Ertak o’qitish dars ishlanmasi Mavzu:
Ahillik ulug’ baxt!
Darsning maqsadi:
Ta’limiy
- o’quvchilarga ahillik va inoqlik insoniylikning eng yaxshi fazilatlari ekanligi, bu fazilatlar baxtu-saodatga erishishtirishi haqida bilim berish;
tarbiyaviy
- bolalarni bir-biri bilan ahil, inoq bo’lishga, jamoa fikriga quloq solishga o’rgatish;
rivojlantiruvchi
- Ertaklarga qiziqtirish, jamoa va rollarga bo’lib kitobga va ertak o’qishga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish
Dars jihozlari:
3-sinf o’qish kitobi
Ko’rgazmali rasmlar
Tarqatma materiallar, rag’batlantirish uchun yulduzchalar, sovg’a tariqasida ertak kitoblar
Ertak kitobi qahramoni
Dars usuli:
Yangi tushuncha,
suhbat, sexrli yulduzchalar,
didaktik o’yin, zanjir usuli
Darsning borishi:
1-bosqich
Tashkiliy qism
- Salomlashish
- Davomat
- O’quvchilarni darsga tayyorlash
2-bosqich
O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash
- Uyga vazifani tekshirish
- O’tilgan mavzu yuzasidan savol javob
- Uyga vazifa a’lo darajada bajarganlarga yulduzcha berish
3- bosqich
Yangi mavzu bayoni
- Yangi mavzu tushuntiriladi
- O’quvchilarga yangi mavzu haqida bilim ko’nikmalar beriladi
- Yangi mavzuni mustahkamlash
4-bosqich
Yakuniy qism
- Uyga vazifa berish
- O’quvchilarni rag’batlantirish
Tashkiliy qism: O’qituvchi o’quvchilar bilan doimiy she’riy tarzda salomlashadi: O’qituvchi: Darsimizning neligini so’zlar kim, Bilsangiz gar ayta qoling turmay jim? O’quvchilar: Hozirgi darsimiz bilsangiz o’qish, Maqsadimiz o’qib bilmoq yozu qish. Sinfga ertak kitobi obrazi kirib keladi o’qituvchi: keling janob Kitob, sizni tanimayroq turibmiz kitob: men sizlarga bugun hamrohlik qilish uchun kitoblar olamidan kelgan sexrli kitobman. Darsda birga o’tirishga ruxsat berasizmi o’qituvchi: bolalar ruxsat beramizmi? o’quvchilar: albatta biz bundan hursand bo’lamiz Kitob: raxmat aziz bolajonlar, men ham quruq kelmadim, sizlarga sexrli yulduzchalar olib keldim, eng yaxshi qatnashgan o’quvchilarga beraman, va ohirida kimniki ko’pligiga qarab sovg’am bor o’qituvchi o’tilgan mavzu yuzasidan savollar beradi, kitob javob bergan o’quvchilarga yulduzchalar taqdim etadi. Kitob ham o’zi tayyorlab kelgan didaktik o’yinni o’quvchilar bilan birgalikda o’ynaydi va yulduzchalar taqdim etadi Kutubxona o’yini: Partaga kitob maketli kartalar qo’yiladi, Har bir maketda maqollar rebursi bo’ladi. O’quvchilar bittadan chiqib, tanlagan kartalaridagi maqolni topishadi.
NAMUNA:
ma
Didaktik o’yindan so’ng, yangi mavzu bayoniga o’tiladi: o’qituvchi: bolajonlar bugun sizlar bilan ertak o’qiymiz. Kitob: o’quvchilar ertak haqida nimalarni bilasizlar? 1-o’quvchi: ertaklar yaxshilikka yetaklar 2-o’quvchi:ertak xalq o’g’zaki ijodiga kiradi 3-o’quvchi: biz bolalar ertaklarni doim sevib o’qiymiz va eshitamiz, chunki ular bizni yaxshilikka chorlaydi. Kitob: Barakalla bolajonlar sizlar men kutganiomdan ham aqlli va zukko ekansizlar. O’qituvchi: bugungi ertagimiz ahillik haqida, hamma kitobini ochsin, ertak nomi “AHILLIZ ULUG’ BAXT” O’qituvchi ertak asosida tayyorlab kelgan ko’rgazmali rasmlar bilan, darsni mazmunini so’zlab beradi: O’qituvchi ertak asosida tayyorlab kelgan ko’rgazmali rasmlar bilan, darsni mazmunini so’zlab beradi: Bu ertak donishmand chol va ularning yetti o’g’li haqida. Donishmand ota o’g’illarining beboshligidan, bir-biri bilan urshib, kattalari kichiklarini urib, kichiklari kattalarini so’ziga kirmasligidan bezor bo’libdi. Cholni taniganlar, aqlli cholning farzandlari ahmoq bo’libdida, deb gapirishar ekan. Chol bularga chiday olmay ohiri o’g’illarini yoniga chaqirib, yettita novda berib ularni sindirishga buyurubdi. Hech bir bola bu ishni uddasidan chiqa olishmabdi. Bittasini sindishligini aytganda ular bemalol sindirishibdi, shunda dono chol: -mana ko’rdingizmi, bitta novdani tez sindirdingiz, hammasini bittada sindira olmadingiz, agar birlashib ahil yashasangiz hech qanday kuch sizni yenga olmaydi-debdi. O’gillar qilgan ishligidan uyalib, chol olamdan o’tgandan so’ng ham ahil yashashni boshlashibdi. Kitob: mana ko’rdingizmi aziz bolajonlar, kuch birlikda. O’quvchilar ertakni zanjir usulida o’qiydilar va mustahkamlash uchun quyidagi savollarga javob beradilar: 1. Donishmand cholning nechta o’g’li bo’lgan ekan? 2. Ertakning boshida cholning o’gillari qanday o’sayotganligi haqida nima deyilgan? 3. Chol o’g’illariga birinchi gal novdalarni qanday qilib berdi? 4. Ikkinchi galda novdalar nechtadan berildi? 5. Chol olamdan o’tgan bo’lsada, uning o’g’illari qanday yashay boshladi? Dars yakunida o’quvchilar to’plagan yulduzchalar sanalib, eng ko’p yulduzcha to’plagan 5ta o’quvchiga estalik kitoblari Kitob qahramoni tomonidan beriladi.
Uyga vazifa qilib, qahramonlarni rasmini chizish va ertak mazmunini gapirib berishga tayyorlanish
E’tiboringiz uchun tashakkur!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |