Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

L irik go ‘shiglar.
Avvalo, ta’kidlash lozimki, xalq qo‘shiqlari mavzu- 
yida misol qilib keltirgan, nazariy ma’lumot berilgan, tahlilga jalb qilin- 
gan hamma to‘rtlik shaklidagi she’riy asarlaming hammasi badiiy adabi- 
yotning lirik jinsiga mansubdir. Shu bois «lirik qo'shiqlar» atamasini 
shartli tushunish maqsadga muvofiqdir. Aslida folklorshunoslikda lirik 
qo‘shiq deganda, ishq-muhabbat izhor etilgan to'rtliklami nazarda tutish 
qabul qilingan. Agar mehnat, marosim asarlarida yetakchi maqsad ish qu- 
rollari, mavsumdagi tabiat o'zgarishlari, marosim tartiblari his-tuyg‘u 
vositasida aks etsa, lirik qo'shiqlarning asosiy vazifasi muhabbat tuy- 
g ‘ularini ifodalash bilan belgilanadi. Binobarin, lirik qo‘shiqlarda mohi- 
yatan ichki kechinmalar, ishq-muhabbat dardiga yo‘liqishdan mamnimlik 
kayfiyati ustuvordir.
Har bir yigit-qiz balog‘at yoshiga yetganda muhabbat tuyg'usini 
boshidan kechiradi. Insonning sevishi yoki sevilishi, ishq kechinmalariga 
yo‘liqish tashvishlari uni shoirlikka undaydi. Lirik qo‘shiqlar matnini 
o ‘rganish ulami faqat muhabbat tuyg‘usini yurak qon tomirlaridan his 
qilgan shaxslargina yaratishi mumkin, degan xulosaga olib keladi. Endi 
ikki tarafdan iborat bo‘lgan ishq kechinmalarida bir tarafgina ishtirok etsa
148


yoki o'rtada muayyan to'siqlar paydo bo‘lsa, muhabbat savdosi avj oladi, 
yechimsiz holatda insonni qiynaydi. Masalan:
Qizil gulni ekasan-da, ketasan.
Parvarish qilmasang, ekib netasan?
Yo‘liga intizor qilgan qora ko‘z,
Oxir mening bu boshimga yetasan
misralarini hayotdan qoniqqan, tashvishi yo‘q odam aytishi mumkin 
emas. To‘rt misradan iborat bu matnda inson taqdiri, qismati aks etganiga 
hech kim shubha qilmasa kerak. Ayni paytda ana shu azob unga shukuh, 
baxt bag‘ishlayotganini ham aytish lozimdir. Chunki haqiqiy insongina 
bunday tuyg‘ularga egalik qilishi mumkin.
Lirik qo‘shiqlar og'zaki ijodning mustaqil janri sifatida bir qator 
xususiyatlarga ega:
1. Lirik qo‘shiqlar deb atalmish xalq poetik she’riyatiga mansub 
asarlarni inson ruhiy olamisiz, ishqiy kechinmalarsiz tasavvur qilish 
mumkin emas.
2. Agar boshqa mavzudagi qo'shiqlar ba’zan uch (kelin salomlar), 
olti, sakkiz misralardan iborat bo‘lsa, ishqiy qo‘shiqlar to‘rt misradan 
tashkil topadi. Bir nom bilan bandlar birikuvidan iborat qo‘shiqlarda ham 
to‘rt misralilik an’ ana hisoblanadi.
3. Biz nazarda tutayotgan lirik qo‘shiqlar matni tugal fikr anglatish 
xususiyatiga egadir.
Olov yonsin yog* bilan 
Bag‘rim kuysin dog‘ bilan 
0 ‘ynamadim - kulmadim.
Ko'nglim suygan yor bilan.
Bir necha bandlardan iborat «Gaidir», «Sumbula», «Omon yor» kabi 
lirik qo‘shiqlardagi to‘rtliklar nisbiy tugallikka ega boiadi.
4. Agar mehnat qo‘shiqlarini bevosita o ‘sha kasb bilan shug‘ul- 
lanuvchi dehqon, sog‘uvchi, kosib, kashtachi, gilam to'quvchi aytsa, yor- 
yorlar, kelin salomlar asosan to‘ylarga fayz baglshlasa, yig‘i-yo‘qlovlar 
o lim marosimlariga taalluqli bo Isa, lirik qo‘shiqlar kasb, payt, o ‘rin tan- 
lamaydi: ularni istalgan paytda, istagan shaxs xohishga ko‘ra baland
149


ovozda yoki xirgoyi qilib ijro etaveradi. Shunday qilib, lirik qo‘shiqlar- 
ning ommalashuvi boshqa turdagilarga nisbatan kengroq imkoniyatga ega.
Qadimdan xalqimizda «Har kimniki o‘ziga, oy ko‘rinar ko‘ziga» 
degan chiroyli maqol bor. Ammo aksari yoshlar bu maqolning ma’nosini 
aniq tasawur qilmaydi. Aslida bu maqolda sevikli ma’shuqa haqida fikr bor- 
moqda. Ya’ni har kimning yori o‘ziga buyursin, o ‘sha yoming husni qay 
darajada bo'lmasin oshiqqa oy ko'rinadi, ya’ni har kim o ‘z qalbidan o‘rin 
olishga ulgurgan yorga intiladi. Qizning qoshlari «Qaldirg‘och qanoti», 
yuzi tandirdan uzilgan «shirmoy», lablari «Arslonbob asali» bo‘lib tuyilaveradi.
Ayni shu paytda ma’shuqaning nigohi yigitning «beqasam to‘ni», 
«yangi chiqqan maysadek kiprigi», «marvariddek» yaraqlab turgan 
tishlariga tushadi va ajoyib qo‘shiq namunasi vujudga keladi:
Qoshingni qaro deydilar,
Qora qosh ukam, yor-yor.
Ko‘rsat qoshingni, bir ко‘ray in 
Jonim ukamey, yor-yor.
Yoki qizning qalbidan chiqqan muloyim misralarga diqqat qiling:
Beqasam to‘nlar kiyib,
Muncha meni kuydirasiz.
Gohi-gohda bir qarab,
Voy beajal o ‘ldirasiz.
Ammo «Bu - hayot» deb qo‘yibdilar. Ishq bulog‘idan sug‘orilgan gul 
hamisha ham ochilavermasligi mumkin. Ya’ni ikki sevishgan hamisha 
ham oila qurishga muyassar bo‘lmaganlar. Bu ko‘ngilsizlik ba’zan 
yigitning, ba’zan qizning ishqi ikkinchi tarafdan inkor etilishi, ba’zan esa 
yana boshqa sabablar oqibatida ro‘y bergan bo'lishi mumkin. Bunday 
vaziyatni ifodalovchi to‘rtliklar ham anchagina:
Oq ilon, oppoq ilon,
Oydinda yotganing qani,
Men - yomondan ayrilib,
Yaxshini topganing qani.
ISO


Gap shundaki, qadimgi afsonalarda oydinda yotgan oq ilonni ko'rgan 
odam baxtli bo‘ladi, degan aqida bordir. Ammo bu oq ilonni kim ko‘r- 
gan, hech kimga ma’lum emas. Ko‘rmaganlar esa keng ommani tashkil 
etadi. 0 ‘z-o‘zidan xalq baxtli odamdan ko'ra baxtsizlar ko‘proqdir, 
degan xulosani o ‘ziga xos falsafiy tarzda ifodalash yo'lini topgan.
Lirik qo‘shiqlar, eng avvalo, lirikligi bilan insonni o ‘ziga jalb qiladi. 
Ularda lirik qahramon fikri tuyg‘u vositasida ifodasini topadi. Ayrim 
qo‘shiqlar matnidagi muayyan misrani o‘zgartirish ulaming yaratilishi 
maqsadiga ham ta’sir qiladi, umumiy mazmun mohiyatiga ham ta’sir qiladi:
Gulijon o ‘zi chaqqon,
Qoqi gulini taqqan,
Bir kulishi bor uchun 
Oyijoniga yoqqan.
Endi «Oyijoniga»ni «Sevgilisiga», «Dadajoniga», «Buvijoniga», 
«Opajoniga» va h.k. so‘zlar bilan almashtiraylik. Yoki «Gulijon» ismini 
o ‘zgartiraylik. «Qoqi gul» o‘miga «atirgul» qo‘yaylik. Xullas, bir qo‘shiq 
asosida bir necha namunalar vujudga kelishi mumkin. Shunda gap 
seviklisi haqida ketsa, ishqiy mazmun; onasi-otasi haqida ketsa qiz 
farzandni erkalash mazmuni yetakchi bo‘lib qoladi. Ammo har ikkala 
holatda ham lirik qo‘shiq mohiyatan katta o ‘zgarishga duch kelmaydi.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish