Ikkinchi jahon urushidan so’ng Yaponiya. Reja



Download 21,6 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi21,6 Kb.
#220530
Bog'liq
Ikkinchi jahon urushidan so�ng Yaponiya. Reja


Aim.Uz


Ikkinchi jahon urushidan so’ng Yaponiya.

Reja:

1. Urush oqibatlari.

2. Yaponiyaning yangi Konstitutsiyasi.

3. Islohotlar va Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti.

4. Tashqi siyosat.

5. Yaponiya- O’zbekiston munosabatlari.

Ikkinchi jahon urashidagi rnag’lubiyat va so’zsiz taslim bo’lish haqidagi kapitulyatsiya Yaponiyani larzaga soldi. Yaponiyaning yengilmas davlat va uning imperatorining ilohiy kelib chiqishi haqidagi afsonalar ruhida tarbiyalangan xalq buni milliy sharmandalik deb qabul qildi. Ayni paytda yaponlar mag’lubiyatni tan olib, o’zlariga xos tashkilotchilik va tartib bilan okkupatsion hukumatga bo’ysundilar.

AQSHning Yaponiyadagi okkupatsion qo’shinlari qo’mondoni general Makartur qo’lida cheklanmagan hokimiyat to’plangandi. Oktabr boshida demokratik qayta qurish boshlandi. General Makartur taklifiga ko’ra siyosiy mahbuslar ozod qilindi, yashirin politsiya tugatil-di Ayollar teng huquqliligi-bo’yicha chora-tadbirlar o’tkazildi, kasaba uyushmalar huquqi kengaytirildi, xalq ta'limi to’liq qayta o’zgartirildi.

Makartur Duglas (1880-1964) - 1944-yildan AQSH qo’shini generali. Ikkinchi jahon urushi davrida (1941 — 1942-yil) AQSHning Uzoq Sharqdagi qurolli kuchlari qo’mondoni va Tinch okean janubi-g’arbiy qismidagi itti-foqchilar qo’shinlari bdsh qo’mondoni. 1945-yildan Yaponiyadagi okkupatsion qo’shinlar qo’mondoni bo’lgan. 1950—1951-yillarda Koreyadagi Amerika va Janubiy Koreya qurolli kuchlari operatsiyalariga rahbarlik qilgan.

AQSH Yaponiyada o’z namunasi bo’yicha zamonaviy iqtisodiy tizim yaratishga harakat qildi. Ya'ni antitrest qonunlar qo’llanilishi lozim bo’lib, bunday qoida XX asr boshida AQSHda joriy etilgan, Dzaybatsu tarqatib yuborilgandi. 21 ta bank yopildi. Monopolistlar, militaristlar, shuningdek, yirik feodallar — yer egalari xalq dushmani deb e'lon qilindi. Ko’pgina harbiy va siyosiy jinoyatchilar hibsga olindi hamda qatl qilindi.

1947-yilda qabul qilingan konstitutsiya asosida demokratik huquq va erkinliklar, urushni rad etish, o’z qurolli kuchlarini taqiqlash e'lon qilindi. Shu bilan birga imperator millat rahbari, uning birligining ramzi bo’lib qoldi.

Agressiv siyosat olib borgan partiyalar tarqatib yuborildi. Urushdan so’nggi Yaponiyada davlat siyosatini bel-gilab bergan yangi — progressiv, liberal va sotsialistik partiyalar tashkil topdi. Urushdan keyingi davrda ko’p vaqtlar hukumat tepasida liberal (1955-yildan liberal-demokratik) partiya turdi.

1946-yilgi parlament saylovlarida liberal partiya g’alaba qozondi. General Makartur tashabbusi bilan par-lament 1946-yilda agrar islohotlar to’g’risida qonun qabu! qildi. Unga ko’ra hukumat pomeshchiklardan yer sotib olib, uni dehqonlarga sota boshladi. Yer islohoti dehqonlar foydasiga yerni qayta laqsimlashga olib keldi. Yagona pul solig’i asosiy soliq bo’lib qoldi. Endilikda dehqonlar o’zlari yetishtirgan mahsulotga o’z bilganicha xo’jayinlik qilishi mumkin bo’iib qoldi.

Agrar islohot Yaponiyada inqilob yasadi. Qishloq xo’jaligida jadal sur'atlarda kimyoviy o’g’itlar, gidro-poniklar, shuningdek, kichik dala-yerlarga mo’ljallangan minitraktor hamda boshqa texnikalardan foydalana boshlandi.

AQSH bilan bir qator shart- nomalar tuzilishi munosabati bllan Yaponiyadagi ahvol keskin o’zgardi. 1951-yili San-Fransiskoda "Xavfsizlik to’g’risida shartnoma" imzolandi. Unda ikki mamlakat o’rtasidagi harbiy-siyosiy ittifoq rasmiylashtirilchi.

Shartnoma Yaponiyada ushbu mamlakat "suvereni-tetini ta'rninlaydigan AQSH qurolli kuchlarini ushlab turish"ni nazarda tutar edi. Mazkur shartnoma mam-lakatda amerika harbiylarining bo’lishini abadiylashtirib qo’ydi va yapon qurolll kuchlarini tashkil etishga yo'l bermadi.

1952-yilgi amerika yapon shartnomasiga ko’ra barcha harbiy bazalar AQSH qurolli kuchlariga qaraydigan va ulanii ushlab turganligi uchun Yaponiyaga har yili 150 million dollar to’laydigan bo’ldi. Amcrika amalda Yaponiyaning barcha hududini nazorat qilish huquqini qo’lga kiritdi. 1953-yiida tuzilgan do’stlik, savdo va den-giz kemalari qatnovi to’g’risidagi Amerika-Yapon shart-nomasi har ikki mamlakat fiiqarolari hamda kom-paniyalariga bir-birlarining hududlarida tijorat faoliyali borasida teng huquqqa ega bo’lish imkoniyatini berdi. o’zaro yordam va mudofaani ta'minlash to’g’risidagi 1954-yiIgi bitim yapon sanoati uchun ochilgan amerika bozoridagi iqtisodiy chora-tadbiriarga sannoya kiritish kafolatini o’z ichiga olgan edi. Nihoyat, 1960-yilgi "o’zaro hamkorlik va xavfsizlikka kafolat" to’g’risidagi shartnoma bu ikki mamlakatning harbiy-siyosiy ittifoqi-ni rasmiylashtirishni yakunladi va Yaponiyani AQSHning Uzoq Sharqdagi kenja sherigiga aylantirdi deyish mumkin.

Mazkur shartnomaga ko’ra, Amerika harbiy xiz-matchilari yapon yurisdiksiyasi nazoratidan chiqarildi va soliq hamda bojxona lekshiruvidan ozod qilindi.

1 million aholi yashaydigan Okinava oroli AQSHning Tinch okean havzasidagi doimiy harbiy-havo kuchlari bazasi bo’lib qoldi. Amerika bombardimonchilari aynan shu yerdan Vyetnam. Laos, Kampuchiya shahar va qishloqlariga bomba tashlash uchun uchar edi.

Yaponiya bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzgan AQSH uni Sovet Ittifoqiga qarshi qayray boshladi. Amerika senati 1951-yilgi Yalta shartnomasini ratiflkatsiya qilib, uning Yaponiyaga tegishli bandlarini shubha ostiga ola boshladi. Malumki, mazkur shartnomada Kurill orollari va Janubiy Saxalin Sovet Ittifoqiga berilganligi qayd qilingan edi. Shundan beri Kurill tizmasiga kiruvchi Xabomai, Shikatan, Iturup va Kunashir orollari SSSR va Yaponiya o’rtasidagi doimiy qarama-qarshilik manbaiga aylandi.

AQSH bilan bir qator shart nomalar tuzilishi munosabati bllan Yaponiyadagi ahvol keskin o’zgardi. 1951-yili San-Framiskoda "Xavfsizlik to’g’risida shartnoma" imzolandi. Unda ikki mamlakat o’rtasidagi harbiy-siyosiy ittifoq rasmiylashtirildi.

Shartnoma Yaponiyada ushbu mamlakat "suvereni-tetini ta'minlaydigan AQSH qurolli kuchlarini ushlab turish"ni nazai-da tutar edi. Mazkur shartnoma mam-lakatda amerika harbiylarining bo’lishini abadiylashtirib qo’ydi va yapon qurolli kuchlarini tashkil etishga yo'1 bermadi.

1952-yilgi amerika-yapon shartnomasiga ko’ra bar-cha harbiy bazalar AQSH qurolli kuchlariga qaraydigan va ularni ushlab turganligi uchun Yaponiyaga har yili 150 million dollar to’laydigan bo’ldi. Amerika amalda Yaponiyaning barcha hududini nazorat qilish huquqini qo’lga kiritdi. 1953-yilda tuzilgan do’stlik, savdo va den-giz kemalari qatnovi to’g’risidagi Amerika-Yapon shart-nomasi har ikki mamlakat fiiqarolari hamda kom-paniyalariga bir-birlarining hududlarida tijorat faoliyati borasida teng huquqqa ega bo’lish imkoniyatini berdi. o’zaro yordam va mudofaani ta'minlash to’g’risidagi 1954-yilgi bitim yapon sanoati uchun ochilgan amerika bozoridagi iqtisodiy chora-tadbirlarga sannoya kiritish kafolatini o’z ichiga olgan edi. Nihoyat, 1960-yilgi "o’zaro hamkorlik va xavfsizlikka kafolat" to’g’risidagi shartnoma bu ikki mamlakatning harbiy-siyosiy ittifoqi-ni rasmiylashtirishni yakunladi va Yaponiyani AQSHning Uzoq Sharqdagi kenja sherigiga aylantirdi deyish mumkin.

Mazkur shartnomaga ko’ra, Amerika harbiy xiz-matchilari yapon yurisdiksiyasi nazoratidan chiqarildi va soliq hamda bojxona tekshiruvidan ozod qilindi.

1 million aholi yashaydigan Okinava oroli AQSHning Tinch okean havzasidagi doimiy harbiy-havo kuchlari bazasi bo’lib qoldi. Amerika bombardimonchilari aynan shu yerdan Vyetnam, Laos, Kampuchiya shahar va qishloqlariga bomba tashlash uchun uchar edi.

Yaponiya bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzgan AQSH uni Sovet Ittifoqiga qarshi qayray boshladi. Amerika senati 1951-yilgi Yalta shartnomasini ratiflkatsiya qilib, uning Yaponiyaga tegishli bandlarini shubha ostiga ola boshladi. Malumki, mazkur shartnomada Kurill orollari va Janubiy Saxalin Sovet Ittifoqiga berilganligi qayd qilingan edi. Shundan beri Kurill tizmasiga kiruvchi Xabomai, Shikatan, Iturup va Kunashir orollari SSSR va Yaponiya o’rtasidagi doimiy qarama-qarshilik manbaiga aylandi.

Shu bilan birga yapon-ameriyillarda Yapomya Iqtisodini rivojlantirishning negizi bo’lib qoldi. Yaponiya Amerika bozoriga kirish imkoniyatini oldi. AQSH bozori o’ziga xos qatiy qoidalarga ega: bu yerga keltiriladigan tovarlar eng yuqori sifatli, zamon talablariga javob beradigan va raqobatbardosh bo’lishi lozim. Yapomya sanoati o’zini ko’rsata oldi. Hozirda amerika importining 20 foizini yapon tovarlari tashkil qiladi va boshqa birorta mamlakat amerika bozorida Yaponiya bilan raqobat qila olmaydi. Har yili Yaponiya Amerika bozoriga 100 milliard dollar-dan ortiq miqdorda tovar yetkazib beradi.

Amerika bozoriga shunchalik keng kirib borganligi uchun 50-yillarning ikkinchi yarmida yapon indu-striyasini ommaviy ravishda qayta jihozlash boshlandi. Qirq yil ichida Yaponiyada ishlab chiqarishni struktu-raviy qayta o’zgartirish yakunlandi. Ilmiy-texnika inqilo-bi yuz berdi. Sanoatning barcha tarmog’i qayta jihozlan-di, dunyodagi eng ilg’or texnologiya va ilmiy yutuqlar tatbiq etildi.

1955— 1970-yillar ichida yapon iqtisodiga 15 ming-dan ortiq yangi texnika patenti va litsenziyasi joriy qilin-di. Mehnal resurslarini o’zgartirishdagi siljishlar va "nou-xau"ning ommaviy import qilinishi yapon iqtiso-dining tezlik bilan oldinga chiqib olishidagi texnologiya bazasini ta'minladi.

Harbiy ehtiyojlarga xarajatlar (yalpi milliy mahsulot-ning 1 foizi) sarflanmasligi sababli Yaponiya butun ish-lab chiqarishdagi kuchini sanoatning yangi texnologik va ilmiy sohalariga yo’naltirish imkoniga ega bo'ldi, Ular ichida avtomobilsozlik sanoati muhim o’rin egallaydi. 1960— 1980-yillarda yengil avtomobil ishlab chiqarish 33 baravar o’sdi. Ayni paytda mashinasozlik, radioelektro-nika, EHM ishlab chiqarish, avtomatlashtirish vositalari, aloqa sohasini jihozlash tarmoqlarida ishlab chiqarish yuqori sufatlarda o’sib bordi.

Avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha Yaponiya 1980-yilda jahonda birinchi o’ringa chiqib, AQSHni quvib o’tishga erishdi. Yaponiya robot texnikasi, maishiy texnika va optika, rangli televizor, videolexnika va radio-priyomniklar, rnagnitofon va konditsionerlar ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinni egallab kel-moqda. Ayniqsa, raqamli dasturiy boshqaruv va avtomatlashtiriigan tizimga ega stanoklar, shuningdek, robot-manipulyatorlar ishlab chiqarish juda tez o’sa boshladi. Mamlakat iqtisodining zamonaviy shart-sharoitlarga moslashishida davlat boshqaruvi muhim rol o’yrmydi. Norentabelli tarmoqlarni qisqartirish va modernizatsiyalashtirish, nisbatan raqobatbardosh kor-xonalami tanlab olish uning strategik yo’nalishini tashkil etdi. Shuningdek, davlat korxonalarining qo’shilishini, nisbatan katta va rentabelli korxonalarni yiriklashtirishni rag’batlantirish chora-tadbirlarini ko’rdi.

Sanoat ishlab chiqarishi jadal o’sib borishi bilan birga 60-yillar oxirida qayta tiklangan monopoliyalar pozi-tsiyasi kuchaydi. Dzaybatsular yana Yaponiyaning eng kuchli xo’jayiniga aylandi. Mitsui, Mitsibusi va Sumitomo — "katta uchlik" deb nomlanuvchi eski guruh yetakchilik qila boshladi.

Biroq, 60-yillarda Rudzi, Dinti, Sanva deb ataluvchi yosh moliyaviy oli-garxiya guruhi paydo bo’ldi. "Katta uchlik" bilan bir qatorda ular yapon iqtisodida yetakchi kucliga aylanish-di. Yaponiya jahondagi eng boy yettita davlat ("yettilik") qatoridan joy oldi.

Dzaybatsu (yaponcha — moliyaviy guruh) — Yaponiyadagi sanoat va moliyaviy monopoliyalarni anglatish uchun ishlatiladigan atama. tsiyasi"ning shakllanishi albatta, mamlakat iqtisodining bunchalik tez o’sishi-da asosiy sababchi — yapon xalqi. Yaponlarning mehnatsevarligi, sabr-qanoatli ekanligi, chidamliligi, tartibligi "yapon mojizasi"ning asosini tashkil qildi.

Yaponiyada Millat korpora tsiyasi" shakllandi. U "Jahon Inkorporeyshn" deb atalib Yaponiyaning dunyo miqyo-sidagi obro’si va ishlab chiqarish darajasini ko’tarish maqsadida butun yaponlarni, ishchi va tadbirkorlarni yagona xo’jalik hamda madaniy oilaga birlashtirib turadi.

Mazkur tizimga ko’ra, xizmatchi va kompaniya o’zaro kontrakt tuzadi va shu bo’yicha firma xizmatcbi-ni ishga layoqatsiz bo’lgunga qadar doimiy ravishda ish bilan ta'minlaydi. Xizmatchi esa bunga javoban tartibli, itoatli va barcha qiyinchiliklami ko’tarish majburiyatini oladi. Aynan shu narsa jamiyat qurilishi uyg’unligi va barqarorligining yaponcha modeli sanaladi.

Ammo bu model daromadlarni taqsimlashda adolat-siz. 1975-yildan 1985-yilgacha ishchi va xizmatchilarning ishlab chiqarish samaradorligi 65 foizga oshdi, ularning ish haqi esa 11 foizga oshirildi, xolos.

Yapon usulida, agarda mayda o’rta korxonalar asosiy rol o’ynamasa, ishlab chiqarish muhimroq sanaladi. Kichik korxonalar past mehnat samaradorligiga ega. Ishchilar soni ko’p bo’lishiga qaramay, (7,5 million kishi) ular mamlakat yalpi milliy mahsuloti (YMM)-ning 51 foizini ishlab chiqaradi. Mazkur ishchilarning ish haqi past. Odatda ular yirik korxonalar ishchilari oladigan haqning yarmini oladi.

Mana o’ttiz yildan buyon har "bahorda yapon ishchilari Yaponya kasaba uyushmalaning bosh kengashi (SOXE) rahbarligida turmush tarzini ko’tarish, ish va yashash sharoitini yaxshilash uchun "bahorgi hujum" o’tkazadilar. Yapon monopoliyalari esa yon berib, har yili ish haqini Yevropa va Amerikadagiga yaqin miqdorda oshirishga majbur bo’ladi.

1990-yildan boshlab mamlakat iqtisodida turg’unlik alomatlari paydo bo’la boshladi. 1990-yildan sanoat ish-lab chiqarishning yillik o’sishi 5 foizdan 1 foizga tushdi. 1990-yildan Tokio birjalarida sarosima boshlandi, kom-paniyalar aksiyalari narxi tushib ketdi. Butun dunyoda yapon iqtisodiga ishonch susaydi. Buning natijasida esa juda ko’p minglab ishchi va xizmatchilar ishdan bo’shatildi yoki majburiy ta'tilga chiqarib yuborildi.

Bu voqealar keying! 20 yilda jahon iqtisodida yuz bergan holatlarning aks-sadosi bo’ldi. Uzoq vaqt davo-mida yapon iqtisodi dinamizmi eksportning irnportdan doimiy oshib borishi hisobiga ro’y berdi.

1980-yilgacha Yaponiya tashqi savdoda passiv ba-lansga ega bo’ldi, ya'ni tovar ko’proq chiqarilmagan, aksincha olib kelingan. 1981-yildagina u faol balansga erishdi. 1985-yilga kelib esa faol balans juda tez o’sib, yapon monopoliyasini boyitishning asosiy manbaiga aylandi.

Oxirgi paytlarda yapon iqtisodida aniq tanglik belgi-lari ko’rina bordi. 1983-yildan 1994-yilgacha 100 ming-dan ortiq firma, ya'ni sanoat korxonalarining to’rtdan biri bankrotga uchradi. 1999-yilda bank tizimi tanazzul chegarasiga kelib qoldi. Moliya tizimini saqlab qolish uchun bir qator banklar birlashishga va gigant korpora-tiv guruhlar tuzishga majbur bo’ldi. Bu ikki marta katta-lashtirilgan dzaybatsuni eslataredi. Ular endilikda kcyretsu (korporativ guruh) deb nom oldi. Ularning bi-rinchisi Mitsubisi guruhi bo'lib qoldi.

Iqiisodiy tanglik siyosiy tanglikni keltirib chiqardi. 1955-yildan Yaponiya liberal-demokratik partiyasi (YLDP) siyosiy hayotda yetakchilik qila boshladi. Butun hukumat tarkibi torn ma'noda ushbu partiya a'zolaridan iborat bo’lar yoki 1993—1994-yilIardagi kabi uning yetakchilari koalitsiya hukurnatini boshqarar edi.

Bunday yakka hokitniyat natijasida partiya nazoratni yo’qotdi va o’zlarini hamma narsaga haqli deb hisoblay boshladi. Bular tufayli partiya rahbarlari o’rtasida kor-rupsiya va poraxo’rlik, davlat mulkini talon-toroj qilish hamda tovlamacliilik oddiy holga aylanib qoldi. Bu boradagi ilk katta shov-shuv 1989-yilda YLDP yetakehi-larining yirik kompaniyalar tomonidan sotib olinishi bo’ldi. Bu xildagi janjallar butun mamlakatni 90-yillar davomida larzaga solib turdi. 2000-yil 25-iyunda mam-lakatda yangi saylovlar o’tkazildi. YLDP parlamentda ko’pchilik ovozni yo’qotdi, ammo boshqa ikki partiya bilan koalitsiyada hukumat tuzishga muvaffaq bo’ldi. Partiya yetakchisi Mori bosh vazir etib saylandi.

Biroq tez orada Morining o’zi ham korrupsiya bilan bog’liq janjalga aralashib qoldi. Shu bois u partiya yetakchiligidan istefoga chiqishga majbur bo’ldi. Mamlakalda yangi parlament saylovlari bo’lib o’tdi. YLDP biroz o’z mavqeini tiklab oldi va populistik islo-hotchi Junichiro Koizumi Yaponiyaning navbatdagi bosh vaziri etib saylandi.

Bu Yaponiyada so’nggi 13-yilda bosh vazirning o’n birinchi marta almashtirilishi edi. Hukurnatning bunday tez-tez o’zgarishiga siyosiy barqarorlik va iqtisodiy pasayishda aks etdi. Y.Koizumi va'da qilgan iqtisodiy islohotlar barbod bo’ldi. Iqtisodiy o’sish—yiliga 1% ni — dunyo bo’yicha eng past ko’rsatkichni lashkil etdi. 2004-yil yanvarda konstitutsiyaga xilof holda Yaponiya Iroqqa koalitsiya kuchlariga yordam uchun o’z harbiy kontin-gentini jo’natdi.




Foydalaniladigan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati:

1.Kabirov.A.Jahon tarixi(eng qadimgi davrlardan milodning V asrigacha).T.:”O’qituvchi”.2001.

2.Salimov.T.U.,Maxkamov S.Jahon tarixi.T.:”Sharq” 1999.

3.Farmonov.R.Sodiqov.O. Jahon tarixi T.: ”O’qituvchi”.2001.

4.Lafasov.M.Xoliqov.E.Qodirova.D. Jahon tarixi . T.: ”O’qituvchi”.2001.

5.Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:”Sharq” 1999.



6. Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:”Sharq” 2001

7.Lafasov.M. Jahon tarixi.T.:”Turon-Iqbol” 2005. 139-156 bet
Download 21,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish