Qoʻrmang ona aziz- ona onajon meni tabriklang men talaba bo‘ldim



Download 15,22 Kb.
Sana27.06.2022
Hajmi15,22 Kb.
#707925
Bog'liq
QOʻRMANG ONA-WPS Office


QOʻRMANG ONA
AZIZ- Ona onajon meni tabriklang men talaba bo‘ldim
YULDUZ -Aylanay o‘zimni Mulla Anvarimdan, tabriklayman bolaginam tabriklayman.
AZIZ -Endi o‘g‘lingiz oliy malumotli jurnalist bo‘ladi, xalqni himoya qiladigan rostgo‘y jurnalist bo‘ladi o‘g‘lingiz ona
YULDUZ -Bolam bu tahlikali zamonda bunday ishni tanlaganing nimasi endi Anvarjon
AZIZ -Ona axir bu xalqni ham himoya qiladigan odam bo‘lishi kerakku, qachongacha raisga, tepadagi qorni katta amaldorga tazim qilib o‘tishadi. Ularni ham himoya qiladigan odam bo‘lishi kerakku onajon
YULDUZ -Sen sho‘ring qurmagur dadanga tortgansan, dadang ham shu xalqni himoya qilaman deb rais bilan o‘chakishib qamalib ketdi. Qo‘y bolajonim boshqa ishni tanlagin iltimos
AZIZ -Ona axir men ham shu xalq farzandiman, ularni men himoya qilmasam kim himoya qiladi?
YULDUZ -Musulmonni himoya qiladigan o‘z hudosi bor, barcha bandalarning risqini u berganidek, ularni ham o‘zi himoya qila oladi jon bolam
AZIZ -Ona hammangiz shunaqa o‘ylaysiz, bizni Allohning o‘zi qutqaradi deb har doim qo‘rqib yashaysizlar. Agar u hammanj himoya qilsa qani o‘zi? Shuncha odam surgun bo‘lib otishga hukum qilinganda qayerda edi u?
YULDUZ -Anvarjon tangriga shak keltirma, nimaiki bo‘lgan bo‘lsa yaxshilikka bo‘lgan yoki peshonadagi taqdir bo‘lgan bolam
AZIZ-Yaxshilikka 100mingdan ziyod odamning qatag‘on qilinishi yaxshilikkami? Ona qachongacha shunaqa o‘ylab boshingiznj yerga egib yurasizlar. Boshni ko‘taring O‘zbekning yuziga ham oftob tushsin. O‘zbek ham kun ko‘rsin, qachongacha o‘zbek birovga muttam bo‘lib boyning orqasini tozalab yuradi ona
YULDUZ -Rizqimiz shu ekan Anvarjon, boriga shukur qilamiz bolam
AZIZ-Ona hali ko‘rasiz, ona siz nima desangiz deng ammo men mana shu xalq uchun o‘la ulgunimcha xizmat qilaman. Shunchaki ularning o‘lishini kuzatib turmayman
YULDUZ -Bolam sen qo‘linga qurol ko‘tarib himoya qilasanmi ularni?
AZIZ -Yo‘q ona jurnalistning asosiy quroli bu uning so‘zidir. Abdulla Qahhor aytganidek so‘z atomdan kuchli onajon
MUALLIF Shu zayilda ona va bolaning suhbati uzoq kechdi. Anvar juda to‘g‘ri so‘z odam edi. Yolg‘on aralashgan gapni eshitsa chidab turolmasdi va uning bu hislati har doim unga pand berardi. Aslida universitetda ham shunaqa bo‘ldi:
JAMSHID -Keling Sayfiyev o‘tiring
AZIZ -Rahmat domla
JAMSHID -Sayfiyev kecha komissiya kelganida siz ham bormidingiz?
AZIZ-Ha domla bor edim
JAMSHID-Yaxshi, o‘sha komissiyaga bir nimalarni valdiragan ham siz bo‘lsangiz keraga?
AZIZ -Ha domla men edim, mendan biror bir xato o‘tdimi domla?
JAMSHID-Xato o‘tmadi, portlash bo‘ldi Sayfiyev. Sayfiyev siz o‘zi kimsiz? Talabami yoki nazoratchi?
AZIZ -Talaba domla
JAMSHID -Nega unda universitetda qanaqa muammo deyishsa hech qanday muammo yo‘q deyish o‘rniga bir nimalarni gapirib tashladingiz?
AZIZ -Axir domla men rostini gapirdim
JAMSHID -Sayfiyev ana shu sizning rost gaplaringiz hech kimga kerak emas. O‘zingiz ayting xozirgi zamonda achchiq haqiqat kimga kerak?
AZIZ -Axir domla
JAMSHID -Nima axir, sening haqiqatingni deb qancha odam ishdan ketdi bilasanmi?
AZIZ -Ularning hammasi poraxo‘r...
JAMSHID -Nima? Unda senga kim ta’lim berayapti o‘zing aytchi? Oliy malumotli poraxo‘rmi yoki ko‘chadan kelgan gerdaygan kamissiya a? Sayfiyev tushun sen poraxur deb atayotgan odamlar shuning orqasidan kun ko‘radi. SSSR berayotgan 3-4so‘mga kimning qorni to‘yadi a?
AZIZ -Lekin janob domlam menga sen jurnalistsan har doim rost gapirishing kerak deydi.
JAMSHID-Domlang kim? Jabborovmi? O‘sha Jabborov deganingni men jonini saqlab qolganman, sal qolsa xalq dushmani degan nom bilan otilib ketardi. O‘sha Jabborovingni biri ikki bo‘lmaydi. O‘zi ham yemaydi boshqalarga ham yedirmaydigan hilidan
AZIZ-Ammo janob men faqat rost gapirishga o‘rganganman
JAMSHID-Sayfiyev rost gap faqat g‘iybatchilar orasida bo‘ladi, bu ishda rostgo‘ylik ketmaydi tushun. Ko‘p emas 4yil sabr qil, o‘qishni bitirasan ana rostgo‘ylik bilan ishingni davom ettirasan bo‘ladimi?
AZIZ-Ammo lekin
JAMSHID-Ammo pammosi yo‘q Sayfiyev, universitetni tinchgina bitiraman desang shunaqa qilasan. Axir bittayu bitta onangning yagona umidi sensan yigitcha

MUALLIF Anvarjon o‘qishni ham tinchlik bilan bitirib oldi, so‘ngra o‘qishni bitiriboq maskva ovozi gazetasiga ishga kirdi. O‘sha gazetada ishlab yurgan mahalida bir tarixchi proffessor Ahmad Umarov ismli kishi uni izlab gazetaga keldi:

JAMSHID_K -Assalomu alaykum menga Sayfiyev Anvarjon kerak edi shu yerdamilar?
AZIZ -Albatta shu yerda bo‘ladida boshqa qayerda ham bo‘lsin keling
JAMSHID_K -Demak o‘sha Anvarjon sizsiz?
AZIZ -Albatta kamina mulla Anvarjon
JAMSHID_K -Ha Anvarjon men ko‘p gapirishni yomon ko‘raman, Ismi Sharifim Ahmad Umarov tarix fanlari bo‘yicha professorman,endi maqsadga ko‘chsam. Men sizni rostgo‘y va diyonatli odam deb eshitdim. Shuning uchun qo‘lyozmalarimni ko‘tarib yoningizga keldim. To‘g‘risini aytsam Anvarjon Maskva ovoziday gazetada sizday rostgo‘y va cho‘rtkesar odamning ishlashi g‘alati
AZIZ -Nimasi g‘alati ekan domla mana ishlab yuribmiz
JAMSHID_K -Ha o‘lmang o‘lmang, Anvarjon siz shu qo‘l yozmalarni o‘qib ko‘ring. Albatta bu haqiqatlarni gazetada olib chiqishingiz kerak. Tariximiz sho‘rolar aytganidek balchiqqa botmagan. Biz buyuk buyuk odamlarning avlodlarimiz. Albatta o‘qing mulla Anvarjon, buni xalqqa siz aytmasangiz kim aytadi

MUALLIF Domla shunday dediyu, qo‘lyozmalarni tashlab o‘zi chiqib ketdi. Bu qo‘lyozmalar Anvarga qiziqmasdek tuyuldi va Anvar ularni chetga tashlab qo‘ydi. Oradan bir hafta o‘tib Anvar Televizorda Professor Tarix fanlari nomzodi Ahmad Umarovning xalq dushmani sifatida otishga hukm qilinganini eshitdi. Ammo malumotda nima uchun qamalayotgani yozilmagandi. Anvar sapchib o‘rnidan turdi. Domla berib ketgan qo‘lyozmalarni qidirishga tushdi va topdi ham. So‘ngra qo‘l yozmalarni o‘qiy boshladi. Qo‘lyozmada esa butun o‘zbekning tarixi ro‘y rost bayon qilingandi:

-Men professor Ahmad Umarov bugungi izlanishlarim davomida o‘zbek xalqining haqiqiy tarixini o‘rganishga muvofaq bo‘ldim. Ey xalq biling, sizga qonxur deb o‘rgatilgan sohibquron Amir Temur aslida qonxur emas balki adolatli podsho bo‘lgan. Amir Temur siyosat yuritganda barcha davlatlar gullab yashnagan, u podsholik qilgan birorta davlatda beva-bechora kambag‘al bo‘lmagan. Yetimlarni boshini silagan, g‘animlarga shavqat qilgan. U noo‘rin qon to‘kmagan, hattoki Temurni qonxo‘r deb miyyamizga singdirgan o‘sha Sho‘rolar yurtini Amir Temur Turk podshosi boyazid yeldirim zulmidan ozod qilgan. Biling ey o‘zbek xalqi sizning tarixingiz buyuk kelajagingiz esa undanda buyukdir.

Domla shu so‘zlar bilan qo‘lyozmani boshlagan edi. Oxirida qo‘lyozmaning so‘ngi qismida esa shunday yozilgandi.

Bu yozmalarni men yozganimni bilishar ham, meni ham topishadi. So‘ngra otishga hukm qilib sindirishadi, ammo men bilaman haqiqat sinmaydi, tarix sinmaydi. Bugun men elon qilolmagan haqiqatni boshqa o‘zbek o‘g‘loni xalqqa elon qilishi aniq. Men bunga ishonaman

Domla shunday deb qo‘l yozmaga yakun yasagandi, Anvar bu yozmani 3-kun o‘qidi, qo‘l yozma katta va tarixga bog‘liq edi. Anvar qo‘l yozmaning oxirgi qismini o‘qir ekan tushundi. Demak domla otilishini bilgan. Anvar shartta qo‘l yozmalarni oldiyu, yozuv mashinasida yoza boshladi. Gazetaning old muqovasida Ey xalq haqiqatni eshitishga tayyormisan? nomli rasmli yozuv turardi. Anvar gazetada barchasini yozgan edi, gazetaning yarimidan ko‘pi ushbu maqolaga tegishli edi. Maskva ovozi gazetasining keyingi nashri chop etilganidan so‘ng bu muqovani ko‘rgan boshliq Anvarning yoniga otilib kirdi.

BAXTINUR -Nima qilganing bu ey axmoq?
-Nima qilibman boshliq?
BAXTINUR-Anvarjon o‘zingni axmoqlikka solma, bugun sen xalq dushmani deb otilgan professorni yonini olib qanaqadur tarixni olib chiqmoqchi bo‘lyapsan?
AZIZ -Men haqiqatni tanlaganman shuning uchun ham jurnalistikani yaxshi ko‘raman
BAXTINUR -U manga qara nimaga gazetani chop etishdan oldin birinchi manga uchrashmading, tahririyatdan o‘tkazmading nega?

AZIZ -Men hammasi yertilib axlatqutiga tushushini bilardimi, shuning uchun sizga uchrashmadim.


BAXTINUR -Yo‘ mayli poraxo‘rlarni olib chiqaylik deding xo‘p dedim, raislarni olib chiqaylik deding ho‘p dedim. A endi balo bormi xalq dushmani bilan Amir Temur tarixini olib chiqishga aaaa
AZIZ -Boshliq men har doim rost gapiraman va rost yozaman
BAXTINUR-Nega seni o‘zi ishga oldim, o‘zim axmoqman o‘zim. Anvar bilasanmi bizni otishadi uka. Sen uylanmagansan juvormak ketasan, meni 2ta bolam bor, ular yetim qolishadi uka.
AZIZ -Onam aytganidek bizga yordam beroladigan faqat bir zot qoldi u ham bo‘lsa tepada
BAXTINUR-Anvar yig‘ishtir bu gaplarni, bo‘l sen ham men ham bu yerdan ketishimiz kerak uka. Ko‘rdingmi sening o‘ylamay qilgan birgina harakating boshimizga balo bo‘ldi ukajon

MUALLIF Shu payt xonaga militsionerlar kirib keldi, Anvar va uning boshlig‘ini hibsga olishdi va olib ketishdi.


Oradan 1-2kun vaqt o‘tib juda katta pul bilan boshliqning beaybligi isbotlandi. Ammo Anvarda bunaqa pul qayda deysiz. Boshliq qamaxonadan chiqar ekan, Anvarga qaradi va pichirlab Kechir deb o‘tib ketdi. Bir haftadan so‘ng Anvarning sud jarayoni boshlandi, sud zaliga Anvarni olib kelishdi. Anvar neko‘z bilan qarasinke, uning to‘g‘risida ko‘zlari yoshga to‘lgan volidasi turardi. Anvar ko‘zlarida yosh bilan salom bergandek qo‘lini ko‘tarib qo‘ydi.
Sud jarayoni boshlandi, Anvar unga nima ayblov qo‘yilsa ham indamay turaverdi. Chunki u bilardi aybni tan olsa ham olmasa ham otilishi aniq. Sud jarayoni tugadi sud raisi ayblanuvchiga so‘z berdi, Anvar gap boshladi:

AZIZ -Men Anvarjon Sayfiyev Usmonivich, jurnalist, muharrir, xalqparvar. Bugun menga qo‘yilgan ayblovlarning barchasiga roziman. Lekin o‘zim ham hayratdaman. Oddiy jurnalist shuncha ayb qilishi mumkinmi?


YULDUZ -Anvarjon bolam

AZIZ -Ona onaginam siz qo‘rqmang, bugun Anvar bu dunyoni xalq dushmani dog‘i ostida tark etadi, ammo kun keladi, Anvarning qanday ishlar qilgani, haqiqatni olib chiqqani uchun otilganini hamma anglab yetadi. Bugun Anvar dunyoni tark etishi mumkin, lekin uning ortidan boshqa Anvarlar haqiqatni olib chiqishadi. Ona hali vaqti keladi, har bir Anvar ismli yigit o‘z ismi bilan fahrlanadi. Anvar o‘lmaydi Anvar har bir o‘zbek o‘g‘lonining ko‘nglida haqiqat kuychisi bo‘lib qoladi.


YULDUZ -Anvarjon sensiz nima qilaman bolam?
AZIZ -Ona kechiring, bilasizmi ona har doim menga Allohga omonatimsan jon bolam derdingiz, men esa qo‘ysangizchi ona deb qo‘yardim. Endi bu gapni men sizga aytaman ona, Allohimga omonatsiz onajon

MUALLIF -Mana oradan ancha yil o‘tdi, Anvar kutgan o‘sha davrlar keldi. Mana o‘sha so‘z erkinligi davri, ammo Anvar faqat xotiralarda qolgandi xolos. Bugun bizning ham ichimizda o‘sha Anvarlar bor, bugun bizning ham qalbimiz to‘rida Anvar yashamoqda. To‘g‘ri ko‘pchilik aytadike, rostgo‘y insonni hech kim hushlamaydi, ammo shirin yolg‘ondan1 ko‘ra achchiq haqiqat yaxshi emasmi? Amir Temur bobomiz bekorga aytmaganlar: "Boshga qilich kelsa ham rost so‘zla".

Qadrli tomoshabin biz bu spektaklni olib chiqishimizdan asosiy maqsad barchangizga o‘sha davr fidoyilarini ko‘rsatib berish edi xolos.

Rahmat siz bilan Amaliy matematika va intellektual texnologiyalarining teatr jamoasi bo‘ldi.



Aziz. Motam tugadi. QVZ boshlandi
Ravshan - Ey assalomu alaykum, qarshingizda ichida faqat Qashqadaryoliklardan tashkil topgan jamoa fakultet jamoasi
Aziz -Bolla lekin man Samarqandlikman
Bahtinur -Samarqandni qayeridansiz
Aziz -Tayloqdan
Baxtinur -Tayloq Qashqadaryoga yaqinmi demak Tayloqniyam o‘zimizga qo‘shvolamiz
Aziz -Aka sila butun boshli Toshkenni qo‘shvoganlaringam yetadi
Ravshan -Bolla mana xozir biz Toshkentdamiz, Toshkent o‘zi qanaqa joy
Aziz -Qashqadaryoliklar yashaydigan joy
Ravshan -Qashqadaryochi?
Aziz -Toshkentliklani yetishtirib beradigan joy
Bahtinur -Bolla lekin bilvolila Qashqadaryoliklar qaytmas bo‘ladi
Jamoa-Qanaqasiga?
Bahtinur-Qaytmas bo‘maganda qaytardida Qashqadaryoga
Aziz-Bolla mana qarela bugun yil yakuni
Jamoa-Ha
Aziz-4-kurs akalar bitiryapti, bu bitirishni o‘zi bo‘madi, 4yillik mashaqqat, 4-yillik ochlik, 4-yillik imtihon, 4-yillik yiqilish, 4-yillik Madina, Nigora, Dildora a unisi muhimmas
Aziz-Lekin shu talabalik mazza bar bir, 4 yil o‘qib oq bilan qorani farqiga borasan
Bahtinur-Qanaqasiga?
Aziz-Tasavvur qil yo‘lingdan ikkita qiz kelyapti, shunday qaraysanda bilvolasan bunisi oq bunisi qora
Bahtinur-Aka mana men birinchi kursmanu shu dekan rektir prorektirlani ajratolmaymanda
Aziz-Mana qara dekan bunaqa yurad
...
Aziz - A prorektor bunaqa yurad
....
Aziz - A rektor busa bunaqa yuradi
...
Bahtinur - Ey rektor qani?
Aziz - endi ukam u odamni sandan oldingilaram ko‘rmagan sanam ko‘rmasang keragov
Aziz-Lekin bollar bizzi dekan bar bir boshqacha yuradida
Ravshan-Nima dekan shunchalik zo‘r yuradimi?
Aziz-Yo‘q bizzi dekan zo‘rlari bilan yuradi
Aziz-Endi bollar sahnaga chiqqanimizdan foydalanib hammamiz fakultetimizdagi sirlarni ochib tashlaymiz
Ravshan-Aka sir degani anuvimi kalbasani yonida turadi shumi?
Aziz-Yo‘q u ser bu sir to‘nka
Bahtinur-Aka aybga buyurmaysizu anuvi to‘nka deganiz Sessiyadan keyin paydo bo‘ladi shumi?
Aziz-Yo‘q u tanka, bu to‘nka
Aziz-Bolla bilasilami bizzi fakultetdan har doim buyuk buyuk odamlar chiqqan
Bahtinur-Apshu
Aziz-Haqqati ros, sog‘ bo‘ling
Aziz-Mana bizzi fakultetda aqlli aqlli bollar o‘qishadi
Bahtinur-Apshu
Aziz-Haqqati ros
Aziz-Mana yana bizzi fakultetda chiroyli chiroyli qizlaram o‘qishadi, haaa, apshi ur
Bahtinur-A yo man shuncha bolaga yolg‘on gapirolmiman
Aziz-Lekin bizzi fakultetda chiroyli qizlar o‘qishi rost, a ukajonim nomiga bo‘sayam urib qo‘yivur
Bahtinur-Aka ayttimu yolg‘on gapirolmiman deb
Ravshan-Aka shu aytishadi matematikada faqat xunuk qizlar o‘qishadi deyishadi shu gap rostmi?
Aziz-Bekorlarni aytishibdi bizda chiroyli chiroyli bollaram o‘qishadi
Bahtinur Ey bollar nima uchun hozirgi boshlar noldan chiqib kelmaydi
Aziz Eeee hozirgi boshliqlar noldan emas amakisini orqasidan togʻasini orqasidan chiqib keladi
Ravshan-Aka eshittizmi universitetning ayrim yotoqxonalarida zapal bo‘pti
Aziz-Endi ukam bilmasang bilvo, u aslida zapalmas, mustaqil ish deyiladi
Ravshan-Oʻzim ham aytdim domlam mustaqil ishingni topshir topshir deyaveradi
Bahtinur-Manga qarang, Aziz mandan 100ming qarz ogandiz qachon berasiz
Aziz-Beraman to‘htab turing qani?
Bahtinur-Siz o‘zi bilasizmi bir ziqna odamsizda, tilamchigiyam bir sum bermaysiz
Aziz-Bo‘magan gap, mana kecha bitta fanni 100ga yopdim.
Ravshan-Aka shu etibor berib turamanda nega shu ayrim domlalarni qorni katta
Aziz-Endi ukajonim bilmasang bilvo, u qorinmas mehnat daftarcha deyiladi
Bahtinur-Mulla mavlono u mehnat daftarchadan menda ham bor erur
Aziz-Sizda ham bor erur, faqat siznikini staji kam erur
Gulyora - Ey bolla manam gapiray
Aziz-Ey bu qiz bolami, man manikenga kim kiyim kiydirib qo‘yibdi debman
Gulyora-Bilmasayla bilvolila manam shu jamoani azosiman
Aziz-Qaysi azosi?
Ravshan-Jigar
Bahrinur-O‘pka
Aziz-Yurak
Gulyora-Eeeeey
Aziz-Hazil hazil
Ravshan-Bolla matematikada qiz yu qiz yu deysanla mana borakanu

Gulyora-Atak manam bu sahnaga ro‘l o‘ynash uchun chiqqanman


...
Gulyora-Alooo
Jamoa-Ha ha
...
Gulyora-Manam har xil ro‘lla o‘ynasam deyman
...
Gulyora-Alooo
Jamoa-Alooo ha jo‘ra yaxshimisan?
Gulyora-Ha nima bo‘ldi?
Bahtinur-Ismiz nima yaxshi qiz?
Gulyora-Muhabbat, sizga nima bo‘ldi
Bahtinur-Shu muhabbat degani lyuboy erkakni sindirib qo‘yarkanda
Aziz-Yaxshi qiz siz jamoaga olindiz
Gulyora-O‘o‘o‘o‘ manga qanaqa ro‘l berasila
Aziz-Sizgami? Sizga vazifa beramiz, siz shu zamdekanni xonasiga kirasizda o‘zizni pastga tashab, tirik qolasiz. Keyin zamdekanga tuhmat qilasiz
Gulyora-Manimcha eplomasam keragov
Aziz-Shuni aytamanda sizdan oldingi qizam eplomay rosa shantaj qildi
Baxtinur -Muhabbat zam dekan chaqriyapti xonasiga chiqarkansiz
Bahtinur-Bu kim endi?
Aziz-Dekanni zami
Jamoa-Nima?
Aziz-Ey zam dekan
Ravshan-Keling o‘tiring
Akmal-O‘tirishdan xudo saqlasin
Akmal-Ha qani?
Aziz-Xozi chiqib ketdi
Akmal-Ha qani sahnada qvz o‘nyapsilami demoqchiman?
Aziz-Ha endi sahnada marojniy sotmasak kerak
Akmal-Endi bugun mana rektir prorektirla kegan ulani ustidan kulmaylar ho‘pmi?
Aziz-Janob biz chiqishda kulib bo‘ldik
Akmal-Ha bo‘masa chiqishniyam chiqib qo‘yibsizlar
Bahtinur-Shuni aytaman yaxshiyam sh qib qo‘ymadik
Akmal - Mayli bosuviriyla
Aziz-Ey lekin shu zamdekanlarga mazzada
Jamoa-Nimaga?
Aziz-Shunday sekritarlari keladi hujjat ko‘tarib, muhrini bosib chiqarvoradi
Bahtinur-Endi bunisi kim bo‘ldi?
Aziz-Dekan
Bahtinur-Dekanlar shunaqa kichkina odam bo‘ladimi?
Aziz-Bularni o‘zi kichkina qiladigan ishlari kattada
Aziz - Unaqa bo‘lsa dekanlarni katta ishlar bilan shug‘ullanishini hech kimga aytmaydigan fakultet jamoasi biz boshladik
1- chiqish
Koʻramiz bizda dekanidan buyruq olib charchagan zamdekan uyida
2-chiqish
Tasavvur qiling universitet xodimlari pora bilan qoʻlga tushsa qanday boʻladi. Koʻramiz!
3-chiqish
Bizda keyingi sahna koʻrinishi noskash jarroh aperatsiyada
4-chiqish
Bizda keyingi sahna koʻrinishi qishloqdagi tungi uchrashuv
5-chiqish
Koʻramiz bizda keyingi sahna koʻrinishi oiladagi noodatiy holat
6-chiqish
Bizda 10 soat davom etgan sud jarayonidan lavha koʻramiz
Hamma
-Rahmat yaqin daqiqalar ichida siz bilan fakultet jamoasi bo‘ldi

-Raaaaahmat
Download 15,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish