14-Yanvar-Vatan himoyachilari kuni



Download 22,16 Kb.
Sana04.07.2022
Hajmi22,16 Kb.
#739009

14-Yanvar-Vatan himoyachilari kuni
14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bayram sanasi O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tarixidagi quyidagi eng muhim voqealar bilan bog’liqdir: 1991 yilning 31 avgust kuni «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Ushbu muhim hujjat yosh respublikamizga o’zining harbiy siyosatini yuritish huquqini berdi. Shu kuni e’lon qilingan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida»gi bayonot esa milliy qurolli Kuchlarimizni tashkil etish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qildi. 1991 yil 6 sentyabrdagi «Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni sohaning ilk poydevori sanaladi. 1992 yil 3 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. 1992 yilning 14 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O’zbekiston Respublikasi xududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o’quv muassasalari to’g’risida»gi qarori juda muhim tarixiy ahamiyatga egadir. Mazkur qarorga ko’ra davlatimiz hududidagi harbiy tuzilmalar respublika tasarrufiga olindi. 1993 yil 29 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o’z burchini o’tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Ushbu bayram munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar o’tkaziladi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo’mondonining Vatan himoyachilariga yo’llagan tabrigi chop etilib, unda qurolli Kuchlar oldida turgan eng dolzarb vazifalar belgilab beriladi. Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan.

Bahor bayramlar bilan boshlanadi. Ko'klamning ikkinchi haftasida 8 Mart Xalqaro xotin-qizlar bayramini nishonlaymiz. Xo'sh, munis onaxonlar va xotin-qizlar bayramini nishonlashimizning sababi nimada? Nega ayollar bunchalik ulug'lanadi? Xuddi shu kuni butun dunyo ayollari bayram qiladilarmi? Bu savollarga javob topish uchun tarixga bir nazar tashlaymiz.

Ma'lumotlarga ko'ra, “ayol" arabcha so'z bo'lib, “oila" kalimasi bilan o'zakdoshdir. Biroq 8 Martga nisbatan “ayol" so'zi emas, balki “xotin-qizlar" degan so'z keng qo'llaniladi.

Ushbu kunning o'tmishiga nazar tashlaydigan bo'lsak, xotin-qizlar bayrami ularning o'z huquqlari uchun kurashish kunidan kelib chiqqaniga guvoh bo'lishimiz mumkin. Ya'ni, 1857-yil 8-mart kunida Nyu-Yorkning poyafzal hamda tikuv fabrikasi ishchi xotin-qizlari namoyish o'tkazadilar. Ular 10 soatlik ish kuni, yorug' va quruq ish xonalari hamda erkaklar bilan bir xil maosh olishlarini talab qilib chiqadilar. Xuddi shu kuni Nyu-Yorkdagi yuzlab ayollar namoyishlarga chiqib, saylash huquqini ham talab qiladilar. Chunki, o'sha paytlarda juda kam maosh oluvchi ayollar kuniga 16 soat mexnat qilganlar. Erkaklar esa, turli chiqishlari orqali 10 soatlik ish kunini qo'lga kiritganlar. 8-martdagi xuddi shu voqeadan so'ng, ayollar tashkiloti tuziladi va birinchi marta xotin-qizlar unga a'zo bo'ladilar. Biroq, bu kun birinchi marta 1891-yil 19-mart kuni Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveysariyada xotin-qizlar bayrami sifatida nishonlandi. O'shanda milliondan ortiq erkak va ayollar namoyishlarda ishtirok etadilar. Saylash va saylanish huquqidan tashqari, ayollar erkaklar bilan teng huquqli bo'lishga harakat qiladilar.

1910-yili Kopengagenda o'tgan xalqaro konferentsiyada 8-mart kunini xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlash taklifi ko'tarildi. Shundan so'ng ko'pgina mamlakat ayollarining jamiyatda faollashuvi boshlanadi. Ular mehnat huquqi va hurmatiga ega bo'lish, kambag'allikka qarshi kurash hamda tinchlik uchun kurash olib boradilar.

Rossiyada esa, xalqaro xotin-qizlar kuni birinchi marta 1913-yili Peterburg shahrida bayram qilindi. Rossiya Dumasiga ayollar muammosi bo'yicha ariza berildi va hukumat a'zolari 1913-yil 2-mart kuni bir yarim ming aholini yig'ib, bu masalani hal etishga ruxsat berdi. Unda ayollarning saylash huquqi, onalikni davlat tomonidan ta'minlash va muhofaza qilish masalalari ko'rib chiqildi.

8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni 1965-yildan boshlab dam olish kuni deb belgilandi. Shu kunda hukumat tantanali tadbirlarda ayollarga nisbatan davlat siyosatining amalga oshirayotgan ishlari to'g'risida hisobot berardi. Asta-sekin xalqaro xotin-qizlar kuni ayollarning o'z huquqlarini talab qilganliklari uchun emas, balki ularni qadrlash, hurmat qilish va e'zozlash kuni sifatida nishonlana boshlandi.

Sobiq sho'ro ittifoqi barham topgach, 8 mart — xalqaro xotin-qizlar bayrami MDH


davlatlari: Ozarbayjon, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Belorussiya va O'zbekistonda ham bayram qilina boshladi.

Navroʻz (forscha نوروز — „yangi kun“) — bahor bayrami, hamda fors va turkiy xalqlarida yangi yilning birinchi kuni. „Navroʻz“ soʻzi forschadan tarjima qilinganda, „yangi kun“ maʼnosini beradi. Eron, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkazda navroʻz 21-mart kuni, Qozogʻistonda esa, 22-martda nishonlanadi.

Navroʻz

Nishonlovchilar


Eron, Afgʻoniston, Iroq, Suriya, Ozarbayjon, Bahrain, Livan, Pokiston, Hindiston, Tojikiston, Turkiya, Albaniya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va boshqa yerdagi fors va turkiy millatlar.
Turi
Xalqaro
Ahamiyati
Yangi yilning birinchi kuni, bahor bayrami
Sana
21-mart (baʼzi xalqlarda 22-mart)
Navroʻz Shimoliy yarımsharda bahorning boshlanishi sifatida, kecha-kunduz tenglashgan kunda (martnıng 20, 21 va yoki 22-da) boshlanadi. Baʼzi xalqlar bahor faslining kelishini tabiatning uygʻonishi bilan bogʻlaydilar, shu munosabat bilan bayramlar oʻtkazishadi, uni yangi yilning boshlanishidek bayram qiladilar. Qadim zamonlardan boshlab Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Eron, Afgʻonıston, Tojikistonda va yana koʻplab sharqiy oʻlkalarda bahorning — yangi yilning kelishini bayramlar bilan qarshi olishadi. Martning 21-sanasi Eron va Afgʻonistonda rasmiy taqvimning dastlabki kuni hisoblanadi.

2009-yil 30-sentyabda Navroʻz UNESCO tarafidan nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan, 2010-yil 23-fevralda esa BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasıda 21-mart „Xalqaro Navroʻz Kuni“ deb eʼlon qilindi. Hali ham bu bayram davom etmoqda.

9 May – O`zbekistonda xotira va qadrlash kuni, xalqaro bayram.
Bu kunda minglab O`zbekiston xalqi va poytaxtimiz mehmonlari “Mungli ona” xaykali ostiga gullar qo`yadilar va bu orqali Ikkinchi Jahon urushida qurbon bo`lganlar xotirasini yoqga oladilar. Bu kunda yoshlar va yoshi ulug` kishilar, bolalar va yoki kattalar xotira maydonlarini ziyorat qilishga xarakat qiladilar. Ona xaykali yokidagi “Mangu olov” yonida zar harflar bilan “Sen har doim qalbimdasan” degan so`zlar bitilgan.

Ma`lumki, urushdan oldin yurtimizda 6,5 million aholi yashagan, ulardan 1 million 433 mingtasi ikkinchi jahon urushida qatnashgan va bu 60% mehnatga layoqatli aholini tashkil etadi. 450 mingdan ortiq o`zbek urushdan qaytib kelmagan, 130 mingdan ko`prog`i nom nishonsiz ketgan.

1999-yilning 9-may kuni poytaxtimiz Toshkentda Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanmoqda.

Xalqaro bolalarni himoya qilishi kuni bolalarni parvarishlash va ularning huquqlarini himoyalashga bagʻishlangan bayramdir. MDH va boshqa sobiq sotsialistik mamlakatlarda 1-iyun, BMT tavsiyasi bilan esa 20-noyabrda[1] nishonlanadi.


Bolalar kuniga bagʻishlangan sovet pochta markasi. 1958-yil.


Bayram kuni bolalarga bagʻishlab konsertlar, oqshomlar oʻtkaziladi. Baʼzi istirohat bogʻlari (masalan, Toshkentlend) bolalar uchun bepul attraksionlar ochadi. TVda bolalar uchun film, tomoshalar namoyish etiladi..[2][3][4]

-iyunda Bolalar kunini nishonlash taklifi 1925-yili Jeneva, Shveysariyadagi konferensiyada oʻrtaga tashlangandi. Nega aynan shu sana tanlangani haqida ikki faraz bor: birinchisiga koʻra, oʻsha yilgi xitoylik yetim bolalar uchun uyushtirilgan Duanvu festivali 1-iyunga toʻgʻri kelib qolgan; boshqa faraz esa soddaroq — konferensiya shu kuni oʻtayotgan edi.

20-noyabrdagi Bolalar kuni esa BMT tomonidan 1954-yili chiqarilgan qaror bilan mustahkamlangan.

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.


O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, O‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.

Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.

Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.

Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.

Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni (Oʻzbekiston Respublikasida Mustaqillik bayrami) — har yili 1 sentyabrda, SSSR qulab Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 31-avgust kuni mustaqillikga erishgani sharafiga nishonlanadi[1]. Oʻzbekistonda 1-sentabr rasman dam olish kuni boʻlib ushbu kunda barcha taʼlim muassalari va ishxonalar oʻz faoliyatini toʻxtatadi.
1991-yilning 31-avgustidayoq 1-sentabr Oʻzbekistonning Mustaqillik kuni deb belgilab qoʻyildi. Bundan tashqari, 5-sentabrda Prezident I.A.Karimovning farmoni bilan Oʻzbekiston poytaxtining avvallari Vladimir Lenin nomi bilan atalgan markaziy maydoni Mustaqillik maydoniga oʻzgartirildi[3].

1992
Tahrirlash


1992-yilda birinchi marta Mustaqillik bayrami nishonlandi.

Ushbu voqea munosabati bilan 5 kun davom etgan va respublikamizning barcha viloyatlaridan vakillarni jamlagan Oʻzbekiston mehnatkashlarining birinchi sport musobaqasi boʻlib oʻtdi[5]. 1992-yil 31-avgustda Toshkent „Nodira Begim“ kinoteatrida yangi davlatning birinchi yili, unda sodir boʻlgan oʻzgarishlar haqida hikoya qiluvchi „Istiqlol“ („Mustaqillik“, rejissyor — Davron Salimov) filmi namoyish etildi. Mazkur filmdan soʻng respublika boʻylab oʻzbek zaminining tarixi va zamonaviyligi, uning atoqli yozuvchi va faylasuflari haqida boshqa filmlar namoyish etildi[6].

1993
Tahrirlash
1993-yil 31-avgustdan boshlab Toshkentda turli davlatlarning mustaqil Oʻzbekistonga yuborilgan ilk elchilarining portretlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi[7]. Sentyabr oyida Toshkentda Oʻzbekistonda birinchi boʻlib oʻsha davrda fondida ingliz tilidagi 30 ming kitob (20 ming kitob va 10 ming jurnal) boʻlgan „Mustaqillik“ xalqaro kutubxonasi ochildi[8].

1994
Tahrirlash


1994-yil 30-avgustda Mustaqilligimizning 3-yilligiga bagʻishlab nominal qiymati 10 soʻm boʻlgan ikki turdagi esdalik tangalari muomalaga chiqarildi[9].

1994-yilda Oʻzbekiston Mustaqillik kubogi uchun futbol turniri paydo boʻldi. Musobaqa Toshkentning „Paxtakor“ markaziy stadionida boʻlib oʻtadi, uning gʻolibi „Kristal toʻp“ bilan taqdirlanadi. Musobaqa 1994-yilda bir qator Gollandiya kompaniyalari tomonidan homiylik qilingan. Oʻyinlar 3 sentyabr kuni boshlandi. Ular, jumladan, NBC kanalida Yevropa va AQShga televidiniyalariga uzatildi[10].

1995
Tahrirlash
1995-yil 30-avgustda Prezident Islom Karimovning „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining toʻrt yilligi munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni eʼlon qilinib, unga koʻra bir qator Oʻzbekiston fuqarolari Oʻzbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi[11].

1995-yil 1-sentabrda Mustaqillik maydonida boʻlib oʻtgan tantanalar chogʻida Islom Karimov bayram ishtirokchilari va butun Oʻzbekiston xalqiga bayramona nutq soʻzladi[12].

1996
Tahrirlash
1996-yil avgust oyida „Oʻzbekiston Markasi“ nashriyot markazi Oʻzbekiston Aloqa vazirligi bilan hamkorlikda bayramga bagʻishlangan „Mustaqillik“ pochta blokini chiqardi. Markada Oʻzbekiston gerbi va bayrogʻi tasviri hamda unga „1-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni“ yozuvi tushirilgan[13].

1 sentabrdan boshlab Oʻzbekiston Markaziy banki mustaqilligimizning 5 yilligiga bagʻishlab, bu safar 50 soʻm va 100 soʻm nominaldagi esdalik tangalarni (har ikki nominal ham ikki xil tanga koʻrinishida) muomalaga chiqardi[14][15].

26 avgust kuni davlatimiz rahbarining mustaqilligimizning besh yilligi munosabati bilan farmonlari bilan, birinchidan, fan, madaniyat, xalq taʼlimi va jamiyat faoliyatining boshqa sohalari xodimlari, ikkinchidan, bir qator davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va boshqa soha xodimlari taqdirlandi. xizmat koʻrsatish sohasi, uchinchidan, huquqni muhofaza qilish organlari va Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining qator xodimlari[16].

31 avgust kuni Mustaqillik maydonidagi anʼanaviy bayram tantanalarida Oʻzbekiston, MDH davlatlari va uzoq xorijdagi barcha sub’ektlar vakillari, Toshkentda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatlar ishtirok etdi. Islom Karimov maydondan yigʻilganlar va butun Oʻzbekiston xalqiga yana bayramona nutq soʻzladi[14].

1997
Tahrirlash
Mustaqilligimizning olti yilligiga bagʻishlab 1997-yil 26-avgustda fan, madaniyat, sanʼat, taʼlim va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisidagi Prezident farmoni, 27-avgustda Bir qator davlat xodimlarini(sanoat tarmoqlari, ijtimoiy soha xodimlari hamda qator huquq-tartibot idoralari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlarini) mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonlari eʼlon qilindi[17].

30-avgust kuni AQSH Prezidenti Bil Klinton I.A.Karimovni Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni bilan tabrikladi[18]. 3-4 sentabr kunlari matbuotda Kofi Annan (BMT Bosh kotibi), MDH davlatlari, Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa, Osiyo davlatlari, Braziliyaning koʻplab rahbarlarining Prezident va oʻzbek xalqiga tabrigi eʼlon qilindi. Poytaxtimizning markaziy maydonida Mustaqillik bayramini nishonlash anʼanasi davom etib, undan Prezidentimiz ishtirokchilar va butun xalq oldidagi tabrik nutqi soʻzladi[19]. Unda yana Oʻzbekistonning har bir viloyati vakillari va Toshkent shahrida joylashgan diplomatik vakillar ishtirok etdi[20].

Namangan viloyatida „Mustaqillik taqdirimizda“ mavzuli haftaliklari tashkil etilib, unda olimlar, huquqshunoslar, iqtisodchilar, jamoat arboblari, tadbirkorlar mahalla ahli bilan uchrashdi[21].

2013
Tahrirlash


2013-yilda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida Oʻzbekiston Mustaqilligining 22-yilligi keng nishonlanib, unda Oliy Majlis Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, hukumat aʼzolari, Oʻzbekiston Qahramonlari, fan va fan xodimlari ishtirok etdi. madaniyat, adabiyot va sanʼat, ishlab chiqarish yetakchilari, tadbirkorlar, Oʻzbekistondagi akkreditatsiyadan oʻtgan elchixonalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Maydonda Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlangan konsert namoyish etildi, soʻng harbiy orkestr sadolari ostida Qurolli Kuchlarimiz vakillari chiqishdi. Soʻngra kuy-qoʻshiqlar, raqslar ijro etildi.

2015
Tahrirlash


2015-yilda mamlakatimizning 24-mustaqilligi bayrami munosabati bilan 1-sentabr soat 23 dan 18:00 gacha Toshkent shahridagi 11 maskanda „Tengsizim, chamanzorim, yagonam — Oʻzbekistonim!“ shiori ostida turli bayram dasturlari, tomoshalar boʻlib oʻtdi.

Oʻsha kunda: 1. „Haqiqiy farzanding, asl oʻzbekman“ teatrlashtirilgan kompozitsiyasi. 2. „Elim soglom bolasi, Vatanim gul, lolasi“ bolalar vokal va raqs ansambllarining chiqishlari. 3. Sportchilarning „Farzandlari soglom yurt-qudratli boʻlur!“ koʻrgazmali chiqishlari. 4. „Istiqlol solnomasi“ teatrlashtirilgan kompozitsiyasi. boʻlib oʻtdi.

Bayram bilan „Oʻzbekteatr“ ijodiy uyushmasi vakillari, xalqqa xizmat koʻrsatgan aktyorlar, „Oʻzbeknavo“ estrada birlashmasi sanʼatkorlari, „Nihol“ mukofoti, „Yagonasan“, „Muqaddas Vatan!“ koʻrik-tanlovi sovrindorlari, yozuvchi va shoirlar, chempionlar, sport ustalari tabriklaydilar.

Mustaqillik kuni tadbirlari quyidagi yirik hudularda oʻtkazildi:

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻi;
Gʻafur Gʻulom bogʻi ;
Mirzo Ulug'bek bogʻi;
Bobur bogʻi;
Furqat bogʻi;
„Lokomotiv“ bogʻi;
„Quyoshcha nuri“ istirohat bogʻi[22].
2016
Tahrirlash
Mustaqillik bayramini nishonlash tadbirlari Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning ogʻir xastaligi tufayli kechiktirildi[23]. Baʼzi manbalar uning 2016-yil 30 avgustda vafot etgani haqida xabar berishdi[24].

2018
Tahrirlash


2018-yilda respublikaning SSSR tarkibidan ajralib chiqqaniga 27 yil toʻldi, bayram 1-sentyabrda nishonlandi.

Dam olish kunlari bayram oldidan ish kunlariga koʻchirilishi munosabati bilan Qurbon hayiti munosabati bilan oʻzbek

2018
Tahrirlash
2018-yilda respublikaning SSSR tarkibidan ajralib chiqqaniga 27 yil toʻldi, bayram 1-sentyabrda nishonlandi.

Dam olish kunlari bayram oldidan ish kunlariga koʻchirilishi munosabati bilan Qurbon hayiti munosabati bilan oʻzbek xalqi uch kunlik uzluksiz dam olishdi.

Mustaqillik bayramida dam olish muddati besh kun etib belgilandi.

31 avgust — qoʻshimcha ishlanmaydigan kun;


1-sentabr — dam olish kuni;
2 sentyabr — taqvim boʻyicha dam olish kuni;
3 sentyabr — 8 sentyabr, shanbadan kechiktirilgan dam olish kuni;
4-sentyabr — 15-sentabr, shanbadan kechiktirilgan dam olish kuni.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1996 yil 9-yanvardagi Farmoni bilan mamlakatimizda 1-oktabr «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilangan.


Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati esa ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarga bog‘liq. Shu sababli mamlakatimizda o‘qituvchi va murabbiylarning obro‘-e’tiborini yanada oshirish, yoshlarimizning bizdan ko‘ra bilimli, kuchli va albatta baxtli bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Har bir inson, qayerda ishlamasin, qanday kasb egasi bo‘lmasin, unga bilim va tarbiya berib, mustaqil hayotga yo‘llagan insonni hurmat bilan esga oladi.

Mazkur bayram o‘qituvchilar va murabbiylar mehnatini sharaflash ayyomidir. Shu kuni o‘quv yurtlarida o‘qituvchilar, korxonalarda esa murabbiylar va ustozlar mehnati ulug‘lanadi.

Ona tili – bu millatning ruhidir...

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

1989 yilning 21 oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.

“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020 yil 10 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-615-son) 1-moddasi bilan 21 oktyabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Oʻzbekiston bayrogʻi (rasmiy atalishi: Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi) — Oʻzbekiston gerbi va Oʻzbekiston madhiyasi kabi Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng 1991-yilning 18-noyabrida[2] Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan.

Oʻzbekiston bayrogʻi

O'zbekcha

1992 yil 10 dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.


1992 yil 10 dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Previous
Next


DO'STLARINGIZGA ULASHING:

Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta’kidlangan.



Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.
Download 22,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish