Ma’lum bo‘ladiki, o'zbek qadim zamonlardan chorva bilan shug‘ullan-
gan. Bu soha xalq orasida alohida ilm va tajriba birligini tashkil etuvchi
bebaho boylik hisoblangan. Chorva mollarini sog‘ishda qo‘shiq aytib
turish ana shu tajribaning kashfiyotlaridan edi. Bugungi
kunda jahon ilm-
fanida hatto suvning yaxshi va yomon gaplami tushunishi, musiqaning
farqiga borishi, o ‘ziga bo'lgan munosabatga ko‘ra shifo qilish xususi-
yatini o ‘zgartib turishi isbotlandi. Vaholanki,
xalq bunday yangiliklami
ming yillar oldin hayot tajribasidan kelib chiqib bilib bo'lgan edi. Faqat
ilmiy asosda isbotlamagan bo‘Iishi mumkin. Xususan, sigir, qo‘y,
echkilarni sog‘ish paytida sog‘uvchi, odatda, bitta ko‘ylakdan foydalan-
gan, sog'ish vaziyatini hayvon ixtiyoriga ko‘ra tanlagan, qo‘shiq aytib so-
g‘adigan molini iydirgan. Natijada, sog‘iladigan sut miqdorini ko‘paytirgan.
«Ho‘sh-ho‘sh» qo‘shiqlari sigir sog'ishda aytilgan. Vaqt o‘tishi bilan
sigir qo‘shiq ohangiga o'rgangan. Qo‘shiq aytilgan zahoti tinchlangan,
sutini o ‘ziga tortmagan. Sigir sog‘uvchi sigirga siporish qilganda ayta-
digan asalli so‘zlarini alohida mehr bilan kuylagan.
Va sigir bu mehmi
his qilgan. Oqibatda, har ikki taraf-sog‘uvchi va sut beruvchi foydada
bo'lgan:
Ho‘shim molim govmishim,
Emchaklaring sovmishim,
Oralab yeding o'tingni,
Iyiblab bergin sutingni.
Seni siylab boqayin,
Ko‘zmunchoqlar taqayin,
Quralay ko‘z govmishim,
Tuyoqlari kumushim.
Zotli molim ho‘sh-ho‘sh,
Sutli molim ho‘sh-ho‘sh.
E’tibor bersak, dehqonchilikda ho‘kiz «temir tuyog‘im» deb erka-
langan edi. Endi sog‘ish paytida sigirga «quralay ko‘z», «tuyoqlari
kumushim» deb murojaat qilinmoqda.
Shubhasiz, inson bu erkalashlami
ho‘kiz yoki sigir tushunmasligini yaxshi biladi. Lekin qo‘shiq ijrosi
davomida tovush tovlanishining, ohangning hayvonlarga ijobiy ta’sir
ko'rsatishiga ishonadi. Masalaning yana bir muhim tomoni ham yo‘q
136
emas. Gap shundaki, ijtimoiy hayot og‘ir, turmush o‘tkazish juda
qiyin
bo‘lgan bir paytlarda oiladagi bitta sigir butun oilanv boqgan, o ‘limdan
qutqargan. Shuning uchun uy bekasining qo‘shig‘ida sigiriga ich-ichidan
rahmat aytish tuyg'usi ham o ‘z ifodasini topgan.
«Turey-turey» qo‘shiqlari qo‘ylami sog‘ish paytida aytilgan. Bahor
fasli qorako‘1 sovliqlar uchun fojia davri bo‘lgan. Qorakoichilikda
qimmatbaho ten olish uchun qo‘zilar ko‘p vaqt o‘tmay so‘yilgan. Sovliq
ham bolasidan judo bo‘lgan, ham yeliniga sut to‘lib a/ob tortgan.
Shuning uchun ona qo'ylami sog‘ishga chorvadorlikda alohida e’tibor
berilgan. Sog‘ish bilan bolasidan ajralgan qo‘y
qismati nisbatan
yengillashgan. «Turey-turey»lar matnida sut sog'uvchi qo'yning qo‘zi-
sidan ajralganiga hamdardlik bildirgan, unga achinish tuyg‘usini ifo-
dalagan. Har holda qo‘yni maqtashga uringan:
Bolalilar bosh bo‘lar, turey-turey,
Bolasizlar yosh bo‘lar, turey-turey,
Kelar yili tuqqaning, turey-turey,
Qo‘zingga yo'ldosh bo‘lar, turey-turey.
Xalqimizning boshqa mavzu va turdagi qo‘shiqlari singari turey-
tureylarda ham qo‘ylarni jonlantirish, ya’ni sut sog‘uvchi uni o'ziga
suhbatdosh odamdek tasavvur qilish usuli yetakchi hisoblanadi. Qo'shiq
ohangi og‘ir, vazmin aytiladi. Qo‘yning
aqlliligi, irodaliligi, o ‘z egasiga
xayrixohligi oshirib ta’riflanadi. Hatto ona qo‘y bog‘da ochilgan gulga
tenglashtiriladi. Aytish mumkinki, turey-tureylarda xalqning asrlar davo
mida qo‘y boqish mashaqqatidagi tajriba badiiy yo‘l bilan o ‘z
aksini
topadi. Tarixdan ma’lumki, bittagina o ‘ta sifatli qo‘zi terisi o ‘mi kel-
ganda katta-katta amaldagi odamlar o'rtasida muomalani boshqargan. Oy
nurida tunda tovlanadigan terilar qimmatbaho zargarlik gavharlaridan
ortiq baholangan. Qo‘y egasi, ehtimol, ana shu hayot lavhalarini ham
nazarda tutgan bo‘lishi mumkin:
Esli molim - oqilim, turey-turey,
Yelkamdagi kokilim, turey-turey.
Shuncha molning ichida, turey-turey,
Bog‘da ochilgan gulim, turey-turey.
Do'stlaringiz bilan baham: