a b , b a
yoki
a b , v b
tarzida shakllangan. Masalan:
Qat-qat ko‘rpa ustida,
Piyolaman yor-yor.
Yorga salom bergani,
Uyolaman yor-yor.
Kelin salom lar
ham to‘y qo‘shiqlarining tarkibiy qismini tashkil
etadi. An’anaviy kelin salomlar matnida Allohga, Muhammad payg‘am-
barimiz (s.a.v)ga, chahoryorlarga, avliyo va anbiyolarga murojaat qilish
alohida o ‘ringa ega. Agar xalq qo‘shiqlarining boshqa turlarini ko‘pchilik
bo‘lib ijro qilish mumkin bo‘lsa, kelin salomlar, asosan, bitta chechan
qo'shiqchi, ba’zan ikkita ayol tomonidan ijro qilingan. Odatda, kelin
salom aytuvchi ijrochi mazkur marosimga fayz kiritishi yoki, aksincha,
qizita olmasdan uyatga qolishi kuzatiladi. Shuning uchun ijrochi butun
tajribasini, mahoratini, xonandalik san’atini to‘liq namoyish qilishga
urinadi. Atrofdagi qatnashchilar ruhiyatini ko'tarish uchun yumor unsur-
laridan foydalanadi. Kelin salomlar aksari uch misradan iboratdir. Shun-
dan ikkitasi fikr ifodalash maqsadini nazarda tutsa, uchinchisi naqarot
sifatida takrorlanadi:
Ko‘ylaklari yamoqli,
Yopgan noni sanoqli,
Qaynonasiga salom.
146
Muhimi, bunday kulgili mazmundagi misralar marosim ishtirok-
chilari tomonidan hazil ma’nosida tushunilgan.
M arsiyalar.
Ma’lumki, inson hayoti faqat bayramlardan, xursand-
chilik, sayillar, to‘y-tomoshalardan iborat emas. Hayotda ko‘ngilsiz
voqealar ham ro‘y berib turadi. Ulaming eng musibatlisi o'limdir. 0 ‘zbek
xalqi o ‘lim marosimida ham qo‘shiq aytgan. Qadimda maxsus giryandi
(giyrandi)lar yig‘lash marosimlarini qo‘shiq aytib o ‘tkazganlar. Bunday
qo‘shiqlami marsiyalar deb atashgan.
Marsiyalaming asosiy vazifasi hayotdan ko‘z yumgan shaxsning
fazilatlarini esga olish, ro‘y bergan musibatga munosabat bildirishdir.
Shuning uchun ota, ona, aka, uka, opa, singil, bola kabi qarindosh-urug‘-
lik belgilari marsiyalarda alohida tilga olinadi. Marsiya matnlarida
o‘kinch, hasrat ifodasi alohida o‘rin tutadi. Aytib yig‘layotgan shaxs mar-
humga «suyangan tog4», «ishongan bog1», «osmondagi yulduz», «hayot-
dagi yorug* yulduz» istioralarini qo‘llaydi. Farzandning ota-onasiga xiz-
mat qila olmagani, aka va ukaning qadriga yetmagani, ayniqsa, farzan-
dining orzu-havasini, uylanganini yoki kelin bo'lganini ko‘ra olmagani
o‘ta ta’ sirli so‘zlar bilan bildiriladi:
Aytmay desam bo‘lmaydi,
Dog‘ingiz oti qo‘ymaydi,
Ishongan bog‘im, voy otam,
Suyangan tog‘im, voy otam.
Yoki:
Hovlimdagi giyoh bo‘ling, voy onam,
Har kun sizni iskayin, voy onam,
Yana qaytib bino bo‘ling, voy onam,
Doim sizni eslayin, voy onam.
Marsiya matnlarini o ‘rganish ulaming she’riy texnika jihatdan u
qadar mukammal emasligini ko'rsatmoqda. Bo‘g ‘inlar sonining mos
emasligi, turoq tizimiga yetarli e’tibor berilmasligi, qofiya qoidasiga
rioya qilmaslik odatiy holat ekanini aytish mumkin. Bizningcha, bu
turdagi qo'shiqlarda ko'proq aytilayotgan to ‘rtlikning ma’nosi, kuydagi
mung yetakchi ahamiyat kasb etadi.
147
Yana bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Folklor ekspedi-
siyasiga chiqqan paytimizda yozib olish eng qiyin kechgan qo'shiq turi
marsiyadir. Aksari hollarda marsiya aytuvchilar amaliyotchilar iltimos-
larini bajarmaydilar. Esdan chiqqanini bahona qilib, suhbat mavzuini
o'zgartiradilar. Ehtimol, ular qadimgi irimlarga bo'ysunib zaruratsiz
hollarda marsiya ayUshdan saqlansalar kerak.
Shunday qilib, mavsum-marosim qo‘shiqlari haqidagi ma’lumotlar-
dan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
- Mavsum va marosim qo‘shiqlari o ‘zbek xalq og‘zaki poetik
ijodining eng qadimiy namunalaridandir.
- Xalq hayotidagi bayramlar, oilaviy marosimlar, yil fasliga oid
mavsumlar alohida-alohida aniq mavzuni ifodalovchi mazmunga ega.
- Mavsum-marosim q o‘shiqlari ba’zan ommaviy tarzda ijro etishga
moijallangan bo‘lishi bilan birga maxsus tayyorgarlik ko‘rgan mahoratli
ijrochilar ijodini inkor qilmaydi.
- Xalqimizning o ‘tmish madaniy merosiga, qadriyatlariga munosabat
mavsum-marosim qo‘shiqlarida alohida namoyon bo‘ladi.
- Mavsum-marosim qo‘shiqlari badiiy mukammallik jihatidan so‘z
san’ati talablariga to‘liq javob beradigan she‘riy matnlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |