M avsum -marosim a o ‘shialari.
Xalqimizda mavsum, marosim, bay-
ram so‘zlari bilan ifodalangan tushunchalar bor. Ular haqida aniq tasav-
vurga ega bo‘lish uchun bu so'zlaming ma’no ifodalash chegarasini bel-
gilash zarur. «Mavsum» deganda, asosan, yil fasllari nazarda tutiladi.
Binobarin, mavsum qo‘shiqlari qish, bahor, yoz, kuz fasllari bilan bog‘liq
bo‘ladi. Marosim esa diniy yoki an’anaviy urf-odatlar munosabati bilan
o ‘tkaziladigan tadbir, yig‘in demakdir. U bayram umumxalq shodiyonasi,
tantana kun ma’nosini ifodalaydi. Ma’lum boladiki, «marosim» tushun-
chasi «bayram» so‘zi ifodalagan ma’nodan kengligi bilan farq qilar ekan.
Chunki marosim bir shaxs hayotidagi muhim voqea bilan bog‘lanishi
mumkin. Bu tadbir oila chegarasi bilan cheklanadi. Bayramda esa urnum-
xalq ishtiroki bo'lishi lozim. To‘g ‘ri, biz, ko'pincha, «bayram marosimi»
55 Уйрилиб - угирилиб, кайрияиб.
142
birikmasini qoilashimiz mumkin, ammo bu holatda gap oilaviy marosim
haqida emasligi ta’kidlanadi.
Dunyoda bironta xalq yo‘qki, turli munosabatlar bilan ommaviy
bayramlami nishonlamasin. Bayramlar butun xalq tayyorgarligi bilan
o'tkaziladi. Katta shodiyonalar rejalashtiriladi. Maxsus taomlar pishi-
riladi, bayram liboslari tikiladi, o ‘yin-kulgilar, sayillar, tomoshalar, mu-
sobaqalar uyushtiriladi. Shuning uchun milliy bayramlar tizimida xalq
tarixi, milliy xususiyatlar haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Bu
tasavvuriami oilaviy, muayyan hudud aholisi o ‘rtasidagi marosimlar,
qolaversa, milliy urf-odatlar to'ldiradi, mukammallashtiradi.
Olimlaming ma’lumot berishlaricha, mavsum-marosimga oid tad-
birlar, xalq ommaviy bayramlarining tarixi minglab yillar bilan oichanar
ekan. Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgor-
liklar» kitobida «Navro‘z», «Ramush og‘am», «Boboxvora» kabi o ‘ndan
ortiq bayramlar xususida ma’lumot beriladi. Xalqimiz bugungi kunda
mavsum-marosim, bayram va udumlami o'tkazishning uzoq qadimiy-
Iarini qayta tiklamoqda, ulami tashkil qilishda mukammal rejalar bilan
ish olib bormoqda.
0 ‘zbek xalq marosim qo'shiqlari 0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
madaniyat xodimi, folklorshunos olima Muzayyana Alaviyaning « 0 ‘zbek
xalq marosim qo‘shiqlari»56, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir
Sarimsoqovning « 0 ‘zbek marosim folklori»57, filologiya fanlari doktori,
professor Mamatqul Jo‘raevning « 0 ‘zbek mavsumiy marosim folklori»58,
olim Nasriddin Nazarovning «Laqaylar: etnografiya, lingvistika va
folklor»59 asarlarida chuqur ilmiy asosda tahlil etilgan.
Xalqimiz har bir faslning o ‘ziga xos fazilatlarini ta’rif etgan, qish,
bahor, yoz, kuz fasllarida tabiatda ro‘y beradigan o ‘zgarishlami qo‘shiq-
larda lirik tarzda ifodalagan. Xususan, qish faslida «Sherda» nomi bilan
atalgan gap-gashtak, ulfatchilikda:
Qor yog‘mayin ola bo‘lgan tog‘lar-a,
G‘unchasidan xazon bo‘lgan bog‘lar-a,
Kuyistonda kuyib o ‘tgan bedilxon,
Ustida qag'illab o ‘tgan g ‘ozlar-a,
Begim, allayor, allayor
56 Алавия М. Узбек халк, маросим кушиклари. Т., «Фан», 1974.
57 Саримсоков Б. Узбек маросим фольклори. Т., «Фан», 1986.
58 Жураев М. Узбек мавсумий маросим фольклори. - Т.: Фан, 2008.
59 Назаров Н. Лакайлар: этнография, лингвистика ва фольклор. - Т.: Tamaddin, 2010.
143
qo‘shig‘i ulfatlaming jo ‘raboshisini saylashda aytilgan. Bahorda tuma,
boychechak, sumalak, shox moylash qo‘shiqlarini aytish odat bo‘lgan:
Adirlar to‘la chechak,
Biz keldik ucha-ucha,
Boychechagim, boychechak,
Kutib oling, hoy chechak.
Xalq odatlariga ko‘ra o ‘tkaziladigan shamol to'xtatish, shamol cha-
qirish, oblo baraka kabi yozgi marosimlarda o‘ziga xos qo‘shiqlar aytilgan:
Choy momo, choy, choy, choy,
Chayilib qolsin quv shamol,
Bosa-bosa beringlar,
Bosilib qolsin quv shamol.
0 ‘zbekistonda kuzning fayzi alohida qayd qilinadi. Hosil yig‘ish,
qovun sayli, to'kinlik xalqqa mamnuniyat bag‘ishlaydi. Bu faslning ham
o ‘z qo‘shiqlari mashhur:
Qovun-qovunlar dedim,
Mazali qovunlar dedim,
Ey shirinnovvot dedim,
Gurvak qovunlar dedim60.
Xalqimizda marosimlar juda ко‘p. Yil quruq kelib, bahorda yomg‘ir
yog‘masa, «Yomg‘ir chaqirish» marosimi («Sust xotin»); bug‘doy, sholi
boshoqlari yetilgan paytda shamol ularni payxon qilsa, «Shamol
to‘xtatish» («Choy momo»); don mahsulotlarini shopirish vaqtida shamol
bo‘lmasa, «Shamol chaqirish» («Yo, Haydar»); yil sovuq kelsa, omad
yuz o‘girsa, qurbonlik keltirish marosimlari о ‘tkazilgan. Ayniqsa, oilaviy
marosimlarda: to‘y va azalarda qo‘shiqlar mehmon va mezbonlaming,
mayit egasining doimiy hamrohiga aylangan.
To‘ylardagi yor-yorlar, о ‘lan aytishlar, kelin salomlar xalq poetik
ijodining mumtoz namunalari bo‘lib qolgan. Hayot tajribasi oilaviy
60 Жураев М. Мавсум кушиклари / Узбек мавсумий маросим фольклори. - Т.: Фан, 2008. -
Б. 252.
144
turmush totuvlikdan boshlansa, mehr yetakchi bo‘Isa, keyingi hayot ham
inoqlikda o‘tishini tasdiqlagan. Shuning uchun kuyov-kelin ko‘nglini bir-
biriga yaqin qilish orzusi qayta-qayta tilga olinadi:
Shoyi ko'ylak yengiga
Tut qoqaylik yor-yor,
Kelin-kuyov ko‘ngliga
0 4 yoqaylik yor-yor.
Xalq qo‘shiqlarini yozib olish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yor-yorlar
xalq orasida boshqa mazmundagi qo‘shiqlardan kengroq ommalashgan-
dir. Yaqin ellik yil atrofida o'tkazgan folklor ekspeditsiyalari davomida
0 ‘zbekistonning ko‘p viloyatlarida bo'ldik, Janubiy Qozog‘istondagi
Chimkent, Turkiston hududlari, Tojikistonning Xo‘jand, Isfara, Konibo-
dom atrofi, Turkmanistondagi Ko'hna Urganch manzillarida yashayotgan
o'zbeklar hamisha folklor amaliyotchilarini yor-yorlar bilan siylashgan.
Ma’lumki, og‘zaki ijoddagi qo‘shiq o ‘zining tez fursatda, ba’zan
badihago‘ylik - improvizatsiya usulida yaratilishi bilan boshqa janrlardan
farq qiladi. Bu o ‘rinda shuni ta’kidlash joizki, shoirlik iste’dodiga ega
bo‘lgan yor-yor ijrochisi to‘y vaziyatiga qarab yangi-yangi to‘rtliklami
to‘qib ketavergan. Natijada, aynan to‘y o‘tkazilayotgan payt qo‘shiq
matnida foto tasvirdek aks etib qolgan:
Qish kunida sovuq yeb,
Horib keldik yor-yor,
Achchiq-tirsiq kerakmas,
Koyib keldik yor-yor.
Albatta, hayot, ijtimoiy tuzum, siyosiy sharoitlar taqozosi bilan doi
miy ravishda o'zgarib borgan. Turmushga chiqayotgan qiz o ‘z turmush
o ‘rtog‘ini faqat go‘shangadagina ko'rishi mumkin bo‘lgan zamonlar
o ‘tdi. Ba’zan davlatmand odamlaming ikkinchi, uchinchi, hatto to‘rtinchi
xotini bo‘lish taqdirida yozilgan qizlar ham bo'lgan. Bunday qismat
ifodasi yor-yorda aks etmasligi mumkin emasdi:
Uzoqqa borgan qizning
Rangi sariq, yor-yor,
Ko'zidan oqqan yoshi
Misli ariq, yor-yor.
145
Tokchadagi qaychini
Zang bosibdi, yor-yor,
Yangi tushgan kelinni
G ‘am bosibdi, yor-yor.
Turmushga chiqqan kelinning dardi, alami bilan g‘am bosgani
tokchada ishlatilmay qolgan qaychining zang bosishiga qiyoslanmoqda.
Bunday tasvir vositasi folklorshunoslikda parallelizm deb nomlangan
bo‘lib, ikki yonma-yon narsaning o ‘xshashligini taqozo etadi.
Yor-yor matnlari mehnat va mavsum qo‘shiqlaridan qofiyalanishi-
dagi mukammallik bilan ajralib turadi. Jumladan, yor-yorlarda «baxt»,
«taxt»; «omon», «somon», «alvon», «polvon» kabi chiroyli qofiyali
misollami uchratamiz. Bu qo‘shiq turlari ba’zan olti, ko‘pincha etti
bo‘g ‘indan iborat bo‘ladi. Turoq tizimi 4+3; 5+2 tarzida belgilanadi.
Qofiyalanish shakli
Do'stlaringiz bilan baham: |