31. Bir ovchi kaklik tutib olibdi. Uni



Download 22,24 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi22,24 Kb.
#841230

31. Bir ovchi kaklik tutib olibdi. Uni
o‘ldirmoqchi bo‘lgan ekan, kaklik: «Meni
qo‘yib yubor, – deb yalinibdi. – Agar meni
tirik qoldirsang, evaziga to‘ringga juda
ko‘p kakliklarni ilintirib beraman», – debdi.
Ovchi kaklikni qo‘yib yuborishga moyil
bo‘lib turgan ekan, ammo uning gapini
eshitgach g‘azablanib shartta o‘ldiribdi.
Quyidagi javoblarda berilgan so’zlardan
qaysi birining matndagi birliklar orasida
sinonimi mavjud emas?
A) ozod qilmoq B) o‘rniga, badaliga
C) yon bosmoq, rozi bo‘lmoq
D) va’dasida turmaslik
32. Bir hakimdan:
– Qaysi taom eng xushbo‘y va lazzatli? –
deb so‘rabdilar.
– Qorin och paytda yeyilgan taom, – debdi
hakim.
Ajratib ko’rsatilgan gap (hakim nutqi)
haqida to’g’ri hukmni aniqlang.
A) Ushbu to’liqsiz gap tarkibidagi
sifatlovchi aniqlovchi tushirib qoldirilgan.
B) Ushbu to’liqsiz gap tarkibidagi kesim
tushirib qoldirilgan.
C) Ushbu gap to’liq gap sanaladi, chunki
mazmun matnga to’la mos kelgan.
D) Ushbu to’liqsiz gap tarkibidagi ega va
kesim ifodalanmagan.
33. Muzeyga bordik kecha biz. Ushbu gapda
mantiqiy urg’u olgan so’z ...
A) payt holi vazifasida kelgan
B) o’rin holi vazifasida kelgan
C) kesim vazifasida kelgan
D) ega vazifasida kelgan
34. Qaysi gapda so‘z tarkibida lab undoshi
ta’sirida lab undoshiday talaffuz
qilinadigan til undoshi mavjud emas?
A) Qorong‘ida turtingan holda Otinbibi
paydo bo‘ldi.
B) Axir, u biror marta bo‘lsin yoniga
kelganmi, ovqat berganmi, iltifot
ko‘rsatganmi?
C) Bugun ham Julqunboydan eshitamizmi?
-deb so‘raydilar dadam.
D) Nima deysan, ey g‘ayur inson?
G‘iybatlaring qildi meni qon.
35. O‘zi ifodalagan tushuncha bilan
birgalikda eskirgan so‘z qaysi qatorda
berilgan?
A) vazir B) mingboshi C) bilik D) bitik
36. Belgining bir narsa-buyumda
boshqalariga nisbatan ko‘p ekanini
anglatgan daraja shakli qaysi qatorda
berilgan?
A) Go‘zal bir qiz juda qahrli boqdi.
B) Ahvolim rosa yaxshilandi, shukr.
C) Bu sizga nihoyatda yarashadi.
D) Ancha narida bizni kutib turishgan
ekan.
37. Chun talab vodiysig‘a qo‘ysang qadam,
Ollinga har dam kelur yuz ming alam.
Har dam anda yuz malolat (1) yuzlanur,
Har nafas ming sa’b (2) holat yuzlanur.
She’riy parchada ajratib ko’rsatilgan
so’zlarning izohi qaysi qatorda to’g’ri
berilgan?
A) 1) xor bo‘lish, ezg‘in holatga tushish;
2) muddat, ijro vaqti
B) 1) o‘tkinchi dunyoga aldanish;
2) sa’y-harakat
C) 1) malol kelish; og‘rinish; 2) qiyin, og‘ir
D) 1) yara, jarohat; 2) komillik sari harakat
qilayotgan kishi
38. Qaysi gapda qo’shimcha qo’llanishi
bilan bog’liq xatolik mavjud?
A) Agar ularning orasida bu tillarni
biladigan odam bo‘lganda, bir so‘z bilan
nizoga chek qo‘yishi mumkin edi.
B) Shu tariqa to‘rt yo‘lovchi bir-birini
tushunmay, janjallashib qoladilar.
C) Tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilarining
qanday ko‘rishni istasa, avvalo, uning o‘zi
o‘shanday bo‘lmog‘i lozim.
D) Bir odam tovusning tumshug‘i bilan
qanotlaridagi go‘zal, yaltiroq patlarni
yulayotganini ko‘rib qoldi.
39. Ona aziz, farzandiga yelni ham ravo
ko‘rmaydi.
Ushbu gapdagi vergul tushirib qoldirilsa,
qanday o’zgarish yuz beradi?
Uyushiq bo’laklar
A) Gapdagi sifatlovchi aniqlovchi holga
aylanadi.
B) Ot kesim vazifasidagi so’z aniqlovchiga
aylanadi.
C) Ma’noda hech qanday o’zgarish
kuzatilmaydi.
D) Ajratilgan bo’lak ma’nosidagi ta’kid
yo’qoladi.
40. Qaysi qatorda ajratib ko’rsatilgan
so’zlarning har ikkisida ham yasalish asosi
bir xil so’z turkumiga mansub?
A) To‘rt yo‘lovchi bilimsizlik, nodonlik
tufayli bir-birlarini rosa do‘pposlashdi.
B) Kimki bo‘sh vaqtini oqilona o‘tkaza olsa,
shaxsiy madaniyati oliy darajadagi kishidir.
C) Tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilarini
qanday ko‘rishni istasa, avvalo, uning o‘zi
o‘shanday bo‘lmog‘i lozim.
D) Navro‘z, hech bir shubhasiz, xalqimiz
bilan birga yashab, birga ulg‘ayib, taraqqiy
topgan bayramdir.
41. Qaysi qatorda atov gap berilmagan?
A) Harakat qilmoq – ildamlamoqdir! Ammo
harakatning o’zi kamlik qiladi. Harakatni
maqsad asosida amalga oshira olsak,
natijaga erisha olamiz.
B) Hammaga qo‘rquv solib turuvchi
Ixtiyoriddin qal’asi. Baland va xo‘mraygan
sovuq bu binoda chiroq yo‘q, faqat
darvozalari, qalin devorlari ustida mash’ala
ko‘tarib yurgan posbonlargina bor.
C) Cheksiz dasht, yassi tepaliklar...
Me’morning mag‘rib tomonda, tepaliklar
ustida yarqirab turgan yarim oy o‘rog‘iga
ko‘zi tushdi.
D) Shavvol, ya’ni saraton avjga mingan,
havoning nihoyatda qizigan bir kuni.
Tallimarjondan chiqqan uch arava Dasht
karvonsaroyida andak to‘xtadi.
42. Qaysi qatorda qaytarmoq fe’li qatnashgan
gap berilgan? (blits)
A) Robiya uyiga yolg‘iz qaytardi.
B) Sabina, ehtimol, yana qaytar.
C) Buni qaytar dunyo deydilar.
D) Farida uni yo‘ldan qaytardi.
43. Tarkibida ega mavjud bo’lmagan gapni
aniqlang.
A) Dono suhbatidin bosh tortsa nodon,
davrondan yaxshilik ko‘rmas hech qachon.
(Abdurahmon Jomiy)
B) Oqillar oldida aql tarozisiga sig‘magan
so‘zlarni gapirsangiz, xijolatda qolasizlar.
(Ahmad Donish)
C) O‘z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish
xislatlarini uyg‘ota bilgan muallim
sharaflarga loyiq. (E.Xabbard)
D) Tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilarini
qanday ko‘rishni istasa, avvalo, uning o‘zi
o‘shanday bo‘lmog‘i lozim. (V.Dal)
44. Berilgan so‘zlardan nechtasi yasalma
sanaladi?
shirali, mazmundor, serunum, shirin,
ko‘ylakbop, xushfe’l, oqish, katta, kamhosil
A) barchasi B) 5 tasi C) 6 tasi D) 7 tasi
45. Tobe so‘z hokim so‘zga quyidagi qaysi
vositalar yordamida bog‘lanadi?
1) qo‘shimchalar yordamida (kelishik,
egalik, bog’lama; zamon, shaxs-son, mayl)
2) ko‘makchilar yordamida;
3) qo‘shimcha va ko‘makchilarsiz, ya’ni
ohang yordamida;
4) teng va ergashtiruvchi bog’lovchilar
yordamida.
A) faqat 1 B) 1, 3, 4
C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4
46. Bu dunyoga bir qo‘shiq,
Berib ketgin, shoirim –
Marhumlar uyg‘onsinlar,
Uxlolmasin tiriklar.
She’riy parcha muallifini aniqlang.
A) Hamid Olimjon B) Usmon Azim
C) Abdulla Orif D) Erkin Vohidov
47. Bir xil nomda ham roman, ham doston
yozgan adib kim?
A) O’lmas Umarbek B) Mirmuhsin
C) Oybek D) Asqad Muxtor
48. Oh, dahshatli, ko’p yomon xabar,
Ming o’limdan ming marta battar.
«Jaloliddin Manguberdi» dramasida
Jaloliddin tomonidan keltirilgan yuqoridagi
parchada qaysi xabar nazarda tutilgan?
A) Chingizning qo’lini o’pgan Amir
Badriddinning xiyonati tufayli qo’shin
sardori Temur Malikning asir tushgani
B) Singlisi tomonidan berilgan uzuk Amir
Badriddinning xoinligini fosh qilgani va
singlisi taqdirining mavhum bo’lib qolgani
C) Yaroqbekning Qadog’on no’yon bilan
uchrashgani va otasining o’limi uchun
Jaloliddindan o’ch olmoqchi ekani haqidagi
cholning xabari
D) Onasining o’limni bo’yniga olishi va
joniga qasd qilishi haqidagi xabar
49. Shamollarga bitib sho‘x kuy
Taklif etdim bog‘imga.
Chamanlardan ular xushbo‘y
Sepishdi dimog‘imga.
Berilgan she’riy parcha muallifiga mansub
doston nomini ko’rsating.
A) «Orzu vа qаsos» B) «Yangroq hayot»
C) «Yashil qishloq» D) «Mardlik cho’qqisi»
50. Ruboiy haqida berilgan quyidagi
ma’lumotlarning nechtasi to’g’ri?
1) «Ruboiy» arabcha «to‘rtlik» degan
ma'noni anglatib, dastlab arab
she’riyatida vujudga kelgan
2) Qofiyalanish tizimi: a-a-b-a yoki a-a-a-a
tarzida
3) Falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, ishqiy va
axloqiy mavzularda bitiladi.
4) Aruzda hazaj bahrining axram va axrab
shajaralaridagi jami 24 vazndagina
bitiladi.
A) barchasi B) uchtasi C) bittasi D) ikkitasi
51. Saida Zunnunovaning oila va muhabbat
mavzusida yozilgan nasriy asarlari sirasiga
kirmaydigan qatorni aniqlang.
A) «Gullar vodiysi», «Sodiq va Anor»
B) «Ko‘chalar charog‘on», «Gulbahor»
C) «Bo‘ylaringdan o‘rgulay», «Do‘stlik»
D) «Povest va hikoyalar», «Gulxan»
52. Zamondoshlarining eslashlaricha,
qo’shiqni o’rniga qo’yib kuylagan, ko’plab
milliy va Ovro’po musiqa asboblarini
mahorat bilan chala olgan, o’zi yozgan qator
pyesalarga rejissorlik qilgan, ularda asosiy
rollarni o’ynagan ijodkor kim?
A) Avloniy B) Nihoniy
C) Behbudiy D) Fitrat
53. Adabiyotimiz tarixida ilk bor falsafiypublitsistik
yo‘nalishda ijod qilgan ijodkor?
A) Yusuf Xos Hojib B) Ogahiy
C) Navoiy D) Anbar Otin
54. Xudoyim saqlagay bandani omon,
G‘arib qulga egam bo‘lgay mеhribon.
Mazkur parcha «Alpomish» dostonidagi
qaysi obraz nutqidan keltirilgan?
A) Barchinoy B) Qaldirg’och
C) Alpomish D) Boybo’ri
55. U qahramonlar o’rtasidagi kuchli ziddiyatlar
asosiga quriladi, qahramonlar taqdiri yaxshilik
bilan yakun topmaydi, ular o’rtasidagi ziddiyat
shiddatli va keskin tus oladi. Bu asar
qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki
kolliziya (qarama-qarshilik, to’qnashuv)
kuchliligi, personajlar o’rtasidagi konfliktning
o’ta kuchli ekanligi bilan farqlanadi. Bu janrdagi
asarlar murosasiz kurash, g’oyatda keskin
ziddiyat zaminiga quriladi. Bunday asar
asnosida kishilar qismati shiddatli, suronli
siyosiy voqealar, turli ijtimoiy, shaxsiy qarashlar
kurashi fonida ko’rsatiladi.
Mazkur mulohaza qaysi janr haqida bormoqda?
A) ballada B) tragediya
C) felyeton D) roman
56. Mo‘ysafidlar «to‘rt muchang butun
bo‘lsin», deb duo qilurlar. … har biringiz
oilamizning aziz bir muchasidirsiz.
Istaymenki, bu mushkul vaziyatda hamma
muchalarimiz butun bo‘lsin, bir-birlariga
mehru shafqat ko‘rsatsin. Ilik (qo’l) o‘z
o‘rnida aziz. Ko‘z o‘z o‘rnida mo‘tabar. Agar
ko‘z bilan ilik bir-biriga nizo qilsa, bundan
har ikkisi jabr ko’rur.
Mazkur jumla qaysi asardan keltirilgan?
A) «Ulug’bek xazinasi»
B) «O’tkan kunlar»
C) «Sohibqiron»
D) «Yulduzli tunlar»
57. Berilgan matnlarning adabiy nutqning
qaysi uslubiga xosligini aniqlang.
1. Ma’lumotnoma Murodjon Yo‘ldoshevga
uning O‘zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasida ishlayotganligi
haqida berildi.
2. Kimyoviy suv molekulasi bir atom
kislorod va ikki atom vodoroddan tashkil
topadi. Bunday suv tabiatda uchramaydi va
maxsus usul bilan hosil qilinadi.
3. G‘alaba! Sen uyimizga sovg‘a-salomlarga
to‘lib emas, aftoda bir holatda: tovoni teshik
askar etigini kiyib, horib-charchab, sillang
qurigan holda kirib kelding.
A) publitsistik, ilmiy va so’zlashuv
B) ilmiy, rasmiy va publitsistik
C) rasmiy, ilmiy va badiiy
D) so’zlashuv, ilmiy va badiiy
Matn asosida 28-30- test topshiriqlarni
bajaring.
SHARAFLI BURCH
Bir kuni mavlono Alisher Navoiy
mulozimlari bilan otda uzoq tog‘ sayridan
qaytib kelayotgan edi. Yo‘l qabriston oralab
o‘tar ekan. Qabristonga yuz qadamlar
qolganda mavlono otdan tushib, boshini
quyi solib yo‘lida davom etibdi. Mulozimlari
ham otlaridan tushib, uning ortidan
ergashibdilar. Qabristondan ancha
uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib,
yo‘lda davom etishibdi. Biroz yurishgandan
so‘ng mulozimlar shoirning qabristonga
yaqinlashganda otdan tushishi sababini
so‘rabdilar. Alisher Navoiy ancha vaqt
sukut saqlab turibdi-da, keyin
mulozimlaridan norozi ohangda shunday
deb javob beribdi:
– Bu yerda xalqimizning jigargo‘shalari,
tabarruk padari buzrukvorlari mangu
uyquga ketganlar. Bular yonidan ot
choptirib, changitib o‘tish insonlik sha’niga
isnoddir, nahotki shuni ham bilmasalaring?
Buni bilmaslik – tiriklikdagi o‘liklik. Otabobolarimiz
xokini, xotirasini e’zozlamoq
har bir kishining sharafli burchidir.
Mulozimlar otasi oldida ayb ish qilib
qo‘ygan boladek to Hirotning qorasi
ko‘ringuncha tillarini tishlab, aqlini
peshlab boribdilar. (Qudrat Hikmat)
58. Matndan olingan so’zlarni berilgan
izohlar bilan moslashtiring.
1) mavlono a) eng yaqin kishi,
tug‘ishganday yaqin
birodar; farzand;
2) aqlini
peshlab
b) cheksiz hurmatga
loyiq ota;
3) xok d) olim va fozil kishi
4) padari
buzrukvor
e) o‘tmishda
amaldorlar
xizmatida bo‘lgan
kishi
5) jigargo‘sha f) mayda tuproq;
tuproqqa aylangan
inson jasadi
6) mulozim g) asboblar tig‘i,
damini tiklamoq;
aql-idrokni o‘stirmoq
A) 1 – b, 2 – g, 3 – f, 4 – d, 5 – a, 6 – e
B) 1 – d, 2 – g, 3 – f, 4 – b, 5 – a, 6 – e
C) 1 – e, 2 – g, 3 – f, 4 – d, 5 – a, 6 – b
D) 1 – e, 2 – g, 3 – f, 4 – d, 5 – b, 6 – a
59. Matndan olingan qaysi gap tarkibida
uyushish munosabati mavjud emas?
A) Alisher Navoiy ancha vaqt sukut saqlab
turibdi-da, keyin mulozimlaridan norozi
ohangda shunday deb javob beribdi.
B) Bu yerda xalqimizning jigargo‘shalari,
tabarruk padari buzrukvorlari mangu
uyquga ketganlar
C) Bular yonidan ot choptirib, changitib
o‘tish insonlik sha’niga isnoddir, nahotki
shuni ham bilmasalaring?
D) Ota-bobolarimiz xokini, xotirasini
e’zozlamoq har bir kishining sharafli
burchidir.
60. Quyidagi gap matn mazmuniga mos
davom ettirilgan qatorni aniqlang.
Alisher Navoiy qabriston yonidan...
A) mulozimlarini sinab ko’rish uchun
otidan tushib o’tdi
B) yo’l buzuqligi sababli otidan tushib o’tdi
C) insonlik sha’niga isnod keltirgan
mulozimlarga tanbeh berish uchun otidan
tushib o’tdi
D) qabrda yotgan kishilar hurmati uchun
otidan tushib o’tdi

Download 22,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish