Omonov Vohid IKM-60 97-200-97-98
PQ-3221 haqida
Ushbu qaror ta’lim va tibbiyot sohasini moliyalashtirish ustidagi nazorat haqida ekan. Albatta, ta’limga qancha mablag’ ketsa ham arzirli hisoblanadi. Chunki bu albatta kelajakka qo’yilgan katta qadamdir. Tibbiyot sohasi esa doimo asosiy sohalardan bo’lib kelgan. Sababi sog’lik hamma narsadan muhumdir.
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi o‘z rivojlanishida tub burilish davrini boshidan kechirmoqda. Bu o‘zgarishlarning asosini mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilayotgan farmon va qarorlar tashkil etmoqda. Xususan mamlakatimiz Prezidenti ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni muhokama qilar ekan, yoshlarning kasb-hunar egallashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratmoqda. “Maktablar oldiga qo‘yilayotgan talablardan biri – yuqori malakali, sohasining bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda maktabda chet tilini ham o‘qitish. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotgani yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi”- deya ta’kidlagan edi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar ta’lim olishda bir xil huquqlarga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizda so`nggi yillarda ta`lim tizimiga alohida hukumat darajasida e`tibor qaratilib, uning rivoji yo`lida davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan katta mablag‘ ajratilib, keng miqyosli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ta`lim xarajatlari salmog‘i jihatdan birinchi o`rinda turishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida ta`lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish hamda moliyalashtirish tartibini takomillashtirish zaruriyati, qolaversa mazkur sohani moliyalashtirish manbalarini qayta ko`rib chiqishning dolzarbligi mavzuning dolzarbligidan dalolat.
Ushbu qaror orqali ta’lim va tibbiyot sohalarini moliyalashtirishdagi ishlar nazarda tutilgan .Nega aynan bu sohalarni moliyalashtirish bunchalik muhimligini esa biz yaxshi bilamiz. Bu sohalar eng muhumlaridan bo’lganligi sababli ancha katta mablag’ tikiladi. Bu mablag’lar o’z samarasini berishi uchun esa albatta nazorat juda kuchli bo’lishi shart. Shuningdek ushbu hujjatda O’zbekiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati Bosh boshqarmasining tarkibiy tuzilishi ham berilgan. Ya’ni qay tartibda nazorat qilinish.
Do'stlaringiz bilan baham: |