Dunyoning eng nufuzli oliygohlari reytingi
Oksford universiteti, Buyuk Britaniya
Mana uch yil davomida Oksford universiteti nufuzli oliygohlar reytingida sharafli birinchi o’rinni egallab kelmoqda. Bu oliygoh “Buyuk Britaniya va Irlandiyaning qadimgi universitetlari” guruhiga hamda “Buyuk Britaniyaning eng yaxshi 24 universitetlari” obro’li guruhiga kiradi. Britaniyaning eng yaxshi 24 universitetlari” obro’li guruhiga kiradi.
2.Kembridj universiteti, Buyuk Britaniya
Kembridj universiteti – Buyuk Britaniyaning qadimiy va yirik oliygohlaridan biri bo’lib, Oksford universitetidan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
Bu yerda talaba va aspirantlarining o’qish va ilmiyishlari bir necha fakultet, ilmiy-tekshirish instututlari, laboratoriyda olib boriladi.
88 nafar Nobel mukofoti laureatlarining nomi Kembridj universiteti bilan bog’liq, shuning uchun ham u dunyoning eng nufuzli oliygohlari ro’yxatida sharafli o’rinlardan birini egallaydi.
Stenford universiteti, AQSH
Stenford universiteti – AQSH dagi xususiy universitet bo’lib, AQSH hamda dunyodagi eng nufuzli va reytingi baland oliygohdir. Palo-Alto shahri yaqinida joylashgan.
Universitet yiridik, tibbiyot, texnik, musiqa va boshqa ko’plab fakultetlardan iboratdir. Tizimda shuningdek, turli xil maktablar hamda ilmiy-tekshirish markazlari faoliyat yuritadi.
Universitet Kremniy vodiysida joylashgan. Uning bitiruvchilari Hewlett-Packard, Electronic Arts, Sun Micro systems, Nvidia, Yahoo!, Cisco Systems, Silicon Graphics va Google kabi kompaniyalarning asoschilaridir.
Massachusets texnika institute
Reytingning to’rtinchi o’rnini Massachusets texnika instituti egalladi.
Massachuset texnika instituti – universitet va ilmiy-tekshirish markazidan iborat bo’lib, AQSH ning Massachusets shtati, Kembridj shahrida joylashgan.
Massachuset texnika instituti dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblanib, reytingda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi, robototexnika va sun’iy intellekt yo’nalishida novator hisoblanadi.Uning ta’lim muhandislik dasturlari, information texnologiya, iqtisodiyot, fizika, ximiya va matematika sohasidagi dasturlari mamlakatda yuqori baholanadi.
Institutda shuningdek, menedjment, tilshunoslik, siyosisat, falsafa kabi boshqa yo’nalishlar ham faoliyat yuritadi.
Kaliforniya texnika universiteti
Kaliforniya texnika universiteti – xususiy universitetlardan biri bo’lib, Kalifornuya shtatining Pasadina shahrida joylashgan, AQSH ning yetakchi universitetlaridan biri hisoblanadi hamda aniq fanlar va muhandislikka ixtisoslashtirilgan.
NASA avtomatik kosmik apparatlarining katta qismini ishga tushiruvchi reaktiv harakat laboratoriyasi aynan mana shu institutga qarashli.
Kaliforniya texnika universitetining 17 ta bitiruvchilari va 18 nafar professorlari Nobel mukofotining laureatlaridir.
Garvard universiteti, AQSH
Garvard universiteti – AQSH va butun dunyodagi mashhur va qadimiy oliygohlaridan biridir. Massachusets shtatining Kembridj shahrida joylashgan.
Nobel mukofotining 75 nafar laureatlari student,o’qituvchi va xodim sifatida ushbu universitet bilan bog’liq bo’lganlar.
Garvard universiteti bitiruvchilarining orasida milliarderlar sonining ko’pligi bilan mamlakatda birinchi o’rinni egallaydi,kutubxonasi esa - mamlakatdagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi.
Prinston universiteti, AQSH
Prinston universiteti – xususiy tadqiqot universitetlaridan biri bo’lib, AQSH dagi eng qadimgi va mashhur oliygohlardan biridir. Mamlakatning eng nufuzli ta’lim maskani hisoblanadi.
Prinston universiteti aniq, gumanitar, ijtimoy va texnik fanlar boyicha bakalavr va magistratura diplomlarini taqdim qiladi.
Universitet meditsina, huquq, biznes hamda din bo’yicha maktablarga ega emas, biroq ijtimoiy va xalqaro munosabatlar Maktabi hamda muhandislik Maktablarida professor darajasini taqdim etadi.
Yel universiteti, AQSH
Yel universiteti – AQSH dagi xususiy oliygohlardan biridir. Amerikaning eng nufuzli sakkiz oliygohlaridan biriga kiradi. Garvard, Priston universitetlari bilan birga esa “Katta uchlik” ni tashkil qiladi.
Universitet 12 ta bo’linmadan iborat: 4 yillik ta’limga asoslangan Yel kolledji, aniq va gumanitar fanlarni o’z ichiga olgan turli mutaxassisliklar bo’yicha aspirantura, shuningdek huquq, tibbiyot, biznes hamda tevarak atrofni muhofaza qilish sohasi bo’yicha mutaxassis tayyorlovchi10 kasb fakultetlari.
.Imperatorlikka qarashli London kolledji
Imperatorlikka qarashli London kolledji - Janubiy Kensingtondagi oliy o’quv yurtlaridan biri bo’lib, ilm, muhandislik, tibbiyot va biznesga ixtisoslashgan.
Ushbu kolledj Londonninh Oksford hamda Kembridj universitetlari bilan birga Oltin uchlik, deb nomlanuvchi eng nufuzli oliygohlar guruhiga kiradi.
Chikago universiteti
Chikago universiteti – 1890 yilda tashkil etilgan bo’lib, xususiy tadqiqod universiteti hisoblanadi, AQSHning Illinoys shtati, Chikago shahrida joylashgan.
Universitet kolledj, turli mutaxassisliklardagi aspirantura, 6 ta professional ta’lim institutidan tashkil topgan. 87 nafar Nobel mukofotining laureatlari ushbu dargohda ta’lim olganlar, bu AQSH universitetlari oradida rekordli ko’rsatgich hisoblanadi. Nobel sovrindorlarining 17 nafari o’z tadqodlarini Chikago universitetining hududida olib borganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |