H unarm andchilik bilan b o g ‘lig go'shiqlar.
Yusuf Xos Hojib
«Qutadg'u bilig» dostonida «Uzlar birla qatilmaqni ayur» (Hunarmandlar
bilan aralashmoqni aytadi) bobini hunarmandlarga bag‘ishlagan. Unda
temirchi, etikchi, o ‘ymakor-duradgor, bo‘yoqchi, rassom, o‘qsoz-
yoysozlar maqtovi berilgan. Dunyoning go‘zalliklari bulardan chiqadi,
olamdagi hayratomuz ishlar bulardan chiqadi, deb shoir hunarmand-
laming hayotdagi o ‘mini yuqori baholaydi. Haqiqatan ham, hunarmand
lar jahon sivilizasiyasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan kasb sohiblaridir.
0 ‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qog‘ozdan tortib shohi atlasgacha,
o ‘ymakorlikdan tortib to‘qilgan gilamlargacha dunyoda mashhur bo‘lgan.
Hunarmand ustalaming shogird tanlash sinovida mumtoz she’riyatimiz-
dan baytlar so‘rash odati keng tarqalgan edi. Chunki biror hunami mu
kammal egallamoqni faqat kasbiy mahorat bilan cheklash mumkin emas
edi. Mohir hunarmand ma’naviy jihatdan ham komil inson bo‘lishi talab
qilingan. Shuning uchun ham hunar egalari qo‘shiq aytgan, askiya sirla-
rini bilgan, musiqa chalgan. Bu an’ana bugungi kunda ham saqlangan.
Qo‘shiq jo ‘rligida tayyorlangan mahsulotga ustaning mehri qo‘shilgan.
0 ‘zbek mehnat qo‘shiqlarining salmoqli qismini gilam to‘qish, kash-
ta tikish, charx yigirish kabi hunar bilan shug‘ullanish davomida aytiladi-
gan namunalar tashkil etadi. Ulaming eng qadimgilaridan biri charx
qo‘shiqlari hisoblanadi. Bugungi kun tekstil sanoati paydo bo‘lmasdan
oldin paxta chigiti qo‘lda ajratilgan. Maxsus yasalgan qurilma - charx
aylantirilib, paxta tolasidan ip yigirishgan. Mehnat u qadar og‘ir bo‘l-
magan, ammo juda zerikarli va unumsiz edi. Ish jarayoniga bir oz bo‘lsa-
da yengillik bag'ishlash maqsadida charx qo‘shiqlari aytilgan:
Charx yigirib, charx yigirib,
Shul qo‘lginam toladir.
Agar shuni yigirmasam,
Bolalar och qoladir.
139
Odatda, ip yigiruvchi ayollar ip ishJatadigan kosiblaming buyurtma-
larini bajarishgan. Ayniqsa, qish faslida yollanib bajaradigan ishlari ka-
maygan paytda ip yigirish oilada ro ‘zg‘or tebratish vositasiga aylangan.
Majburiyat uy bekasidan butun irodani ishga solib mehnat qilishga
undagan:
Charxginam, ey charxginam,
Yurakkinam olasan.
Ayt-chi, sen bu yurtlardan
Qachongina yo‘qolasan.
Yuqoridagi to‘rtlikda charx aylantirayotgan ayolning qalbidagi butun
dard, alam yorilib chiqqandek taassurot uyg‘otadi. «Qachongina yo‘qo-
lasan» so‘z birikmasidagi fikr yo‘nalishi charxga qaratilgan emas, balki
butun qismatga, taqdirga nisbatan chiqarilgan hukm qimmatida bahola-
nadi. Aslini olganda, ayol charxning yo‘qolishini istamaydi. Chunki charx,
ehtimol, ro‘zg‘oming so‘nggi ilinji va umid vositasi bolishi mumkin.
Bo‘z to‘qish jarayoni ham charx yigirishdan oson bolmagan. Faqat
bo‘z to‘qishda bir nechta do‘kon deb atalgan bo‘z to‘qish qurilmalari bir
xonaga joylashtirilgan bo lib , bu yerda ikki va undan ortiq kosiblar birga
ishlashi mumkin edi. Bo‘z to'qilganda q o l va oyoq muayyan maqsadga
binoan bir xil harakatda bolgan. Kosiblar bu harakatlarga shu qadar
ko‘nikib ketar edilarki, ba’zan do‘konda ishlamayotgan bolsalar ham
odatiy harakatni takrorlayverardilar. Qo'shiq esa soatlab tinmay ishlash
jarayonida ulaming ovunchogl vazifasini bajargan. Qo‘shiq kuylashdan
kosib estetik qoniqish hosil qilgan:
Bo‘z to‘qiyman qirog‘ini o'xshatib,
Mokki otaman qolginamni qaqshatib,
Bozordagi shohilardan yaxshiroq,
Nafisdan o‘xshagan bo‘zim yaxshidir.
Yuqoridagi qo‘shiqda bo‘zchining o‘z mehnatiga bergan bahosi ham
ifodalangan. Ma’lumki, bo‘z paxta ipidan to‘qilgan. Bunday matoni,
odatda, iqtisodiy jihatdan yaxshi ta’minlanmagan odamlar sotib olganlar.
Bo'zning pishiq, ayni paytda, mayin chiqishi kosibning ustaligiga bogliq
edi. Uzilgan ipni o ‘sha zahoti ulash, mokkini bir xil otish, tepkini maro-
mida bosish mahsulot sifatini belgilagan. Binobarin, bo‘zchi o ‘z ish fao-
140
liyatini nazorat qilishi lozim edi. Ammo turmush tashvishi, buyurtma-
chilaming injiqligi, iqtisodiy tanqislik kosiblik ishiga salbiy ta’sir ko‘r-
satgan, Shuning uchun mehnat qo‘shiqlarining hamma turlarida bo‘lga-
nidek, ma’nosi bir xil, matni boshqa quyidagi qo‘shiq vujudga kelgan:
D o‘kon uyga kirsam, tanam qaqshaydi,
Sovuqlarda o‘lmay qolsam, yaxshiydi,
Qarisi tillaga ketsa, yaxshiydi,
Shundan mening bo‘zim arzon ketarmi?
Marg‘ilon, Qo‘qon shahridagi keksa bo‘zchi otalar bilan bo‘lgan suh-
batimizda, ular bo‘z qo‘shiqlarini doimiy ravishda xirgoyi qilmasliklarini
eslashdi. Ish paytida ular «Galdir», «Omon yor», «Sumbula» qo‘shiqla-
rini, askiya payrovlarini aytib g ‘ubor chiqarishar ekan. Bu holat boshqa
kasbdagi odamlar uchun ham taalluqlidir. Xususan, charx yigiradiganlar
faqat charx, bo‘zchilar faqat bo‘z, gilam, sholcha to'qiydiganlar faqat
o ‘rmak qo‘shiqlarini aytishgan, deb xulosa chiqarish to‘g‘ri emas. Ular-
ning har biri o ‘z kasbiga mos qo‘shiqni aytgan,
ammo
ko‘ngil va xohish
amri bilan mashhur lirik qo‘shiqlar ijrosini ham yoddan chiqarishmagan.
0 ‘rmak sholcha yoki gilam to‘qish uchun tayyorlangan maxsus quril-
ma, dastgohdir. Uning yordamida, asosan, ayollar sholcha, gilam to‘qiy-
dilar. Biz ko'rishga odatlangan gilamlar millimetr ustiga millimetr jun
ipining ustma-ust tushishi va keyingi qatlam ip bilan o ‘zaro birikuvidan
paydo bo'ladi. Maxsus to‘qmoqqa o'xshagan asbob bilan ming-ming
martalab kaltaklanadi va iplaming o'rtasi jipslashtiriladi. Deyarli hamma
viloyatlarda ayollar to‘qigan gilam va sholchalar turmushga uzatiladigan
qizlarga sep, ro‘zg‘ordagi biron kamchilikni to‘ldirish vositasi bo‘lgan.
Qo‘shiq ana shunday mashaqqatli mehnatni yengillatgan:
0 ‘rmagimni o ‘ray-yo,
Men boshimga quray-yo,
0 ‘rmakkinam o ‘ngin deb,
Endi sendan so‘ray-yo.
Bir tur qo‘shiqlarda ham odamlar turmush, nasiba, taqdir tashvishi va
quvonchlarini izhor qilishgan. Ba’zan hazil, ba’zan chin qabilida ichki
kechinmalar bayoniga duch kelamiz:
141
0 ‘rmagim yotibdi o‘ralib,
Men yuribman kerilib,
Qaynonam qaramaydi,
0 ‘rmagimga o ‘yrilib55.
Shunday qilib, mehnat qo‘shiqlari haqida quyidagi xulosalarga kelish
mumkin:
Mehnat qo‘shiqlari qaysi mavzuda va qaysi turda yaratilishidan qat‘i
nazar lirik asarlar hisoblanadi. Ularda qo‘shiqchining qilayotgan meh-
natiga, iqtisodiy holatiga, hayotiy voqealarga nisbatan bo‘lgan muno
sabati his-tuyg‘ulari orqali aks etadi.
Xalqimizning mehnat qilishi, chorvachilik, dehqonchilik, turli kasb-
hunar bilan shug‘ullanishi qanchalar qadimiy bo‘lsa, qo‘shiqning
yaratilishi ham shunchalar tarixiydir.
Hayotning barcha sohalarida faoliyat bilan shug'ullangan ajdod
larimiz mashaqqatli va zerikarli mehnat jarayonining samarasini oshirish
maqsadida maxsus kasb-hunarlari bilan bog‘liq qo'shiqlar ijod qilganlar,
kuylaganlar.
Mehnat qo‘shiqlarida hayvonlami va ish qurollarini erkalash, ularga
murojaat qilish, ularni jonlantirish, ba’zan gapirtirish xususiyati yetak-
chilik qiladi.
Mehnat qo‘shiqlarining tili sodda, kuyi yengil, fikmi ifodalash usuli
oddiy bo‘lib, asosiy maqsad ish jarayonini yengillatish, qo‘shiq aytuvchi
shaxs ruhiy holatini ko‘tarishga qaratilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |