Fan nomi: Atrofimizdagi olam Sinf: 2 “_____” Sana: ____________
Mavzu: Amaliy ish.
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o‘quvchilarga tazrozilar haqida bilim berish, ularni vazifalarini, turlarini farqlashga o'rgatish;
b) tarbiyaviy: o'quvchilarga tabiat in’omlarini nobud qilmaslik kerakligini ta’kidlash, kishilar mehnatini qadrlashga undash;
d) rivojlantiruvchi: tabiat in’omlarini isrof qilmaslik, ularni asrab-avaylash va mehnatsevarlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ona tabiatga mehr-muhabbatlarini yanada oshirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: tushuntirish, tarmoqlash.
Didaktik mashqlar: muammoli izlanish,
Dars jihozlari: mevalar, sabzavot va poliz ekinlari aks etgan plakatlar, kishilar mehnati tasvirlangan rasmlar, daladan keltirilgan g‘o‘za namunasi yoki tasviri va paxta xirmoni aks etgan rasm.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
— o‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. 0‘tilgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash:
O’quvchilar o’tgan dars yuzasidan savollar beiladi?
> Bugun ertalab havo qanday edi?
> Tushga kelib havo qanday bo'ladi?
> Kechga borib havo qanday bo'ladi?
> Havo harorati qanday asbob bilan o’lchanadi?
> Termometr naychasi ichida qanday suyuqlik bo'ladi?
> Issiq havo darajasi raqami oldiga qanday belgi qo'yiladi?
O'quvchilarning mavzu bo‘yicha bilimlarini umumlashtirish, xulosalash.
III. Yangi mavzu bayoni:
O’qituvchi o’quvchilarga termometr haqida ma’lumot beradi.
1-amaliy ish.
O’quvchilar bilan birgalikda havo haroratini o’lchash uchu termometrni 2 m balandlikka osib qo’yiladi.
5 daqiqadan so’ng uning ichidagi simob qaysi raqamni ko’rsatgani aniqlanadi. Bu raqam havo haroratining necha daraja ekanligini ko’rsatadi.
2-amaliy ish.
Suv haroratini o’lchash uchun bir stakan sovuq suz olib, unga suv termometrini solib qo’yiladi.
Birozdan keyin uni olib, simob qaysi raqamni ko’rsatgani aniqlanadi. Bu raqam suv haroratini bildiradi.
O’lchash ishlar natijasida aniqlangan barcha ma’lumotlar o’quvchilar “Ish daftari”ga yozib borishadi.
Do‘konlarda, bozorlarda turli mahsulotlar tarozilarda tortib beriladi.
Tarozilarning milli (strelkali), ikki pallali, prujinali, bir pallali va elektron turlari bo‘ladi (8-rasm).
Grammning bo‘laklarini tortadigan tarozilar ham, bir necha tonnagacha massani torta oladigan tarozilar ham bor.
Ziravorlar, dorilar kichik tarozilarda, katta hajmli, og‘ir buyumlar katta tarozilarda o‘lchanadi. Suyuq va kukun moddalar turli idishlarga solinib tortiladi.
IV. Mustahkamlash:
O'quvchilar savollarga javob berishadi.
1. Tarozilarning qanday turlarini bilasiz?
2. Havo harorati qanday odchanadi?
3. Suv harorati qanday odchanadi?
V. 0‘quvchilarni baholasfs va darsni yakunlash: O’quvchilar javoblarini umumlashtirib, xulosalash, javoblarini baholab, ballarni e’lon qilish.
VI. Uyga vazifa foerish: Mahallangizdagi do‘konga kirib, oziq-ovqat mahsulotlari qanday tarozilarda tortilishini bilib oling.
Ko’rildi
O‘TIBDO‘: ___________ ____________________
(imzo)
Do'stlaringiz bilan baham: |