘g‘illi bo‘ldi..Shirin va‘dasida turib boladan voz kechdi..ammo eshitishimcha yo‘lda
ketayotib avtohalokatga uchrab vafot etibdi.Bechora bolakay..sen ham mendek yetim qolding.Uni
munchoqdek ko‘zlariga qarab to‘ymasdim..uydagilar bola asrab olganimizni yaxshi qabul
qilishdi.Bolaga deb Aqiqa marosimi o‘tqizdik.Dadam ham bu ishimdan faxrlandi.Endi kechalari uyqu
yo‘q edi.Tohir bilan galma gal bolaga qarab chiqardik.Qaynonam bilmaganlarimni
o‘rgatardi..Darslarda ham goh uxlab qolardim.Uyga yugurib kelardim Farhodimni sog‘inib qolardim
ko‘rmasam..Tohir namunali ota bo‘lib chiqdi tez tez telefon qilib bola haqida so‘rab turardi.Onalik
hissi ajoyib ekan...
Bir kuni ham shoshib yo‘lga chiqdim.Taksi o‘tirib manzilni aytdim.Ammo yursak ham yetmasdik
aylanma ko‘chalar bilan boshqa joyga chiqib ketdik.
-xo‘jayin uni oboryapman-dedi haydovchi.O‘takam yorilib ketdi..hayolimga Bobur keldi anchadan beri
yo‘qligiga uni yo‘q bo‘lib ketdi deb o‘ylagandim.To‘xtat deb baqirsam ham to‘xtamadi.Meni eski
binoga olib kelib majburlab tushirdi.Barzangi erkakka kuchim yetmadi..Ichkarida jilmaygancha
Bobur kutib turardi:
-salom Nastarin-bu telbadan umrbod qutulmayman shekilli..
-sen jinni bo‘lganmisan-baqirdim.U tezlik bilan qo‘limni tepaga qilib ustunga bog‘ladi.
-tshsh..go‘zalim jimmm- u haqiqatdan ham aqldan ozib qolgan shekilli.Jilmayishlari ham g‘alati..
-nega o‘sha axmoqdan voz kechmaysana..uni bolasini bola qilib o‘tiribsan..uni o‘ldiraman
eshitdingmi o‘ldiraman-u aqldan ozgandek baqirardi.Ko‘rinishi ham g‘arib..betartib kiyingan..nahotki
shu men tanigan Bobur bo‘lsa..
-mendan nima hohlaysan-dedim tishim g‘ichirlab..
-visolingni hohlayman..-degancha ko‘zi olayib menga yaqinlasha boshladi.Shu payt telefonim
jiringladi.Tohir qilayapti chamamda.Kelmaganimga xavotir olgan bo‘lsa kerak..
-alo-degancha telefonni Bobur ko‘tardi-xotining men bilan ishqdan sarmast bo‘lib
o‘tiribdi..Bezbet,iflos..bisotimdagi bor so‘zlar bilan uni haqorat qila boshladim.U esa meni birma bir
kiyimlarni yirta boshladi to qip yalong‘och qolgunimcha..nahotki nomusim shu yaramas qo‘lida
toptalsa..Ey Ollohim o‘zing madad ber..Tohir meni qutqar..degancha faryod qilardi qalbim..
#Ramazon muborak bo‘lsin begim 39-qism
Tohir yetib kelgunicha vaqtni cho‘zishim kerak..O‘zimni hushdan ketganga soldim..Bobur qo‘rqib
ketdi shekilli suv topishga chiqib ketdi.Suv olib kelib menga sepa boshladi.Uyatdan yorilay dedim..
Tashqarida sirenalarni ovozi eshitila boshladi.Ichkariga yugurib Tohir kirib keldi.Bobur to‘g‘ri
qo‘lidagi pichoqni meni bo‘ynimga qo‘ydi..
-u meniki faqat meniki-derdi telbalarcha...Tohir unga yaqin kelib:
-ho‘p bu yerdan u bilan chiqasan faqat unga ziyon yetkazma-dedi qo‘lini ko‘tarib.Jinni bo‘lganmi u
meni shu bezbetga qo‘shqo‘llab topshirib yuboryaptimi..
-qochch-deb baqirdi Bobur unga qarab meni tomog‘imdan pichoqni olmasdan qo‘limni bo‘shatib men


bilan yura boshladi.Shu payt o‘tib ketayotganimizda Tohir uni oyog‘idan tezlik bilan chalib..u
yiqilgach qo‘lidan pichoqni tortib oldi.Bu paytgacha politsiyachilar atrofni o‘rab olgancha ichkariga
kirib kela boshlagandi..Tohir darrov ko‘ylagini yechib menga kiygizdi.Uni qattiq quchoqlab
oldim.Shu onda uning yurak urishidan boshqa ovozni eshitgim kelmayotgandi..U meni dast ko‘tarib
olgancha..Qo‘lga olingan Boburga qahrli qaragancha chiqib ketdi.Mashinaga o‘tirib keta
boshladik.Menimcha Boburga ancha yillik qamoq jazosi beriladi endi bu qilmishidan keyin.Yo‘lda
ketayotib Tohir mashinani to‘xtatib meni mahkam quchdi:
-seni yo‘qotib qo‘yamanmi deb juda ham qo‘rqdim-dedi sochlarimni lablarimni qayta qayta o‘parkan.
-men ham siz bilan Farhodimni qayta ko‘rmaymanmi deya qo‘rqdim-dedim uni yuzini o‘pib.Men uni
chin dildan sevib qolgandim..ha chin qalbim bilan..yuraklarimiz faqat bir birimizni ismimizni aytib
uragotgandi.Mashaqqatlar bizni sevgimizni tobora alangalatayotgandi.
Yo‘lda kiyim olib kiyinib oldim.Ikkalamiz ham Farhodni juda sog‘inayotgandik shu tobda..Uyga kelib
o‘zimizni hech narsa bo‘lmagandek tutdik.Er xotinlardek bolamizni o‘rtaga yotqizib bir birimizni
quchgancha shirin uyquga ketdik.. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 40-qism
Universitetda ham darslarim maromda ketayotgan edi.Guruhga yangi yigit keldi.Ismi Akram
ekan..qizlarimizning biri olib biri qo‘yib maqtashiga qaraganda aqlli yigit shekilli.U hammadan ko‘ra
men bilan ko‘proq do‘stlashishga harakat qilayotgandi..ammo oilali ekanimni eshitgan shekilli
masofa saqlay boshladi.Bir kuni yolg‘iz o‘zim ketayotganimda ortimdan chaqirdi.
-Nastarin sizda muxim gapim bor tog‘risi hech qachon ko‘nglimdagidek qizni topolmayman deb
o‘ylagandim..ammo topganimda uni yo‘qotdim..men sizni bir ko‘rganda sevib qoldim samimiyligingiz
ilmga chanqoqligingiz hammasi men orzu qilgandek bugun yurak yutib shu so‘zlarni sizga aytgim
keldi..ammo xavotir olmang meni qaytib ko‘rmaysiz boshqa guruhga o‘tib ketaman..-degancha
qayrilib shaxdam qadamlar bilan yurib ketdi.Ortimga o‘girilsam shundoqqina yaqinimda Tohir
jilmayib turardi..Nahotki u hammasini eshitdi..menimcha eshitmagan eshitsa bundek kulib
turmasdi..
U meni o‘sha ilk marta ovqatlangan restoranimizga olib bordi..lekin endi uni nigohlari
o‘zgargan..unda mehr muhabbat to‘la haqiqiy hislar aks etib turibdi..Birgalikda sokin musiqaga raqs
tusha boshladik.
-men seni sevaman Nastarin telbalarcha sevaman-dedi meni mahkam quchib raqsga tusharkan.
-men ham sevaman sizni Tohir aka-uni bo‘ynidan quchdim.U ehtirosli bo‘sa hadya etdi.Naqadar
ajoyib men baxtliman..negadir u har doim shunday romantik bo‘lgandek tuyulayapti menga..
Uydagilar to‘yga ketishdi.Farhod uxlab qolgach..meni bag‘riga bosgancha dast ko‘tardi va yotoqqa
olib kirdi.Ochig‘i hayratdan qotib qoldim...yotoqxona usti mayda atirgul gulbarglari bilan
bezalgan..yurakchali shamlar bilan "Seni sevaman Nastarin"deb yozilgandi.
-qachon ulgurdingiz???-hayajondan baqirib yubordim.
-tsss..o‘g‘limni uyg‘otvorma..axir onasida ishim bor..-degancha ayyorona jilmaydi.Xuddi birinchi
kechamizdagidek...muhabbatga to‘la tunni u bilan o‘tqizdik..
Ertalab uyg‘onsam Tohir ishga ketibdi.Xayron bo‘ldim har doim meni tashlab qo‘yardi.Farhodni ham
o‘zi bilan olib ketibdi.Qo‘ng‘iroqlarimga javob bermadi..Universitetda qanday
o‘tirdim..bilmadim..uyga uchib bordim go‘yo..Kelinlik uyimga kirsam..bizni yotog‘imizda qip
yalang‘och bo‘lib Tohir o‘zgasi bilan shakarguftorlik qilardi..Esxonam chiqib ketdi..bu nimasi..
-sizzz-g‘azab bilan baqirdim-nima qilyapsiz??
-keldingmi..tanish bu meni yangi xotinim Olya-dedi sovuq jilmayib-o‘ylab qarasam sendek bitta
bolani ham eplab tug‘olmaydigan xotinni nima qilaman..yana qanday ko‘ngil olishni ham bilmaysan-
degancha ko‘z oldimda qizni yutoqib o‘pa boshladi.Axmoqman..men unga qanday ishondim..
-bolamni olib ketaman qaytib meni qoramni ham ko‘rmaysiz
--bola meniki unda seni haqqing yo‘q narsalaringni olda yo‘qol-dedi menga nafrat bilan
tikilib.Ko‘nglim vayron bo‘lib ketdi..olib qo‘yar ekan nega bolaga mehr qo‘yishimga qo‘yib
berdi..nega???
Uydan yig‘lagancha otilib chiqdim..uydan o‘zim bilan hech nimamni olib chiqmadim...Men ketaman


bu yerlardan olislarga.. #Ramazon muborak bo‘lsin begim 41-qism
Dadamga hammasini qog‘ozga o‘rab tushuntirdim..uni qiynagim kelmadi o‘z tashvishlarim
bilan..Arabistonda yashaydigan xolamnikiga chipta sotib olib berdi bor puliga bechora
otam..Samalyotda jo‘nab ketdim..butun qalbim yurtimda qolib ketgandi..Xolamlar meni iliq kutib
olishdi.Xuddi onamni ko‘rgandek bo‘ldim ularni ko‘rib.Hammasini unutish uchun o‘qishimni
ko‘chirdim..Tohir bilan rasmiy ajrashdik u menga qaytib qo‘ng‘iroq ham qilmadi..hammadanam ko‘p
Farhodimni sog‘inardim. Hech kimga ko‘ngil berolmadim..oshiqlarim ko‘p edi ammo hech kim
yuragimni Tohirdek egallay olmadi.O‘tmish xotiralari bilan oradan 4yil o‘tdi.Men endi o‘z kasbiga
ega oliy malumotli o‘z ishi bo‘yicha yetuk mutahassis edim.Ammo ko‘nglim kemtik..
Mana yana Ramazon oyi kirib keldi.Har yilgidek ro‘za tuta boshladim.Xolamlarni uyi ochiq ayvonli
bo‘lib meni honam uyning chekkarog‘ida joylashgan edi.Yaxshi pul topganim uchun ukamni
uylantirdim..otamni haj safariga jo‘natdim..Xullas mening orzularim birma bir ushalayotgan
edi..faqat eng asosiysi emas..Derazani ochib porloq yulduzlarga to‘la osmonga tikildim negadir
Tohirni esladim.Derazani ochiq qoldirgancha iftorlik vaqti bo‘lgani uchun xonamda turgan suvni
qidirdim..uni shundoq derazaga qo‘ygandim qayerga ketdi..Kimdir ortimdan kelib mahkam
quchdi..bu qo‘llarni bu taftni hech ham unutmadim..
-Tohir akaaa-quvonchdan ortimga o‘girilib uni mahkam quchdim.Yo‘q bu tushimmasdi u ro‘paramda
jilmaygancha turardi..uni judayam sog‘ingandim..qancha azob bergan bo‘lsa ham..qancha qiynagan
bo‘lsa ham men faqat uni sevardim..
-yaxshimisan Nastarin-dedi sochlarimni silab.
-bu yerga qanday keldingiz-tilim zo‘rg‘a aylanayotgandi..
-seni ketganingdan beri kuzataman axir..nega turmush qurmading-dedi u ham sog‘inch to‘la nigohlar
bilan tikilib..
-men..sizdan boshqasini tasavvur ham qilolmayman-xaqiqatni tan oldim.
-men seni o‘sha yigit bilan ko‘rgach..o‘zimdan nafratlandim..seni kuch bilan yonimda ushlab
turishdan nima foyda..sen mendan ham yaxshisiga munosib eding..o‘shanday bir so‘zli faqat seni
sevadigan yigitga-uning ko‘zlari yoshlandi.
-nega meni bunchalar sevasizaa?-yig‘lab yubordim.Demak hammasini atayin uyushtirgan ekanda
meni ketqizish uchun..men bo‘lsa unga har doimgidek ishonmadim..lekin uchi u menga doim ishondi
har qanday vaziyatda ham meni yolg‘iz qo‘ymadi..
-seni baxtli bo‘lishingni hohladim xolos-uning ko‘zlari samimiy boqardi.Uni qattiq quchgancha uzoq
bo‘sa oldim.
-yana ro‘za tutayapsana-degancha qo‘lidagi suvni ko‘rsatdi.Mana suvim qayerda ejan..
-Ramazon muborak bo‘lsin begim-dedim kulgancha.
-senga ham Ramazon muborak bo‘lsin gulim..
Biz birga O‘zbekistonga qaytdik.O‘glimiz Farhod ancha katta bo‘lib qolibdi..Nazokat opa turmushga
chiqib bolali bo‘libdi.Meni kelayotganimni Tohir aytib qo‘ygan shekilli uyni bezatib qo‘yib hamma
meni kutayotgan ekan..
-qizim qadaming qutlug‘ bo‘lsin..Tohir sen bilan ajrashganda rosa siqildik..nima bo‘lganda ham seni
qizim deganman sen qayerda baxtli bo‘lsang o‘sha yerda bo‘l-dedi boshimni silab.Axir nega hursand
bo‘lmay onam o‘rnida ona bo‘lsa..
-ayajonn..-degancha quyib qo‘ygandek Tohirga o‘xshaydigan shirin bolakay yugurib chiqdi-siz meni
topib keldingizmi?-dedi shirin tilchasi bilan.
-ha jonim bolam seni topib keldim-dedim uni mitti yuzlaridan to‘yib o‘parkanman.Uning har tug‘ilgan
kunida olib qo‘ygan o‘yinchoqlarimni unga berdim.Shu kecha uyimizda to‘y bo‘ldi..qaytadan nigoh
o‘qitdik.Endi yana bir oilamiz.Men ishlay boshladim.Tohir mutlaqo o‘zgargan endi oilaparvar
erkakka aylangandi.Ko‘p o‘tmay birdaniga 3nafar egizakni dunyoga keltirdim..bu mening sabrim
uchun Ollohim tomonidan berilgan mukofot edi..Baxt bu osonlik bilan erishiladigan narsa emas
ekan..Mashaqqatlar bilan erishilgan baxtning ta‘mi o‘zgacha ekan..men buni hayotimda guvohi
bo‘ldim..Endi meni o‘z oilam..suyukli yorim va bir biridan shirin 4nafar to‘polonchi o‘g‘illarim bor..


Download 200,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish